20.03.2019 yildagi PQ-4247-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda respublikada o‘ziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlarni va majmualarni, o‘simliklarning va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga bo‘lgan salbiy ta’sirini oldini olish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologik ta’lim va tarbiyani takomillashtirish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yangi turlari — landshaftlarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob va yo‘qolib borayotgan turlarini, boshqa tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish va qayta tiklashga, shuningdek, ekologik muhitni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga ko‘maklashadigan davlat biosfera rezervatlari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalar yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning bir necha idoralar tasarrufida bo‘lib qolayotganligi, ularni samarali boshqarishni ta’minlash hamda mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish imkoniyatini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni davlat tomonidan boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirish, shuningdek respublika ekotizimining bioxilmaxilligini saqlab qolish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan Chotqol biosfera, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, shuningdek, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasining 6 ta shtat birliklarini amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019 — 2022-yillar mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida quyidagi 5 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Janubiy Ustyurt” davlat qo‘riqxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Beltov”, “Oqpetki” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oralig‘i” davlat buyurtma qo‘riqxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudochye” davlat buyurtma qo‘riqxonasi negizida “Sudochye ko‘llar tizimi” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi negizida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika komissiyasi (Qo‘chqorov) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan, topshiriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar obyektlari, moddiy-texnik boyliklarni va boshqa mulklarni xatlovdan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat ekologiya qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat qo‘riqxonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va “Jayron” Buxoro ixtisoslashtirilgan pitomnigini moliyalashtirishni yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda topshiriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari hisobini yuritish, meteorologiya va gidrologiya kuzatuvlarini olib borish, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rinishga ega ma’lumotlarni to‘plash, ifloslanishning atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chotqol biosfera, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, shuningdek, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ustavlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” tadbirlarining o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qabul qilish-topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ularni samarali boshqarishni ta’minlash hamda mazkur sohada yagona davlat siyosatini olib borish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4247-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini rivojlantirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish tizimini takomillashtirish

1.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga beriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ta’sis hujjatlarini va davlat qo‘riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar va monitoring o‘tkazishni tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlash.

1. Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum davlat qo‘riqxonalari va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining ustavlarini tasdiqlash.

2. Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish hamda davlat qo‘riqxonalari etalon ekotizimida tabiat jarayonlarning tabiiy rivojlanishini monitoring qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yilmay


2019-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Adliya vazirligi (Davletov)

2.

Davlat qo‘riqxonalariningqo‘riqlanma zonalarini tashkil etish.

1. Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota Qizilqum davlat qo‘riqxonalari va Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervatining qo‘riqlanma zonalarini tashkil etish.

2. Davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil avgust



2020-yil dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov),

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev),
Fanlar akademiyasi

(Yuldashev), viloyatlar

hokimliklari

3.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning kadrlar va ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Respublikaning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari xodimlarini Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida salohiyatini oshirish.

2. Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum davlat qo‘riqxonalari va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati obyektlari va moddiy-texnik qimmatliklarini xatlovdan o‘tkazish.

3. Xatlov natijalariga ko‘ra muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Doimiy ravishda




2019-yil aprel



2019-yil iyun

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini kengaytirish*

4.

5 ta yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (“Janubiy Ustyurt” davlat qo‘riqxonasi, “Beltov”, “Oqpetki”
va “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oralig‘i” davlat buyurtma qo‘riqxonalarini, shuningdek, “Sudochye” davlat buyurtma qo‘riqxonasi bazasida “Sudochye ko‘llar tizimi” davlat buyurtma qo‘riqxonasini) tashkil etish.

Fanlar akademiyasining Botanika va zoologiya institutlari vakillari orasidan quyidagi maqsadlar uchun ilmiy ekspeditsiyani tashkil etish:

asoslarni tayyorlash uchun taxmin qilinayotgan hududlarning bioxilmaxilligini o‘rganish;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlashni ta’minlashni talab etuvchi maydonlari va ularning geografik koordinatlarini, shuningdek muhofaza qilish maqomini belgilash.



2019-yil aprel — iyun

2019-yil

iyul — oktabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev),

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Sudochye ko‘llar tizimi” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish, xususan:

“Sudochye” buyurtma qo‘riqxonasi hududini kengaytirish bo‘yicha asosni tayyorlash;

buyurtma qo‘riqxonaning fizik-geografik va ekologik ta’rifini hamda uni muhofaza qilish rejimini, shuningdek, qo‘riqlashxodimlari sonini aniqlash;

chegaralarni ta’riflash bilan birgalikda kartografik materiallarni tayyorlash.

2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra qaror loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2019-yil aprel — iyun

2019-yil iyul — oktabr


2019-yil

noyabr

2019-yil

dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev),

Moliya vazirligi
(Xaydarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Janubiy Ustyurt” davlat qo‘riqxonasini tashkil etish, xususan:

qo‘riqxonaning fizik-geografik va ekologik ta’rifini hamda uni muhofaza qilish rejimini, shuningdek, qo‘riqlash xodimlari sonini aniqlash;


chegaralarni ta’riflash bilan kartografik materiallarni tayyorlash.



2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra qaror loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2020-yil

aprel — iyun


2020-yil

iyul — sentabr


2020-yil

oktabr

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Beltov” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish, xususan:

Buyurtma qo‘riqxonaning fizik-geografik va ekologik ta’rifini hamda uni muhofaza qilish rejimini, shuningdek, qo‘riqlash xodimlari sonini aniqlash;

Chegaralarni ta’riflash bilan kartografik materiallarni tayyorlash.


2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra qaror loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2020-yil

iyun — avgust


2020

sentabr — oktabr

2020-yil dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev),
Moliya vazirligi

(Xaydarov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xadjayev),

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq va Qorao‘zak tumanlari hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Oqpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish, xususan:

Buyurtma qo‘riqxonaning fizik-geografik va ekologik ta’rifini hamda uni qo‘riqlash rejimini, shuningdek, qo‘riqlash xodimlari sonini aniqlash;

Chegaralarni ta’riflash bilan kartografik materiallarni tayyorlash.


2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra qaror loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2021-yil

mart — may

2021-yil iyun — avgust

2021-yil sentabr

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oralig‘i” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil etish, xususan:

Buyurtma qo‘riqxonaning fizik-geografik va ekologik ta’rifini hamda uni qo‘riqlash rejimini, shuningdek, qo‘riqlash xodimlari sonini aniqlash;

Chegaralarni ta’riflash bilan kartografik materiallarni tayyorlash.


2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra qaror loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2022-yil iyun — avgust

2022-yil sentabr-

oktabr

2022-yil dekabr

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Suv xo‘jaligi vazirligi

(Xamrayev), Moliya vazirligi

(Xaydarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xadjayev), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Chora-tadbirlarni moliyalashtirish Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi, xalqaro tashkilotlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

B.T. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, Respublika komissiyasi raisi

N.J. Bakirov

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari

Yo.E. Tursunov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

B.T. Ibragimov

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

U.A. Sobirov

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika komissiyasi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning oltinchi xatboshi va 5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi” so‘zlari “Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-bandning “b” — “e” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3956-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Budjetdan tashqari mablag‘lar, shuningdek xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Yangi tashkil etilayotgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 98 birlik”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 07/19/4247/2801-son; 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)