02.12.2004 yildagi 704-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATINING VA SENATI AʼZOSINING MAQOMI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) huquqlarini, majburiyatlarini hamda deputatlik, senatorlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Deputat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylangan va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Senator
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) saylangan va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi senator hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Deputat va senator faoliyatining huquqiy asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Deputat va senator vakolatlarining muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga saylanadi. Senator Senatning vakolatlari muddatiga saylanadi (tayinlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qonunga koʻra deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u chaqirib olingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u vafot etgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palata tarqatib yuborilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining senator etib saylangan deputati vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi uning senatorlik vakolatlari tugatilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda deputatning, senatorning vakolatlari tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat, senator degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Deputatning va senatorning guvohnomasi hamda koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatda, senatorda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladigan tegishli guvohnoma va koʻkrak nishoni boʻladi. Deputat, senator guvohnoma va koʻkrak nishonidan oʻz vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek bunday guvohnoma va nishon namunalari hamda tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Deputatning va senatorning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi ishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat Qonunchilik palatasida doimiy asosda ishlashi lozim hamda oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senator qonun hujjatlariga muvofiq Senatda doimiy asosda ishlashi mumkin. Senatda doimiy asosda ishlovchi senator oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Deputatning, senatorning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Deputatning va senatorning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palataning organlariga saylash va saylanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palata majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palata majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munozaralarda ishtirok etishga, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov bilan murojaat etishga;
(7-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palata majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palata tarkibidagi oʻzi aʼzo boʻlgan tegishli organning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini palata majlisida bayon qilishga yoki bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga yozma ravishda maʼlum qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini palata majlislarida eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek palata qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palata majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari, qonunchilik tashabbusi huquqiga hamda Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari ishida ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Deputatning va senatorning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlislarida, shuningdek palataning qaysi qoʻmitasi, komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan boʻlsa, shu qoʻmita, komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda Qonunchilik palatasining, Senatning reglamentlarida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi, Senat, qoʻmita, komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda deputat, senator bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga, qoʻmita, komissiya raisiga, kelishuv komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraisiga oldindan xabar qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning zimmasida qonunlarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Deputatning saylovchilar bilan, siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat oʻz okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bogʻlab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bogʻlab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta saylovchilarga oʻz faoliyati haqida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar fraksiyalari har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish chogʻida deputat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, siyosiy partiya fraksiyasining faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari toʻgʻrisida saylovchilarga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qoʻllanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida oʻrganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Kengashi deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin siyosiy partiya fraksiyasi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun siyosiy partiyalar fraksiyalari zarur boʻlgan hollarda oʻz deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar fraksiyalari deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi zarur boʻlgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻmaklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari deputatni saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari binolar ajratilishini tashkil etadi, fuqarolarni deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi, qabullarda va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun oʻz masʼul vakillarini deputatning taklifiga koʻra yuboradi, shuningdek deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini oʻtkazish deputatlar tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(91, 92 va 93-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Deputat va senator soʻrovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, senator esa tegishli hududlarning manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat, senator soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan deputat, senator soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Deputatlik va senatorlik odobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Deputatning, senatorning oʻz maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlik, senatorlik odobi buzilgan taqdirda deputatning, senatorning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala tegishli palata tomonidan yoki uning topshirigʻiga binoan palataning organi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Deputat va senator faoliyatining asosiy kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Deputatning va senatorning huquqlari, shaʼni hamda qadr-qimmatini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir deputatga, senatorga oʻz vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq maʼmuriy, jinoiy yoki oʻzga tarzda javobgar boʻladilar. Deputatni, senatorni haqorat qilish, shuningdek unga nisbatan tuhmat qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilish maqsadida deputatga, senatorga qanaqa tarzda boʻlmasin taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga toʻsqinlik qiladigan, bila turib unga yolgʻon axborot beradigan, deputat, senator faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Deputatning va senatorning daxlsizlik huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator oʻzining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli palataning roziligisiz deputat, senator jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni, senatorni majburiy keltirishga, shuningdek uning uy-joyi, xizmat xonasini, yuki, shaxsiy va xizmat transporti vositalarini, yozishmalarini, u foydalanayotgan aloqa vositalarini, shuningdek unga tegishli hujjatlarni koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator tegishli palatada ovoz berish chogʻida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq boshqa harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shu jumladan vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar shunday xatti-harakatlar munosabati bilan deputat, senator haqorat qilishga, tuhmat qilishga yoki qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, u daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Deputatni va senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni, senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi tomonidan oʻn kun ichida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraligʻidagi davrda esa, uning Kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, Qonunchilik palatasi Kengashining ushbu masalaga doir qarori keyinchalik Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi. Senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan uning majlisida, Senatning majlislari oraligʻidagi davrda esa, Senatning Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining, Senatning yoki palatalar Kengashlarining deputatni, senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni, senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori ish yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida Qonunchilik palatasiga yoki Senatga ishni tergov qilish, sudda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining deputatni, senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni nazarda tutadigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab boʻladigan holat hisoblanadi. Tegishli ishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror faqat yangi ochilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Deputatning va senatorning mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati davlat siri hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga deputatning, senatorning kirish tartibi qonunda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Deputatning va Senatda doimiy asosda ishlayotgan senatorning mehnat huquqlari kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarga, senatorlarga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ishga joylashishga doir kafolatlar beriladi. Vakolatlari muddati tugagach, deputatga, senatorga oʻzining roziligi bilan boshqa lavozimdagi ish, shu jumladan yuqoriroq lavozimdagi ish ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator ilgarigi ish joyiga (lavozimiga) qaytgan taqdirda, deputatning, senatorning avvalgi egallab turgan lavozimiga qabul qilingan shaxs bilan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 106-moddasining 2-bandiga muvofiq bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasa, tashkilot qayta tashkil etilgan yoki xodimlari soni (shtati) oʻzgargan taqdirda deputatga, senatorga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ilgarigi ish joyi boʻyicha boshqa avvalgisiga teng lavozim beriladi. Bunda deputatni, senatorni ishga joylashtirish majburiyati huquqiy voris zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, muassasa yoki tashkilot tugatilgan taqdirda, deputatga, senatorga oʻzining roziligi bilan boshqa korxonada, muassasada yoxud tashkilotda ish (lavozim) beriladi. Bunda deputatni, senatorni ishga joylashtirish majburiyati yuqori turuvchi organ yoki boshqa vakolatli organ zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylanishiga (tayinlanishiga) qadar, lavozimlarga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan lavozimlarda ishlagan deputatlarni, senatorlarni ishga joylashtirish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi va Senat tarqatib yuborilgan taqdirda, deputatga, senatorga ishdan boʻshatish oylik nafaqasi hisobga olingan holda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning vakolatlari muddati umumiy ish stajiga, xizmat muddatiga va avvalgi ixtisosi boʻyicha ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Deputatni va senatorni harbiy yigʻinlardan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator oʻz vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy yigʻinlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Deputat va senator faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi devoni, Senat devoni tegishincha deputatni, senatorni hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi, shuningdek deputatlik, senatorlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatga, senatorga texnik vositalar, aloqa vositalari va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatga, senatorga deputatlik, senatorlik faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar uchun har oyda eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydigan mablagʻ toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Deputatga va senatorga xizmat xonasi berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatga, senatorga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining binosida idora mebeli, zaruriy texnika vositalari va devonxona ashyolari bilan jihozlangan alohida xizmat xonasi (yoki xizmat xonasida ish joyi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Deputatning va senatorning transportda tekin yurish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator aeroportlar va aerovokzallar, temir yoʻl vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalar uchun moʻljallangan zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator oʻz guvohnomasini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar unga poyezdning yotoqli yoki yumshoq oʻrindiqli vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishlari shart. Deputat, senator palataning majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa, kamida bir sutka oldin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiptasida oʻrindiqning tartib raqami ham koʻrsatiladigan shaharlararo; shuningdek shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda deputat, senator avtovokzallar va avtostansiyalarning kassalaridan navbatsiz olinadigan tekin chipta bilan yuradi. Qolgan barcha hollarda deputatning, senatorning yoʻlovchilar transportida yurishi (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) deputatning, senatorning guvohnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator har bir transport turida amalda boʻlgan normalarga mos qoʻl yukini tekin olib yurish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Deputatga va senatorga xizmat turar joyi berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatga, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorga, agar ular Toshkent shahrida turar joyga ega boʻlmasa, bergan arizalariga binoan vakolatlari amal qiladigan muddatga oila aʼzolari bilan yashash uchun Toshkent shahrida xizmat turar joyi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, senator oʻziga ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan hamda oʻzi egallab turgan xizmat turar joyini deputatlik, senatorlik vakolatlari tugagan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay boʻshatib berishi shart. Mazkur talabning bajarilmasligi sud tartibida koʻchirtirilishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
704-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 18-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)