1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash, Senat a’zolarini saylash va tayinlash;
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat a’zolari / 01.09.01.00 Deputatlar va Senat a’zolarini saylash va tayinlash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
518-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata) (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Umumiy saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Teng saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Yashirin ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar (bundan buyon matnda deputatlikka nomzodlar deb yuritiladi) xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) saylovga kamida o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadigan namunadagi mandatni manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin kuzatuvchiga besh kun ichida beradi. Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
(6-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
(6-modda yettinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash bo‘yicha O‘zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida hozir bo‘lish;
(6-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomalarini tuzishda hozir bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori saylov komissiyasiga ma’lum qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Saylov okruglari va saylov uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun bir yuz o‘ttiz beshta hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari (bundan buyon matnda saylov okruglari deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi. Har bir saylov uchun saylov okrugiga to‘g‘ri keladigan saylovchilar normasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylovga kamida yetmish besh kun qolganida e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qism joylashgan yerdagi saylov okrugiga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari tegishli saylov okrugi doirasidan chiqib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, alohida hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va ko‘pi bilan uch ming nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan yerini ko‘rsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Saylov komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasiga saylov quyidagilar tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug saylov komissiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida yo‘riqnomalar chiqaradi hamda tushuntirishlar berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar ushbu Qonunga zid bo‘lsa, mustaqil tarzda yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi;
(11-moddaning oltinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) pul mablag‘larini saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro‘yxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, saylovga doir boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) saylovning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy yakunini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylov yakunlariga doir ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatini matbuotda e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) deputatlarga Qonunchilik palatasi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga yoki idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;
(11-moddaning 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va kamida olti nafar boshqa a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) saylov uchastkalarini tuzadi, saylov okrugi bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mablag‘larni uchastka saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va saylov okrugida saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;
(13-moddaning 5 va 6-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va bu vakillarga tegishli guvohnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) saylovchilar ro‘yxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) saylov okrugi bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga muvofiq saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi, byulletenlar tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalari ular bilan ta’minlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uchastka bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ovoz berish binolari va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Saylov komissiyalariga a’zolik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolari jamoatchilikning obro‘li vakillari orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgan taqdirda vakolatlaridan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat bo‘lganda saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishlari mumkin emas. Deputatlikka nomzodlar saylov komissiyalariga a’zo bo‘lishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis o‘tkazilayotgan kundagi komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bayon etishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zosi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida, o‘rtacha oylik ish haqi saylov o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va jamoat birlashmalari organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular komissiya tomonidan qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan uch kun ichida ko‘rib chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-modda. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘z a’zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashga haqli.
(Qonun 171-modda bilan O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuniga asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ana shu qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga olti kundan kam vaqt qolganda esa darhol ko‘rib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaxslar shikoyat ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish va ularni ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kampaniyasi boshlanganligi avvalgi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputatlarining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan, saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi imzo varaqalari saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingandan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya qirq ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foizi imzosini to‘plashi mumkin.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning saylovda qatnashish huquqini rad etadi.
(20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya rahbari tomonidan imzolangan saylovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;
(21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzo varaqalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushish tartibiga qarab markaziy matbuotda e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlar ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar deputatlikka bir yuz o‘ttiz besh nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga vakolatlidir. Bir shaxs faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzod tanlash tartibini siyosiy partiyalarning o‘zlari hal etadilar.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o‘ttiz foizini tashkil etishi lozim.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar faqat o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-modda. Imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish uchun ichki ishlar organlarining, adliya organlarining, shuningdek aholini hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarning mutaxassislarini jalb etishi mumkin. Ularning xulosalari Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalaridagi imzolarni soxtalashtirilgan deb topishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo varaqlari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.
(231-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning rahbari deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
(24-modda birinchi qismining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya yuqori organi majlisining deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami ko‘rsatiladi;
(24-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzodning o‘z nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzodning, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek bo‘lsa, bajarib turgan ishidan (xizmatidan) bo‘shash to‘g‘risidagi arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
(25-moddaning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
(25-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida to‘xtatadi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunga muvofiq deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilgan shaxsga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida tegishli okrug saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda mahalliy matbuotda e’lon qiladi.
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Saylovoldi tashviqoti. Deputatlikka nomzodlar faoliyatining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Saylovoldi tashviqoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzod to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, so‘zga chiqishlar, saylovchilarning yig‘ilishlari, deputatlikka nomzod, siyosiy partiya to‘g‘risidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, shuningdek televideniye, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.
(271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-modda. Saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bo‘lishi, deputatlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek deputatlikka nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(272-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to‘g‘risidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yiladi.
(273-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar bilan uchrashuvlar deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Ularni o‘tkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakillari boshqa deputatlikka nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
(274-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod o‘n nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z ishonchli vakillarini o‘zi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod okrug saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda saylovga qadar o‘z ishonchli vakilini istagan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Deputatlikka nomzodlarni saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishlari uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod qilib ro‘yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida so‘zga chiqish, televideniye ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida, o‘rtacha oylik ish haqi saylov o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo‘lish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Deputatlikka nomzodning transportda tekinga yurish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida (shahar yo‘lovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yo‘nalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan yashash joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etish. Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi deputatlikka nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod saylovga qadar istagan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Saylovchilarning ro‘yxatlari. Saylov byulleteni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi va uni komissiya raisi bilan kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilar hisobga olinishini ta’minlaydilar hamda uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar to‘g‘risida saylovchilar ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolari va boshqa saylovchilarning, agar ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, ro‘yxatlari harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.
(32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatlarida ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlari bilan tanishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga yetti kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etadi.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir fuqaro saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida bunday arizani ko‘rib chiqishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud arizachiga uning arizasi rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 272-moddasiga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatiladi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugining ko‘pchilik aholisi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Saylov byulletenlarini yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan saylovga kamida uch kun qolganida oladilar. Saylov byulletenlari berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Ovoz berish binosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar tayyorlangan bo‘lishi, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida o‘n kun qolganida saylovchilarni xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Ovoz berishning boshlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgandagina ochiladi. Saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlari va saylovchilarning ro‘yxatlarini komissiya a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini e’lon qiladi. Saylov byulletenlarining umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Ovoz berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovda saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan deputatlikka nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik qo‘yadi.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining e’tiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida o‘z yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(41-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan beshinchi — o‘ninchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, ularning iltimosiga binoan, uchastka saylov komissiyasi komissiya a’zolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining a’zolari hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasining raisi ovoz berish tugaganini e’lon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulletenlari olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir deputatlikka nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan uchastka saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
(42-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar tomonidan saylov byulletenlari va varaqalariga qo‘shimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga belgi-krestik qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov byulletenlari va varaqalari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligi shubha tug‘dirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.
(42-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi va saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada aks ettiriladi. Shundan keyin bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam bo‘lmagan muddatga osib qo‘yiladi. Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi tegishli okrug saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish huquqiga ega.
(42-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi — o‘ninchi qismlari bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglari bo‘yicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
(43-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug bo‘yicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
(44-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan deputatlikka nomzod deputat etib saylangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim saylov uchastkalarida saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ana shu uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalarisiz ham umuman saylov haqiqiy deb topilishi mumkin ekanligi inobatga olingan holda bu natijalar Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzadi va qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Takroriy ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda Markaziy saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor etadi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda ikki hafta ichida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan deputatlikka nomzod, saylangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
(45-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar saylov okrugida saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar takroriy ovoz berish Qonunchilik palatasiga deputat saylanganligini aniqlash imkonini bermagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ko‘pi bilan ikki nomzod ovozga qo‘yilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi Markaziy saylov komissiyasining topshirig‘iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oylik muddat ichida o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovini o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan, boshqa sabablarga ko‘ra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov o‘tkaziladi. Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun, uchastka saylov komissiyalari esa o‘n besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganida tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Qonunchilik palatasi deputatining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-bob. O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlarni saylash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
471-modda. O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472-modda. O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari etib saylanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari etib saylanadigan shaxslarga ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 25-moddasida nazarda tutilgan talablar qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
473-modda. Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining vakili O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ro‘yxatini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi. Ro‘yxatga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining mazkur harakatdan Qonunchilik palatasiga deputatlar saylash to‘g‘risidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakati oliy organi majlisi bayonnomasidan ko‘chirma, unda O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan har bir shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylangan deputatning deputat etib ro‘yxatga olingan taqdirda bajarib turgan ishidan (xizmatidan) bo‘shash to‘g‘risidagi arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining hujjatlarni taqdim etgan vakiliga ularning qabul qilib olingan sanasi va vaqti ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining vakiliga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
474-modda. O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga deputatlar saylovi o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan hollarda O‘zbekiston ekologik harakatidan deputatlarning takroriy saylovi o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovini o‘tkazish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
475-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan yoki boshqa sabablarga ko‘ra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda yangi saylov o‘tkaziladi.
(Qonun 71-bob bilan O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuniga asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Deputatlarni ro‘yxatga olish va saylov yakunlarini e’lon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Qonunchilik palatasi deputatlarini ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar, O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining tegishli qarori asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda deputatlarni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat etib saylangan shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan shaxslar Markaziy saylov Komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega bo‘ladi.
(48-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining yakunlarini e’lon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning ro‘yxatini deputatlarning familiyasi, ismi, otasining ismini, tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, saylov okrugining tartib raqami va nomini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.02 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash, Senat a’zolarini saylash va tayinlash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata) (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning vakolat muddati — besh yil.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.02.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini shakllantirish tartibi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Senatga saylov o‘tkazish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlisining vakolatliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisi, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisini chaqirish, Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish, ovoz berishni o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisini chaqirish, Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish, shuningdek ovoz berishni o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida Senat a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risidagi nizom Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan Senat a’zoligiga nomzodlar, basharti davlat hokimiyati vakillik organlarining majlisda hozir bo‘lgan deputatlarining ellik foizidan ortig‘i ularni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Takroriy ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berish chog‘ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini to‘plamagan nomzodlar bo‘yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining ana shu qo‘shma majlisining o‘zida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlislarining bayonnomalari asosida, bu bayonnomalar kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqishda, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlashda ushbu Qonun talablari saylov natijalariga ta’sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari ustidan shikoyat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlislarining, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining Senat a’zolarining saylovi to‘g‘risidagi qarorlari ustidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Senat a’zolarining takroriy saylovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va takroriy saylov o‘tkazish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat a’zosining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa Senatning yangi a’zosi saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Senatni shakllantirish yakunlarini e’lon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Senat a’zolarining ro‘yxatini ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatiga va Senat a’zosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat a’zosining guvohnomasi va ko‘krak nishoni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni namunalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Saylovning moliyaviy ta’minoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senat a’zoligiga nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan moliyaviy ta’minlash va moddiy jihatdan o‘zga tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar saylov o‘tkazish uchun o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablag‘larni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Ushbu Qonunni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(65-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 512–519-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-147-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga) joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 574-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 132-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2012-y., 51-son, 574-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)