11.06.2019 yildagi 484-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “1992-yilda Rio-de-Janeyroda imzolangan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida” 1995-yil 6-maydagi 82-I-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur’atlarini pasaytirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Strategiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Strategiya quyidagi ustuvor vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlarini mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlashtirish ishlarini olib borish va uning maydonini 1,2 million gektarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh sonini 1000 ga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qo‘riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy bo‘g‘inli yagona tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS-texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklarni geobotanik tekshiruvdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019 — 2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tasdiqlangan Strategiya va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi hayotga joriy etilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning keyinchalik tegishli yilga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish taklif qilinayotgan loyihalar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili yil yakuni bo‘yicha Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga axborot kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T .Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STRATEGIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni tiklash va saqlash — ekologik xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning barqaror rivojlanishi, shuningdek, iqlim o‘zgarishining yuz berayotgan jarayonlariga moslashishning ishonchli yo‘li.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi 1995-yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda BMT deb ataladi) Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasining Tomoni hisoblanadi va o‘ziga quyidagi majburiyatlarni olgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning yoki mavjud rejalar va dasturlarga moslashtirishning milliy strategiyalari, rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish uchun uning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash maqsadida mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanazzulga uchragan ekotizimlarni tiklash hamda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Birinchi milliy strategiya va Harakatlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-apreldagi 139-son qarori bilan ma’qullangan edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mana shu tufayli biologik xilma-xillikni saqlash sohasidagi ko‘plab loyihalar Global ekologik jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda GEJ deb ataladi), Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (keyingi o‘rinlarda BMTTD deb ataladi), Yovvoyi tabiatni qo‘riqlash jahon jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro qo‘llab-quvvatlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Strategiya doirasida atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator milliy va mahalliy dasturlar va rejalarga biologik xilma-xillikni saqlash masalalari kiritildi va biologik xilma-xillikni saqlash sohasida qirqqa yaqin xalqaro loyihalar amalga oshirildi. Natijada yerlarning tanazzulga uchrashini sekinlashtirishga, cho‘llanish jarayonlarini qisqartirishga, tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa salbiy oqibatlarini susaytirishga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erishilgan natijalarga qaramay, tabiiy ekotizimlarga va yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar ko‘payishiga salbiy omillarning ta’siri davom etmoqda. Biologik xilma-xillik komponentlari samarali muhofaza qilinishini davom ettirish uchun tizimli yondashuvni qo‘llash talab qilinadi, ham hayvonlarning o‘zini, ham ular yashash joyini muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu 2019 — 2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Strategiya deb ataladi) ustuvor yo‘nalishlarni, maqsadlar va vazifalarni, rejalashtirishni, ularga samarali erishish usullarini, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolga biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish sohasida barqaror tizimni shakllantirish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi bosqichlarini belgilashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Strategiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” va “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Joriy vaziyatning tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikning joriy holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston hududi tabiiy ekotizimlarning nihoyatda xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Tekis mintaqalarda cho‘l ekotizimlari, tog‘ ekotizimlarida esa balandlik zonalari mavjud, tog‘ ekotizimlarining asosiy tiplariga muvofiq bo‘lgan bir qancha zonal-iqlim poyaslari aniq namoyon bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlari ham tekkislikda, ham tog‘li mintaqalarda joylashgan, ularning har birida o‘ziga xos yashash joyi mavjud. Suv-botqoqlik ekotizimlari asosan mamlakatning tekislik hududlarida joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston hududi uchun tabiiy ekotizimlarning beshta asosiy tipi ajratilgan. Bular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cho‘l va yarimcho‘l;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tog‘oldi va pastkam tog‘li joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tog‘ ekotizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvli-botqoq joylar ekotizimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir ekotizimda kompleks tabiiy komponentlar mavjud. Ular muayyan o‘simliklar dunyosi va hayvonlarning rivojlanishi, yashash va o‘sishini belgilaydi. Ekotizimlarning har bir tipi boshqa ekotizimlar bilan o‘zaro hamkorlikda mamlakatning umumiy ekologik yaxlitligini saqlash va muayyan ekotizim xizmatlari ko‘rsatishda noyob o‘rin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekistonning bioxilma-xilligi hozirgi paytda ma’lum bo‘lgan 27 mingtaga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular orasida yuksak o‘simliklar, po‘panaklar, lishayniklar (suv o‘tlari bilan qoplangan zamburug‘lar), qo‘ziqorinlar va suv o‘tlari) umuman olganda 11 mingtaga yaqin turni tashkil etadi, fauna turlari — 15,6 mingta turdan ortiq. O‘zbekiston oliy tomirli o‘simliklari endemizmi qariyb 8%. Qadimdan saqlanib qolgan endemiklar endemik turlar umumiy sonining 10 — 12 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hozirgi vaqtda zoologik tadqiqotlarning butun davrida mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan turlarni o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston umurtqali hayvonlar faunasi beshta sinfni ifodalaydi va 715 ta turni o‘z ichiga oladi, ulardan 77 tasi baliq turlari, 3 tasi amfibiyalar turlari, 61 tasi sudralib yuruvchilar turlari, 467 tasi qushlar turlari va 107 tasi sut emizuvchilar turlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning endemikasi umurtqali hayvonlarning 53 ta turi va kenja turini ifodalaydi. Sudralib yuruvchilarda endemizm ko‘rsatkichi 50 foizga teng, sut emizuvchilar sinfi endemizmi darajasi pastroq — 14% va qushlar sinfi uchun endemiklar soni ko‘p emas — 1,7%. Baliqlar orasida endemizm darajasi 50 foizdan ortiqqa yetadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Antropogen ta’sir ostida kuchayayotgan tabiiy ekotizimlarning umumiy tanazzuli va fragmentatsiyasi areallarning va ham kamyob, ham resurs (ovlanadigan) turlarning soni qisqarishiga olib keldi. Bunday turlar yovvoyi tabiatda yo‘qolib ketish xavfiga ega va Qizil kitobga kiritish uchun tavsiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hayvonlarning 207 ta turi va kenja turlari kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turli toifalarga kiritilgan, ulardan 184 tasi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (2009-y.), ulardan sut emizuvchilarning 24 turi, qushlarning 48 turi, reptiliylarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, bo‘g‘imli chuvalchanglarning 3 ta turi, molyuskalarning 14 ta turi, bo‘g‘imoyoqlilarning 60 turi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil kitobiga hayvonlarning 73 ta turi va kenja turlari kiritilgan. Ularning kelajagi global ko‘lamda tashvish uyg‘otadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga Ilovaga hayvonlarning 88 ta turi va kenja turlari kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining oxirgi nashri (2009-y.) yuksak o‘simliklarning 321 turini va zamburug‘larning uch turini o‘z ichiga oladi. Oldingi nashrlar bilan taqqoslaganda 23 tur chiqarib tashlangan, boshqa tomondan esa kamyob deb e’tirof etilgan o‘simliklarning 11 yangi turi kiritilgan, 7 turi ular tabiatda ko‘payganligi munosabati bilan “kamyob” maqomidan “qisqarib borayotgan” maqomiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobida “Yo‘qolib ketgan” maqomi bilan 18 tur mavjudligini alohida ta’kidlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Hayvonlarning yashash joylari va ularni qo‘riqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hayvonlar turlarining tabiiy yashash joylari qisqarishi va sezilarli darajada transformatsiyasi biologik xilma-xillik uchun asosiy xavf hisoblanadi. Bunda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turg‘un, avtoxton turlar, endemiklar ko‘proq eng zaif holatdadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. G‘arbiy Tyonshon va Pomir-Oloyning to‘qayzorlari, qadimdan saqlanib qolgan yong‘oqzorlari va boshqa mevali o‘rmonlari, suvli-botqoq joylar va shu kabilar yo‘qolib ketish xavfi ostidagi va muhim jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan hayvonlar turlarining yashash joylari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Keyingi o‘n yillikda tabiatdan jadal foydalanish natijasida O‘zbekiston hayvonlarining ayrim turlari antropogen ta’sirga uchradi, shu munosabat bilan ularning areali va soni kamaydi, hayvonlarning ayrim turlari yo‘qolib ketish xavfi ostida yoki batamom yo‘qoldi. Ko‘plab hayvonlarning soni hali tahlikali darajaga yetmadi, biroq izchil qisqarib bormoqda. Yashash joylarining tanazzulga uchrashi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirish eng avvalo yirik yirtqich hayvonlar va tuyoqli sut emizuvchilar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tabiatga doimiy ravishda kuchayib borayotgan antropogen ta’sir respublikaning barcha mintaqalarida ildizli o‘simliklar sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. O‘simlik qoplamasining hozirgi holati biomassaning siyrakligi, mahsuldorligining pastligi, o‘rmonlar maydonining qisqarishi, ikkilamchi o‘simliklar dunyosi va hayvonlar to‘dalari va o‘simliklarning muqobil (inson tomonidan tabiiy arealdan yiroqdagi hududga qasddan keltirilmagan o‘simliklar), begona turlari keng tarqalishi bilan tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hayvonlarning ayrim turlari O‘zbekiston hududida mavsumiy, ya’ni migratsiya davrida yashaydi. Hayvonlarning migratsiya turlariga sut emizuvchilarni (oqquyruqlar, Buxoro bug‘usi, kulon, ilvirs (tog‘ qoploni), qushlarni (turnalar, suvli-botqoq joylar o‘simliklari va boshqalar), baliqlarni kiritish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hayvonlar migratsiyasi, asosan — kuz-bahor davrida amalga oshiriladi. Migratsiya bilan bog‘liq hayvonlarning katta qismi O‘zbekistonda qishlab qoladi. Bunday holatda hayvonlar sonini hisobga olish, ularni qo‘riqlash va yashash joylarini himoya qilish choralarini ko‘rish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. O‘rmon va o‘rmondan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston o‘rmonlar kam bo‘lgan mamlakat hisoblanadi, biroq o‘rmon ekotizimlari ham xo‘jalik munosabatlarida, ham tabiatni muhofaza qilish munosabatlarida muhim rol o‘ynaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondi yerlari 11,2 mln gektarni egallaydi, bu respublika umumiy maydonining 25,2 foizini tashkil etadi, ulardan 3,26 mln gektarga yaqini o‘rmonlar bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston o‘rmonlari o‘zining tabiiy tarkibi, mahsuldorligi va bajariladigan funksiyalariga ko‘ra jiddiy ravishda farqlanadi. O‘rmonlar asosan qumli cho‘llarda — 9,53 mln ga, tog‘larda — 1,12 mln ga, qayirlarda — 0,11 mln ga, shuningdek, vohalarda — 0,26 mln ga joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 30 ming gektarga yaqinni egallagan to‘qayzorlar uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan va Amudaryo deltasida to‘qayzorlar dastlabki hududining 10 foiziga yaqinni tashkil etadi. Ushbu uchastkalar O‘zbekistondagi qolgan barcha to‘qayzorlarning 75 foizini va Markaziy Osiyo to‘qayzorlarining 20 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. To‘qayzorlar maydonining kamayishi kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarning qisqarishi sababi hisoblanadi. To‘qayzorlar massivlari uncha katta bo‘lmagan tor polosalar va daryo uvalaridagi alohida uchastkalarda saqlanib qolgan va yovvoyi tabiat uchun muhim ekologik yo‘laklar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mavjud bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun boy tabiiy meros asosida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning to‘laqonli tarmog‘ini tashkil etish O‘zbekistonni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Do‘rmon” milliy bog‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sayg‘oqli” kompleks lanfdashft buyurtmaxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ugom-Chotqol” davlat biosfera rezervati tashkil etilishi respublikaning katta muvaffaqiyati bo‘ldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigini rivojlantirish, Ramsar Konvensiyasi doirasida suvli-botqoq joylar xalqaro ro‘yxatiga yangi tabiiy hududlarni kiritish, mamlakatning 51 ta muhim arnetologik hududini xatlovdan o‘tkazish va ularni tavsiflash katta yutuq bo‘ldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bugungi kunda respublikada 7 ta qo‘riqxona (188,3 ming ga), 1 ta kompleks landshaft-buyurtmaxona (628,3 ming ga), 2 ta biosfera rezervati (111,7 ming ga), 3 ta milliy tabiiy bog‘ (558,2 ming ga), 1 ta “Do‘rmon” milliy bog‘i (32,4 ga), 10 ta tabiat yodgorligi (3,8 ming ga), 12 ta buyurtmaxona (572,4 ming ga) va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi (165, ming ga), shuningdek, o‘rmon va o‘rmon ovchilik xo‘jaliklari (11,121 mln ga) mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bioxilma-xillik barqaror saqlanishini ta’minlaydigan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning (muhofaza qilinadigan landshaftlar — kurort tabiiy hududlar, rekreatsion zonalar, suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oqbo‘yi polosalari, suv obyektlarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalari, yuza va erosti suvlar hosil bo‘lishi zonalarisiz) umumiy maydoni 13,2 mln gektarga yaqinni tashkil etadi. Ayni vaqtda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari hisobga olinmaganda 2079,2 ming gektarni yoki mamlakat hududining 4,64 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Ekoturizm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun noyob tabiat, har xil landshaftlar (cho‘llar, tog‘lar, plato, daryolar, ko‘llar, sharsharalar), o‘simlik va hayvonot dunyosining kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari, arxeologik topilmalar, poleontologik qoldiqlar, petrogliflar, nodir geologik obyektlar mavjud. Shunga qaramay, respublikada turistlarni tabiiy obyektlarga jalb qilish uchun infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Respublikaning ayrim muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari turistlarni qabul qilish uchun eng uyushtirilgan va munosib joylar hisoblanadi, chunki ushbu hududlarda belgilangan maydon va chegaralar, turistlar tashrif buyurishi uchun ajratilgan uchastkalar, keluvchilar bilan ishlash tajribasi mavjud, ayrimlarida esa — belgilangan yo‘nalishlar hamda ushbu hudud va uning xususiyatlari bo‘yicha muayyan bilimlarga ega bo‘lgan xodimlar bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Biroq qonun hujjatlariga muvofiq ekoturizmni, shu jumladan, rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun davlat qo‘riqxonalariga, tabiiy bog‘larning qo‘riqxona zonalariga va biosfera rezervatlariga kirish taqiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mavjud xavf-xatarlar va muammolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oxirgi o‘n yildagi vaziyatni tahlil qilish bioxilma-xillik yo‘qolishi va uning mahsuldorligi pasayishi va ekotizim xizmatlari funksiyalari kamayishining asosiy sabablari jiddiy ravishda o‘zgarmaganligini ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Biologik xilma-xillikning mavjud xavf-xatarlari asosan iqtisodiyotning biologik resurslardan barqaror foydalanishni hisobga olmasdan rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Chorvachilik tabiiy ekotizimlarga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Cho‘l, tog‘oldi va tog‘ hududlarida, ayniqsa qishloq manzilgohlari yaqinida joylashgan zonalarda yaylovlarning tanazzulli tezlashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi sug‘orishi infratuzilmasining tor yo‘naltirilgan rivojlanishi va boshqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqchilik xo‘jaligi sohasida tabiiy resurslarni boshqarish va foydalanishning barqaror bo‘lmagan shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘oriladigan dehqonchilik hosildorligining pastligi va barqaror bo‘lmaydigan sug‘orilmaydigan dehqonchilik o‘sib borayotgan xavf-xatarlarga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu omillar mamlakat aholisi soni tez o‘sib borishi bilan qo‘shilib barcha resurslardan jadal foydalanishga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Aholi soni o‘sishi natijasida aholi punktlari hududi kengaydi, bu ekotizimlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga nisbatan tabiiy ekotizimlarga yuklamani oshirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Iqlim o‘zgarishi yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanish jarayonlarini keltirib chiqaradi va bu bilan biologik xilma-xillikning holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu jarayonlar ayniqsa Orolbo‘yida, Ustyurt platosida, Qizilqum sahrosida, tog‘lardagi o‘rmon massivlarida va tog‘oldi tumanlarida jadallik bilan yuz bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mavjud tendensiyalar saqlanib qolsa yaqin o‘n yil mobaynida asosiy ekotizim xizmatlarining qo‘ldan boy berilishi xavfi o‘sadi. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi ta’sirning boshqarib bo‘lmaydigan omili hisoblanadi, u tanazzulga uchrashi va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi borasida qo‘shimcha muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Quyidagilar biologik xilma-xillik saqlanib qolishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarning biologik resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro standartlarga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxilma-xillik va ekotizim xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmlarining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini va ularning reprezentativ tizimini muqobil boshqarishning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhit, jumladan, bioxilma-xillik davlat kadastri va monitoringi yetarlicha amalga oshirilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxilma-xillikni saqlash sohasida moliyalashtirish yetarli emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik ekspertizasi tartibotiga xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning bioxilma-xillikka ta’sirini baholash mexanizmlari yetarlicha joriy etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilikning bioxilma-xillikni saqlab qolishdan xabardorligini va ishtiroki darajasining pastligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi ekologik madaniyatining yetarlicha rivojlanmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bioxilma-xillik sohasida xalqaro aloqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish mintaqaviy va xalqaro jarayonlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Hamkorlik ko‘p tomonlama tabiatni muhofaza qilish shartnomalarini — global ekologik Konvensiyalarni, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar va memorandumlarni amalga oshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo‘lgan suvli-botqoq joylar to‘g‘risidagi konvensiya (Ramsar konvensiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOning butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarning migratsion turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jiddiy qurg‘oqchilik va/yoki cho‘llanishga duchor bo‘lgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha konvensiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afro-Yevroosiyo migratsiyalanadigan suvli-botqoq joylardagi qushlarni muhofaza qilish bo‘yicha bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oq quyruq, Buxoro bug‘usi, Sibir oq turnasi singari hayvonlarning kamyob migratsiyalanadigan turlarini saqlash bo‘yicha o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sut emizuvchilar bo‘yicha Markaziy Osiyo tashabbusi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Biologik xilma-xillikni saqlash va tegishli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish doirasida Global ekologik jamg‘arma, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi, BMT TD, BMTning atrof muhit bo‘yicha dasturi, YUNESKO, Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Mixael Zukkov jamg‘armasi singari xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. O‘zbekistonda keyingi o‘n besh yilda xalqaro grantlar jalb etilgan holda bir qancha loyihalar amalga oshirildi. Ular doirasida muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda va ular atrofida bioxilma-xillik va tabiiy resurslarni saqlash va boshqarish, muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar tizimini kengaytirish bo‘yicha yangi yondashuvlar namoyish qilindi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish tufayli muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning yangi toifalari tashkil etildi, ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilandi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi mutaxassislari va xodimlarini, shuningdek, respublika kompaniyalari va korxonalari ekologlarini bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha yangi ilg‘or yondashuvlarga o‘qitish yaxshilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Strategiyaning maqsadlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Bioxilma-xillikni saqlash strategiyasining konsepsiyasi O‘zbekiston rivojlanishning muvozanatli va barqaror shakliga erishishidan, u uzoq muddatli istiqbolda millatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlari bog‘liq bo‘lgan ekotizimlarning asosiy xizmatlarini ta’minlaydigan bioxilma-xillikni e’tirof etishi, baholashi va saqlab qolishidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Strategiyaning maqsadi 2029-yilga kelib bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, ekotizimlar faoliyat ko‘rsatishi va ular tomonidan asosiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun samarali va shoshilinch chora-tadbirlar ishlab chiqilishidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, oziq-ovqat xavfsizligini, aholi yashashi uchun qulay muhitni hamda mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun 2029-yilgacha quyidagi strategik maqsadlar belgilandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxilma-xillik masalalarini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxilma-xillikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklamalarni qisqartirish, uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar hududi tizimini rivojlantirish, ekotizim xizmatlari tomonidan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatni rejalashtirish, yaratish va moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish yo‘li bilan biologik xilma-xillik saqlash va undan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Strategiya turli darajalardagi davlat va nodavlat tuzilmalari, aholining kelishilgan sa’y-harakatlarini safarbar qilishga, shuningdek, bioxilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan donorlarni jalb etishga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Biologik xilma-xillik mavzularini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini takomillashtirish, biologik xilma-xillik komponentlari monitoringi bilan keng qamrab olish hisobiga uning mazmun-mohiyatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillik qadriyatlari va ekotizim xizmatlari to‘g‘risida davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, shuningdek, jamiyatning barcha qatlamlarining xabardorligi va bilimini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xilliklar qiymati va ekotizimlar xizmatlarini iqtisodiy baholashni ishlab chiqish va uning mexanizmlarini rejalashtirish jarayoniga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-texnik, texnologik yechimlarni o‘z ichiga oladigan davlat ekologik ekspertizasi doirasida tabiatni muhofaza qilish tadbirlari iyerarxiyasini nazarda tutuvchi atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi bayonotlar loyihalariga xalqaro talablarni ishlab chiqish va joriy etish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Biologik xilma-xillikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklamalarni qisqartirish va uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish bo‘yicha kompleks choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takomillashtirilgan huquqiy va metodik asosda suv havzalari va boshqa ekotizimlarning biologik resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizimlar xizmatlari bilan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini ko‘paytirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan tabiiy hudud tizimini muqobil va samarali boshqarishni va tabiiy bog‘lar, kompleks buyurtmaxonalar va buyurtmaxonalar hisobiga tizim maydonini kengaytirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan biologik xilma-xillik komponentlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanish davlat dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Salohiyatni yaratishni rejalashtirish yo‘li bilan biologik xilma-xillikni saqlab qolish va ulardan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish uchun milliy, hududiy va tarmoq rivojlanishi rejalarining tarkibiy qismlari sifatida ushbu Strategiyaning qoidalari kiritilishi va amalga oshirilishini ta’minlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha harakatlarning asosiy yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Biologik xilma-xillikni to‘g‘risidagi konvensiyaning Tomonlari konferensiyasi (KT-10) qaroriga muvofiq 2010-yilda Konvensiya tomonlari bo‘lgan mamlakatlar yangilashlari va “biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha samarali va yangilangan milliy strategiyalar va harakatlar rejalarini boshlashi” kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Strategiya va Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi biologik xilma-xillik komponentlarining hozirgi holatini, mamlakatning iqtisodiy, institutsional, huquqiy, ta’lim, ilmiy, axborot xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini tahlil qilishga asoslanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. O‘zbekiston tomonidan mustaqillik davrida ko‘rilgan biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanishga doir sa’y-harakatlar erning tanazzulga uchrashi, cho‘llanish, qurg‘oqchilik, areallar va turlar sonining qisqarishi sohasida va tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa oqibatlari bo‘yicha tendensiyalar uncha katta bo‘lmagan sekinlashishiga olib keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq bioxilma-xillik masalalari iqtisodiyotning asosiy sektorlariga zarur darajada integratsiyalashtirilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlanishga erishish uchun biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish masalalarini zarur tashkiliy va moliyaviy resurslar yaratilgan holda iqtisodiyotning barcha sektorlarini milliy rivojlantirish rejalariga kiritish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mamlakatning yanada iqtisodiy rivojlanishi, aholi sonining va tabiiy resurslarga bo‘lgan talabning o‘sishi sharoitlarida faqat “yashil iqtisodiyot” prinsiplariga amal qilish mamlakatning ekologik xavfsizligini, erning uzoq muddatli mahsuldorligini ta’minlashga, biologik xilma-xillikni va ekotizimlarning asosiy xizmatlarini saqlab qolishga qodirdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Biologik xilma-xillik saqlab qolinishi va undan barqaror foydalanishni ta’minlash quyidagi asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish bilan bog‘liqdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri va monitoringi yuritilishini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu sohada siyosatni shakllantirish va kompleks qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan biologik xilma-xillikning holati va ahamiyati to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy axborotni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazorat qilishni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik turizmni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillikka nisbatan aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Biologik xilma-xillik sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatning huquqiy va qonunchilik asosi 120 tadan ortiq qonunlar va qonunosti hujjatlarini o‘z ichiga oladi, ularning ko‘pchiligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita biologik xilma-xillik masalalari bilan bog‘liqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq hamon nuqsonlar mavjud, ayniqsa biologik xilma-xillikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat loyihalarining atrof muhitga ta’sirini baholash qo‘llanilishiga nisbatan nuqsonlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Biologik xilma-xillikning davlat kadastri va monitoringini yuritishning institutsional va qonunchilik asoslarini takomillashtirish zarur. Tabiatdan foydalanishga va uni nazorat qilishga yo‘naltirilgan qonunosti hujjatlari ham takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, ham biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha faoliyatni moliyalashtirishni izlash, ham davlat tomonidan ushbu sohaga investitsiyalarni baholash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish masalalarini iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va akvamadaniyatlar, energetika, yer usti transporti, qazib oluvchi sanoat va turizmning normativ bazalarini takomillashtirishni nazarda tutish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi (yo‘riqnomalar, tartibotlar)ni amaliy qo‘llash mexanizmlarini kuchaytirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri yuritilishini va monitoringi olib borilishini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Hozirgi vaqtda Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining umumiy tuzilmasida biologik xilma-xillik komponentlari yetarlicha ifodalanmasligi kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, biologik xilma-xillikning tizimli monitoringini rivojlantirish, shu jumladan, monitoringning tegishli tuzilmalarini va uni amalga oshirish uchun asosiy yo‘nalishlarni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida muayyan xatti-harakatlar ko‘rilmoqda. Respublikaning davlat qo‘riqxonalarida etalon ekotizimlar uchun biologik xilma-xillik monitoringining yagona kelishilgan tizimi ishlab chiqilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Asoslangan qarorlar qabul qilish uchun biologik xilma-xillik komponentlarining holati va rivojlanishi dinamikasi to‘g‘risida dolzarb va ishonchli ma’lumotlar mavjudligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borishni takomillashtirish maqsadida biologik xilma-xillik komponentlari monitoringining yagona tizimini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish, biologik xilma-xillik monitoringi usullari va obyektlarini birxillashtirish, biologik xilma-xillik monitoringi ma’lumotlar bazasini rivojlantirish va takomillashtirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Respublika muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimi umumiy o‘lchami, tarkibi, konseptual yondashuv, moliyalashtirish prinsiplari nuqtai nazaridan cheklanishlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish va uni samarali boshqarishni ta’minlash bugungi kunda dolzarb vazifalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Tizimni rivojlantirish, yaxshilash va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar samarali boshqarilishini ta’minlash maqsadida ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borishga, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish tartibini, ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlashga, kadrlar bilan ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qaroriga muvofiq 2019 — 2022-yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida beshta yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tashkil etiladi. Bular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Janubiy Ustyurt davlat qo‘riqxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Beltov”, “Oqtepa” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo” oralig‘i davlat buyurtmaxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudochye” davlat buyurtmaxonasi negizida “Sudochye” ko‘llar tizimi” davlat buyurtmaxonasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan birgalikda istiqbolda mavjud davlat buyurtmaxonalarini ularga boshqarish, moliyalashtirish va muhofaza qilishning tegishli tartibi bilan birgalikda yuridik shaxs maqomini berish yo‘li bilan ularni rivojlantirish yoki qayta tashkil etishga alohida e’tiborni qaratish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Eng zaif tabiiy ekologik tizimlarning tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Respublika iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydigan chorvachilik tabiiy ekotizimlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunda shuni hisobga olish zarurki, xususiy egaliklarda mollar bosh soni o‘sib bormoqda. Shu munosabat bilan yaylov ekotizimlari ayniqsa qo‘y-echkilardan katta yuklamaga duchor bo‘lmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. O‘simlik dunyosi davlat kadastrini yuritish, yaylovlarning tanazzuli va cho‘llanish jarayonlarining oldini olish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqish uchun tabiiy yaylovlar va pichanzorlarda o‘sadigan o‘simliklarni davriy biobotanik tekshirishdan o‘tkazish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Mamlakatda o‘rmonlar hududlarining qisqarishi hayvonlar va o‘simliklar yashash joylari yo‘qolishiga olib keladi va o‘rmon ekotizimlari tanazzuli jarayonlariga ko‘maklashadi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Chirchiq daryosi, Ohangaron daryosi bo‘ylab joylashgan to‘qayzorlar mamlakatda maydoni kam to‘qayzorlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Orol dengizining qurigan tubida o‘rmon-meliorativ ishlarni amalga oshirish hamda tog‘ massivlari va to‘qaylarning o‘rmonlar bilan qoplanishini oshirish yo‘li bilan Orolbo‘yini ekologik sog‘lomlashtirish yashash joyi tanazzulining davom etayotgan jarayonining oldini olish uchun ekologik sog‘lomlashtirish tadbirlari dolzarb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Orol dengizining qurigan tubida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha katta ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizining qurigan tubida “yashil maydonchalar” — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qarori bilan 2019-yilda 500 ming gektar erga ko‘chatlar ekish nazarda tutilgan. Ushbu ishlar Orol dengizining qurigan tubini to‘liq o‘rmonzorlashtirishgacha davom ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish hamda mavjudlarini rivojlantirish hayvonlarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlari sonini tiklashda muhim o‘rin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklash va ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish hayvonlarni, asosan ularning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarining sonini tiklashga muayyan ulush qo‘shadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan foydalanishni qisqartirish maqsadida respublikaning turli mintaqalarida plantatsiyalar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. O‘simliklar va hayvonlar turlaridan foydalanishning tijorat usullarini shartli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqatbop va dorivor o‘simliklarni yig‘ish va sotishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishga ajratish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. O‘simliklardan tijorat maqsadlarida foydalanish ekspert baholashga ko‘ra oxirgi 20 yilda ancha ko‘paygan. Bu tijorat kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan bozorlarda sotishdan tortib ularni qayta ishlash va marketingning murakkab mexanizmlarigacha kuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Hayvonlardan tijorat maqsadida foydalanishning istalgan turi katta iqtisodiy foyda olish uchun ulkan salohiyat hisoblanadi, biroq ushbu faoliyat barqaror boshqarilishi va ilmiy asoslangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Ovchilik xo‘jaligini barqaror yuritishda ov mahsulotlarini barqaror olish va o‘lja olish imkoniyati yuzaga keladi. O‘ljadan olingan daromadlar ulardan biotexnik va muhofaza tadbirlarini amalga oshirishda, hayvonlarning ovlanadigan turlarini tiklashda foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish quyidagilar yo‘li bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklashlar va taqiqlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus foydalanish huquqini to‘xtatib turish, to‘xtatish, bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zboshimchalik bilan foydalanish va foydalanishning belgilangan tartibi boshqacha tarzda buzilishlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash va o‘sish muhiti muhofaza qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini Qizil kitobga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pitomniklar va plantatsiyalarda hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlarining davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilish va oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining inspeksiya xizmati qayta tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlash ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari soni ko‘paytirildi hamda ularning faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtirish tartibi belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Brokonyerlik darajasini pasaytirish maqsadida ekologik tadbirlarni tashkil etish yo‘li bilan aholi orasida ekologik ong darajasini hamda treninglar va ta’lim beruvchi seminarlar tashkil etish yo‘li bilan davlat inspektorlari malakasini oshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Ekologik turizmni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ekologik turizm O‘zbekistonda rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoq hisoblanadi. Ekologik turizm katta iqtisodiy daromad keltirishga qodirdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Tabiiy bog‘larning rekreatsion zonalaridan, ayniqsa tog‘larda va tog‘oldi yaqinidagi shaharlarda foydalanish so‘nggi 20 yilda shiddat bilan o‘sdi. Aholi an’anaviy ravishda ommaviy dam oladigan joylarda rekreatsion yuklamaning oshishi ayniqsa mahalliy tabiiy o‘simliklar dunyosi va hayvonlar to‘dalarining biologik xilma-xillik tuzilmasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Uyushtirilgan ekologik turizm tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur. Birinchi navbatda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur, tegishli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Bugungi kunda biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish uchun odamlar amal qilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlardan ular xabardorligi darajasining yetarlicha emasligi tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan muhim va dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqilgan dasturlar va harakatlar rejalari asosida turli maqsadli guruhlarning xabardorligini oshirishga tizimli, kompleks yondashuv mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Qaror qabul qiladigan mansabdor shaxslar va jamiyatning biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlarining ahamiyatidan, mamlakatning farovonligi va rivojlanishiga ularning ulushidan xabardorligini oshirish ham muhim hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Jamoatchilikni biologik xilma-xillik sohasidagi masalalarni hal etishga, shu jumladan, uning monitoringini olib borish tadbirlariga jalb etish aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirishga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Strategiyani amalga oshirish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Strategiya Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlar to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyaning qoidalari O‘zbekiston Respublikasining iqlim o‘zgarishiga, cho‘llanishga qarshi kurashga, suv resurslari va transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanishga tegishli xalqaro shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarga integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Strategiya milliy va mahalliy darajalarda atrof muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar rejalarini, fundamental va amaliy tadqiqotlarni, atrof tabiiy muhit monitoringiga, biologik xilma-xillikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklamalarni qisqartirishga, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirishga, ekotizimlar xizmatlarini hisobga olgan holda biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan foydalanish samaradorligini oshirishga va iqlim o‘zgarishiga moslashishga, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga, yaylovlarni barqaror boshqarishga, suv resurslarini muhofaza qilishga tegishli tarmoq rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun huquqiy asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Strategiya amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijrochilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan tadbirlar belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi yilda amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlar har yili Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini ta’minlaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ishlarni muvofiqlashtiradi va ular bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Strategiyani resurslar bilan ta’minlash va uni amalga oshirish bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Strategiya amalga oshirilishini resurslar bilan ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Mas’ul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, mavjud va tashabbus ko‘rsatadigan milliy va xalqaro loyihalarning grant mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari Strategiya amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Rejalashtiriladigan har bir tadbir bo‘yicha moliyalashtirishning zarur hajmi tegishli tadbirlarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan aniq chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib alohida hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni safarbar qilish uchta asosiy yondashuvni nazarda tutadi. Bular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillik saqlanishini ta’minlash va ekotizimlar xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ichki investitsiyalarni ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy va texnik ko‘mak olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini aniqlash va ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Strategiyani amalga oshirish bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Strategiyani amalga oshirish quyidagi davrlarga mo‘ljallanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich (2019 — 2023-yillar) — qonunchilik bazasini takomillashtirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida beshta muhofaza qilinadigan tabiiy hudud barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich (2024 — 2028-yillar) — maqsadli ko‘rsatkichlarga va kutilayotgan natijalarga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Maqsadli ko‘rsatkichlar va kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Strategiyani amalga oshirish dasturlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining qurigan tubini 1,2 mln gektargacha o‘rmonzorlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlarni 1000 tagacha ko‘paytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1000 tagacha tuvaloqlarni ko‘paytirish va tabiatga qo‘yib yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy bo‘g‘inga — davlat qo‘riqxonalarining etalon ekotizimlariga ega bo‘lgan biologik xilma-xillik komponentlari monitoringining yagona tizimini yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy bioaxborot texnologiyalar (GIS-texnologiyalar) asosida biologik xilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastrining yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) ish yuritadigan www.biodiversity.uz saytini yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 mln ga hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar o‘simliklarini biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston suv havzalarida qushlarning ovlanadigan turlari soni har yili hisobga olinishiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tozako‘l va To‘dako‘l suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoq joylar ro‘yxatiga (Ramsar Konvensiyasi) kiritish bo‘yicha materiallarni tayyorlashga va belgilangan tartibda berilishini tashkil etishga;
(94-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovchilik monitoringi va baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarining biologik resurslari holati tizimini yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik xilma-xillikka bosim pasayishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning barcha sektorlarida biologik xilma-xillikni saqlash masalalari integratsiya qilinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy bilimlarga va oldini oluvchi yondashuvga asoslangan tegishli kompleks qarorlar qabul qilinishiga va samarali amalga oshirilishiga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Strategiyani amalga oshirish uchun 2019-2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasi rivojlantirish strategiyalari va harakatlar rejalarini, sektorlar bo‘yicha dasturlar va boshqa rejalarni tahlil qilishga asoslangan va manfaatdor vazirliklar va idoralarni, ilmiy jamoatchilikni va ekologik nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda maslahatlashuv jarayoni yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini amalga oshirishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKATLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Kutilayotgan natijalar

I. Biologik xilma-xillik mavzularini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va jamiyat faoliyatiga kiritish

1.1Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimiga biologik xilma-xillik monitoringini kiritish orqali uni takomillashtirish

1.

O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringini tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi biologik xilma-xillik komponentlarining yagona monitoringini olib borish tizimini yaratish.

O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringini olib borish tartibini belgilaydigan qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil avgust

Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari,

grantlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jalik vazirligi,

Fanlar akademiyasi, O‘zgidromet,

Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘simlik va hayvonot dunyosi davlat hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, shuningdek, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining 16-moddasiga muvofiq o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari va ularning yashash muhiti holatini kuzatish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish.

2.

Zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS- texnologiyalar) asosida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri va monitoringi bo‘yicha ma’lumotlar axborot bazasini yaratish.

1. O‘zbekistonning yuqori tog‘li ekotizimlarining bioxilma-xilligi ekologik axborotini boshqarish va monitoringini olib borish tizimini yaratish.

2. Elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, to‘ldirish va integratsiyalash.

2020-yil noyabr

2020 — 2023-yillar

Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari,

grantlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Fanlar akademiya�i,

Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari

O‘zbekistonning yuqori tog‘li ekotizimlari biologik xilma-xilligining holati haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Geoaxborot texnologiyalar asosida ma’lumotlar bazasini joriy etish va respublikaning biologik xilma-xilligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan mutaxassislar va qaror qabul qiluvchi shaxslarni o‘z vaqtida va ko‘rgazmali tarzda ta’minlash.

3.

Yagona davlat kadastrlari tizimining talablariga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining kadastrini yuritish ishlarini takomillashtirish.

Tegishli kadastr obyektlarining davlat hisobini yuritish ishlarini tashkil etish va o‘tkazish.

Kadastr ma’lumotlarini to‘plash tizimini takomillashtirish.

Har yili

Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Fanlar akademiyasi,

Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

Tegishli davlat kadastrlari bo‘yicha ishlarni bajarish va manfaatdor idoralarni biologik xilma-xillikning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bilan ta’minlash.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida www. biodiversity.uz biologik xilma-xillik saytini uch tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) tashkil etish.

Domen va provayderni aniqlash. Ma’lumotlarni to‘plash va saytga joylashtirish

2020-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Biologik xilma-xillik bilan bog‘liq barcha normativ hujjatlarni hamda quyidagi ma’lumotlarni saytda joylashtirish:

MQTH, o‘simlik va hayvonot dunyosi bo‘yicha;

yillik monitoring natijalari va kadastr ma’lumotlari to‘g‘risida;

o‘simlik va hayvonot dunyosini ovlash bo‘yicha kvotalarni tasdiqlash to‘g‘risida;

o‘simlik va hayvonot dunyosini ovlash, olib kirish va olib chiqish uchun beriladigan ruxsatnomalar to‘g‘risida;

fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan sharoitlarni yaratadigan boshqa ma’lumotlar.

5.

Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklar turlarining tabiiy zaxiralarni xatlovdan o‘tkazish.

Har yili mavjud o‘simlik turlarini o‘rganib chiqish va Davlat ekologiya qo‘mitasiga hisobot taqdim etish.

2019 — 2028yillar

Har yili ajratiladigan budjet ma�lag‘lari,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi

Xatlov natijalariga ko‘ra tabiatga zarar yetkazilmaydigan holda yovvoyi holda o‘sadigan dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklar turlari bo‘yicha kvotalarni tasdiqlash va tayyorlash hajmlarini aniqlash.

6.

Yiliga 2 mln ga maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklarni geobotanik o‘rganib chiqish.

Geobotanik o‘rganib chiqish va har yili Davlat ekologiya qo‘mitasiga hisobot taqdim etish

Har yili
31-yanvarga qadar

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari

Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

O‘simlik dunyosi davlat kadastri yuritilishini ta’minlash, yaylovlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanishga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

7.

O‘zbekiston suv havzalarida ov qilinadigan qushlarning hisobini yuritish.

Qushlarning qishki hisobini yuritish.

Har yili Davlat ekologiya qo‘mitasiga hisobot taqdim etish.

Doimiy asosda

Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari
(150,0 mln so‘m)

Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Biologik resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhit xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash, shuningdek, suvda suzadigan qushlarni ovlash kvotasini va ov qilish muddatlarini belgilash.

8.

Tozako‘l va To‘dako‘l suv omborlarini (Navoiy viloyati) xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega bo‘lgan suvli-botqoq joylar ro‘yxatiga kiritishni ta’minlash.

Belgilangan shakl bo‘yicha nomma-nom hujjatlarni tayyorlash.

2020-yil dekabr

Mablag‘ talab etilmaydi

Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Atrof muhit muhofazasi bo‘yicha xalqaro konvensiyalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Quyimazor va To‘dako‘l suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoq joylar ro‘yxatiga kiritish.

1.2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamiyatning biologik xilma-xillikning ahamiyati va ekotizimlar xizmatlaridan xabardorligini va bilimini oshirish

9.

Biologik xilma-xillikni saqlash chora-tadbirlarini va ekotizimlar ko‘rsatadigan xizmatlarni iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash.

Bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimlar ko‘rsatadigan xizmatlar bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni idoraviy dasturlar va rejalarga kiritish.

Doimiy asosda

Respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, “Issiqlik elektrostansiyalari” AJ, “O‘zbekneftgaz” MXK, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bioxilma-xillikni saqlashga va ekotizimlar ko‘rsatadigan xizmatlarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish.

10.

Biologik xilma-xillikning ahamiyati to‘g‘risida jamiyatning xabardorligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarining (OAV) rolini oshirish.

Tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Biologik xilma-xillik mavzulari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilishini tashkil etish.

Doimiy asosda

Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Biologik xilma-xillik va ekotizim ko‘rsatadigan xizmatlarning ahamiyatini tashviq qilish sohasida OAV ishtirokini kengaytirish, shuningdek, ekologiya sohasida jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirishga ko‘maklashish.

11.

Biologik resurslarni saqlashning ahamiyatini oshirish hamda ularning ekotizimlari xizmatlaridan barqaror foyd�lanishni oshirish maqsadida aholi (tabiatdan foydalanuvchilar) uchun axborot kompaniyasini o‘tkazishni tashkil etish.

Seminar va treninglar o‘tkazish.

Doimiy asosda

Respublika davlat boshqaruvi organlarining mablag‘lari, grantlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Xalq ta’lim vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari

Biologik xilma-xillikni saqlash va undan hamda ekotizimlar xizmatlaridan barqaror foydalanish jarayonlariga iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish.

Biologik xilma-xillikning iqtisodiy qiymatini baholash sohasida tajriba to‘plash, shuningdek, metodikani takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish.

1.3. Biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmini ishlab chiqish va rejalashtirish jarayoniga joriy qilish

12.

Biologik xilma-xillikni va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmini yaratish.

Tajriba o‘tkaziladigan hududlar misolida biologik xilma-xillikni va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash bo‘yicha metodik
tavsiyalarni ishlab
chiqish.

2023-yil
may

Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari,

BMTning Taraqqiyot dasturi/Global ekologik jamg‘armaning “Bioxilma-xillikning global ahamiyatli turlari uchun asosiy tog‘li mintaqalarda tabi�y va o‘rmon resurslarini bar�aror boshqarish” dasturlari liniyasi bo‘yicha grantlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

Biologik xilma-xillikni saqlash va barqaror foydalanishga va ekotizimlar taqdim qiladigan xizmatlar jarayoniga iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilish.

Biologik xilma-xillikni va iqtisodiy baholash sohasida tajriba orttirish hamda ushbu masalada metodik tavsiyalarni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish.

13.

Biologik resurslarni muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish va ularni qayta tiklashni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yillar oktyabr

Mablag‘ talab qilinmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi.

Tabiatni muhofaza qilishga va tabiatni tiklash samaradorligiga olib keluvchi faoliyat amalga oshirilganligi uchun soliq, kredit imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yo‘li bilan ekotizimlarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish maqsadida tabiatdan foydalanuvchilarni ra�batlantirish.

II. Biologik xilma-xillikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklamalarni qisqartirish, uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish

14.

Orol dengizining qurigan tubida o‘rmon-meliorativ ishlarni amalga oshirish yo‘li bilan Orolbo‘yini ekologik sog‘lomlashtirish.

Yangi o‘rmonzorlar barpo etish.

2019 — 2028-yillar

Budjet mablag‘lari (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lar, grantlar

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Muhofaza o‘rmon polosalari maydonini kengaytirish, tuz-chang ko‘chishini qisqartirish va biologik xilma-xillikni tiklash.

15

Tog‘li joylarda va to‘qayzorlarda cho‘l hududlarning o‘rmon bilan qoplanishini, suv to‘planadigan havzalarni ko‘paytirish.

O‘rmon tiklash ishlarini olib borish.

2019 — 2028-yillar

Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lar, grantlar

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Cho‘l hududlarini tiklash va o‘rmonzorlashtirish.

Tog‘li joylarda suv to‘planadigan havzalarni tiklash va o‘rmonzorlar barpo etish.

To‘qayzorlarni tiklash va barpo etish.

Vodiy zonasida o‘rmonzorlarni tiklash va barpo etish.

16.

Biologik xilma-xillikni saqlash bilan bog‘liq masalalarni kompleks hal etish va biologik resurslarni boshqarish mexanizm�arini takomillashtirish, shu jumladan, landshaft darajasida rejalashtirish usullarini sinovdan o‘tkazish, tegishli qarorlar qabul qilish, bioxilma-xillikning asosiy zonalarini mustahkamlash, G‘arbiy Tyonshon va Pomir-Oloy tog‘ tizmalarida o‘simlik dunyosi va hayvonlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun rag‘batlar yaratish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish.

“Biologik xilma-xillikning global ahamiyatli turlari uchun muhim bo‘lgan asosiy tog‘li mintaqalarda tabiiy va o‘rmon resurslarini barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish.

2019 —2021-yillar

Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va

BMT TD va GEJ tomonidan ajratiladigan yillik budjet mablag‘lari doirasida

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Muhof�za qilinadigan tabiiy hududarni rivojlantirish, mahalliy aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda ilvirs (tog‘ qoploni) yashaydigan arealda (G‘arbiy Tyonshon va Hisor) uni saqlab qolish uchun biologik xilma-xillikni boshqarishning ilg‘or mexanizmlari va yondashuvlarini joriy etish.

17

Tabiiy ekotizimlar — ilvirs (tog‘ qoploni) yashaydigan joylarni saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilvirs (tog‘ qoploni)ni saqlash dasturi va harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi.

2021-yil
avgust

Donorlar: BMT TD/GEJning
“Biologik xilma-xillikning global ahamiyatli turlari uchun muhim bo‘lgan asosiy tog‘li mintaqalarda tabiiy va o‘rmon resurslarini barqaror boshqarish” dasturlari liniyasi bo‘yicha grant mablag‘lari

Davlat Ekologiya qo‘mitasi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi.

“Ilvirs (tog‘ qoploni)ni saqlash dasturi va harakatlar rejasi ilvirs (tog‘ qoploni) ko‘payishini va asosiy tog‘ landshaftlari bioxilma-xilligini saqlab qolish imkonini beradi.

18.

Baliq ovi va suv havzalarining baliqchilik xo‘jaliklari biologik resurslari holati monitoringi tizimini tashkil etish.

Metodik tavsiyalar-ni va ularni amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil
oktyabr

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK mablag‘lari

“O‘zbaliqsanoat” uyushmasi, Fanlar akademiyasi, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK, Davlat ekologiya qo‘mitasi

Biologik xilma-xillik monitoringi ma’lumotlari asosida suv havzalari baliqchilik xo‘jaliklarining samarali boshqarilishini ta’minlash.

III. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizimlar xizmatlari bilan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini ko‘paytirish

3.1. Milliy ekologik tarmoqni (turli toifa va turlardagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar) tashkil etish, ularni samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida mamlakatning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari umumiy maydonini kengaytirish

19.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2028-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etish va kengaytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi.

2020-yil

Mablag‘ talab etilmaydi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning reprezentativ tizimini rivojlantirish va milliy ekologik tarmoqni tashkil etish, tabiiy muvozanatni ta’minlash, landshaft, fauna, flora va ekotizim xilma-xilligini saqlab qolish.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va ularni boshqarish sohasida faoliyatning asosiy istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash.

3.2. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini yuritishda foydalaniladigan biologik xilma-xillik komponentlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanish dasturini ishlab chiqish

20.

Madaniy o‘simliklar ko‘payishini tiklash maqsadida ularning yovvoyi ajdodlari genofondini saqlashni ta’minlash.

Biologik xilma-xillik komponentlarini ularning tabiiy sharoitlaridan tashqarida saqlash.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari va ularning yovvoyi ajdodlari mahalliy navlari va shakllarining jonli kolleksiyalarini yaratish.

Madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlari har xil populatsiyalari urug‘lari bankini tashkil etish.

2019 — 2022-yillarda va so‘ngra doimiy asosda

Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Madaniy o‘simliklarning yovvoyi gennofondini saqlab qolish. Madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlari populatsiyalarini tiklash.

IV. Birgalikda rejalashtirish va salohiyatni tashkil etish yo‘li bilan biologik xilma-xillikni saqlash samaradorligini oshirish va undan barqaror foydalanish

21.

Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish bo‘yicha Harakatlar rejasi bajarilishining tizimli monitoringi olib borilishini joriy qilish.

Mas’ul ijrochilardan axborot to‘plash, axborotni tahlil qilish

har yili
15-dekabrgacha

Mablag‘ talab qilinmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

Harakatlar rejasi bajarilishi to‘g‘risida o‘z vaqtida va sifatli axborot bilan ta’minlash.

Monitoring natijalarini hisobotlarga va Milliy ma’ruzalarga kiritish.

22.

Manfaatdor tomonlarni strategiyaning maqsadlari va vazifalari hamda uning bajarilishi, shu jumladan, mintaqaviy va xalqaro tadbirlarda, shu jumladan, Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya Tomonlari Konferensiyasida ishtirok etish to‘g‘risida xabardor qilish.

Harakatlar rejasi bajarilishining borishi va natijalari to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash va taqdim etish.

2019 — 2028-yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish strategiyasining sharhlovchi materiallarini e’lon qilish.

Strategiya qabul qilingandan keyin

Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zgidromet,

Davlat geologiya qo‘mitasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi va boshqa daxldor vazirliklar va idoralar

Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish bo‘yicha Harakatlar rejasi bajarilishi to‘g‘risida manfaatdor tomonlarni o‘z vaqtida xabardor qilish.

Mintaqaviy va xalqaro darajalarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan O‘zbekistonga ko‘maklashishni faollashtirish.

23.

BMTning biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasi talablariga muvofiq zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Biologik xilma-xillik bo‘yicha vositachilikning milliy mexanizmini rivojlantirish va barqaror ishlashini ta’minlash.

Biologik xilma-xillik bo‘yicha vositachilik milliy mexanizmining www.cbd.uz saytini ishlab chiqish va kontentini to‘ldirish.

doimiy asosda

Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida) va budjetdan tashqari mablag‘lar

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Milliy va xalqaro darajalarda manfaatdor tomonlar o‘rtasida biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlari sohasida axborot ayirboshlash maqsadida axborot texnologiyalarini joriy etish.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyasi va Harakatlar rejasi to‘g‘risida” 1998-yil 1-apreldagi 139-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 09/19/484/3281-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son)