Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 29-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2014-yil 13-noyabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 719-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2014-yil 10-dekabrdagi 238 (6168)-sonida e’lon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-380-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar — qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — investitsiya faoliyati obyektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyati — investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning o‘zi qabul qiladigan majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalari bajarilishini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbeksiton Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra investitsiyalarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan qarz majburiyatlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga, shuningdek savdo obyektlari va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlariga, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, mulk huquqini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida) huquqini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarning birlamchi yoki takroran kiritiladigan shakllari o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Investitsiya loyihasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasi iqtisodiy, ijtimoiy naf va boshqa yo‘sindagi naf olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar kompleksi yoki alohida tadbirdir.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirishga texnik topshiriqni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasining loyihalovchisini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlarni amalga oshirish texnologiyalarini, uskunalarini va uslublarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati ishtirokchilarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati ishtirokchilari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa organlar bilan birgalikda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda kelishib olish, shu jumladan investitsiya loyihasining moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik foydasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq uskunalarni yetkazib beruvchini aniqlash va pudratchi tashkilotni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor va investitsiya faoliyati ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihasi bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar hamda erishilgan kelishuvlarni bajarish, shu jumladan moliyalashtirishni amalga oshirish, uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish hamda ishga tushirish-sozlash, qurilish va montaj ishlarini bajarish, investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarishdan olingan foydani taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor va investitsiya faoliyati ishtirokchilari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa organlar tomonidan investitsiya loyihasi ro‘yobga chiqarilishining borishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan tadbirlarning amalga oshirilishi zaruriyati va ketma-ketligi investitsiya faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarori bilan tasdiqlagan “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Investitsiya resurslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya resurslariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga bo‘lgan huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlari, shu jumladan texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi majmui, nou-xau;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolarga, inshootlarga, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqidan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya resurslariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qimmatliklar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Investitsiya faoliyati obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir.
LexUZ sharhi
Masalan: O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi o‘ttiz va undan ortiq foizni tashkil etgan yuridik shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari ta’sis etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Investitsiya faoliyati subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar investitsiya faoliyati subyektlari (investorlar va investitsiya faoliyati ishtirokchilari) bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (jismoniy shaxslar), O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablag‘ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi sifatida ish yuritishi, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifalarini bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi sifatida ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Investorning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya kiritish hajmlarini, turlarini, shakllarini va uni amalga oshirish yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdolari natijalariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z investitsiyalariga hamda investitsiya faoliyati natijalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan va har qanday mulkiy huquqlardan o‘z zimmasiga olgan barcha turdagi majburiyatlarining, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarining ta’minoti sifatida foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda kompensatsiya olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Investorning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya kiritishi munosabati bilan o‘z zimmasiga olgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga rioya etilishiga taalluqli qismi bo‘yicha ekspertiza xulosasini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yadigan talablarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov (tender) savdolarining ishtirokchisi bo‘lishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investor oldidagi o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli investorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yadigan talablarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati ishtirokchisining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Investitsiya faoliyatida narx belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati tanlov (tender) savdolari natijalariga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 356-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati subyekti bozorda ustun mavqeni egallagan hollarda narxlar vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 3-bobi (“Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish”) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fondlarning jadal amortizatsiya qilinishi huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit siyosatini va narx belgilash siyosatini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilishini monitoring qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(15-moddaning birinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarori bilan tasdiqlagan “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yo‘llar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat investitsiya faoliyatini quyidagi yo‘llar bilan rag‘batlantiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek faoliyat turiga va investitsiya hajmlariga qarab har bir alohida holat uchun belgilanadigan muddatlarga preferensiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan investitsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan investitsiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarni, zayomlarni jalb etish hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan investitsiyalar asosan mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida davlat maqsadli dasturlarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning o‘z mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning kreditlari, shu jumladan chet el banklaridan O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir taxminlar, ilmiy-texnikaviy va keng ko‘lamli davlat maqsadli dasturlari hamda ushbu investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini aniqlovchi texnikaviy-iqtisodiy asoslarga binoan davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan keng ko‘lamli davlat maqsadli dasturlarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyalar hajmlarini tasdiqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar investor tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Investitsiyalarni joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan investitsiyalarni joylashtirish, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tanlov (tender) savdolari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni joylashtirish belgilangan tartibda investor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari — bu uzoq muddatli istiqbol uchun tasdiqlanadigan, tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalari asosida shakllantirilgan hamda mamlakat iqtisodiyotini barqaror va izchil rivojlantirishga erishishga, mavjud tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, moddiy, mehnat resurslaridan va boshqa resurslardan oqilona foydalanish yo‘li bilan mamlakat iqtisodiyotining ayrim tarmoqlari hamda mintaqalarini tuzilmaviy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha asosiy ustuvorliklar va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan choralar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari tasdiqlangan rivojlantirish konsepsiyalari asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini ta’minlash maqsadida uch yillik muddatga shakllantirilib, bunda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muddatlari hamda moliyalashtirish manbalari hisobga olinadi, ularning asosiy ko‘rsatkichlari har yili aniqlashtirib va yangilab boriladi. O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish manbalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Investitsiya loyihalarining ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda majburiy davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablari va boshqa talablar bajarilishiga taalluqli qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlarining banklar kredit resurslari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tijorat banklari tomonidan ekspertiza qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida ro‘yobga chiqariladigan investitsiya loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertiza qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli “Tender, loyiha, loyiha oldi hujjatlar va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Investitsiya fondlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida tegishli investitsiya fondlari tuzilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya fondlari to‘g‘risida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular o‘zlari vakolatli bo‘lgan va aniq qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq belgilanadigan, O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Investitsiyalarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat investitsiyalarning himoya qilinishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarning yoki investorlar boshqa aktivlarining eng kam miqdori bilan cheklanadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararga mutanosib ravishda kompensatsiya to‘lanadigan rekvizitsiya bo‘yicha talablarga rioya etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat mazkur kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sud tartibida nizolashishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 203-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni va investorlarning tavakkalchiliklarini sug‘urtalash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi (“Sug‘urta”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Mablag‘lardan foydalanish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin uning xohishiga ko‘ra reinvestitsiya qilinishi yoki undan boshqa har qanday usulda foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati subyekti tomonidan olingan qimmatli qog‘ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek olingan mol-mulkning qiymati yoki ijara uchun to‘lovlarning o‘rni ular olib qo‘yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda, ushbu subyektga qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati subyektining hisobvaraqlaridan foydalanishni cheklab qo‘yish yoki mablag‘larni majburan olib qo‘yish qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunnig 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimi yaratilishini, investitsiya loyihalari ro‘yobga chiqarilishining davlat monitoringi o‘tkazilishini va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari investitsiya faoliyati subyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Ochiq axborotdan erkin foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati subyektlari manfaatlariga muayyan tarzda daxldor bo‘lgan umummajburiy xususiyatga ega qonun hujjatlari ular uchun erkin foydalanishda bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari investitsiya faoliyati subyektlarining o‘z investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni ularning so‘rovlariga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish investorning qaroriga, vakolatli davlat organining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilingan qaroriga yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e’lon qilingan yoki bankrot deb topilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablari va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar investitsiya faoliyati davomida aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turishga yoki tugatishga olib keladigan tarzda cheklash, to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda investitsiya faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda investitsiya faoliyati subyektiga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish davomida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, investitsiya faoliyati subyekti o‘ziga yetkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 587-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)