26.02.2019 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, shuningdek, davlat uy-joy fondidagi turar joylar berishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar davlat uy-joy fondidagi turar joylarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olishni yo‘lga qo‘ysin hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirib, ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham mazkur Nizom qoidalari tatbiq etiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari maxsus uylarga (yotoqxonalar, vaqtinchalik yashash uchun beriladigan uy-joy fondining uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun uy internatlari, shuningdek, mehribonlik uylari va boshqa maxsus maqsaddagi uylar) hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi davlat uy-joy fondiga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat uy-joy fondi — munitsipal uy-joy fondi, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy uy-joy fondi — davlat muassasalari va tashkilotlarning to‘liq xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan uy-joy fondi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — balansida ijaraga beriladigan davlat uy-joy fondi hisobga olingan yuridik shaxs yoki uning vakolatli organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi — mazkur Nizomda belgilangan tartibda va shartlarda turar joyning ijara shartnomasini tuzgan, voyaga yetgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomalarini hisobga oluvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi” Davlat unitar korxonasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijaraga berilgan turar joy garovga qo‘yilishi yoki o‘zgacha tarzda uchinchi shaxslarga o‘tkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijaraga oluvchi mulkni soz holatda saqlash, o‘z hisobidan joriy ta’mirlashni amalga oshirish va uni saqlashga ketadigan xarajatlarni qoplashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzish uchun ustunlik huquqiga ega bo‘ladi. Turar joyni ijaraga beruvchi, agar u turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, bu haqda ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirgan holda yangi muddatga shartnoma tuzishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Turar joyni ijaraga berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan turar joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘lgan order asosida, ijaraga beruvchi order berilgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini tuzadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avval foydalanishga berilgan turar joylar bo‘yicha, asosiy ijaraga oluvchi bo‘lmagan taqdirda, belgilangan tartibdagi taqdim etilgan uy daftarining nusxasi bo‘yicha yangi asosiy ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijaraga beriladigan turar joy belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi va texnik talablarga javob beradigan bo‘lishi hamda kommunal xizmatlardan qarzi mavjud bo‘lmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan o‘zi ijaraga olgan binoning bir qismini yoki hammasini muayyan muddatga ikkilamchi ijaraga oluvchiga beradi (aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylar bundan mustasno). Ikkilamchi ijaraga oluvchi uy-joydan mustaqil foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilik hujjatlarining jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi talablariga rioya etilgan taqdirdagina tuzilishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi haq evaziga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, bir vaqtning o‘zida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi muddatga shartnoma tuzishga bo‘lgan imtiyozli huquq to‘g‘risidagi qoida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Turar joyning ijara shartnomasini tuzish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Turar joyning ijara shartnomasiga ko‘ra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga to‘lov evaziga vaqtinchalik foydalanish va yashash uchun turar joyni berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Ijara shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, fuqarolik va uy-joy kodekslarida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ko‘p kvartirali uyda turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda ushbu uyning umumiy foydalanishdagi mulkidan belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turar joyning ijara shartnomasi turar joyning balansda saqlovchisi yoki vakolatli organlari tomonidan turar joyni olayotgan fuqarolar bilan Fuqarolik kodeksi va Uy-joy kodeksida belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shaklda tuzilishiga rioya qilinmasligi va uning hisobga olinmasligi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan turar joyga bo‘lgan mulk huquqining boshqa mulkdorga o‘tishi shartnomaning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga sabab bo‘lmaydi. Bunda yangi mulkdor avval tuzilgan turar joyning ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan turar joyning tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara uchun to‘lov, uning shartlari va to‘lash muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara haqi miqdorini qayta ko‘rib chiqish muddatlari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi tomonidan turar joydan foydalanish, shu jumladan kommunal va boshqa foydalanish to‘lovlarini to‘lash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tugagandan so‘ng turar joyni qaytarish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan turar joyni tiklash va ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasini bekor qilish shartlari, shu jumladan ijara haqini to‘lash muddatlarining buzilishi munosabati bilan tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Turar joyning ijaraga oluvchisi oila a’zolari va o‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning ijara shartnomasi shartlarini buzganligi uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan birga doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanish bo‘yicha ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Turar joyning ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyni ijaraga oluvchi oila a’zolarining hamda o‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Bunda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar-joy ijara haqini to‘lashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan yoki shu aholi punktining boshqa joyiga ko‘chib o‘tganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi jo‘nab ketgan yoki ko‘chib o‘tgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Turar joyning ijara shartnomasi istalgan taraflarning talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz yoki avariya holatiga kelgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy joylashgan uy buzilishi lozim bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Turar joy ijaraga oluvchi tomonidan sotib olingan taqdirda, shartnoma balansda saqlovchi yoki uning vakolatli organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijara shartnomasi quyidagi hollarda ijaraga beruvchining talabi bilan sud tartibida bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov muddati tugagandan so‘ng olti oydan ortiq muddat uchun ijara haqi to‘lanmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi yoki ularning harakatlari uchun u javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan turar joy buzilgan yoki unga zarar yetkazilgan taqdirda. Agar turar joy ijarachisi yoki ularning harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar turar joydan maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda foydalanayotgan bo‘lsa, yoxud turar joydan foydalanish qoidalarini doimiy buzayotgan bo‘lsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi va ushbu talablar bajarilmagan taqdirda esa turar joyning ijara shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ijara haqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joyning umumiy maydonidan kelib chiqib, turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi va bu miqdor ushbu kalendar yilida o‘zgarmay qoladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat turar joyini ijaraga oluvchilar uchun ijara haqi “0” qiymatda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Turar joyning ijara shartnomasi bo‘yicha hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda to‘lab turilishi lozim. Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda to‘lab turilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijara uchun to‘lov balansda saqlovchining hisob raqamiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara haqining o‘z vaqtida va to‘liq kelib tushishi ustidan nazoratni balansda saqlovchi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kommunal va foydalanish xizmatlari uchun to‘lovlarni kiritishning miqdori, tartibi va muddatlari ijaraga oluvchi va ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan bitim bilan tartibga solinadi. Zarur bo‘lgan elektroenergiya, suv va gazni hisoblash asboblarini o‘rnatish ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Balansda saqlovchi kommunal va foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Turar-joyni topshirish va qaytarib olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ijara shartnomasiga muvofiq holda balansda saqlovchi yoki uning vakolatli shaxsi ijaraga oluvchi ishtirokida unga turar joyni berish, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagandan so‘ng yoki muddatidan oldin bekor qilingan, ijara shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda balansda saqlovchiga yoki vakolatli organga turar joyni shartnoma shartlari va uyning foydalanish maqsadiga muvofiq bo‘lgan soz holatda qaytarib berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Turar joyni berish va uni qaytarib olish tomonlarning vakolatli shaxsi ishtirokida, mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan namunadagi shaklida, ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzilgan holda amalga oshirilib, ushbu dalolatnomada quyidagilar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sana, raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyning texnik holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Topshirish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Ijaraga berilayotgan turar joyni hisobini yuritish va uni nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ijaraga berilayotgan davlat mulkining ma’lumotlar bazasining yuritilishi va hisobga olinishi hisobga oluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga oluvchi organ tomonidan ijara shartnomasi, uning bekor qilinishi, o‘zgartirilishi va qo‘shimcha kiritilishi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasini hisobga olish uchun joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ijara shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni davomida hisobga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar o‘rtasida imzolangan ijara shartnomasining va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining uchtadan asl nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi pasportining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chib kirish uchun asos bo‘lgan order yoki uy daftarining nusxasi (kvartiralar bo‘yicha kartochkaning nusxasining (17-shakl) nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasining bekor qilinishi, o‘zgartirilishi va unga qo‘shimcha kiritilishini hisobga olish hisobga oluvchi organ tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yozma murojaati asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga oluvchi organ uch ish kuni mobaynida yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida ijara shartnomasi, uning bekor qilinishi, o‘zgartirilishi va qo‘shimcha kiritilishini hisobga qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasini hisobga qo‘yish uchun hisobga oluvchi organ tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Bunda to‘lov ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi. Ijara shartnomasining bekor qilinishi, o‘zgartirilishi va unga qo‘shimcha kiritilishini hisobga olish bepul amalga oshiriladi.
(29-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ijaraga berilayotgan turar joyni hisobga qo‘yish maqsadida hisobga oluvchi organ tuzilgan ijara shartnomalarini hisobga qo‘yadi, ro‘yxatga tegishli qaydni kiritadi va shartnomaning har bir nusxasida hisobga olish sanasi va raqamini ko‘rsatadi. Hisobga olinganlik haqidagi qaydni kiritadi va muhr bilan tasdiqlaydi. Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasi balansda saqlovchi, ijaraga oluvchi va hisobga oluvchi organga bir nusxadan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijaraga berilishi lozim bo‘lgan turar joy reyestri balansda saqlovchi tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ijara shartnomasining amal qilishi davomida balansda saqlovchi yoki uning vakolatli organi ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi bo‘yicha zimmasiga olingan majburiyatlarning tegishlicha bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Shu maqsadda ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmlarda ma’lumotlarni so‘rash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur bo‘lgan taqdirda, ijaraga oluvchining hayotiga aralashmagan holda ijara mulkining jismoniy holatini ko‘zdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan turar joydan qanday foydalanilayotganini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik va shartnomada belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joyda ijara shartnomasi asosida yashayotgan ijaraga oluvchi, u bilan birga yashayotgan barcha voyaga yetgan oila a’zolari va yashash maydoniga huquqi bo‘lgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar-joydan tashqari, ushbu turar joyni sotib olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyni xususiylashtirish ijara shartnomasi tuzilgan va hisobga oluvchi organda hisobga qo‘yilgan taqdirdagina, qonunchilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Turar joyning ijara shartnomasini rasmiylashtirish, tuzish, bekor qilish, qo‘shimcha kiritish va o‘zgartirish vaqtida qonunchilik talablariga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik balansda saqlovchi va uning vakolatli organi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansda saqlovchi har chorakda kamida bir marta uning ixtiyorida bo‘lgan davlat uy-joy fondining xatlovini amalga oshirishi va turar joydan ijara shartnomasiz foydalanilayotgani aniqlangan taqdirda, o‘n kun muddatda ijara shartnomasini tuzish bo‘yicha choralar ko‘rishi va ijara haqi miqdorini ushbu Nizom tasdiqlangan sanadan belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni yashirish, o‘z vaqtida taqdim qilmaganlik, shuningdek ularni noto‘g‘ri ko‘rsatganlik uchun balansda saqlovchi va boshqa aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat mulkini ijaraga berish munosabati bo‘yicha vujudga kelgan nizolar qonunchilik va shartnomada belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ijaraga berilgan turar joy uchun ijara haqining o‘z vaqtida va tegishlicha hisoblanishi, to‘lanishi ustidan nazorat balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Turar joyni ijaraga oluvchiga topshirish
‎DALOLATNOMASI

‎‎20___ y. “____” _________________

‎‎___________________________________
‎(aholi joyining nomi)

‎‎Bizkim, Ijaraga beruvchining topshirig‘iga ko‘ra uning nomidan ish yurituvchi ___________________________________ va ____________________ ning “___”_________20__ y. dagi ______-son qaroriga muvofiq Seriya_______________ № _____________ order asosida harakat qiluvchi ijaraga oluvchi fuqaro _____________________________________________________ tomonidan ushbu dalolatnoma tuzildi shu haqdaki, Ijaraga beruvchining vakili va Ijaraga oluvchi o‘rtasida ____________________________________________ manzilida joylashgan ____ uyning _____qavatidagi _______ kvartirani topshirish va qabul qilish amalga oshirildi.
‎Turar joy umumiy maydoni _________ kv.m. bo‘lgan __________ ta yashash xonasidan iborat.
‎Turar joyning tarkibi:

‎‎Oshxona
‎vanna xonasi
‎hojatxona
‎dahliz (xoll)
‎omborxona
‎balkon
‎lodjiya
‎yashash xonasi
‎‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;

‎‎Turar joy suv ta’minoti (sovuq va issiq suv), kanalizatsiya va issiqlik tarmog‘i (markaziy va mahalliy isitish tizimi), elektr tizimi, telefon aloqasi bilan ta’minlangan (yo‘q bo‘lgani o‘chirib tashlansin).
‎Turar joyning qo‘shimcha xonalarida uskunalar o‘rnatilgan.
‎________________________________________________________________________________________________
‎Xonalarning texnik holati
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(xonalarning texnik holati ko‘rsatiladi)

‎‎Ijaraga beruvchi vakili
‎_______________________________________
‎(F.I.Sh. imzo, muhr)

‎‎Ijaraga oluvchi
‎_______________________________________
‎(F.I.Sh. imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarorining uchinchi xatboshi va unga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) 1-bandi va unga 1 — 4-ilovalar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; 12.01.2021-y., 07/21/4940/0018-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)