1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buyruq tartibidagi ishlarni, daʼvo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida koʻrsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini toʻgʻri, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar oʻrtasida tinchlik va milliy totuvlikni taʼminlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19, 25-26-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Sud orqali himoyalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga oʻz huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari boʻyicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54 va 55-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Sudga murojaat qilish shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga murojaat qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Fuqarolik ishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yoki sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar va sud hujjatlari asosida sud tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishining qogʻozdagi koʻchirma nusxasi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishini boshqa sudga yoki oʻzga organga oʻtkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Sud hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud koʻrilayotgan va hal etilayotgan masala boʻyicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan hollarda esa sud buyrugʻi qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov faqat sud tomonidan, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 130-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddaci.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Qonun va sud oldida tenglik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan oʻz ona tilida toʻliq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda soʻzlash, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini soʻrab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 139-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, mazkur Kodeksning 63 — 64-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli maʼlumotlar mavjud boʻlgan ishlar boʻyicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor boʻlishining oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish sudning yopiq majlisida koʻrilayotganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham hozir boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudning yopiq majlisida eshitish fuqarolik sud ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Sudning yopiq majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari taraflarning roziligi bilan yoki shaxsini koʻrsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 137-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, mazkur Kodeksning 208-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Sud muhokamasining bevositaligi va ogʻzakiligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud fuqarolik ishini koʻrayotganda ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini va mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlmasa, boshqa qonun hujjatlarini ham qoʻllaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 136-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi birinchi qismi, 62-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoli munosabatni tartibga soladigan huquq normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qoʻllaydi, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqqan holda hal etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 6-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatning huquq normalarini ham qoʻllaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi VI-boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ishning haqiqiy holati, taraflarning huquq va majburiyatlarini sud tomonidan aniqlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taqdim etilgan materiallar va tushuntirishlar bilan cheklanmasdan, ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona aniqlash uchun qonunga muvofiq choralar koʻrishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, ularni protsessual harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik oqibatlari toʻgʻrisida ogohlantirishi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, mazkur Kodeksning 255-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini bajarmaslik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 181, 1981, 1982-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining majburiyligi manfaatdor shaxslarni oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun, basharti bularga daxldor nizo sudda koʻrib chiqilmagan va hal etilmagan boʻlsa, sudga murojaat qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sud tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Fuqarolik ishining yakka tartibda va hayʼatda koʻrilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi. Sudya ishni yakka tartibda koʻrayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp tarkibli sudlarda muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda, sud muhokamasining natijasidan manfaatdor shaxslar uning shakllantirilishiga taʼsir koʻrsatishini istisno etadigan tartibda, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Sud tomonidan masalalarni hal qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning muhokamasi chogʻida yuzaga keladigan barcha masalalar sudya tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hayʼati koʻrayotganda esa sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masala hayʼat tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri konvertga solinib muhrlangan holda ishga qoʻshib qoʻyiladi, biroq oʻqib eshittirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, bu ishni takroran koʻrishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi, apellyatsiya yoki nazorat instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni nazorat tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni nazorat tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Sudyani rad qilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda sudya ishni koʻrishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shu ish ilgari koʻrilganida sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni koʻrishda takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shu ish ilgari koʻrilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 21-moddasining 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram boʻlsa, agar ekspert va mutaxassis ham taftish oʻtkazgan yoxud xulosa bergan boʻlib, ularning materiallari mazkur ishni qoʻzgʻatishga asos boʻlib xizmat qilgan boʻlsa, ularni rad qilish toʻgʻrisida ariza berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Rad qilish haqida ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga koʻra ularni rad qilish haqida arz qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, sud majlisi kotibini rad qilish sudning tashabbusiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi va ishni mazmunan koʻrish boshlanguniga qadar maʼlum qilinishi lozim. Rad qilish asosi sudga yoki rad qilinayotgan shaxsga ishni koʻrish boshlanganidan soʻng maʼlum boʻlib qolgan hollardagina rad qilish haqida kechikib arz qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar boʻyicha takroran rad qilish arz qilinishi mumkin emas. Takroran rad qilish arz qilingan taqdirda, u koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arzni hal etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning tushuntirishini ham eshitishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yakka tartibda koʻradigan sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala sud raisi tomonidan, yakka tarkibli sudda esa, shu sudyaning oʻzi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hayʼatining aʼzosi boʻlgan sudyani rad qilish hayʼat aʼzolari boʻlgan qolgan sudyalar tomonidan ushbu sudya yoʻqligida hal etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolganda, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hayʼatda koʻrilayotganda ikki sudyani yoki sudning butun tarkibini rad qilish arz qilingan taqdirda, rad qilish masalasi sudning shu tarkibi tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad qilish masalasini hal etish uchun sudya (sud) alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi va rad qilishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi va prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya rad qilingan taqdirda ish fuqarolik ishlari boʻyicha shu tumanlararo, tuman (shahar) sudida, lekin boshqa sudya tomonidan koʻriladi yoki koʻrish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha boshqa tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudida, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudida koʻrilayotganida sudya yoki sudning butun tarkibi rad qilingan taqdirda, ish shu sudning oʻzida, lekin boshqa sud tarkibida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudida, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat yoki Toshkent shahar sudida ushbu Kodeksning 21-moddasida koʻrsatilgan sabablarga koʻra rad qilish qanoatlantirilganidan keyin shu ishni koʻrish uchun sudning yangi tarkibini tuzish imkoni boʻlmasa, ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga oʻtkazilishi kerak. Bunday holda ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida koʻriladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining farmoyishiga binoan boshqa tegishli sudga koʻrish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer toʻgʻrisidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar boʻyicha ishlar, agar taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab oʻtilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeksning 18-bobida koʻrsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlar ham taalluqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi 1-bandi, 125-moddasi, 194-moddasi birinchi qismi 1-bandi, 377-moddasi ikkinchi qismi 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Oʻzaro bogʻliq bir nechta talabning sudga taalluqliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 25-moddasi beshinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa, maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining sudloviga tegishli ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 26-moddasida koʻrsatilgan ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida koʻriladi, bundan qonunda shunday ishlarni koʻrish boshqa sudlar vakolatiga berilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ariza beruvchi boʻlgan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlari alohida holatlardan kelib chiqib, har qanday ishni fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olishga va birinchi instansiya sudi sifatida oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishli ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunda oʻz vakolatiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqadi, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib, har qanday ishni Oʻzbekiston Respublikasining istalgan sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa tegishli sudga oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Sudning oʻz ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni boshqa sudga oʻtkazishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda oʻzining ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni, garchi keyinchalik bu ish boshqa sudning sudloviga tegishli boʻlib qolsa ham, mazmunan hal qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud quyidagi hollarda ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mazkur ish boshqa sudda, xususan dalillarning koʻpchilik qismi joylashgan yerdagi sudda oʻz vaqtida va har tomonlama koʻrib chiqiladi deb hisoblasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan soʻng bu sudda ularni almashtirish imkoni boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish mazkur sudda koʻrilayotganda, u sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi maʼlum boʻlib qolsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish sudning ajrimiga asosan, bu ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati oʻtganidan keyin, shikoyat (protest) berilgan taqdirda esa shikoyatni (protestni) qanoatlantirmay qoldirish haqida ajrim chiqarilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sud tomonidan koʻrish uchun qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlovga tegishlilik yuzasidan nizolashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Daʼvogarning tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashash joyi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki turgan joydagi yoki uning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashagan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyiga ega boʻlmagan javobgarga nisbatan daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasida uning mol-mulki turgan joydagi yoki maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik yoxud boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogar tomonidan oʻzi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalar toʻqnashuvi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, shuningdek suvda yordam berganlik va qutqarganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar ham javobgarning kemasi turgan yoki kema roʻyxatga olingan port joylashgan yerdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etish joyi koʻrsatilgan shartnomalardan kelib chiqadigan daʼvolar shartnomani ijro etish joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar zarar yetkazilgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning filiali faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar filial joylashgan yerdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli joylarda yashovchi yoki turuvchi bir nechta javobgarga nisbatan yoki yuridik shaxs boʻlib, turli manzilda joylashgan javobgarlarga nisbatan daʼvo javobgarlardan biri yashaydigan yoxud davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga daʼvogarning tanlovi boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarni tiklash, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarib berish, gʻayriqonuniy hukm qilish, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida gʻayriqonuniy qamoqqa olish yoxud hibsga olish tarzida gʻayriqonuniy maʼmuriy jazo qoʻllash natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashash joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogarning voyaga yetmagan bolalari borligi, shuningdek nogironligi yoki ogʻir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bedarak yoʻqolgan deb yoxud ruhiy holati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning xohishiga koʻra oʻz yashash joyidagi sudda koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Sudlovga tegishlilikning alohida hollari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imoratga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvolar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan yerdagi sudning sudloviga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchining kreditorlari vorislar tomonidan meros qabul qilinguniga qadar taqdim etgan daʼvolar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan yerdagi sudning sudloviga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilarni, yuklarni yoki bagajni tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib chiqadigan daʼvolar belgilangan tartibda talabnoma taqdim etilgan transport tashkilotining organi davlat roʻyxatidan oʻtgan yerda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Kelishilgan sudlovga tegishlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻzaro kelishib, muayyan ish uchun hududiy sudlovga tegishlilikni oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflar kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Qarshi daʼvoning sudlovga tegishliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi daʼvo sudlovga tegishliligidan qatʼi nazar, dastlabki daʼvo koʻrilayotgan joydagi sudda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar toʻgʻrisidagi fuqarolik ishining sudlovga tegishliligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik daʼvosi, agar jinoyat ishi koʻrilganda ushbu daʼvo arz qilinmagan yoki hal etilmagan boʻlsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar boʻyicha taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 75-moddasi toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 27.12.2016-yildagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda koʻrilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha boshqa manfaatdor shaxslar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, rad etish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish, sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir boʻlish va oʻz huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Fuqarolik protsessual huquq layoqati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Fuqarolik protsessual muomala layoqati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan, yaʼni yoshi oʻn toʻrtdan oʻn sakkizgacha boʻlgan fuqarolarning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 23, 27-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bilan bogʻliq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha voyaga yetmaganlar sudda oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Bunday ishlarda voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlarni yoki homiylarni jalb qilish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muomalaga toʻla layoqatli deb eʼlon qilingan (emansipatsiya) taqdirda, sudda oʻz huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga oshirishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 34-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan kichik yoshdagi bolalarning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki vasiylar himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Taraflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatilgan shaxs daʼvogardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar boʻyicha ariza bergan shaxs arizachidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar taqdim etishga, daʼvo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar daʼvogarning talabini toʻliq yoki qisman tan olishga, qarshi daʼvo taqdim etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli.
(44-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo bir nechta daʼvogar tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi (protsessda birgalikda ishtirok etish) mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etishga alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha ham yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessda birgalikda ishtirok etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizo predmeti bir nechta daʼvogarning yoki javobgarning umumiy huquqlari yoki majburiyatlari boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nechta daʼvogarning yoki javobgarning huquq va majburiyatlari bitta asosga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizo predmeti bir turdagi huquq va majburiyatlardan iborat boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud nizolashilayotgan huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan holda ishga jalb etilmagan sherik javobgarni ishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusiga yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra jalb qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sherik javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb qilinganda ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan soʻng sud protsessi almashtirish amalga oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 116-moddasi 1-bandi, 124-moddasi 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50, 313, 322, 1113-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ishga sud muhokamasi boshlanganidan soʻng kirishgan boʻlsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish boʻyicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan boʻlgan huquqlariga yoki majburiyatlariga taʼsir etadigan boʻlsa, sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogar yoki javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadi va ularning protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish huquqi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻz harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida daʼvogarning huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida arz qilingan talablarni tan olgan taqdirda, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklatish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilishga haqli. Xuddi shunday hollarda, daʼvogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻrtasida kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlangandan soʻng kirishgan boʻlsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Sud protsessida prokurorning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro sogʻligʻining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokurorning ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha fuqarolik ishining muhokamasida prokuror ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza bergan prokuror daʼvogarning barcha protsessual huquqlaridan foydalanadi va barcha protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi va sud xarajatlarini toʻlash majburiyati mustasno.
(51-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun oʻzi arz qilgan talablar boʻyicha sudga tushuntirishlar berish, ish mazmuni yuzasidan, shuningdek ishning muhokamasi vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar boʻyicha oʻz fikrini bayon etish, sud hujjati ustidan protest keltirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogar rozi boʻlmasa, prokuror oʻzi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar bildirishga, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirishga yoxud kamaytirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogar prokuror tomonidan arz qilingan talabni qoʻllab-quvvatlamasa, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, sud daʼvoni (arizani) koʻrmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun taqdim etgan oʻz daʼvosidan (arizasidan) voz kechishi, ushbu shaxsni ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni 3, 33, 34, 35, 36-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 68-moddasi uchinchi qismi, 242-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni 31-moddasi ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni 21-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi, 13-moddasi birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 52-moddasida koʻrsatilgan sud protsessi ishtirokchilari mazkur Kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi, shuningdek boshqa shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni toʻliq yoki qisman qoʻllab-quvvatlash, ulardan voz kechish, oʻzlari arz qilgan talablar boʻyicha tushuntirishlar berish huquqiga ega. Mazkur organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasidan voz kechishi ushbu shaxsni ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida — fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar, mediatorlar;
(56-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek koʻrsatuvlar berishdan boʻyin tovlasa, u ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solinishi guvohni sudga kelish va koʻrsatuvlar berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun guvoh Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Ekspert
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22, 23, 24, 54, 59, 60, 95 — 101, 240-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 1 — 10, 17 — 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 4 va 5-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Ekspertning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki nusxa koʻchirish; joyida koʻzdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga taalluqli dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish; ekspertiza oʻtkazilishi vaqtida qilingan xarajatlarni undirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni oʻzining maxsus bilimlari asosida hal qilib boʻlmasligiga yoki oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Ekspertning majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert: ushbu Kodeksning 22-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosa berishdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun, shuningdek, agar sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmasa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solinishi ekspertni sudga kelish va xulosa berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun ekspert Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Mutaxassis
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yoʻli bilan koʻmaklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam berish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, ishning yakunidan manfaatdor boʻlmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassisni jalb qilish toʻgʻrisida ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning mutaxassis chaqirish toʻgʻrisidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs quyidagi huquqlarga ega: oʻzining nima maqsadda sudga chaqirilayotganligini bilish; agar maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; protsessual harakat ishtirokchilariga sudning ruxsati bilan savollar berish; dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashga koʻmaklashayotganida, ilmiy-texnika vositalari qoʻllanishi, ekspertiza tayinlanishi uchun materiallar tayyorlayotganida oʻzi qilgan harakatlar bilan bogʻliq holatlarga protsessual harakat ishtirokchilarining eʼtiborini qaratish; oʻzi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi bilan, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish hamda oʻz ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi va natijalari qayd qilinishining toʻliqliligi va toʻgʻriligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arzlar va fikrlarni bildirish; ish yuritishda protsessual harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etish bilan bogʻliq holda qilgan xarajatlarining oʻrni qoplanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruviga binoan kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, koʻnikmalar va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart. Mutaxassisning yuzaga kelgan barcha masalalar boʻyicha maslahatlari sudga yozma ravishda taqdim etilishi kerak, sud muhokamasi davomida mutaxassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud chaqiruvi boʻyicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solinishi mutaxassisni sudga kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Tarjimon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan shaxs tarjimondir. Sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tarjimon vazifalarini oʻz zimmasiga olishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon quyidagi huquqlarga ega: tarjimani aniqlashtirish maqsadida sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega boʻlmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad etish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish; sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tarjimaning toʻgʻriligi yuzasidan eʼtirozlar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon tarjimani toʻliq va toʻgʻri amalga oshirishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjima qilishdan asossiz ravishda bosh tortganlik, shuningdek sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sudning chaqiruvi boʻyicha kelmaganlik uchun tarjimon ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solinishi tarjimonni sudga kelish va tarjima qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq jinoiy javobgar boʻladi, bu haqda u sud tomonidan tilxat olib ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Sudda vakillik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar ishlarni oʻz rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39-moddasi, 42-moddasi ikkinchi, uchinchi, beshinchi qismlari, 66 — 70 moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Qonuniy vakillik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim boʻlgan ish boʻyicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qoʻriqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri ishtirok etishi kerak boʻlgan ish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxoʻrning vakili sifatida qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni oʻzi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar koʻrib chiqilayotganda uning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar koʻrib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonch bildiruvchi oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish boʻyicha sudda ish yuritishni shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) advokatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 65, 68, 69-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining 1, 3-xatboshilari, 5, 13, 14, 15-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 135, 136-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma boʻyicha harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 138-moddasi birinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarning rahbarlari sudga oʻz xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Yangi tahriri) 79-moddasi oltinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 39-moddasi toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonuni 14-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatning vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Vakilning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan toʻliq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, daʼvogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
(69-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi, 15-bandi birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda. Sudda vakillik qilishi mumkin boʻlmagan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 28, 30-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 32-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) shu nizo bilan bogʻliq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno;
(70-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Dalillar
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Isbotlash vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumot va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar fuqarolik ishi boʻyicha dalillardir. Bu maʼlumotlar quyidagi vositalar, yaʼni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anonim xatlarda va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yoʻli bilan olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim etish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 235-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan boʻlsa ham ularni muhokamaga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qoʻshimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qoʻshimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tugʻdirsa, ularga sud dalillar toʻplashda ularning iltimosnomasiga koʻra koʻmaklashadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda. Dalillarning aloqadorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud faqat ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan dalillarni koʻrishga qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning dalilni qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13, 80, 228, 233, 237-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda. Dalillarning maqbulligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart boʻlgan ishning holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13, 71-moddasi, 80-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hammaga maʼlum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir fuqarolik ishi boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni koʻrib chiqayotganda iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar isbotlanishga muhtoj emas va iqtisodiy yoki maʼmuriy sud tomonidan hal etilgan ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan nizolashilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan boʻlsa, isbotlashni talab etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda. Dalillarni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlari uchun zarur boʻlgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi, deyishiga asosi boʻlgan shaxslar ariza berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni taʼminlashni iltimos qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur boʻlgan dalillarni taʼminlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 77, 78, 79-moddalari, Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi yettinchi, oʻninchi xatboshilari, 9-bandi, 20-bandi uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza dalillarni taʼminlash bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek taʼminlanadigan dalillar zarur boʻlgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin boʻlgan ish koʻrsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76, 78-moddalari, 120-moddasi ikkinchi qismi, 204-moddasi 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda. Dalillarni taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni taʼminlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni toʻplash va tekshirish qoidalari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni taʼminlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni taʼminlash haqidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek keyinchalik arizachi bilan kimning oʻrtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda, dalillarni taʼminlash faqat arizachining oʻzini xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni taʼminlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar soʻroq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, yozma va ashyoviy dalillar talab qilib olinadi yoki koʻzdan kechiriladi, joyga borib koʻzdan kechirish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni taʼminlash tartibida toʻplangan barcha materiallar ishni koʻrib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Kodeksning 76, 77-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi, 20-bandi uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda. Dalillarni taʼminlash masalalariga doir ajrim ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi, 15-bandi birinchi, yigirma birinchi xatboshilari, 16-bandi birinchi, yettinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi oʻninchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda. Dalillarga baho berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud dalillarga ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda, har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillarning majmui esa yetarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech bir dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarga baho berish natijalarini sud hal qiluv qarorida aks ettirishi shart boʻlib, unda ayrim dalillar sudning xulosalarini asoslash vositasi sifatida qabul qilinganligi, boshqa dalillar sud tomonidan rad etilganligi sabablari, shuningdek ayrim dalillarning boshqa dalillarga nisbatan afzalligi asoslari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarga yoki boshqa yozma dalillarga baho berishda sud boshqa dalillarni inobatga olgan holda, bunday hujjat yoki yozma dalil shu turdagi dalillarni taqdim etishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan berilganligiga, hujjatni imzolab tasdiqlash huquqiga ega shaxs tomonidan imzolanganligiga, mazkur turdagi dalilning boshqa barcha ajralmas rekvizitlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatning yoki boshqa yozma dalilning koʻchirma nusxasiga baho berishda sud nusxa koʻchirish vaqtida uning asliga nisbatan mazmuni oʻzgarib qolmaganligini, nusxa koʻchirish qanday texnik usulda bajarilganligini, nusxa koʻchirish hujjatning koʻchirma nusxasi uning asli bilan bir xilligini kafolatlashini, hujjatning koʻchirma nusxasi qanday tarzda saqlanganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatning asli yoʻqolgan va sudga taqdim etilmagan boʻlsa, nizolashayotgan har bir taraf tomonidan taqdim etilgan ushbu hujjatning koʻchirma nusxalari esa oʻzaro bir xil boʻlmagan hamda boshqa dalillar yordamida hujjatning asl mazmunini aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlangan holatlarni isbotlangan deb hisoblashi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining oʻzlariga maʼlum boʻlgan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari ish yuzasidan toʻplangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflardan biri oʻzining talablari yoki eʼtirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi boʻlsa, bu fakt umumiy asoslarga koʻra isbotlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan boʻlsa, mazkur ariza ishga qoʻshib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 48, 49, 66-moddalari, 71-moddasi birinchi qismi, 78-moddasi ikkinchi qismi, 227, 229-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandi toʻrtinchi xatboshisi, 17-bandi birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda. Guvohni chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohni chaqirish toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni tasdiqlay olishi mumkinligini koʻrsatishi va sudga uning familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyini yoki ish, oʻqish joyini maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda. Guvohlarni ularning yashash joylarida soʻroq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrayotgan sud joylashgan yerdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kelish imkoniga ega boʻlmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoxud guvohning oʻz iltimosnomasi boʻyicha, ishni koʻrib chiqayotgan sudning topshirigʻiga binoan oʻzlari yashab turgan joydagi sud tomonidan yoki videokonferensaloqadan foydalangan holda soʻroq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni koʻrib chiqayotgan sud majlisiga kelgan taqdirda, ular sud tomonidan soʻroq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda. Yozma dalillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, maʼlumotnomalar, ishga oid yozishmalar, raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan hujjatlar va materiallar, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan oʻzga usulda olingan boshqa hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71, 73, 74, 233-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga taqdim etilayotgan, toʻliq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan boʻlsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatda olingan hujjat Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda legalizatsiya qilinmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda. Yozma dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma dalilni taqdim etuvchi shaxs ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini koʻrsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini koʻrsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma bergan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov ham berishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 73-moddaci, 80-moddasi oltinchi, yettinchi, sakkizinchi qismlari, 84-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar sud talab qilayotgan yozma dalillarni taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda sudni xabardor qilib, sababini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs, sud undan talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, u sudning soʻrovini olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida buning sabablarini koʻrsatgan holda sudni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek yozma dalilni taqdim etish uzrli sabablarsiz rad qilingan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solinishi tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 73, 87-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda. Yozma dalillarning aslini taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoida tariqasida, yozma dalillarning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi taqdim etiladi. Agar hujjatning koʻchirma nusxasi taqdim etilgan boʻlsa, sud zarur hollarda, uning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Agar koʻrib chiqilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi taalluqli boʻlsa, undan tasdiqlangan koʻchirma nusxa taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-modda. Yozma dalillarni ular saqlanayotgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma dalillarni sudga taqdim etish ularning koʻpligi yoki ulardan faqat bir qismi ish uchun ahamiyatli ekanligi oqibatida qiyinlashgan taqdirda, sud ularning tegishli ravishda tasdiqlangan koʻchirmasini talab qilishi yoki dalillarni ular saqlanayotgan joyda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ishdagi hujjatning asli uni taqdim etgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra qaytarilib, hujjatning sudya tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi ishda qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud mumkin deb topsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar yozma dalillar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytarilishi mumkin. Mazkur shaxslar iltimosnoma bilan birga hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan koʻchirma nusxani sud tomonidan tasdiqlash toʻgʻrisida iltimosnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda. Ashyoviy dalillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan predmetlar ashyoviy dalillardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki uni talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilayotgan shaxs ushbu dalil orqali ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini koʻrsatishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13, 71, 73, 74-moddalari, 78-moddasi ikkinchi qismi, 91 — 94, 237-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs ushbu ashyoni taʼriflab berishi va bu ashyo mazkur shaxsda deb hisoblash uchun qanday asoslari borligini bayon etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan fuqarolar va tashkilotlardan talab qilinayotgan ashyoviy dalillar bevosita sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir soʻrov berishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 90, 92-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda sabablarini koʻrsatgan holda sudga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs sud undan talab qilayotgan ashyoviy dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, u sudning soʻrovini olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda uzrli sabablarini koʻrsatgan holda sudga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, agar sudning ashyoni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarilmasa, aybdor fuqarolar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish tegishli fuqarolar va mansabdor shaxslarni sud talab qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 90-modda ikkinchi qismi, 92 — 93-moddalari, 237-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda. Tez buziladigan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud dalillarni sudga olib kelish imkoniyati boʻlmagan yoki qiyin boʻlgan, shuningdek ashyoviy dalillar tez buziladigan hollarda, ularni koʻzdan kechirishini va tekshirishini ular joylashgan yerda amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqatlar va tez buziladigan boshqa ashyolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud tomonidan darhol koʻzdan kechiriladi. Bunday ashyolar koʻzdan kechirilganidan keyin kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytariladi yoki ulardan oʻz oʻrnida foydalanishi mumkin boʻlgan boshqa shaxslarga beriladi. Ashyolar boshqa shaxslarga berilgan taqdirda, ularning egasiga oʻsha xildagi va sifatdagi buyumlar yoki ularning qaytarish paytidagi bahosi boʻyicha qiymati qaytarib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 237, 239-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qoʻshib qoʻyiladi va ishda saqlanadi yoki alohida roʻyxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga keltirib boʻlmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan, muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni oʻzgarmas holatda saqlash choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar oʻrtasida, ushbu Kodeksning 138-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirganidan va tekshirganidan keyin, basharti ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan boʻlsa va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni koʻrib chiqish hamda hal qiluv qarorini ijro etish uchun zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ish tamom boʻlguniga qadar qaytarib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan narsalar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda. Ekspertiza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish muhokamasi chogʻida kelib chiqqan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra ekspertiza tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza sudda oʻtkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni boʻlmasa yoki keltirish qiyin boʻlsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 96 — 101-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 — 9, 17 — 24-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qanday masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza oʻtkazish kimga topshirilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22 — 24, 58 — 60-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10, 11, 15, 16-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur boʻlgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa hollarda, agar ish holatlariga koʻra va mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan bosh tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori 1 — 4, 6 — 10 bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi birinchi xatboshisi, 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlar oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari keltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ekspertiza oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (ilgarigi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 95, 98, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10, 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 16, 17-bandlari, 20-bandi ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak boʻlgan masalalarni sudga taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini sud belgilaydi. Taklif qilingan masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58, 95, 98-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, 14-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertga oʻz xulosasini ogʻzaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega. Ogʻzaki tushuntirish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi, ekspertga oʻqib eshittiriladi va ekspert tomonidan imzolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 10-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizaning oʻtkazilish asosi; ekspertizani tayinlagan sud toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ekspert toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, mehnat staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan korxona, muassasa yoki tashkilot haqidagi maʼlumotlar; ekspert bila turib yolgʻon xulosa berganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asoslantirilgan javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa qoʻyilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qoʻshilmaganligi ish boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorida yoki ajrimda asoslab berilgan boʻlishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 60, 240-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi toʻrtinchi xatboshisi, 7-moddasi ikkinchi qismi, 10-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlari, 23, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 14-bandi uchinchi xatboshisi, 17-bandi yettinchi xatboshisi, 18, 19, 21-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi olgan va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 96, 100, 101-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 19, 20, 21-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori 8-bandining oʻn beshinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzadi va imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 96, 98-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 19, 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori 16, 17 va 19-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda. Kompleks ekspertiza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni turli bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning oʻz tekshirishlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy fikrni (fikrlarni) olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar chiqaradi. Agar ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan faktlari ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, u holda ushbu ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 96, 98, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 19, 21-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda maslahat (tushuntirish) beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassisning yozma shaklda bergan maslahati sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatni aniqlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-moddasi toʻrtinchi qismi, 13, 54, 61, 62-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda. Sud topshiriqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrayotgan sud dalillarni boshqa tumanda yoki shaharda toʻplash zarur boʻlgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud topshirigʻi ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda koʻrib chiqilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud toʻplashi lozim boʻlgan dalillar koʻrsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yoʻllangan boʻlsa, oʻsha sud uchun majburiy boʻlib, oʻn besh kunlik muddat ichida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud topshirigʻi axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 104-moddasi, 117-moddasi 6-bandi, 118-moddasi 10-bandi, 204-moddasi 9-bandi,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi oʻn birinchi xatboshisi, 16-bandi sakkizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud topshirigʻini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga koʻra sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni bajarishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud topshirigʻi tartibida taraflarning va uchinchi shaxslarning yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik maʼlumotlar toʻplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomalar va sud topshirigʻini bajarishda toʻplangan materiallar ishni koʻrib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud topshirigʻini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni koʻrib chiqayotgan sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud koʻrsatuvlar beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 118-moddasi 10-bandi, 229 — 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qarori bilan tasdiqlangan Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Daʼvoni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-modda. Daʼvoni taʼminlash asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki oʻz tashabbusi boʻyicha koʻrishi mumkin. Agar daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa, daʼvoni taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlashga sud protsessining har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqayotganda sud (sudya) daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish asoslari va zaruriyati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga koʻra, hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrilishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqish va daʼvoni taʼminlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 106 — 115-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-modda. Daʼvoni taʼminlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar daʼvoni taʼminlash choralari boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) javobgarga tegishli boʻlgan va uning oʻzida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablagʻlarini xatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish toʻgʻrisida daʼvo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan boʻlsa va agar bunday nizolashishga qonun hujjatlarida yoʻl qoʻyilsa, bu hujjat boʻyicha undiruvni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, sud (sudya) daʼvoni taʼminlash boʻyicha boshqa choralar ham koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yoʻli bilan taʼminlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan aliment undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik, shuningdek boquvchisining oʻlimi oqibatida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi, oʻzgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash choralari daʼvogar arz qilgan talabga mutanosib boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, sud daʼvoni taʼminlash chorasining bir nechta turini qoʻllashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi daʼvoning bahosidan oshib ketmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 105, 107 — 115-moddalari, 123-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza sudya (sud) tomonidan ariza tushgan kuniyoq javobgarni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni xabardor qilmagan holda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandi oʻn ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-modda. Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash turini almashtirish ishda ishtirok etayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul summasini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni taʼminlashda javobgar qoʻllanilgan taʼminlash choralari oʻrniga daʼvogar talab qilayotgan summani sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 106-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi oʻn birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning V boʻlimi (“Sud qarorlarining ijrosi”) va Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-modda. Daʼvoni taʼminlash choralariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 106-moddasi birinchi qismining 2, 3, 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan taqiqlar buzilganda aybdor shaxslar ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudning ajrimi bilan jarimaga tortiladi. Daʼvogar bu shaxslardan sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganliklari oqibatida oʻzi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishini umumiy asoslarda talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash choralari ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 106-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari va 123-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-modda. Daʼvoni taʼminlash choralarining saqlanish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo rad qilingan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi. Biroq sud daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan soʻng ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvoni taʼminlash choralari hal qiluv qarori amalda ijro etilguniga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 106-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 109, 264-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berish muddati ajrimning koʻchirma nusxasi topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 114 — 115, 400, 403-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi oʻn birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berish oqibati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi ushbu ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-modda. Daʼvoni taʼminlash natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash bilan birga daʼvogardan javobgarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar daʼvoni rad qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin daʼvogardan daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra daʼvoni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida oʻziga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4, 109, 113 — 114, 188, 189–moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi oʻn birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Ish yuritishni toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa yoki ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 47-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 49-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yoʻqotganda;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 30-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) javobgar — fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi daʼvogar — fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilguniga qadar koʻrish imkoni boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) taraf chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda.
(116-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) taraf Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) taraf davolash muassasasida boʻlganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga toʻsqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) taraf ishni koʻrib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida boʻlganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish vaqti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeks 116-moddasining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — huquqiy voris ishga kirishguniga yoki ishga jalb qilinguniga qadar yoxud muomalaga layoqatsiz shaxsga qonuniy vakil tayinlanguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeks 116-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — tarafning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlishi tugaguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeks 116-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki maʼmuriy tartibda koʻrilayotgan ish boʻyicha qaror chiqarilguniga yoxud tergov tamom boʻlguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeks 116-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — chet davlat sudining yoki hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoxud uning ijrosini toʻxtatib turish haqidagi iltimosnoma chet davlatning vakolatli organi tomonidan hal qilinguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) ushbu Kodeks 116-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda;
(118-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu Kodeks 117-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishincha tarafning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatda boʻlishi tugaguniga yoki mazkur shaxslar davlat majburiyatini bajarib boʻlguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ushbu Kodeks 117-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf davolash muassasasidan chiqquniga yoki tarafning sudga kelishiga toʻsqinlik qilayotgan kasallik tuzalguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ushbu Kodeks 117-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — javobgarni qidirish tugallanguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) ushbu Kodeks 117-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf qaytguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ushbu Kodeks 117-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — ekspertiza oʻtkazish boʻyicha harakatlar tugaguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) ushbu Kodeks 117-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud topshirigʻini ijro etish boʻyicha harakatlar tugaguniga qadar toʻxtatib turiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi birinchi, oʻn yettinchi xatboshilari, 15-bandi birinchi, beshinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish toʻxtatib turilganida, ushbu Kodeksda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-modda. Ish yuritishni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish uni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar barham topganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 116 — 120-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi birinchi,oʻn uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Arizani koʻrmasdan qoldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud quyidagi hollarda arizani koʻrmasdan qoldiradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 22-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-64-sonli “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida” Qonunning 11 — 13-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan koʻrishni talab qilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) xotini homilador boʻlgan vaqtda yoki bola tugʻilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Oila Kodeksi 39, 40-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) daʼvogar tomonidan arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ariza berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) daʼvogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 384-moddasi ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103) taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa;
(122-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 101, 102 va 103-bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-modda. Arizani koʻrmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Ajrimda sud ishning hal etilishiga toʻsqinlik qilayotgan, ushbu Kodeks 122-moddasining 2, 5, 6, 7, 8, 10 va 11-bandlaridasanab oʻtilgan holatlarni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ushbu Kodeks 122-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini qaytarish va daʼvoni taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarni bekor qilish haqida koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 122-moddasining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi oʻttiz birinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Ish yuritishni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hakamlik sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarang: mazkur Kodeksning 354,357-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 39, 50, 53-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ish boʻyicha taraflardan biri boʻlgan fuqaroning vafotidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ish boʻyicha taraf boʻlib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 10 — 12-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish sudning ajrimiga binoan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-modda. Ish yuritishni tugatish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Sud xarajatlari
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127-modda. Sud xarajatlarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat boʻladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-modda. Davlat boji
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini toʻlash asoslari va tartibi, uni toʻlashdan ozod qilish, davlat bojini qaytarish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129-modda. Daʼvoning bahosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning bahosi quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) pul undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — undiriladigan summaga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) bir nechta mustaqil talabdan iborat daʼvolar boʻyicha — barcha talablarning umumiy summasiga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aliment undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — bir yillik toʻlovlarning yigʻindisiga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) muddatli toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlarning yoki beriladigan pullarning yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan uch yillik yigʻindisiga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) muddatsiz yoki umrbod toʻlovlar va pul berish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlarning yoki pullarning uch yil ichidagi yigʻindisiga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) toʻlovlarni yoki pul berishni kamaytirish yoxud koʻpaytirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — toʻlovlar yoki beriladigan pullar kamaytiriladigan yoki koʻpaytiriladigan summaga, lekin koʻpi bilan bir yillik summaga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) toʻlovlarni yoki pul berishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — qolgan toʻlovlar yoki pullar yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan bir yillik yigʻindisiga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) mol-mulk ijarasi shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish haqidagi daʼvolar boʻyicha — shartnoma amal qilishining qolgan muddatida mulkdan foydalanish uchun toʻlanadigan toʻlovlarning yigʻindisiga, lekin koʻpi bilan uch yil ichidagi toʻlovlarning yigʻindisiga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) xususiy mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli imoratlarga egalik huquqi toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — imoratning bozor qiymatiga qarab, lekin bu miqdor kadastr qiymatidan, bunday baho boʻlmaganida esa, majburiy sugʻurta bahosidan kam boʻlmasligi kerak, tashkilotlarga qarashli imoratlar boʻyicha esa — imoratlarning haqiqiy bahosidan kam boʻlmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128, 130, 131-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisi, 25-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130-modda. Daʼvoning bahosini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning bahosi daʼvogar tomonidan koʻrsatiladi. Daʼvogar koʻrsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol boʻlsa, daʼvoning bahosini sudya belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin boʻlsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chogʻida sud belgilagan daʼvo bahosiga muvofiq, davlat bojining toʻlanmagan qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128, 129-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasi oltinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi toʻrtinchi xatboshisi, 6-bandi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-modda. Daʼvoning bahosi oʻzgartirilganda davlat bojini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlangan davlat boji daʼvogar oʻz talablarini kamaytirgan, arz qilingan talablaridan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arz qilingan talablar koʻpaytirilganda yetishmayotgan summa daʼvoning koʻpaytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qoʻshimcha tarzda toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128 — 130-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasi sakkizinchi-toʻqqizinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132-modda. Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari;
(132-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71-moddasi uchinchi qismi, 83-moddasi, 204-moddasi birinchi qismi 14-bandi, 208-moddasi uchinchi, beshinchi qismlari, 209-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim.
(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni koʻrish natijalariga koʻra ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-modda. Sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va ularning miqdorlarini kamaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini toʻlashni kechiktirishga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab, ulardan birining yoki ikkalasining davlat daromadiga undiriladigan sud xarajatlarini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga yoʻl qoʻyishi, shuningdek bu xarajatlarning miqdorini kamaytirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127, 128, 132-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-modda. Ekspertlarga, mutaxassislarga, guvohlarga, tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalarni toʻlash va ularning oʻrtacha ish haqini saqlab qolish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar ular oʻz vazifalarini bajarib boʻlganidan soʻng sud tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar va mutaxassislar sudning topshirigʻi boʻyicha bajargan ishi uchun, agar bu ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, haq oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlarning sudga borishi munosabati bilan ularning ishda boʻlmagan vaqtida ish joyidagi oʻrtacha ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat munosabatlariga kirishmagan guvohlar odatdagi mashgʻulotlaridan qoldirilganligi uchun amalda sarflagan vaqti va belgilangan eng kam ish haqidan kelib chiqilgan holda haq oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-modda. Sud chiqimlarini toʻlash uchun mablagʻlarni kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar yoki joyida koʻzdan kechirishni oʻtkazishga doir xarajatlar uchun zarur boʻlgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan boʻlsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida koʻzdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-modda. Vakilning yordami uchun haq toʻlashga doir xarajatlarning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan vakilning yordami uchun toʻlashga doir xarajatlarni oqilona miqdorlarda undirib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga advokat belgilangan tartibga muvofiq bepul yordam koʻrsatgan boʻlsa, bu summa boshqa tarafdan advokatlar byurosi (hayʼati, firmasi) foydasiga undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 67-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi birinchi, beshinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-modda. Yoʻqotilgan vaqt uchun haq undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud insofsizlik bilan asossiz talab arz qilgan yoki daʼvoga qarshi nizolashgan yoxud ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda hal etilishiga muntazam qarshilik qilib kelgan taraf zimmasiga amalda yoʻqotilgan vaqt uchun ikkinchi taraf foydasiga haq toʻlash majburiyatini yuklatishi mumkin. Undiriladigan haq sud tomonidan oqilona miqdorda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 132-moddasi birinchi qismi 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi oltinchi xatboshisi, 22-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-modda. Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa-da, ish boʻyicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan boʻlsa, ushbu moddada koʻrsatilgan summalar javobgardan daʼvogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan boʻlsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim boʻlgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuqori turuvchi instansiya sudi ishlarni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini oʻzgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha oʻzgartiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlarini berganda taraflar toʻlagan davlat bojiga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraflar kelishuv bitimi tuzish chogʻida sud xarajatlarini taqsimlash tartibini nazarda tutmagan boʻlsa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlashda ushbu Kodeksning 136, 138 va 141-moddalariga muvofiq hal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127, 128, 132, 140-moddalari, 167-moddasi uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 251-moddasi ikkinchi qismi,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandining uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-modda. Taraflarga sud xarajatlarining oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilgan davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning va fuqarolarning arz qilingan talablari toʻliq yoki qisman rad etilganda, javobgar qilgan sud xarajatlarining oʻrni unga budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq yoki daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan jalb etilgan javobgar qilgan sud xarajatlarining oʻrni budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvogar qilgan sud xarajatlarining oʻrni unga budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-modda. Davlatga sud xarajatlarining oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan va daʼvogar toʻlashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari daʼvogardan davlat daromadiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan, javobgar esa sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinmagan daʼvogardan talablarining rad etilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar har ikki taraf ham sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, sudning ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlari davlat hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarni qidirish ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilingan taqdirda, sud qidiruv ishi boʻyicha qilingan xarajatlarni javobgardan davlat daromadiga undiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127-128, 132-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142-modda. Sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ajrimlar ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Protsessual majburlov choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143-modda. Protsessual majburlov choralarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qoʻllanilishi uni ushbu Kodeksda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-modda. Majburiy keltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart boʻlgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini maʼlum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi mumkin. Mazkur ajrimning ijrosi hududiy ichki ishlar organining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organining tegishli arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari shaxs majburiy keltirilishi lozim boʻlgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ish yuritiladigan joydagi yoki majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi (joylashgan yeri), ish, xizmat yoxud oʻqish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 186, 222-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qarori bilan tasdiqlangan Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145-modda. Ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni koʻrishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qoʻyilganda raislik qiluvchi uni zalda yoʻq boʻlganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda sudning ajrimiga binoan, ishni koʻrishda hozir boʻlgan fuqarolar esa raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmagan taqdirda, ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana boʻysunmasa, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni boʻlmasa, ishni koʻrish sudning ajrimiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning oʻzida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147-modda. Sud jarimasini undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud jarimalari davlat daromadiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslarga sud tomonidan solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148-modda. Jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solingan shaxs jarima solgan suddan jarimadan ozod qilishni yoki uning miqdorini kamaytirishni sud ajrimining koʻchirma nusxasini olganidan keyin besh kun ichida iltimos qilishi mumkin. Bu ariza jarima solingan shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq uning sudga kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149-modda. Sud jarimasi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning jarima solish, jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150-modda. Maʼmuriy javobgarlikka tortish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga boshqacha tarzda hurmatsizlik bildirgan shaxs sud tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga hurmatsizlik guvohning, daʼvogarning, javobgarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki ushbu shaxslar va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi vaqtida tartibni buzishida namoyon boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga hurmatsizlik koʻrsatilganligi fakti aniqlanganligi toʻgʻrisida ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan sud majlisining oʻzida alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan sudya (sud tarkibi) tomonidan huquqbuzarga darhol eʼlon qilinadi. Mazkur fakt sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. Bunda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga hurmatsizlik koʻrsatilganligi fakti aniqlangan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oʻz tushuntirishlarini berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qaror raislik qiluvchi tomonidan ish boʻyicha sud majlisi tugagandan keyin alohida xonada (maslahatxonada) tuzilib, sudya (sud tarkibi) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudga hurmatsizlik sud majlisida koʻrsatilgan va huquqbuzar sud majlisi zalini tark etgan boʻlsa, sudga hurmatsizlik sud majlisidan tashqarida koʻrsatilgan boʻlsa, shuningdek sud majlisiga kelishdan bosh tortganlik aniqlansa, huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) yoki sud raisining yoxud sud majlisida raislik qiluvchining ogʻzaki farmoyishiga asosan boshqa sud xodimi tomonidan tuziladi va bu haqda huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi oltinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 180, 181-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Protsessual muddatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-modda. Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ular sud tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar albatta yuz berishi lozim boʻlgan voqeani koʻrsatgan holda kalendar sana bilan yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-modda. Protsessual muddatlarni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Muddatning oʻtishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tamom boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oylar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi oyining tegishli oyi va kunida tamom boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli sanasi boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tamom boʻladi. Bu muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan taqdirda, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan protsessual harakat muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar protsessual harakat sudda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, belgilangan qoidalarga koʻra sudda ish tugagan soatda muddat tamom boʻlgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza, shikoyat, hujjatlar yoki pul summalari muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtgacha aloqa tashkilotiga topshirilgan, axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilgan yoki tegishli organga yoxud hujjatni qabul qilishga vakolatli shaxsga berilgan boʻlsa, muddat oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqi qonunda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatning oʻtishi bilan bekor boʻladi. Bunday holda protsessual muddatlarning oʻtishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual muddatlar oʻtgandan soʻng taqdim etilgan arizalar, shikoyatlar va hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoki uni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuritish toʻxtatib turilganida tugamagan barcha protsessual muddatlarning oʻtishi ham toʻxtatib turiladi. Muddatlarning toʻxtatib turilishi ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar yuzaga kelgan vaqtdan eʼtiboran boshlanadi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma protsessual harakat amalga oshirilishi yoki hujjat topshirilishi lozim boʻlgan sudga beriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani berish bilan bir vaqtda, muddati oʻtkazib yuborilgan harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish, tiklash haqida yoki uzaytirishni yoxud tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni rad etish yoki tiklashni rad etish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruv qogʻozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va guvohlar sud chaqiruv qogʻozlari, zarur hollarda esa buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protsessual harakatlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya chaqiruv qogʻozi bilan bir vaqtda javobgarga daʼvo arizasining (arizaning) koʻchirma nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar javobgarning yozma tushuntirishi sudga kelib tushgan boʻlsa, sudya sudga murojaat qilgan shaxsga chaqiruv qogʻozi yuborayotganda ushbu tushuntirish xatining koʻchirma nusxasini joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xabarnomalari va chaqiruv qogʻozlari ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157-modda. Sud chaqiruv qogʻozining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga chaqirish toʻgʻrisidagi sud chaqiruv qogʻozida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudning nomi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kelish joyi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish boʻyicha oʻzlari ega boʻlgan hamma dalillarni taqdim etish toʻgʻrisidagi taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) chaqiriluvchi yoʻqligi sababli chaqiruv qogʻozini qabul qilib olgan shaxsning imkoniyat boʻlishi bilanoq uni darhol chaqiriluvchiga topshirishga majburligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sudga kelmaganlikning ushbu Kodeksning 220, 221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga chaqirish toʻgʻrisida elektron hujjat tarzida yuborilayotgan sud chaqiruv qogʻozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5, 7-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani topshirish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sudga oʻz vaqtida kelish va ishga tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega boʻlishini moʻljallab topshirilishi yoki yetkazib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan koʻrsatilgan manzil boʻyicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga maʼlum qilingan manzilda haqiqatda yashamasa, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma uning ish yoki oʻqish joyiga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali topshirilganligi toʻgʻrisida tilxat olish yoʻli bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish boʻyicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish uchun sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining uni olganligi toʻgʻrisidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili koʻrsatilgan taqdirda, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroga sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma sudga qaytarilishi lozim boʻlgan ikkinchi nusxasiga u topshirilgan vaqtini koʻrsatgan holda tilxat olib shaxsan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot nomiga yoʻllangan sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u hujjatning ikkinchi nusxasiga imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani keltirgan shaxs ish boʻyicha sudga chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish yoxud oʻqish joyida topmasa, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma ushbu fuqaro bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila aʼzolarining biriga, boʻlmagan taqdirda esa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (maʼmuriyatning mansabdor shaxsiga) yoxud oʻquv muassasasiga topshiriladi. Bunday hollarda sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida oʻzining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma yuborilgan shaxsning kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, oʻgʻli, qizi va hokazo) yoki egallab turgan lavozimini koʻrsatishi shart. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat boʻlishi bilan chaqiriluvchiga darhol topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) yoxud oʻquv muassasasi sud chaqiruv qogʻozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etadi, bu maʼlumotlar tegishincha imzo va muhr bilan tasdiqlanadi hamda guvohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-modda. Sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchi oʻz nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni keltirgan shaxs sudning chaqiruv qogʻoziga yoki boshqa xabarnomaga tegishli belgi qoʻyib, uni sudga qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qogʻozini yoxud boshqa xabarnomani qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi belgi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) yoxud oʻquv muassasasi tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda xabardor qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi ishni muhokama qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-modda. Tegishli tartibda xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma shaxsan yoki voyaga yetgan oila aʼzolaridan biri, mazkur manzilda yashovchi boshqa shaxs tomonidan olingan, shuningdek sud tomonidan matnli xabarning elektron pochta manzili orqali yoki xabarnomaning qayd etilishini taʼminlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yetkazilganligini tasdiqlovchi hisobot olingan hollarda, agar bunday xabarnoma kelib tushmaganligi yoki kechroq kelib tushganligi isbotlanmasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda xabardor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma chaqiriluvchi uni olishni rad etganda ham, agar bunday rad etish qayd etilgan boʻlsa, yetkazilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-modda. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini oʻzgartirish, manzilning oʻzgarishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida familiyasini, ismini, otasining ismini oʻzgartirganligi, manzili oʻzgarganligi haqida sudga xabar qilishi shart. Bunday xabar mavjud boʻlmagan taqdirda, sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnoma sudga maʼlum boʻlgan oxirgi manzil boʻyicha yuboriladi va, garchi chaqiriluvchi bu manzilda ortiq yashamasa yoki boʻlmasa ham, u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron pochta manzilini sudga maʼlum qilgan boʻlsa, ish yuritilayotgan vaqtda ularning oʻzgarganligi toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-modda. Javobgarning turish joyi nomaʼlumligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qogʻozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining turish joyi nomaʼlumligi sababli unga topshirishning imkoni boʻlmaganligi haqida yozib yuborgan maʼlumot sudga kelib tushgach, sud ishni muhokama qilishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-modda. Javobgarni (qarzdorni) qidirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi va mayib boʻlish yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar boʻyicha javobgarning (qarzdorning) amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda, javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar organlari tomonidan javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bob. Yarashtirish tartib-taomillari
(17-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni oʻzaro talablarning toʻliq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibida yuritiladigan har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
(166-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi koʻrsatilgan holda taraflar tomonidan kelishilgan shartlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning ijro etilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bogʻliq qilib qoʻyishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan toʻliq yoki qisman voz kechish yoxud uni tan olish toʻgʻrisidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shart mavjud boʻlmasa, sud mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda koʻriladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlari bekor qilinishi toʻgʻrisida ajrim yoki qaror chiqariladi va ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni koʻrgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusiga koʻra sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu Kodeks qoidalari boʻyicha majburiy ijro etilishi lozim.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.02.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISHLARNI YURITISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-kichik boʻlim. Buyruq tartibida ish yuritish
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bob. Sud buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-modda. Sud buyrugʻiga oid umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi nizosiz talablar boʻyicha sud muhokamasi oʻtkazmasdan berilgan sud hujjatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilganidan keyin oʻn kunlik muddat oʻtgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-modda. Sud buyrugʻini berish boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi quyidagi hollarda beriladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovlari muddatida toʻlanmaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aʼzolaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, 170, 172, 173, 177, 178-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2, 9, 10, 11-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza sudga ushbu Kodeksning 5-bobida belgilangan sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida beriladi. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) undiruvchining talabi va talabga asos boʻlgan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizada undiruvchi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchar mol-mulk talab qilingan taqdirda, arizada ushbu mol-mulkning qiymati koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi birinchi qismi birinchi, uchinchi xatboshilari, 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2 — 5, 8 — 10-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini;
(173-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, agar bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) talablarga asos boʻlgan holatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 174-moddalari, 176-moddasi birinchi qismi 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan bojga qoʻshib hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128 — 131-moddalari, 173-moddasi birinchi qismi 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi hollarda ham rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) huquq toʻgʻrisida nizo mavjud deb hisoblansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab boʻyicha daʼvo ishini yuritish tartibida daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7, 14 — 18-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza ushbu Kodeksning 172-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sud buyrugʻi berilguniga qadar undiruvchidan sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan sudga ikkinchi marta murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-modda. Sud buyrugʻini berish tartibi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arz qilingan talabning mazmuni boʻyicha sud buyrugʻi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida sudya tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi sudya tomonidan undiruvchi va qarzdorni sudga chaqirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda, sud muhokamasisiz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi sudya tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga eʼtiroz kelib tushmasa, sudya undiruvchiga sudning muhri bilan tasdiqlangan buyruq koʻchirma nusxasini ijroga taqdim etish uchun beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiruvchining iltimosiga koʻra sud buyrugʻi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdordan davlat bojini undirish uchun sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrugʻining alohida nusxasi bevosita sud tomonidan ijro etish uchun yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170 — 174, 178-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178-modda. Sud buyrugʻining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish yuritishning tartib raqami va buyruq berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) talabni qanoatlantirish uchun asos boʻlgan qonun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) undirilishi kerak boʻlgan pul summalarining miqdori yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan koʻchar mol-mulkning qiymati ham koʻrsatilgan holdagi belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) neustoyka miqdori, agar uning undirilishi qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat bojining summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan eʼtiroz taqdim etish muddati va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻida ushbu moddaning 1 — 5, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari quyidagilar koʻrsatiladi: qarzdorning tugʻilgan sanasi va joyi, taʼminoti uchun aliment undirilishi lozim boʻlgan har bir bolaning ismi va tugʻilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan toʻlovlar miqdori hamda ularni undirish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻining yozuvidagi xatolarni va ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning arizasi boʻyicha ushbu buyruq qanday tartibda berilgan boʻlsa, shunday tartibda sudning ajrimi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170, 177, 179-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179-modda. Qarzdorga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi berilganidan keyin sud uning koʻchirma nusxasini darhol qarzdorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170, 178-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-modda. Sud buyrugʻining qonuniy kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi u berilgandan soʻng oʻn kunlik muddat oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-modda. Sud buyrugʻini bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrugʻini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab daʼvo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻi ijro ishini yuritish boʻyicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga koʻra bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarang: mazkur Kodeksning 170, 178-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 20, 21, 23, 24-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-kichik boʻlim. Daʼvo ishini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-modda. Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga, agar qonun hujjatlarida ularni koʻrishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha ishlar kiradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183-modda. Daʼvo ishini yuritishga doir ishlarni koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo ishni yuritishga doir ishlar ushbu kichik boʻlimda koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184-modda. Ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha uchinchi shaxslarni jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga oʻtkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusi bilan jalb qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga oʻtkazish ochiqdan-ochiq qonunni buzgan holda amalga oshirilganligini aniqlasa, shu protsessning oʻzidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq toʻlanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq toʻlash sababli tashkilotga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini yuklatadi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summalarning miqdori mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-modda. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ish bilan birga koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan nizolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotinning mol-mulkini boʻlish haqidagi talabi, agar bu nizoni toʻgʻri hal etish uchun ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish zarur boʻlsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ish bilan birga koʻrilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186-modda. Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud tomonidan uzrsiz deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda jarimaga tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 143-moddasi birinchi qismi 1-bandi, 144-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vaqtida sud zarur boʻlgan taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) oʻz xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablagʻ berib turishi kerakligi toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 100, 110, 112, 117, 118-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bob. Ish qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-modda. Ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yoʻli bilan qoʻzgʻatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 3, 4, 193-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 110, 112-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2, 3-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189-modda. Arizaning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) daʼvogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar daʼvogar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) daʼvogarning talabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) agar daʼvo baholanishi kerak boʻlsa, daʼvoning bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) daʼvogar oʻz talabiga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va daʼvogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab oʻtilgan maʼlumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada daʼvogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada elektron manzili koʻrsatilganligi arizachining sud chaqiruv qogʻozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining koʻchirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga boʻlgan roziligidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4, 188-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 110, 112-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2, 3-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190-modda. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishning murakkabligi va xususiyatiga qarab, arizaga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini javobgarlarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini daʼvogarning zimmasiga yuklashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini;
(191-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 68, 69-moddalari, 122-moddasi 10-bandi, 128 — 131, 189-moddasi birinchi qismi 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 1 — 13, 22 — 27-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilishi va ish qoʻzgʻatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga tegishli iltimosnomalar ilova qilingan, bunday iltimosnomalarni hal qilish qonun bilan sudyaning vakolatlariga berilgan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan boʻlsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qoʻzgʻatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, bundan fuqarolik ishlar boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim boʻlsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga toʻsqinlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talab sudga taalluqli boʻlmasa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini koʻrsatishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli qarori 12-bandining birinchi xatboshisi, 15-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-modda. Arizani qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22, 30-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 70-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 129 — 131, 134, 138-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar arizachidan arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, davlat bojini toʻlashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoki iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
(195-moddaning birinchi qismi 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128 — 133-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki qonunda nazarda tutilgan mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olish tartibi buzib berilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi 11-bandi, 293-moddasi 8-bandi, 327 — 330-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1157-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa.
(195-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 9-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196-modda. Bir nechta talabni birlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar bitta arizada oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197-modda. Sudyaning bir turdagi ishlarni birlashtirish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya mazkur sudning ish yuritishida ayni bir taraflar ishtirok etayotgan bir turdagi bir nechta ish yoxud bir shaxsning turli javobgarlarga yoki bir nechta daʼvogarning ayni bitta javobgarga nisbatan arizalari boʻyicha bir nechta ish mavjudligini aniqlasa, bu ishlarni birgalikda koʻrish uchun bitta ish yuritishga birlashtirishga, agar bunday birlashtirish ishning oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilinishiga olib kelsa, haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni birlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashtirilgan ishlarni koʻrish muddati keyinroq qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27, 45, 196-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi birinchi, oltinchi xatboshilari, 16-bandi birinchi, beshinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-modda. Bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar arizani koʻrayotgan sudya talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u birlashtirilgan talablardan birini yoki bir nechtasini alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta daʼvogar tomonidan yoki bir nechta javobgarga nisbatan talablar taqdim etilgan taqdirda, arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotgan sudya, agar talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, bir yoki bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish masalasi boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan talab boʻyicha ish koʻrish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27, 196 — 198-moddalari, 204-moddasi birinchi qismi 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi birinchi, oltinchi xatboshilari, 16-bandi birinchi, beshinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan ish boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun daʼvogarga nisbatan qarshi daʼvo taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37-moddasi, 44-moddasi uchinchi qismi, 200-moddasi, 223-moddasi birinchi qismi 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi uchinnchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200-modda. Qarshi daʼvoni qabul qilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya quyidagi hollarda qarshi daʼvoni qabul qilishi shart, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qarshi daʼvo dastlabki daʼvoni qoplashga qaratilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qarshi daʼvoning qanoatlantirilishi dastlabki daʼvoning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qarshi va dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlsa hamda ularni birgalikda koʻrish nizoning tezroq va toʻgʻri koʻrib chiqilishiga yordam bersa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37-moddasi, 44-moddasi uchinchi qismi, 199-moddasi, 223-moddasi birinchi qismi 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bob. Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-son “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201-modda. Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarganidan soʻng ishni oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda amal qilinishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni hal qilish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularning oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur boʻlgan dalillarni taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarni yarashtirish.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 202 — 206, 207 — 268-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi birinchi — sakkizinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 188, 192, 193-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni soʻroq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sudya taraflarni soʻroq qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) daʼvogarni oʻzi arz qilingan talablarning mohiyati boʻyicha soʻroq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin boʻlgan eʼtirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur boʻlsa, daʼvogarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishning holatlari boʻyicha javobgarni soʻroq qiladi, daʼvogarning talabiga qarshi uning qanday eʼtirozlari borligini va bu eʼtirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga daʼvogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qoʻzgʻatish huquqini tushuntiradi, alohida murakkab ishlar boʻyicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar boʻyicha koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi.
(203-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 166, 199-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan, mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 203-moddasiga muvofiq soʻroq qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishda prokurorning ishtirok etishi toʻgʻrisidagi va sud protsessida ishtirok etish uchun tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi masalani hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sherik daʼvogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning ishga kirishishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqidagi masalani hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tashkilotlardan yoki fuqarolardan yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib oladi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu dalillarni olishga doir soʻrovlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda, ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb etish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 95, 102-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, joyga chiqib koʻzdan kechirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud majlisida ishtirok etish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur protsessual harakatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari sudya tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmagan holda ajrim bilan rasmiylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 205-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandning toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205-modda. Ishni sud muhokamasiga tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida muhokama qilishga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi hamda taraflar va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilish yuzasidan choralar koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 201 — 204-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-modda. Sudya yordamchisining (katta yordamchisining) ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻiga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudyaga kelib tushgan arizalarni oʻrganadi va ularni koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sud protsessini tayyorlashni va oʻtkazishni tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) arizalar va murojaatlar, shuningdek koʻrilishi keyinga qoldirilgan yoki ish yuritish toʻxtatib turilgan ishlar oʻz vaqtida koʻrilishi taʼminlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻiga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bob. Sud muhokamasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-modda. Fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan koʻriladi va hal qilinadi. Bu muddat oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga koʻra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi daʼvo berilgan ish boʻyicha ishni koʻrish va hal qilish muddatining oʻtishi asosiy daʼvo boʻyicha ish sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy ishdan ajratilgan ishni, shuningdek birgalikda koʻrish uchun bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni koʻrish va hal qilish muddatining oʻtishi ushbu Kodeksning 197 va 198-moddalariga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud ajrimi ustidan shikoyat qilingan (protest keltirilgan) taqdirda, ishni koʻrish va hal etish muddatining oʻtishi ish yuqori instansiya sudiga yuborilgan paytdan eʼtiboran to u birinchi instansiya sudining ish yurituviga kelib tushguniga qadar toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-modda. Sud majlisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq sud majlislari qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabiga yoki sudning tashabbusiga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq sud majlislari videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bevosita ishtirok etish ogʻzaki shaklda oʻtkaziladigan sud majlisida ishtirok etishga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning tashabbusiga koʻra yoki sud protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasi bilan sud majlisining audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish zarur boʻlgan taqdirda, shuningdek sud majlisida audio- yoki videoyozuvi vositalaridan foydalanilganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini bu haqda ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
(208-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda videokonferensaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati boʻlgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bu haqda oʻzlari iltimosnoma berganda yoki sudning tashabbusiga koʻra ishtirok etishi mumkin. Koʻrsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga va oʻz koʻmagida ushbu shaxslar bunday majlisda ishtirok etishi mumkin boʻlgan tegishli sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun koʻrsatilgan shaxslarning yashash joyi yoki joylashgan yeri va turgan joyi boʻyicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi toʻgʻrisida ulardan tilxat oladi. Mazkur tilxat u olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyish uchun ishni koʻrayotgan sudga yuboriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 12-moddasi beshinchi qismi, 71-moddasi uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210-modda. Sud majlisini ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni muhokama qilish uchun tayinlangan vaqtda sudya majlis zaliga kiradi, sud majlisini ochadi va qaysi ish koʻrilishi lozimligini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida raislik qiluvchi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari toʻliq, har tomonlama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy taʼsirini taʼminlaydi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan, guvohlardan, ekspertlardan, mutaxassislardan, tarjimonlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatlariga eʼtiroz bildirgan taqdirda, bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni taʼminlash uchun zarur choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212-modda. Sud majlisi zalidagi tartib
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrnidan turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolar, agar ular ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar boʻlmasa, sud majlisi zaliga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud jarayoni ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan soʻzlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga oʻz tushuntirishlari va koʻrsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, shuningdek sud majlisi zalida hozir boʻlgan barcha fuqarolar sud majlisida belgilangan tartibga rioya etishi va raislik qiluvchining farmoyishlariga soʻzsiz boʻysunishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilingan sud hujjatini sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning barchasi tik turib eshitadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145, 146, 150-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 23.02.2018-yildagi “Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-modda. Sud protsessi ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining kotibi mazkur ish boʻyicha chaqirilganlardan kimlar kelganligini, kelmaganlarga sudning chaqiruv qogʻozlari yoki boshqa xabarnomalar topshirilgan-topshirilmaganligini (yetkazib berilganligini) va ularning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini sudga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatini tekshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 69, 160, 162-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214-modda. Tarjimonga uning vazifalarini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi tarjimonga uning vazifasi sud ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning tushuntirishlarini, koʻrsatuvlarini, arzlarini, tilni bilmaydigan shaxslarga esa tushuntirishlarning, koʻrsatuvlarning, arzlarning, oʻqib eshittiriladigan hujjatlarning mazmunini, shuningdek raislik qiluvchining farmoyishlarini, ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori va ajrimini tarjima qilib berishdan iborat ekanligini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi tarjimonni bila turib yolgʻon tarjima qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlarning kelgan-kelmaganligi tekshirilgach, ular sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Raislik qiluvchi sud tomonidan soʻroq qilingan guvohlar soʻroq qilinmagan guvohlar bilan muomalada boʻlmasligi uchun choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-modda. Sud tarkibini eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sudning tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish toʻgʻrisida ariza berish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218-modda. Ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, ekspertni bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalarini hal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi va ishni muhokama qilish bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikr-mulohazalari eshitilganidan keyin sudning ajrimi bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ularga sudning chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi (yetkazib berilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumot mavjud boʻlmasa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan boʻlib, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra kelmagan boʻlsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar kelmaslik sabablari toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi va bu sabablarning uzrliligiga dalillar taqdim etishi shart. Agar javobgarning kelmaganligi sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmasa yoki sud kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoxud javobgar ish yuritilishini qasddan choʻzayotgan boʻlsa, sud ishni koʻrishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrishni va oʻzlariga sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasini yuborishni iltimos qilishga haqli. Agar ishning holatlari boʻyicha zarur boʻlsa, sud taraflarning sud majlisida ishtirok etishini shart deb topishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs vakilining kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqaradi, bu haqda tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligining oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmagan taqdirda, agar ularning bittasidan ham ishni oʻzining ishtirokisiz muhokama qilish toʻgʻrisida ariza tushmagan boʻlsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, sud javobgarning roziligi bilan arizani koʻrmasdan qoldirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi 5-bandi, 123-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoʻqligida koʻrish mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv boʻyicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) oʻziga sud chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud majlisiga kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz oʻtkazilishi toʻgʻrisida ariza kelib tushmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni sud majlisida koʻrish imkoni boʻlmagan boshqa hollarda ham muhokamani keyinga qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga, sud muhokamasining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir boʻlgan shaxslarga imzo qoʻydirgan holda eʼlon qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi sud majlisining vaqti toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 16-bobida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinga qoldirilgan ishni koʻrish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, agar ish ushbu Kodeksning 39-moddasida sanab oʻtilgan yangi shaxslarni jalb qilish sababli keyinga qoldirilgan boʻlsa, ish muhokamasi boshidan boshlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224-modda. Ish muhokamasi keyinga qoldirilganida guvohlarni soʻroq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish muhokamasi keyinga qoldirilgan taqdirda, agar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar hozir boʻlsa va guvohlarning ikkinchi marta kelishi qiyin boʻlsa, sud kelgan guvohlarni soʻroq qilishi mumkin. Ushbu guvohlarni keyingi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollardagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225-modda. Ishni mazmunan koʻrishning boshlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni mazmunan koʻrish raislik qiluvchining ish toʻgʻrisidagi maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra raislik qiluvchi daʼvogardan oʻz talablarini quvvatlash-quvvatlamasligini, javobgardan daʼvogarning talablarini tan olish-olmasligini va taraflarning ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashni istash-istamasligini soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226-modda. Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi
(226-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olganligi yoki taraflarning kelishuv bitimi shartlari sud nomiga yoʻllangan, ishga qoʻshib qoʻyiladigan yozma arizalarida ifoda etilgan boʻlishi lozim boʻlib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mediativ kelishuv sudga alohida hujjat tarzida taqdim etiladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi.
(226-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilishdan yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin sud daʼvogarga yoki taraflarga tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirish oqibatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish toʻgʻrisida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqida sud ajrim chiqaradi, bir vaqtning oʻzida ushbu ajrim bilan ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arz qilingan talablar javobgar tomonidan tan olingan va bu sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, ularni qanoatlantirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi qabul qilinmagan yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash rad qilingan taqdirda, sud bu haqda ajrim chiqaradi va ishni mazmunan koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlari, 124-moddasi 2, 3-bandlari, 166 — 169-moddalari, 203-moddasi ikkinchi qismi, OʻzbekistonRespublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish toʻgʻrisida maʼruza qilinganidan soʻng sud daʼvogar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, javobgar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan prokuror, shuningdek boshqa shaxslar arz qilgan talablari boʻyicha tushuntirishlar berish yoki ularni asoslash uchun birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bir-biriga savollar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari va ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan olingan tushuntirishlar oʻqib eshittiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi birinchi qismi, 39, 40-moddasi birinchi qismi, 43, 48, 49-moddalari, 71-moddasi birinchi qismi, 78-moddasi ikkinchi qismi, 81-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandi toʻrtinchi xatboshisi, 17-bandi ikkinchi, toʻrtinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228-modda. Dalillarni tekshirish tartibini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni soʻroq qilish hamda boshqa dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-modda. Guvohni soʻroq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir guvoh alohida soʻroq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilinmagan guvohlar ishni muhokama qilish vaqtida sud majlisi zalida boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi guvohni soʻroq qilishdan oldin uning shaxsini, yoshini, mashgʻuloti turini, ushbu ishga aloqasini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini aniqlaydi, shuningdek uni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi guvohga: “Ish yuzasidan oʻzimga maʼlum boʻlgan barcha maʼlumotlarni sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan oʻzga narsani gapirmayman” deb oshkora qasamyod qilishni taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohdan unga oʻz huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi toʻgʻrisida tilxat olinadi. Qasamyodning matni va tilxat sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi guvohga ish boʻyicha shaxsan oʻzi bilgan barcha maʼlumotlarni sudga aytib berishni taklif qiladi. Shundan soʻng guvohga savollar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, shu shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar guvohga savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan guvohga savollarni birinchi boʻlib daʼvogar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya (sudyalar) guvohga u soʻroq qilinayotganida istalgan vaqtda savol berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻroq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom boʻlguniga qadar sud majlisi zalida qolishi kerak. Sud soʻroq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom boʻlmasidan oldin sud majlisi zalidan chiqib ketishiga taraflarning roziligi bilan ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan taqdirda sud guvohni oʻsha majlisning oʻzida yoki kelgusi majlisda takroran soʻroq qilishi, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlaridagi ziddiyatlarni aniqlash uchun ularni yuzlashtirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56, 57-moddalari, 215, 224, 230 — 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230-modda. Guvohning yozma xotiralardan foydalanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh koʻrsatuv berishda uning koʻrsatuvlari biror-bir hisoblar yoki xotirada saqlab qolish qiyin boshqa maʼlumotlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda yozma xotiralardan foydalanishi mumkin. Bu yozma xotiralar sudga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga koʻrsatiladi hamda sudning ajrimi bilan ishga qoʻshib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-modda. Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohni soʻroq qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohlarga ish boʻyicha oʻzlari bilgan barcha maʼlumotlarni roʻy-rost aytib berishi shart ekanligini tushuntiradi, biroq ular bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan guvohlarni soʻroq qilishda, sud lozim topgan taqdirda esa oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvohlarni soʻroq qilishda ham mutaxassis (pedagog) va, zarur boʻlgan taqdirda, ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, ularning vasiylari va homiylari chaqiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining ruxsati bilan guvohga savollar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohni soʻroq qilish vaqtiga ishda ishtirok etuvchi u yoki bu shaxs sudning ajrimi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu shaxs majlis zaliga qaytib kirganidan keyin unga voyaga yetmagan guvohning koʻrsatuvlari oʻqib eshittirilishi va guvohga savollar berish imkoniyati taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvoh soʻroq qilib boʻlingach, sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi, bundan sud bu guvohning majlis zalida boʻlishini zarur deb topgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda guvohlardan olingan koʻrsatuvlar sud majlisida oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-modda. Yozma dalillarni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar hamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan soʻng ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234-modda. Fuqarolarning shaxsiy yozishmalarini, telegraf xabarlari va boshqa xabarlarni oʻqib eshittirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning yozishmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar sir saqlash maqsadida ularning shaxsiy yozishmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlari shu yozishma, telegraf xabarlari va boshqa xabarlarni oʻzaro almashgan shaxslarning roziligi bilan ochiq sud majlisida oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda bunday yozishma, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi hamda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda mavjud boʻlgan hujjat qalbaki ekanligi toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, bu hujjatni taqdim etgan shaxs uni dalillar qatoridan chiqarishni va ishni boshqa dalillar asosida hal qilishni suddan iltimos qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatni taqdim etgan shaxs bunday arz bilan murojaat qilmasa yoki hujjat sudning oʻz tashabbusi bilan talab qilib olingan boʻlsa, hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida arz qilgan shaxs oʻz daʼvosini isbotlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236-modda. Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun sud ekspertiza tayinlashi yoki boshqa dalillar talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud hujjat qalbaki degan xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqaradi. Zarur hollarda, sud materiallarni prokurorga yuboradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 235-moddasi, 275-moddasi beshinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237-modda. Ashyoviy dalillarni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar sud tomonidan koʻzdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga ashyoviy dalillar taqdim etilgan shaxslar koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan u yoki bu holatlarga sudning eʼtiborini qaratishi mumkin. Bunday arzlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 76, 93, 103, 104 va 239-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz tushuntirishlarini berishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi, 78-moddasi ikkinchi qismi, 91 — 94-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238-modda. Audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish va ularni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tusga ega boʻlgan audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish, shuningdek ularni tekshirish chogʻida ushbu moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish sud majlisi zalida yoki shu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada, sud majlisi bayonnomasida dalillarning qayta namoyish qilish manbalari belgilari va qayta namoyish qilish vaqti koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi. Shundan keyin sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ular vakillarining tushuntirishlarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish toʻliq yoki qisman takrorlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audio- yoki videoyozuvdagi mavjud maʼlumotlarni aniqlash maqsadida sud tomonidan mutaxassis jalb etilishi, shuningdek ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239-modda. Dalillarni joyida koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga olib kelish imkoni boʻlmagan yozma va ashyoviy dalillar ular turgan joyda koʻzdan kechiriladi va tekshiriladi. Joyida koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni joyida koʻzdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi koʻzdan kechirish joyiga yetib borgach, sud muhokamasi davom ettirilishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi, sud muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha olib boriladi. Koʻzdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga koʻzdan kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, hujjatlarning koʻzdan kechirish vaqtida olingan koʻchirma nusxalari, yozma va ashyoviy dalillarning videoyozuvlari, fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 98, 102-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-modda. Ekspertni soʻroq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning xulosasi sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosani tushuntirish va toʻldirish maqsadida ekspertga savollar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza kimning arizasi boʻyicha tayinlangan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning tashabbusi bilan tayinlangan ekspertga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya (sudyalar) ekspert soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58-moddasi, 60-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 98-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi yettinchi va sakkizinchi qismlari, 23-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 20-bandi ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241-modda. Mutaxassisni soʻroq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis tomonidan berilgan maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud majlisida unga savollar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis kimning arizasi boʻyicha chaqirilgan boʻlsa, oʻsha shaxs va uning vakili birinchi boʻlib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan mutaxassisga birinchi boʻlib daʼvogar savollar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya (sudyalar) mutaxassis soʻroq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 102-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi toʻrtinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-modda. Davlat boshqaruvi organlarining xulosalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan sud protsessida ishtirok etish uchun jalb qilingan yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishgan davlat boshqaruvi organlarining xulosalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin xulosalarni oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar mazkur organlarning vakillariga savollar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-modda. Ishni mazmunan muhokama qilishni tamomlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha toʻplangan barcha dalillar tekshirib boʻlinganidan keyin raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish materiallarini biror narsa bilan toʻldirish istagi bor-yoʻqligini soʻraydi. Bunday arzlar boʻlmagan taqdirda, raislik qiluvchi ishni mazmunan muhokama qilish tamom boʻlganligini eʼlon qiladi va sud sudning muzokaralarini eshitishga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244-modda. Sud muzokaralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nutqlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari ishtirokchilari oʻz chiqishlarida sud tomonidan aniqlamagan holatlarga, shuningdek sud majlisida tekshirilmagan dalillarga asoslanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlab daʼvogar va uning vakili, keyin javobgar hamda uning vakili soʻzga chiqadi. Boshlangan sud protsessida nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilgan uchinchi shaxs va uning vakili taraflardan keyin soʻzga chiqadi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bildirmagan uchinchi shaxs va uning vakili uchinchi shaxs ishda qaysi daʼvogarning yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan boʻlsa, shu daʼvogardan yoxud javobgardan keyin soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari yoki ayrim fuqarolar sud muzokaralarida birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan sud protsessida ishtirok qilishga jalb etilgan yoki protsessga oʻz tashabbusi bilan kirishgan davlat boshqaruvi organlarining vakillari sud muzokaralarida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari ishtirokchilari bir-birlariga luqma tashlashi mumkin. Oxirgi luqma huquqi doimo javobgar va uning vakiliga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-modda. Prokuror fikri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralaridan keyin nizoning mohiyati boʻyicha oʻz fikrini bayon etadi, bundan prokurorning boshqa shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida bergan arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-modda. Ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralarini eshitgach, sud ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirishni zarur deb topsa, u ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ishni mazmunan muhokama qilish tamom boʻlganidan keyin sud muzokaralari umumiy tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralarini eshitganidan keyin sud hal qiluv qarorini qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqib ketadi, bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248-modda. Sudning hal qiluv qarorini oʻqib eshittirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hal qiluv qarori imzolanganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib kiradi, bu yerda sudning hal qiluv qarorini raislik qiluvchi oʻqib eshittiradi. Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini tushuntiradi hamda ushbu ish boʻyicha sud majlisini yopiq deb eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, oʻta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash koʻpi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak. Ayni vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini eʼlon qiladi. Hal qiluv qarorining eʼlon qilingan xulosa qismi sudya tomonidan imzolanadi va ishga qoʻshib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 247, 248, 250 — 262-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 247, 249-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 20.12.1996-yildagi “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi 1/60-sonli qoʻshma qarorining 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish boʻyicha qanday qonun yoki boshqa qonun hujjati qoʻllanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qoʻshimcha masalalarni hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur boʻlib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qoʻshimcha tekshirish ehtiyoji boʻlgan holatlar doirasida olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 80, 127, 128. 132, 135, 246, 249, 250, 255-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 16-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-modda. Hal qiluv qarorini bayon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori ishni koʻrib chiqqan sudning majlisida raislik qiluvchi tomonidan yozma shaklda bayon etiladi va u tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining bayon qismi oʻzida daʼvogarning talabi, javobgarning eʼtirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari toʻgʻrisidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari koʻrsatilishi kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi koʻrsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 9 va 15-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har birini toʻliq yoki qisman qanoatlantirish toʻgʻrisidagi yoxud qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosasi boʻlishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi koʻrsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 254 — 259-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 16-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254-modda. Sudning arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni daʼvogar tomonidan arz qilingan talablar doirasida hal qiladi. Biroq, agar sud daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb topsa, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda daʼvogar tomonidan bildirilgan talablar doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilash, hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hal qiluv qarorini ijro etishning muayyan tartibi va muddatini belgilagan yoki hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan yoxud uning ijrosini taʼminlashga doir choralar koʻrgan hollarda, bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 251-moddasi ikkinchi qismi, 265 — 269-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 25-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-modda. Bir nechta daʼvogarga yoki bir nechta javobgarga nisbatan qabul qilingan hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta daʼvogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini koʻrsatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45, 196, 197-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 251, 252-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 251-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-modda. Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida undirilishi lozim boʻlgan pul summalarini undirish davrini, asosiy qarzning, zararlarning, neustoykaning hamda foizlarning umumiy miqdorini alohida-alohida aniqlagan holda koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlardan pul mablagʻlari undirilgan taqdirda hal qiluv qarorida undiriladigan mablagʻlarning xususiyati, shuningdek undirib beriladigan summa javobgarning bankdagi qaysi hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilishi kerakligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud dastlabki va qarshi daʼvolarni toʻliq yoki qisman qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summani koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258-modda. Mol-mulkni yoki uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mol-mulkni natura tarzida undirib bergan taqdirda hal qiluv qarorida daʼvogarga topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkning nomini, turgan joyini, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida undirib berilgan mol-mulk naqd boʻlmasa, uning javobgardan undirilishi lozim boʻlgan qiymatini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259-modda. Javobgar zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatadigan hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud javobgar zimmasiga mol-mulkni yoki pul summalarini olib berish bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatishni nazarda tutuvchi hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida, qarorning oʻzida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddat ichida bajarmasa, daʼvogar shu harakatlarni javobgarning hisobidan amalga oshirishga va zarur xarajatlarni keyinchalik javobgardan undirib olishga haqli ekanligini koʻrsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlsa, sud hal qiluv qarorida uni ijro etish kerak boʻlgan muddatni belgilab qoʻyadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi birinchi qismi yettinchi xatboshi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi sakkizinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260-modda. Hal qiluv qarorining oʻzgarmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha hal qiluv qarori oʻqib eshittirilganidan keyin shu qarorni qabul qilgan sudning oʻzi uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli emas, sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarori va yangi ochilgan holatlar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorini bekor qilish bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 20-bandining birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra tuzatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 21 va 24-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) huquq toʻgʻrisidagi masalani hal qilib, undiriladigan summaning miqdorini, olib berilishi kerak boʻlgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) arz qilingan talablarning birortasi boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan va tushuntirishlar bergan boʻlsalarda, biroq bu xususda hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash koʻrsatilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish toʻgʻrisidagi masala hal qiluv qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi va protest keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarishni rad etish haqidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi birinchi, oʻn uchinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori noaniq boʻlsa, ishni hal qilgan sud oʻz tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga koʻra hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hal qiluv qarori ijro etilmagan va uni majburiy ijro ettirish mumkin boʻlgan muddat oʻtmagan boʻlsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning sudga kelmaganligi hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi arizani u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 253-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi birinchi, oʻn toʻrtinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ishni yuqori instansiya sudi koʻrib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga oʻsha asoslar boʻyicha yangidan oʻsha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi boʻyicha boshlangan boʻlsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini koʻzlab qoʻzgʻatilgan boʻlsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy toʻlovlarni (alimentlar, sogʻliqqa shikast yetkazilganda koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bogʻliq toʻlovlar va hokazo) undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin toʻlovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga taʼsir etuvchi holatlar jiddiy ravishda oʻzgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yoʻli bilan toʻlovlarning miqdori va muddatini oʻzgartirishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro etiladi, bundan darhol ijro etish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-modda. Darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) alimentlar undirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash uchun toʻlovlar undirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmasiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar daʼvoni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, toʻliq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170-moddasi uchinchi qismi, 226-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 25-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 30, 65, 72-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yoʻl qoʻyish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud quyidagi: hal qiluv qarorlari butunlay yoki qisman darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) daʼvogar va javobgar chiqarilgan hal qiluv qaroriga hamda uning darhol ijro etilishiga rozi boʻlgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) muallifning intellektual faoliyati natijalaridan foydalanganlik uchun unga haq undirib berish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish undiruvchi uchun koʻp zarar keltirishi mumkin boʻlgan yoki ijro etish mumkin boʻlmay qolgan barcha boshqa ishlar boʻyicha.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 264 — 266, 268, 446-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 11.09.1998-yildagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 11.12.2013-yildagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, taraflarning roziligi sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar taraflarning roziligi sud nomiga yuborilgan yozma arizalarda bayon etilgan boʻlsa, bu arizalar ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilganida sud daʼvogardan sudning qarori bekor qilingan taqdirda, hal qiluv qarorining qaytarma ijrosini taʼminlashni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) muddati ichida hal qiluv qarori chiqarilganidan soʻng hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyish toʻgʻrisidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq ushbu shaxslarning kelmaganligi darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) bu ajrimning ijrosini toʻxtatmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi birinchi, oʻn beshinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darhol ijro etish natijasida mol-mulkning holati oʻzgarib, hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda, mol-mulkni ilgarigi holatiga keltirish mumkin boʻlmasa yoki juda qiyin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni binodan koʻchirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ushbu Kodeksning V boʻlimida belgilangan qoidalar boʻyicha taʼminlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270-modda. Sud hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra, sud hujjatining koʻchirma nusxasi ularga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud hujjatining koʻchirma nusxasi u chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-bob. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2701-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2702-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Kodeksda yoki oʻzga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi fuqaroning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida unga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisida daʼvo arizasi berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2703-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasining shakli hamda mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) daʼvogarning fikriga koʻra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli buzilayotgan oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) daʼvogarning fikriga koʻra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid boʻlsa, oʻsha qonun hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) daʼvogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi talabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2704-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud nizolashilayotgan qarorning yoki uning ayrim qismlarining, harakatlarning (harakatsizlikning) qonuniyligini, nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nizolashilayotgan qarorning toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud daʼvogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan paytdan eʼtiboran yigirma kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
(231-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bob. Birinchi instansiya sudining ajrimlari
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271-modda. Sud ajrimini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) ushbu Kodeksning 19, 250 va 252-moddalarida belgilangan tartibda chiqariladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murakkab boʻlmagan masalalarni hal etishda sud oʻz joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilishi bilan darhol oʻqib eshittiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi birinchi, yettinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-modda. Ajrimning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan oʻz joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 271-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4, 5-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqarilgan hollarda, uning koʻchirma nusxalari taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor boʻlgan oʻzga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-modda. Ajrimni ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimi, agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, darhol ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish chogʻida davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, sud xususiy ajrim (qaror) chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy ajrim (qaror) bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonun hujjatlarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani oʻzlarining vakolatiga muvofiq koʻrib chiqishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy ajrim (qaror) tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning xususiy ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud ishni koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 236-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandi, 15-bandining birinchi, yigirmanchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 35-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-bob. Sud bayonnomalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-modda. Bayonnoma yuritish shartligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir sud majlisi toʻgʻrisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida qilingan har bir alohida protsessual harakat toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 5-moddasi beshinchi qismi, 239-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277-modda. Bayonnoma mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud majlisi boʻlib oʻtgan yil, oy, kun va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud majlisining kotibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ishning nomi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga koʻmaklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ushbu moddaning 5-bandida koʻrsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qogʻozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi toʻgʻrisidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy va yozma dalillarni koʻzdan kechirishga taalluqli maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori oʻqib eshittirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasida boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda toʻxtovsiz yozib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda koʻmaklashayotgan sudning nomi haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishiga koʻmaklashayotgan sudning va ishni koʻrayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha xodimlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 208, 209, 276, 278-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.05.2018-yildagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-modda. Bayonnoma tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining oʻzida yoki sud majlisi zalidan tashqarida alohida protsessual harakat bajarilganida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlari ish uchun ahamiyatga ega deb hisoblangan holatlarni bayonnomaga kiritish toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning, uchinchi shaxslarning oʻzlari qoʻygan talablardan butunlay yoki qisman voz kechganligi haqidagi, qoʻyilgan talablarni tan olishi, ishni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv bilan tamomlash toʻgʻrisidagi arizalari bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma sud majlisi tamom boʻlganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan keyin kechi bilan uch kunda raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanishi kerak. Kiritilgan barcha oʻzgarishlar, tuzatishlar, qoʻshimchalar bayonnomada izohlanishi kerak.
(278-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 5-moddasi beshinchi qismi, 81-moddasi uchinchi qismi, 98-moddasi ikkinchi qismi, 211-moddasi uchinchi qismi, 217-moddasi, 226-moddasi birinchi qismi, 277-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.05.2018-yildagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni yoki uning toʻliq emasligini u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida koʻrsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqadi va u ushbu fikrlarga qoʻshilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning toʻgʻriligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qoʻshilmasa, ular sud majlisida koʻrib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan eʼtiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻrib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari koʻchirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga ishni koʻrgan sudning ruxsati bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-bob. Sirtdan ish yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280-modda. Sirtdan ish yuritish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisida soʻramagan taqdirda, agar daʼvogar bunga eʼtiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. Ishni bunday tartibda koʻrish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda maʼlumot boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda bir nechta javobgar ishtirok etgan va sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156, 158 — 162, 213, 281 — 292-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.05.2018-yildagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-modda. Sudga kelgan tarafning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud majlisiga kelgan daʼvogar ishni javobgar ishtirokisiz sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga rozi boʻlmasa, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va kelmagan javobgarga yangi sud muhokamasining vaqti va joyi haqida takroran xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud daʼvogarning fikridan qatʼi nazar, ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282-modda. Sirtdan ish yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilganida sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari va iltimoslarini eʼtiborga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilganda sud mazkur sud majlisida ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrishga haqli emas. Bu holda ishni koʻrish daʼvo arizasini daʼvo predmeti yoki asosi, daʼvo talablari miqdori oʻzgartirilgan holda javobgarga topshirish uchun keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud majlisiga kelmagan javobgardan ishni uning ishtirokisiz koʻrish haqida ariza kelib tushsa, ish sirtdan ish yuritish tartibida emas, umumiy tartibda koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni ushbu Kodeks 253-moddasining qoidalari bilan belgilanadi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish haqida ariza berish muddati va tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 19-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi sud majlisiga kelmagan tarafga ushbu qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar sirtdan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga shu hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn besh kun ichida uni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida ariza berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan tartibda ham shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sirtdan hal qiluv qarori qabul qilgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ariza berayotgan javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi (joylashgan yeri, pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sud majlisiga uzrli sabablarga koʻra kelmaganlikdan dalolat beruvchi holatlarning roʻyxati va ularni tasdiqlovchi dalillar, shuningdek sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ariza beruvchi javobgarning iltimosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) arizaga ilova qilingan materiallarning roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Ariza uchun davlat boji toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287-modda. Sudning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi, ularga ushbu ariza va unga ilova qilingan materiallarning koʻchirma nusxalarini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-modda. Arizani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud arizani koʻrib chiqib, ajrim chiqaradi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoki sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-modda. Sudning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqib, oʻzining ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni ilgarigi tarkibdagi yoki boshqa tarkibdagi sud tomonidan mazmunan koʻrib chiqishni tiklashga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 260, 283, 286, 290, 291-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi birinchi, oʻn beshinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni oʻz vaqtida xabardor qilish imkoniyati boʻlmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dalillarni taqdim qilayotganligini aniqlasa, sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan koʻrib chiqish tiklanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 280, 282-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.05.2018-yildagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi toʻrtinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-modda. Ishni koʻrib chiqishni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ishni mazmunan koʻrib chiqish tiklanadi va mazkur Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 2-kichik boʻlimi (Daʼvo ishini yuritish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan koʻrib chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan deb tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan qaror sifatida qayta koʻrib chiqilishini soʻrab, ariza berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining qonuniy kuchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 264-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq qonuniy kuchga kiradi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.06.00 Sud qarorlari ustidan shikoyat qilish va qayta koʻrib chiqish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-kichik boʻlim. Alohida tartibda ish yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi birinchi qismi 2-bandi, 37-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294-modda. Alohida yuritiladigan ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab oʻtilgan ishlar sudlarda ushbu Kodeksning 27 — 37-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1 — 16, 297, 302, 308, 313, 318, 322, 325, 329, 337, 338, 342-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-bob. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295-modda. Sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, oʻzgarishiga yoki tugashiga sabab boʻladigan faktlarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shaxslarning qarindoshlik aloqalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 7, 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shaxs birovning qaramogʻida ekanligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 9, 10-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi, shuningdek tugʻilgan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va oʻlimni qayd etilganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 11, 12-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni roʻyxatdan oʻtkazish mumkin boʻlmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida boʻlganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga aʼzolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar bundan mustasno) koʻrsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 14, 15, 16-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) baxtsiz hodisa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 17-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 19-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonun hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, sud yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni ham belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin boʻlmagan yoxud yoʻqotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni boʻlmagan taqdirdagina sud ushbu faktlarni aniqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296-modda. Ariza berish va uning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yoʻqolgan hujjatlarni tiklab boʻlmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 1-bandi, 295-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorining 3 — 5-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-modda. Fakt aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarorida: sud tomonidan aniqlangan fakt, uning qanday maqsadda aniqlanganligi, shuningdek mazkur faktni aniqlash uchun sud qanday dalillarga asoslanganligi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida qayd etilishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan faktlarning aniqlanganligi toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning oʻrniga oʻtmaganda, ana shunday qayd qilish yoki rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori 22-bandi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bob. Farzandlikka olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298-modda. Ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishni istovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299-modda. Arizaning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi toʻgʻrisidagi, aka-uka va opa-singillari borligi yoki yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish toʻgʻrisidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan sanasini (koʻpi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilgan joyini (agar bola oʻn yoshdan oshmagan boʻlsa) oʻzgartirish haqidagi, bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasining koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan boʻlsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi nomaʼlum boʻlsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining koʻchirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalaridan, shuningdek OITSga qarshi kurash markazidan maʼlumotnomalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 154-moddasining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bola qonuniy vakilining va bola qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat vakolatli organining roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. Agar ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududida berilgan boʻlsa, legalizatsiya qilinishi yoki apostil qoʻyilishi hamda tarjima qilingan boʻlishi toʻgʻrisidagi talablar ushbu hujjatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi boʻlsa, oʻsha davlat (bola Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlsa, oʻsha davlat) vakolatli organining ularning yashash sharoitlari haqidagi va farzandlikka oluvchi boʻla olish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi xulosasi, tegishli davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan majburiyati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga koʻra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olishning asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olishning asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi boʻyicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa maʼlumotlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun toʻsiqlar borligi yoki yoʻqligi koʻrsatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzandlikka olinayotgan bolaning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yoshga toʻlgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, oʻn olti yoshga toʻlmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning qarindoshlari boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan, ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qatʼi nazar, farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlat fuqarosi boʻlgan bolani yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlgan bolani Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi toʻgʻrisidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjat ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, sud boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 201, 202, 204-moddalari, Oʻzbekiston Resppublikasi Oila kodeksining 155-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandi, 6-bandi uchinchi xatboshisi, 10-bandi birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302-modda. Ishni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek oʻn yoshga toʻlgan bolaning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni sudning yopiq majlisida koʻrib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-moddasi ikkinchi qismi, 225, 233-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 6, 7-bandlari, 9-bandi uchinchi xatboshisi, 12, 14-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303-modda. Sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishni mazmunan koʻrib chiqib, farzandlikka olish haqidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tugʻilganligini qayd etish daftariga oʻzgartirishlar kiritish uchun zarur boʻlgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) haqidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini koʻzlab, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining xohishiga koʻra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining xohishiga koʻra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga koʻra sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlanib qolishi koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning oʻzaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tugʻilganligini qayd etish daftariga zarur oʻzgartishlar kiritilgan kundan eʼtiboran belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan koʻchirma nusxasini farzandlikka olinayotgan bolaning tugʻilganligi roʻyxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, Oʻzbekiston Resppublikasi Oila kodeksining 164-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandi ikkinchi xatboshisi, 13, 23-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304-modda. Farzandlikka olishning bekor qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va hal etish daʼvo ishlarini yuritish tartibida hamda oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha amalga oshiriladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 303-moddasi, Oʻzbekiston Resppublikasi Oila kodeksining 169 — 172-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandi birinchi xatboshisi, 25 — 30-bandlari, 32-bandi ikkinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.07.00 Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb tan olish va oʻlgan deb eʼlon qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Fuqarolar (jismoniy shaxslar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bob. Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305-modda. Ariza berish va uning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza manfaatdor shaxs tomondan bedarak yoʻqolgan fuqaroning oxirgi maʼlum boʻlgan yashash joyidagi sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar oʻtganidan soʻng kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish yoki uni vafot etgan deb eʼlon qilish arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek fuqaroning bedarak yoʻqolganligini tasdiqlaydigan yoxud bedarak yoʻqolgan shaxsga oʻlim xavfini solgan yoki u muayyan baxtsiz voqea tufayli halok boʻlgan deb taxmin qilishga asos boʻladigan holatlar bayon qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 3-bandi, Oʻzbekiston Resppublikasi Fuqarolik kodeksi 33, 36, 1170-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida kimlar (qarindosh-urugʻlari, birga ishlovchilar va boshqalar) maʼlumot bera olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek bedarak yoʻqolganning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlardan (ichki ishlar organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan) bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida bor maʼlumotlarni soʻrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yoʻqolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek uni boshqarish uchun shaxsni tayinlashni taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307-modda. Ish muhokamasida prokurorning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi yoki fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308-modda. Sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulki turgan joydagi vasiylik va homiylik organining bu mulkka nisbatan boshqaruvchi tayinlashi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftariga mazkur fuqaroni vafot etgan deb yozib qoʻyish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-modda. Bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelishi yoki uning turgan joyi aniqlanishi oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, sud oʻzining ilgarigi hal qiluv qarorini yangi hal qiluv qarori bilan bekor qiladi. Yangi hal qiluv qarori tegishincha mol-mulkka nisbatan boshqaruvni yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi fuqaroning vafotiga doir yozuvni bekor qilish uchun asos boʻladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Fuqarolar (jismoniy shaxslar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bob. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-modda. Ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila aʼzolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar boʻyicha qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan boʻlsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 4-bandi, Oʻzbekiston Resppublikasi Fuqarolik kodeksining 30, 31-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi oʻn yettinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-modda. Arizaning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi arizada spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qiluvchi shaxs oʻz oilasini moddiy jihatdan ogʻir ahvolga solib qoʻyayotganligidan dalolat beruvchi holatlar bayon etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizada shaxsning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi), shuning oqibatida u oʻz xatti-harakatlarini anglay olmasligidan yoki boshqara olmasligidan dalolat beruvchi holatlar bayon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya arizani olgach, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtishdan bosh tortganda sud uni majburiy tarzda ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313-modda. Ishni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi ishni albatta mazkur fuqaroning, prokuror hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida koʻradi. Agar fuqaro sud majlisiga kelmasa, ushbu Kodeks 186-moddasining qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishni prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida koʻrib chiqadi. Ishi koʻrib chiqilayotgan fuqaro, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 225, 245, 233, 240-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi oʻn uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314-modda. Sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori vasiylik va homiylik organining muomala layoqati cheklangan shaxsga homiy tayinlashi, muomalaga layoqatsiz shaxsga esa, vasiy tayinlashi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topganda sud hal qiluv qarori kuchga kirganidan soʻng uch kun ichida bu haqda mazkur shaxs yashab turgan joydagi homiylik va vasiylik organiga xabar qiladi va uning ustidan homiy yoki vasiy tayinlash uchun hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasini yuboradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-bobi 7-moddasi ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning oʻzi, uning homiysi, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sud vasiy, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sogʻaygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 314-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316-modda. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish bilan bogʻliq sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud ariza fuqaroning oila aʼzolari tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish maqsadida ataylab berilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila aʼzolaridan undiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni , Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-bob. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317-modda. Ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar koʻrsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarori 1 — 5-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318-modda. Ishni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sud tomonidan statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi toʻgʻrisida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida oʻn kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisiga psixiatriya muassasasi vakilining uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 225, 233, 240, 245, 317, 319-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarori 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319-modda. Sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori tegishincha shaxsni psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish uchun asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253, 317, 318-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarorining 6-bandi yettinchi xatboshisi, 13-bandi toʻrtinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-bob. Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320-modda. Ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda koʻrib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 6-bandi, 321 — 323-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 11.05.2001-yildagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 121-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarorining 7, 9, 10-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning davolanishda boʻlgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 11.05.2001-yildagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuni 121-moddasi ikkinchi qismi, 122-moddasi uchinchi, toʻrtinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarori 7-bandi ikkinchi xatboshisi, 10, 11-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-modda. Ishni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqida ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda sud tomonidan mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi aʼzosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda koʻrib chiqilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining — tibbiy komissiyasi aʼzosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga koʻra kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 225, 233, 240, 245-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarori 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323-modda. Sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish uchun asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253, 320 — 322-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 11.05.2001-yildagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 121-moddasi birinchi qismi, 123-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Fuqarolar (jismoniy shaxslar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-bob. Voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324-modda. Ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda oʻzi yashab turgan joydagi sudga oʻzini toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilishni rad etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlganda voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-modda. Ishni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan arizachi, uning ota-onasi (ulardan biri) yoki farzandlikka oluvchilar (oluvchi) yoki homiy, shuningdek vasiylik va homiylik organining vakili hamda prokuror ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-modda. Sudning voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi arizani mazmunan koʻrib chiqib, uni qanoatlantirish yoki rad etish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran toʻliq muomalaga layoqatli (emansipatsiya qilingan) deb eʼlon qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi qonuni 12-moddasi oʻn beshinchi xatboshisi, 28-moddasi ikkinchi qismi birinchi, yettinchi xatboshilari, Vazirlar Mahkamasining 22.09.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Nizomning 32, 33-bandlari, 102-bandi birinchi, yettinchi xatboshilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-bob. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327-modda. Ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza davlat mol-mulkini boshqarish vakolatiga ega organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan mol-mulk (ashyo) turgan joydagi sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada qaysi mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish kerakligi koʻrsatilgan boʻlishi, shuningdek mol-mulk (ashyo) egasini aniqlashning imkoni yoʻqligini yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirganligini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulk (ashyo) kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi mumkin boʻlgan shaxslarni (mol-mulkning (ashyoning) mulkdorlari, unga amalda egalik qilib turganlar, qoʻshnilar va boshqalarni) aniqlaydi, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan mol-mulkka doir mavjud maʼlumotlarni soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-modda. Ishni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ish arizachining vakili, uchinchi shaxslar va prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330-modda. Sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud mol-mulkni (ashyoni) mulkdori yoʻq yoki mulkdori nomaʼlum yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb topsa, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish va uni davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-bob. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ular boʻyicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-modda. Ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs pul mablagʻlari qoʻyilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi toʻgʻrisida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yoʻqotgan taqdirda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yoʻqolgan hujjat boʻyicha huquqlarini tiklash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasa joylashgan hududdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada hujjat qanday vaziyatda yoʻqolganligi, taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning, hujjatning nomi koʻrsatilgan boʻlishi, hujjatning alohida belgilari va yoʻqolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi iltimos bayon qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 9-bandi, 332 — 333-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarori 1, 2, 5, 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-modda. Sudyaning arizani qabul qilganidan keyingi harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya arizani qabul qilganidan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning yoʻqolgan hujjat boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishini va pul berishini ish sudda koʻrilguniga qadar taqiqlash haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimining koʻchirma nusxasi hujjatni bergan muassasaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim chiqarish rad etilganligi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 105-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333-modda. Eʼlonning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza tushgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hujjatning nomi va farqlovchi belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan hujjatni saqlovchiga ommaviy axborot vositalarida eʼlon chiqqan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida oʻzining mazkur hujjatga boʻlgan huquqlari haqida sudga arz qilishi toʻgʻrisidagi taklif.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334-modda. Hujjatni saqlovchining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan hujjatni saqlovchi ajrim chiqargan sudga ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar oʻzining hujjatga boʻlgan huquqlari haqida ariza berishi va bunda hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandi birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-modda. Sudyaning hujjatni saqlovchidan ariza tushganidan keyingi harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar sudga hujjatni saqlovchidan ariza tushgan taqdirda, sudya ajrim chiqarib, unda hujjati yoʻqolganligi haqida ariza bergan shaxsga hujjatni olib qoʻyish toʻgʻrisida hujjatni saqlovchiga nisbatan umumiy tartibda daʼvo taqdim etish uchun muddat beradi va bu haqda hujjatni saqlovchini xabardor qiladi. Bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336-modda. Hujjatni saqlovchiga nisbatan daʼvo taqdim etmaslik oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar arizachi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar hujjatni saqlovchiga nisbatan daʼvo taqdim etmasa, sudya ushbu Kodeksning 332-moddasiga muvofiq koʻrilgan choralar oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va hujjat bergan muassasani bu haqda xabardor qiladi. Hujjatni saqlovchi bunday choralar koʻrilishi natijasida oʻziga yetkazilgan zararni arizachidan undirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337-modda. Ishni koʻrib chiqishga tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar hujjatni saqlovchidan ariza kelib tushmasa, sud ishni koʻrib chiqishga tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish koʻrib chiqiladigan kun toʻgʻrisida arizachi ham, hujjatni bergan muassasa ham xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 225, 233, 240-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338-modda. Ishni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrib chiqqach, sud hal qiluv qarori chiqaradi. Sud arizani qanoatlantirgan taqdirda hal qiluv qarorida taqdim etuvchiga deb berilgan yoʻqolgan hujjat haqiqiy emasligini koʻrsatadi. Bu hal qiluv qarori arizachiga omonatni yoki haqiqiy emas deb topilgan hujjat oʻrniga yangisini berish uchun asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarori 9 — 11-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339-modda. Hujjatni saqlovchining asossiz boyish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining ushbu hujjatga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida biror sabab bilan oʻz vaqtida arz qilmagan hujjatni saqlovchi yoʻqolgan hujjat oʻrniga yangisini olish huquqi berilgan shaxsga nisbatan asossiz boyish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishi mumkin. Bunday daʼvo hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyingina sudga taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 331 — 338-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-bob. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan sud ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga binoan, shuningdek sudning tashabbusiga koʻra tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan sud ishini yuritish toʻliq yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, tiklanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etiladi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrib chiqqan sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada ishga doir batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, basharti ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham, arizaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda ishning saqlanib qolgan qismlaridan, sud ishini yuritish yoʻqolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessual harakatlarni bajarish chogʻida hozir boʻlgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yoʻqolgan sud ishini koʻrib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha sudning hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning yoʻqolgan hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimni tiklash haqidagi hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yoʻqolgan ish boʻyicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq maʼlumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, shuningdek qanday dalillar sud tomonidan tekshirilganligi va yoʻqolgan sud ishini yuritish boʻyicha qanday protsessual harakatlar sodir etilganligi isbotlanganligi haqidagi sudning xulosalari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uning saqlanish muddati bilan chegaralanmaydi. Biroq yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan uni ijro etish maqsadida murojaat qilingan, bu vaqtga kelib ijro varaqasini ijroga qaratish muddati oʻtgan va u sud tomonidan tiklanmaydigan boʻlsa ham sud ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bogʻliq boʻlgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.05.00 Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-kichik boʻlim. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-modda. Sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar jumlasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39-bobi (349 — 353 moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40-bobi (354 — 358 moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ushbu Kodeksning 346-moddasida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 38 — 40-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ish boʻyicha ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida fuqarolik ishlari boʻyicha sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berish yoʻli bilan nizolashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilganligi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan ish yuritishni fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan nizo boʻyicha ish yuritish tugallanguniga qadar toʻxtatib turadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 346-moddasi 1-bandi, 350 — 353-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning joylashgan yeri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar boʻyicha nizolashilayotganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarori koʻchirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
(350-moddaning toʻrtinchi qismi 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza javobgarlar soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 349-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda hal qiluv qarori fuqarolik ishlari boʻyicha sudda nizolashilayotgan ishning materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 352-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan bekor qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hakamlik bitimining qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga doir koʻrsatma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan sudga murojaat etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 48-moddasi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.05.00 Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalari fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki turgan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan yerdagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 346-moddasi 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 49 — 50-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
(355-moddaning toʻrtinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdorlarning soniga qarab koʻchirma nusxalar bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 354-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha bunday arizani qabul qilishni rad etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 51-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan ijro varaqasi soʻralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 357-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 349-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ish yurituvida boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 52-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar mavjud boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi sud yoki iqtisodiy sud tomonidan toʻxtatib turilganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 53-moddasi.
LexUZ sharhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hakamlik sudining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻliq yoki qisman rad etilgan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 53, 54-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.09.00 (Кучини йукотган) Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari, tashkilotlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ishtiroki]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. FUQAROLIK PROTSESSIDA CHET EL FUQAROLARI VA TASHKILOTLARINING, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLARNING ISHTIROKI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlarining maxsus cheklanishiga yoʻl qoʻyilgan davlatlarning fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob tariqasidagi cheklovlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360-modda. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolik protsessual huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361-modda. Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etayotgan nizolar, shuningdek loaqal bittasi chet elda yashab turgan taraflar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha fuqarolik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining sudloviga tegishli boʻlishi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeks bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362-modda. Chet davlatlarga nisbatan daʼvolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etilishiga, daʼvoning taʼminlanishiga va undiruvning chet davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi mol-mulkiga qaratilishiga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakillari hamda ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari faqat Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki xalqaro huquq normalari bilan belgilanadigan doiradagina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining yurisdiksiyasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363-modda. Chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlariga topshiriqlar bilan murojaat qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni (chaqiruv qogʻozlari va boshqa hujjatlarni topshirish, taraflar va guvohlarni soʻroq qilish, ekspertiza oʻtkazish, joyida koʻzdan kechirish va hokazo) bajarish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bergan topshiriqlarini ijro etadi. Bundan quyidagi hollar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) topshiriqni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonun hujjatlarining asosiy prinsiplariga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) topshiriqni ijro etish sudning vakolati doirasiga kirmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida topshiriqlar bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlari bilan aloqada boʻlish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Qarang: mazkur Kodeksning 103, 104-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-bob. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-modda. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlari, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa, tan olinadi hamda ijroga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudlarining fuqarolik ishlari yuzasidan hal qiluv qarorlari, jinoyat ishlari boʻyicha chiqarilgan hukmlarining jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga oid qismi, shuningdek chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) fuqarolik nizolari boʻyicha chiqargan hal qiluv qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari tomonidan tan olinishi hamda ijroga qaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudlarining yoki chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarori, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil muddat ichida majburiy ijroga qaratilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi birinchi qismi 5-bandi, 365 — 372-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, 7-moddasi birinchi qismi 3-bandi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 10.06.1958-yildagi “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida”gi Konvensiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza hal qiluv qarori foydasiga chiqarilgan nizo tarafi (bundan buyon matnda undiruvchi deb yuritiladi) tomonidan qarzdorning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi sudga, agar yashash joyi va turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, uning mulki turgan joydagi sudga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi birinchi qismi 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) undiruvchi eʼtirof etilishini va ijro etilishini iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarori haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisida undiruvchining iltimosnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada undiruvchining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza undiruvchilarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini iltimos qilayotgan hal qiluv qarorining chet davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjat, agar bu qaror matnining oʻzidan kelib chiqmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarori ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan boʻlsa, uning ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hal qiluv qarori oʻz zarariga chiqarilgan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida hamda tegishli tarzda xabardor qilinganligiga oid hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini va pochta xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
(367-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) mazkur moddaning 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat tiliga qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 365, 366, 368, 369-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani hal etishda ariza ushbu Kodeksning 366, 367-moddalari talablari buzilgan holda berilganligini aniqlasa, arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni undiruvchiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar undiruvchiga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchi sudga umumiy tartibda yangidan ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ariza, agar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmaydigan muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning sudga kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud arizani koʻrib chiqishda sudga taqdim etilgan, arz qilingan talablarni va bildirilgan eʼtirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yoʻli bilan holatlarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud arizani koʻrib chiqishda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuniga binoan u qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hal qiluv qarori oʻz zarariga qabul qilingan taraf ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida hamda belgilangan tartibda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga koʻra sudga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga yoki qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga tegishli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi sudining ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizoga doir ish mavjud boʻlib, u yuzasidan ish yuritish chet davlat sudida ishni yuritish qoʻzgʻatilganidan oldin qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati oʻtgan boʻlib, bu muddat sud tomonidan tiklanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) taraf nizoning vakolati boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini isbotlovchi dalilni taqdim etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining chet davlat sudi yoki chet davlat hakamlik sudi (arbitraji) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq xalqaro shartnomalari ishtirokchisi boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonun hujjatlarining asosiy prinsiplariga zid boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ushbu Kodeksning 24-bobida belgilangan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud ajrimida, shuningdek quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvchining va qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini soʻrayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish haqidagi yoxud uni eʼtirof etishni va ijro etishni rad qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 364-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi birinchi qismi 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida”gi 1958-yil 10-iyundagi Konvensiyasi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KOʻRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-modda. Sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqida murojaat qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqidagi shikoyat (ariza) bilan qonunda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror muayyan ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qatʼi nazar, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan oʻz vakolati doirasida protest keltirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374-modda. Sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) apellyatsiya yoxud kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hal qiluv qarori, ajrim, qaror ustidan nazorat tartibidagi shikoyat yoki protest boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim va qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida berilgan ariza boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-modda. Sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida bekor qilishga yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moddiy huquq normalarining yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar ushbu Kodeksning 437-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra qayta koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376-modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan deb hisoblanadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonun hujjatini qoʻllamagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud qoʻllanilmasligi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonun hujjatini qoʻllagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sud qonun yoki boshqa qonun hujjatini notoʻgʻri talqin qilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377-modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi ishning notoʻgʻri hal etilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan taqdirdagina hal qiluv qarorining, ajrimning yoki qarorning bekor qilinishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish sud tomonidan gʻayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ish koʻrilayotganida ish yuritilayotgan tilga doir qoidalar buzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sud ishida ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi masalani hal qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hal qiluv qarori, ajrim, qaror chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror sudya tomonidan imzolanmagan yoki ishni koʻrgan va hal qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud boʻlmasa yoki u imzolanmagan boʻlsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-modda. Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi ajrimining (qarorining) mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoki qarorida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrim yoki qaror chiqarilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrim yoki qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ish kimning shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shikoyatda yoki protestda bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos boʻlgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qarorning xulosa qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori, ajrim, qaror bekor qilingan va ish yangidan koʻrib chiqish uchun yuborilgan taqdirda, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi ishni yangidan koʻrganda qaysi holatlar aniqlanishi zarurligini, qaysi dalillar talab qilib olinishi kerakligini, shuningdek ish topshirilayotgan sud boshqa qanday harakatlarni bajarishi lozimligini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud shikoyatni (protestni) rad qilsa, qaysi sabablarga koʻra shikoyat yoki protestdagi vajlarni notoʻgʻri deb yoki qarorni bekor qilish, oʻzgartirish yoxud yangi hal qiluv qarori chiqarish uchun asos boʻlmaydi deb topganligini ham oʻz ajrimida yoki qarorida koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379-modda. Qonunning hal qiluv qarorini bekor qilishga asos boʻlmaydigan darajada buzilganligini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudlari ishni koʻrgan sud tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunni buzish hollari hal qiluv qarorini bekor qilishga, oʻzgartirishga yoxud yangi hal qiluv qarori chiqarishga asos boʻlmaydi deb topsa, bu haqda ajrimda, qarorda yoki xususiy ajrimda koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380-modda. Nazorat instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudining ajrimda yoki qarorda bayon qilingan koʻrsatmalari mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni nazorat tartibida koʻrayotgan sud ishni yangidan koʻrish uchun sudga yuborganda, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi toʻgʻrisidagi, bir dalilning boshqasidan ustunligi haqidagi, shuningdek ish yangidan koʻrilganida qanday qaror chiqarish mumkinligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan belgilab qoʻyishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-modda. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudlari ajrimining (qarorining) qonuniy kuchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) chiqarilishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-modda. Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud ajrimining va qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, ularga apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining koʻchirma nusxasi imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining koʻchirma nusxasi ajrim yoki qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-bob. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sudning hal qiluv qarori ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi, prokuror protest keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan shikoyat (protest) shikoyat (protest) bergan shaxsga qaytariladi. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 155-moddasi qoidalari asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadigan sudlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni chiqargan sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellyatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, sudya apellyatsiya shikoyati bergan shaxsning yoki apellyatsiya protesti keltirgan prokurorning zimmasiga apellyatsiya shikoyatiga yoxud protestiga ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hal qiluv qarori, qaror va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellyatsiya protestini mazkur ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qatʼi nazar, prokuror yoki uning oʻrinbosari keltiradi va imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
(387-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda — uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish paytida ushbu Kodeks 385 va 386-moddalarining talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa yoki davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini toʻlamagan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) harakatsiz qoldiriladi.
(388-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish toʻgʻrisida sudya bu shikoyatning (protestning) harakatsiz qoldirilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni koʻrsatgan holda ajrim chiqaradi. Ajrim apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etsa, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, shikoyatni (protestni) bergan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Shikoyat (protest) uni bergan shaxsga ajrim bilan birga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389-modda. Birinchi instansiya sudining apellyatsiya shikoyatini (protestini) olganidan keyingi harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya yoki sud raisi apellyatsiya shikoyatini (protestini) olgandan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasini yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat oʻtgan vaqtdan eʼtiboran oʻn kun ichida ishni kelib tushgan shikoyat (protest) bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori, ajrim, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat ichida hech kim ishni suddan talab qilib olishi mumkin emas. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va kelib tushgan shikoyat (protest) bilan tanishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat qilish (protest keltirish) uchun oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangan taqdirda birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatishga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilinguniga qadar boʻlgan muddatga toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessida apellyatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan apellyatsiya protestiga ham qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (eʼtiroz bildirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Sud tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining ishni shikoyat (protest) bilan birga olganidan keyingi harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (eʼtirozlar) taqdim etishni taklif qiladi. Tushuntirishlar (eʼtirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar mustasno. Sud tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan dalillarni talab qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. Bunday voz kechish qonunga zid boʻlmasa yoki birovning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlmasa, sud uni qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechish qabul qilganligi toʻgʻrisida va protest qaytarib olingan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va unga koʻra apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) rad etish (chaqirib olish) sababli apellyatsiya ishini yuritishning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilinsa, boshqa apellyatsiya shikoyatlarini (protestini) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida apellyatsiya instansiyasi sudiga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish muhokamasi davomida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan yoki boshqa alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni koʻpi bilan yana oʻn kunga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha tushgan ishni u kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak. Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari bu muddatni koʻpi bilan yana bir oyga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish muddati uzaytirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida oldindan xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. U yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudida sud muhokamasi mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda, ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining majlisida raislik qiluvchi ushbu Kodeksning 211 va 212-moddalariga amal qilgan holda, sud majlisida tegishli tartibni taʼminlashga doir zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) boʻyicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qaysi biri kelmaganligini, kelmaganlik sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini aniqlaydi, sudga kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslarning va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisining kotibi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini eʼlon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arz qilingan rad qilishlar ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning biror-biri sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishning muhokamasiga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq sud bunday hollarda ham sudga kelmaganlik sabablarini uzrli deb topib, ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning yoki advokatning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, bu haqda tegishli yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya instansiyasida ishning muhokamasi bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari va arizalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitilgandan keyin sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni va ular yuzasidan berilgan tushuntirishlarni (eʼtirozlarni), yangi dalillarning mazmunini, shuningdek sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish uchun sud koʻrishi zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni bayon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasidan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, bu shaxslar apellyatsiya shikoyatida (protestida) koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga ham haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlab apellyatsiya shikoyati bergan shaxs va uning vakili yoki, agar ish protest boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, birinchi boʻlib daʼvogar soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar, agar ular sudning hujjati ustidan shikoyat qilmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlaridan soʻng prokuror sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi toʻgʻrisida fikrini bayon etadi, bundan prokurorning protesti boʻyicha qayta koʻrilayotgan sud hujjatlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va prokuror fikri eshitilgandan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ish koʻrilgandan soʻng darhol chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, asoslantirilgan ajrimni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq ajrimning xulosa qismini sud apellyatsiya muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning maslahatlashuvi, ajrim chiqarish va uni oʻqib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishni yangidan koʻrish uchun oʻtkazmasdan hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga yoki hal qiluv qarorini, qarorni butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorini, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 377-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalariga muvofiq koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim boʻlgan harakatlar va ularni bajarish muddatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda, ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida apellyatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401-modda. Xususiy shikoyatlar (protestlar) berish va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyatlar (protestlar) ushbu bobda belgilangan tartibda beriladi va koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sudning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng berilgan shikoyat (protest) shikoyatni (protestni) bergan shaxsga qaytariladi. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 155-moddasi qoidalari boʻyicha hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni chiqargan sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, sudya kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki kassatsiya protesti keltirgan prokuror zimmasiga kassatsiya shikoyatiga yoxud protestiga ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonuni 34, 35, 36-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
(407-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan hollarda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyatini (protestini) berish paytida ushbu Kodeks 405 va 406-moddalarining talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa yoki davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini toʻlamagan boʻlsa, kassatsiya shikoyati (protesti) harakatsiz qoldiriladi.
(408-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish toʻgʻrisida sudya bu shikoyatning yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni koʻrsatib ajrim chiqaradi. Ajrim kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etsa, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, shikoyat (protest) bergan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Shikoyat (protest) uni bergan shaxsga ajrim bilan birga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409-modda. Birinchi instansiya sudining kassatsiya shikoyatini (protestini) olganidan keyingi harakatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining sudyasi yoki raisi kassatsiya shikoyatini (protestini) olgandan keyin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasini yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sud hujjatining ijrosini (agar u ijro etilmagan boʻlsa) ish kassatsiya tartibida koʻrilguniga qadar toʻxtatib qoʻyishi va bu xususda manfaatdor shaxslarni, tashkilotlarni xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddat ichida ishni kelib tushgan shikoyat (protest) bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va kelib tushgan shikoyat (protest) bilan tanishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessida kassatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan kassatsiya protestiga ham qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirishlar berish (eʼtirozlar bildirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (eʼtirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar uni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. Bunday voz kechish qonunga zid boʻlmasa yoki boshqa birovning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlsa, sud uni qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi toʻgʻrisida va protest qaytarib olingan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va unga koʻra kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatidan (protestidan) voz kechilganligi (uning chaqirib olinganligi) sababli u boʻyicha ish yurituvning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati yoki protesti berilganidan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida kassatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi kerak. Agar ishning muhokamasi vaqtida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi hamda ishni kassatsiya tartibida koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha kelib tushgan ishni u kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan yoki boshqa alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni koʻpi bilan yana yigirma kunga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha kelib tushgan ishni u kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak. Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari bu muddatni koʻpi bilan yana bir oyga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish muddati uzaytirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
416-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganida sud hujjatlarining qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417-modda. Ishni sud majlisida koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining sud muhokamasi ushbu Kodeksning 22-bobida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishni yangidan koʻrishga yubormasdan hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga yoxud butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, qaror chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra hal qiluv qarorini, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilishga va arizani koʻrmasdan qoldirishga yoki ish yuritishni tugatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 377-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalariga muvofiq koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim boʻlgan harakatlar va ularni bajarish muddatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda, ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilmagan ajrimlari ustidan kassatsiya instansiyasi sudiga sud ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sudning hal qiluv qaroridan alohida holda shikoyat qilishi hamda prokuror protest keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyat (protest) ushbu bobda belgilangan tartibda beriladi va koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga hamda masalani mazmunan hal qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-bob. Nazorat instansiyasi sudida ish yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-modda. Sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan ushbu Kodeksning 373-moddasida koʻrsatilgan shaxslar nazorat tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda ularning ustidan shikoyat berish nazarda tutilgan hollarda, hal qiluv qaroridan alohida tarzda nazorat tartibida shikoyat qilinishi va ular qayta koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
423-modda. Nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari quyidagilarning protestlariga koʻra nazorat tartibida qayta koʻrilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi har qanday sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protestlariga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlarining protestlariga koʻra, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosarlarining protestlariga koʻra, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424-modda. Ishni nazorat tartibida koʻradigan sud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni (protestlarni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud nazorat tartibida ishlarni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimlari ustidan keltirilgan protestlarni nazorat tartibida koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
425-modda. Ishlarni talab qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari ishlarni nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ularni tegishli sudlardan talab qilib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426-modda. Nazorat tartibida shikoyat (protest) berish tartibi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 155-moddasi qoidalariga muvofiq tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan shikoyat (protest) mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, sudya shikoyat berayotgan shaxs yoki protest keltirayotgan prokuror zimmasiga shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
427-modda. Nazorat tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shikoyat (protest) berilayotgan nazorat instansiyasi sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) va ishdagi protsessual holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomlari), ularning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ishni birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi boʻyicha koʻrgan sudlar va ular tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirayotgan) sud hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sud hujjati nazorat tartibida qayta koʻrilishi uchun asoslar, bunday asoslar mavjudligidan dalolat beruvchi vajlar keltirilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etmagan shaxsning nazorat tartibidagi shikoyatida ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjati bilan uning qaysi huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. Vakil tomonidan berilgan shikoyatga ishonchnoma yoki uning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Protest protest keltirgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyatga (protestga) ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlarining koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi kerak.
(427-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
428-modda. Nazorat tartibidagi shikoyatni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyat quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shikoyat ushbu Kodeks 427-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyatga shikoyat qilinayotgan sud hujjatlarining koʻchirma nusxalari ilova qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
(428-moddaning birinchi qismi 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) nazorat tartibida shikoyat berish muddati oʻtib ketgan boʻlsa va oʻtgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shikoyatni qaytarish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429-modda. Nazorat tartibidagi shikoyatni koʻrish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyat bir oydan kechiktirmasdan, ish talab qilib olingan va tekshirilgan taqdirda esa ikki oydan kechiktirmasdan koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430-modda. Nazorat tartibidagi shikoyat boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyat shikoyatga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur hollarda esa ishni talab qilib olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta koʻrish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyatni ish bilan birga mazmunan koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida nazorat tartibida shikoyat bergan shaxsga uch kunlik muddatda xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-modda. Sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta koʻrish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta koʻrish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) nazorat tartibida shikoyat bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) nazorat tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish sabablarining qisqacha bayoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari sudyaning sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta koʻrish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimini oʻz tashabbusiga yoki nazorat tartibida shikoyat bergan shaxsning arizasiga koʻra bekor qilishga va ishni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432-modda. Nazorat tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibidagi shikoyatni koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shikoyatni bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ish koʻriladigan joy va sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi shikoyatni mazmunan koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida qaror qilish bilan bir vaqtda nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, nazorat tartibida ish yuritish tugaguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest kelib tushgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi oʻzi chiqargan ajrim bilan birga shikoyatni (protestni) ish bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
433-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi koʻrsatilgan shaxslarning kelmaganligi ishning nazorat tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish nazorat tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrilganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirilishi mumkin. Bunday holda ularga ishni nazorat tartibida koʻradigan sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishning koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
434-modda. Ishni nazorat tartibida koʻrish tartibi va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish nazorat tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining nazorat tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan yoki protest Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining kotibiyatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda, ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu Kodeksning 399-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida ishni nazorat tartibida koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ishtirok etadi va oʻzi keltirgan protestni qoʻllab-quvvatlaydi yoki ish yuzasidan fikrini bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni nazorat tartibida koʻrishda barcha masalalar koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestni qanoatlantirishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar teng boʻlib qolganda, protest rad qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni nazorat tartibida koʻrish natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati ajrim, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati esa qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining ajrimi sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim yoki qaror ishda ishtirok etuvchi shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
435-modda. Nazorat shikoyatini (protestini) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni chaqirib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibida shikoyat bergan shaxs uni toʻldirish, oʻzgartirish yoki undan voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest keltirgan mansabdor shaxs protestni toʻldirish, oʻzgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari tomonidan keltirilgan protest Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan ham toʻldirilishi, oʻzgartirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestni toʻldirish, oʻzgartirish yoki chaqirib olishga protest koʻriladigan sud majlisi boshlanguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Protest toʻldirilganligi, oʻzgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi toʻgʻrisida va protest chaqirib olinganida, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan boʻlsa, nazorat instansiyasi sudi ajrim chiqarib, nazorat tartibida ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
436-modda. Nazorat instansiyasi sudining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudi ishni nazorat tartibida koʻrib chiqqanda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz, nazorat tartibidagi shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudi yoki apellyatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va ishni yangidan koʻrishga yubormasdan, yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qisman yoki toʻliq bekor qilishga va arizani toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
437-modda. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha sud hujjatlarini qayta koʻrish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) arizachiga nomaʼlum boʻlgan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlar, agar ular ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab boʻlgan holatlar, yaʼni guvohning bila turib bergan yolgʻon koʻrsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolgʻon xulosasi, atayin notoʻgʻri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning mazkur ish boʻyicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yoxud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab boʻlgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan yangidan koʻriladi. Apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudlarining qaysi ajrimlari va qarorlari boʻyicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlar va ajrimlarni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish sud hujjatini oʻzgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori qabul qilgan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439-modda. Sud hujjatlarini qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni qayta koʻrish haqidagi ariza hal qiluv qarorini, ajrimni yoxud qarorni chiqargan sudga ishda ishtirok etgan shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran uch oy muddat ichida berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza bilan murojaat etgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, oʻtkazib yuborilgan arizani berish muddati, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
440-modda. Ariza berish muddatini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza berish muddati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Kodeks 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta koʻrilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos boʻlgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi boʻlgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud boshqa organning ana shunday qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
441-modda. Arizaning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza sudga yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida beriladi. Ariza uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi (nomi), ularning yashash joyi (joylashgan yeri) va pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) arizachining fikriga koʻra, sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻlayotgan yangi ochilgan holatlar, ularni tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) arizachi qayta koʻrilishini talab etayotgan sud hujjatining koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442-modda. Arizani koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda sud majlisida, arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
443-modda. Sud hujjatini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud yangi ochilgan holatlar boʻyicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni bekor qiladi yoxud ishni qayta koʻrishni rad qiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 443-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni 35-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandi oʻn toʻqqizinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445-modda. Sud hujjatlarini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda koʻriladi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. SUD HUJJATLARINING IJROSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
446-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari ular qonuniy kuchga kirgandan keyin ijroga qaratiladi, bundan uning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda darhol ijro etilishi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6, 170, 178 — 180, 255, 265, 270-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
447-modda. Ijro varaqasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
448-modda. Ijro varaqasi berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir sud hujjati boʻyicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro turli joylarda yoki bir nechta undiruvchining foydasiga amalga oshiriladigan boʻlsa, sud undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini yoxud hal qiluv qarori ijrosining har bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq koʻrsatgan holda bir necha ijro varaqasi beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori asosida javobgarlarning soni boʻyicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va solidar javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng besh kun ichida undiruvchining iltimosnomasiga koʻra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi, bundan sud hujjati chiqarilishi bilanoq ijro varaqasi berilib, darhol ijro etiladigan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarang: mazkur Kodeksning 6, 446, 447-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
449-modda. Sud tomonidan ijro varaqasini yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararni undirish, alimentlarni undirish, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilish yoxud xodimni gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazishda yoki sudning ishga tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslardan pul summalarini undirish, davlat daromadiga pul mablagʻlarini undirish hollarida sud oʻz tashabbusiga koʻra ijro varaqasini ijro etish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro varaqasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng uch ish kuni ichida sud tomonidan qarzdorning joylashgan yeridagi davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6, 446 — 449-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-modda. Ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining asl nusxasi yoʻqotilgan hollarda, sud hujjatini chiqargan sud undiruvchining yoxud davlat ijrochisining arizasiga koʻra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻriladi, biroq ularning kelmaganligi dublikat berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dublikat berish toʻgʻrisidagi ariza bunday ariza sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning dublikat berish toʻgʻrisidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 447-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori majburiy tartibda ijro etish uchun, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy toʻlovlarni undirish uchun berilgan ijro varaqalari bu toʻlovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga taqdim etilguniga qadar oʻtgan vaqt uchun davriy toʻlovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarning oʻtishi har bir toʻlov muddati tugagan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud tomonidan ijro varaqasi berilguniga qadar sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, unda ijro varaqasini taqdim etish muddati qaysi vaqtdan boshlanishi koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 447-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 10-bandi ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijroga taqdim etish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijro varaqasining ijroga taqdim etilishi, shuningdek hal qiluv qarorining qisman ijro etilishi bilan uziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddat uzilgandan soʻng uning oʻtishi yangidan boshlanadi, bunda oldingi oʻtgan vaqt yangi muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. Ijro varaqasi toʻliq yoki qisman undirilmay qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun yangi muddatni hisoblash ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjatini chiqargan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. Ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻriladi, biroq bu shaxslarning kelmaganligi oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 448, 451-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 27, 29-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
454-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoki uning boʻlib-boʻlib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining ijrosini qiyinlashtiradigan obyektiv holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sud undiruvchining, qarzdorning yoki davlat ijrochisining arizasiga binoan hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoxud uning boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyishga, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vakolatli davlat organining qarorida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoxud boʻlib-boʻlib ijro etish uchun koʻpi bilan bir yil muddat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorga sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uning boʻlib-boʻlib ijro etilishiga yoʻl qoʻyish chogʻida, sud ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan tartibda uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish haqidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlgan taqdirda, davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 447-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 9-bandi, 12-bandi birinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455-modda. Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud davlat ijrochisi sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatgan ijro ishini yuritishni qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha toʻxtatib turishi yoxud tugatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish shu sud tomonidan yoki davlat ijrochisi joylashgan yerdagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasi oʻtkazmagan holda sud tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 34 — 39-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 12-bandi ikkinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
456-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishini yuritish uni toʻxtatib qoʻyish uchun asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin, ushbu ishni toʻxtatib qoʻygan sud tomonidan undiruvchining, davlat ijrochisining arizasiga koʻra tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda sud tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 11-bandi oʻn yettinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
457-modda. Ijro varaqasini qaytarib olish va yangi ijro varaqasi berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud oʻzi tomonidan yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki oʻzining tashabbusiga koʻra taraflarni chaqirmagan va sud muhokamasini oʻtkazmagan holda qaytarib olishga hamda uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvdagi xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi uni bergan sudga undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan ijro etilmasdan qaytariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 448, 449, 451-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
458-modda. Qaytarma ijro
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etilgan sud hujjati bekor qilingan va ish yangidan koʻrib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan yoxud ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida yoki arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda, bekor qilingan sud hujjati boʻyicha javobgardan daʼvogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi lozim (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan boʻlsa va daʼvoni toʻliq yoxud qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa yoki ishni yuritish tugatilgan yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan boʻlsa, sud sud hujjatining bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan tegishli qismi boʻyicha undirishni toʻliq yoki qisman tugatish toʻgʻrisidagi sud hujjatini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
459-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalaning birinchi instansiya sudi tomonidan hal qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yangidan koʻrish uchun oʻziga topshirilgan sud oʻz tashabbusi bilan qaytarma ijro toʻgʻrisidagi masalani koʻrishi va uni yangi sud hujjatida yoki ajrimida hal qilishi shart boʻlib, shu bilan ish yuritish tamomlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrayotgan sud bekor qilingan sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmagan taqdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud majlisida koʻriladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi sud oldiga qoʻyilgan masalaning hal etilishi uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza davlat boji toʻlanmagan holda umumiy daʼvo muddati ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablagʻlarini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 458-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarori 15-bandi oʻn yettinchi xatboshisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
460-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalaning apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan hal qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi, agar u oʻzining ajrimi yoxud qarori bilan huquq toʻgʻrisidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuqori sudning ajrimida yoki qarorida sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha hech qanday koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan koʻrib chiqadi va hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461-modda. Alohida toifadagi ishlar boʻyicha qaytarma ijroning oʻziga xos jihatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish haqidagi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining vafot etishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati daʼvogar bergan soxta maʼlumotlarga yoxud u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa, sud hujjatining qaytarma ijrosiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462-modda. Yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan ijro ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishini yuritish taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning arizasiga koʻra, shuningdek ijro hujjatini bergan sudning yoki boshqa organning tashabbusi boʻyicha tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan ijro ishini yuritish toʻliq tiklanadi yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjati ijro etiladigan joydagi sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari arizaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni koʻrayotganda ijro ishini yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yoʻqolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ijro ishini yuritishga daxldor boʻlgan boshqa maʼlumotnomalar va hujjatlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan yoki hozir boʻlgan shaxslarni guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ajrim chiqaradi, uning koʻchirma nusxalari ijro ishining taraflariga va davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan ijro ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilishi chogʻida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 50, 446-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi.