04.04.2002 yildagi 350-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining KONSTITUTSIYAVIY qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REFERENDUM YAKUNLARI HAMDA DAVLAT HOKIMIYATI TAShKIL ETILIShINING ASOSIY PRINSIPLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Qonunning asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holda 2002-yil 27-yanvar kuni o‘tkazilgan hamda ikki palatali parlament tuzish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ikki muhim masala bo‘yicha qaror qabul qilgan, shuningdek, demokratik va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish yo‘lini tasdiqlagan umumxalq ovoz berishi natijalaridan kelib chiqadigan asosiy yangi qoidalarni va amaldagi qonunchilikka kiritiladigan o‘zgartishlarni belgilaydi.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga, shuningdek, amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonunchilikni takomillashtirishning asosiy prinsiplari
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, ochiq demokratik davlat barpo etishni hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni bosh maqsad qilib belgilagan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek referendumda bildirilgan xalq irodasiga asoslangan holda qonunchilikni takomillashtirishga doir ishlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
(2-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ustuvorligini, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o‘rtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasida saylovlarni o‘tkazish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 9-apreldagi O‘RQ-320-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 4-son, 104-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi bo‘lib, ikki palatadan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata)dan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata)dan iborat bo‘ladi (bundan buyon matnda tegishli ravishda Qonunchilik palatasi va Senat deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati — besh yil.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadilar. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan va alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Senat a’zosi bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning vakolat muddati — besh yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa turdagi haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat ishi vaqti-vaqti bilan chaqiriladigan Senatning yalpi majlislari hamda qo‘mitalari (komissiyalari) majlislaridagi senatorlarning faoliyatiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari hamda faoliyat ko‘rsatish tartibi, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senat a’zolarining maqomi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati yetti yil.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Qonunni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingan taqdirda yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha o‘qishda ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun Senat tomonidan oltmish kun ichida ko‘rib chiqiladi va ma’qullangan taqdirda, imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kundan kechiktirmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Senat qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida u Senatga kelib tushgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin. Komissiyada kelishuvga erishilsa, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Bu holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarini ishlab chiqish, kiritish va muhokama qilish tartiboti O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining reglamentlari bilan tartibga solinadi.
(9-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Qonunni imzolash va e’lon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni o‘tkazish uchun qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda e’lon qilinishi kerak.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-y. 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 60-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 510-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; 2012-y., 4-son, 104-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)