Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 15.02.2019 yildagi 132-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurishi natijasida so‘nggi yillarda ekologik muhit va tabiiy muvozanat buzilib, iqlim salbiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Ushbu hududlardan qum, tuz va changlarning havoga ko‘tarilishi va atrof-muhitga yog‘ilishi natijasida Orolbo‘yi mintaqasi hududida yashovchi aholiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy zarar yetmoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘ va tokzorlar ekilgan yerlarda ikkilamchi sho‘rlanishlar kuchayib, hosildorlikka salbiy ta’sir qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining qurishi, ayniqsa, mintaqa xalqlarining eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, dengiz qurishi va sho‘rlanishning tezlashuvi oqibatida so‘nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan “Orolqum” sahrosi paydo bo‘ldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ekologik talafotning zudlik bilan oldini olish choralari ko‘rilmasa, natijasi salbiy va hisoblab bo‘lmaydigan darajada ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy zararlarga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurigan tubidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish, ushbu hududlarda cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni samarali tashkil etish hamda global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlari (keyingi o‘rinlarda “yashil qoplamalar” deb ataladi) barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil qoplamalar” barpo etish uchun 2019-yil mobaynida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi oldidagi qarzdorligi hisobidan bosqichma-bosqich 100 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil bahor va kuz mavsumlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hajmlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi “yashil qoplamalar” barpo etiladigan yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, o‘rmon xo‘jaliklariga doimiy egalik qilish huquqi asosida ajratib berish choralarini ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yashil qoplamalar” barpo etish uchun istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaligi organlari — buyurtmachi va pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘rmonloyiha” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “O‘rmonloyiha” DUK deb ataladi) — bosh loyihachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “yashil qoplamalar” barpo etiladigan hududlarni o‘rmon xo‘jaliklarining imkoniyatidan kelib chiqib biriktirilishini, “yashil qoplamalar” amalga oshiriladigan hududlarda ihota o‘rmonzorlari o‘z muddatida va sifatli barpo etilishi nazorat qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “O‘rmonloyiha”DUK tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon xo‘jaliklariga doimiy egalik qilish huquqi asosida ajratib berilgan maydonlarda loyiha-qidiruv ishlari o‘tkazilishini, o‘rmon barpo qilishga yaroqli yer maydonlarini aniqlash va himoya o‘rmonzorlari barpo etish bo‘yicha reja ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejaga asosan o‘rmon barpo etish usullarini, har bir o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha o‘rmon barpo etishga zarur bo‘ladigan texnikaning soni va turlari, xomashyo va bajariladigan ishlar hajmi bo‘yicha smeta xarajatlarining aniq hisob-kitobi ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejaga asosan har bir o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘rmon barpo etish bo‘yicha ishchi loyihalar 2019-yil uchun 1-martgacha, keyingi yillarda 1-sentabrgacha ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil davomida jami 500 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjetining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan hududida “yashil qoplamalar” barpo etishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari jalb etilishi choralarini ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat dasturi asosida e’lon qilingan amaliy, ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovi doirasida Orolbo‘yi mintaqasida ekologik holatni yaxshilash, Orol fojiasining salbiy oqibatlarini kamaytirish, o‘simlik va hayvonot dunyosini samarali muhofaza qilish hamda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish muammolari bilan bog‘liq fundamental, amaliy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinganidan keyin grantlar yo‘naltirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining buyurtmasiga muvofiq o‘rmon xo‘jaliklari uchun talab etiladigan texnika vositalari lizing asosida yetkazib berilishi choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil bahor va kuz mavsumlarida “yashil qoplamalar” barpo etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming gektar

T/r.

O‘rmon xo‘jaliklari nomi

2019-yil:

bahor mavsumida:

kuz mavsumida:

barpo qilinadigan jami “yashil qoplamalar”

barpo qilinadigan jami “yashil qoplamalar”

shundan:

barpo qilinadigan jami “yashil qoplamalar”

shundan:

ko‘chatdan

urug‘dan

ko‘chatdan

urug‘dan

1.

Nukus davlat o‘rmon xo‘jaligi

11,8

0,8

11,0

19,8

1,8

18,0

31,6

2.

To‘rtko‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi

11,8

0,8

11,0

16,8

1,8

15,0

28,6

3.

Elliqa’la davlat o‘rmon xo‘jaligi

11,8

0,8

11,0

21,8

1,8

20,0

33,6

4.

Bo‘zatov davlat o‘rmon xo‘jaligi

14,1

1,1

13,0

22,8

2,8

20,0

36,9

5.

Chimboy davlat o‘rmon xo‘jaligi

17,1

1,1

16,0

22,8

2,8

20,0

39,9

6.

Qorao‘zak davlat o‘rmon xo‘jaligi

17,1

1,1

16,0

22,8

2,8

20,0

39,9

7.

Taxtako‘pir davlat o‘rmon xo‘jaligi

14,1

1,1

13,0

20,8

2,8

18,0

34,9

8.

Mo‘ynoq davlat o‘rmon xo‘jaligi

23,4

1,4

22,0

33,2

3,2

30,0

56,6

9.

Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi

10,8

0,8

10,0

13,8

1,8

12,0

24,6

10.

Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligi

11,8

0,8

11,0

19,8

1,8

18,0

31,6

11.

Qipchoq d�vlat o‘rmon xo‘jaligi

10,8

0,8

10,0

14,8

1,8

13,0

25,6

12.

Nukus maxsus davlat o‘rmon xo‘jaligi

8,8

0,8

8,0

15,8

1,8

14,0

24,6

13.

Qozoqdaryo davlat o‘rmon ov xo‘jaligi

13,3

1,3

12,0

17,8

2,8

15,0

31,1

14.

Qo‘ng‘irot davlat o‘rmon ov xo‘jaligi

14,3

1,3

13,0

22,8

2,8

20,0

37,1

15.

Shumanay davlat o‘rmon xo‘jaligi

4,5

0,5

4,0

7,2

1,2

6,0

11,7

16.

Qonliko‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi

4,5

0,5

4,0

7,2

1,2

6,0

11,7

Jami:

200,0

15,0

185,0

300,0

35,0

265,0

500,0

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/132/2620-son)