15.12.2018 yildagi 1024-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, “Sudlar toʻgʻrisida”, “Prokuratura toʻgʻrisida” hamda “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1024-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish (keyingi oʻrinlarda majburiy keltirish deb ataladi) boʻyicha topshiriqlarni ijro etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Majburiy keltirish uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qarori hamda jinoyat, maʼmuriy yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ajrimi asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Majburiy keltirish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohning jinoyat ishlari boʻyicha protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart boʻlgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini maʼlum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha voyaga yetmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar orqali amalga oshiriladi Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirishni amalga oshirayotganida keltirilishi lozim boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning ota-onasini yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) bilan tanishtirib, bu haqda imzo chektiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi boʻlmagan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni koʻrish sudlanuvchi boʻlmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmagan taqdirda ham yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ni ijro etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi ushbu qaror yoki ajrimda koʻrsatilgan muddatda ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) ish yuritiladigan joydagi yoki majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi, ish, xizmat yoxud oʻqish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 263-moddasiga muvofiq majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning protsessual mavqeyi, yashash yoki ish joyi, majburiy keltirish uchun asoslar, shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi, majburiy keltirish kimga topshirilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etuvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlariga havolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi ajrimda ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari shaxs majburiy keltirilishi lozim boʻlgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) unda ushbu Nizomning 7 yoki 8-bandlarida koʻrsatilgan talablardan biri mavjud boʻlmagan taqdirda, majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) ijroga qabul qilinmasdan, kamchiliklarni bartaraf etish uchun yoʻllanma xat bilan qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) kelib tushgan kunning oʻzida ichki ishlar organining kotibiyatida yuritilgan maxsus jurnalda roʻyxatga olinishi va ichki ishlar organi boshligʻi, u boʻlmaganda uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs tomonidan ijro etish uchun profilaktika (katta) inspektori yoki jinoyat qidiruv xodimiga topshirilishi va ijrosi nazorat qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ning ijrosini taʼminlash maqsadida boshqa tuman yoki viloyatga borib kelish zarurati tugʻilganda biriktirilgan hududni tashlab ketish lozim boʻlgan holatlarda profilaktika (katta) inspektorlariga qaror (ajrim)ni ijro etish uchun topshirilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxsni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan vaqtda va joyga olib borish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ni ijro etishda shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga amal qilishi, uning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi hamda majburiy keltirilayotgan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shaxsni majburiy keltirish soat 06:00 dan 22:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 5-bandi birinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxs topilgan taqdirda, ichki ishlar organi xodimi unga majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ni tanishtirib, tilxat olishi va mazkur qaror (ajrim)ni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga olib kelishi shart. Bunda qaror (ajrim)ga shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt, shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bogʻliq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxs oʻqisa yoki ishlasa majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) uning oʻqish yoki ish joyidagi maʼmuriyatiga maʼlum qilinadi va ijrosini taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatishi yuzasidan koʻrsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Majburiy keltirishni ijro etish vaqtida qonuniy talablarga qarshilik koʻrsatilganda ichki ishlar organi xodimi qarshilik koʻrsatgan shaxsga nisbatan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy kuch, maxsus vosita va oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holda bayonnoma tuziladi va unda huquqbuzarlikning xususiyati, vaqti va joyi hamda shaxsga nisbatan qoʻllanilgan choralar koʻrsatiladi. Jismoniy kuch va maxsus vosita qoʻllanilganligi haqida ikki kun muddatda, oʻqotar qurol qoʻllanilganligi haqida 24 soatda bildirgi bilan birga bayonnoma ichki ishlar organi boshligʻiga taqdim etiladi. Bu haqda majburiy keltirish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi oqibatida jismoniy shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga, shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha holatlar toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Majburiy keltirilgan shaxs surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga topshirilganda ular tomonidan shaxs qabul qilib olinganligi haqida maʼlumotnoma (bayonnoma) nusxasiga imzo qoʻyib, tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 264-moddasiga muvofiq ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, taʼtilda, xizmat safarida ekanligi, ogʻir kasalligi yoki boshqa sabablarga koʻra yoʻqligi oqibatida majburiy keltirishga imkon boʻlmaganligini aniqlasa, bu haqda maʼlumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maʼlumotnomada shaxsni majburiy keltirishga imkon bermagan holatlar batafsil yoritilib, majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ni ijro etayotgan xodim, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, xolislar va boshqa ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxs, chaqirilgan joyga ogʻir kasalligi tufayli bora olmasligini maʼlum qilgan taqdirda, uning kasalligi hududiy sogʻliqni caqlash muassasasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan tibbiy maʼlumotnoma shaxsni majburiy keltirishga imkon boʻlmaganligi munosabati bilan tuzilgan maʼlumotnomaga ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxsni yashash yoki ish joyidan topishning imkoni boʻlmay, haqiqiy turar joyini aniqlash uchun vaqt talab etiladigan hollarda, majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya bu haqida 5 kun muddatda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Majburiy keltirish uchun qilingan protsessual chiqimlarni undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Majburiy keltirish bilan bogʻliq xarajatlar majburiy keltirilgan shaxsdan sud tartibida davlat foydasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganda kelmagan protsess ishtirokchisidan — ishning sudda koʻrilishi yoki tergov harakatlari oʻtkazilishi uning uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi oqibatida kechiktirilgan hollarda ham protsessual chiqimlar sud tartibida davlat foydasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etgan ichki ishlar organi xodimi qilingan xarajatlar haqidagi maʼlumotnomani ikki kun ichida ichki ishlar organlarining moliya boʻlinmalaridan olishi va undirish chorasini koʻrish uchun surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy keltirish uchun qilingan xarajatlar haqidagi maʼlumotnoma ichki ishlar organlarining moliya boʻlinmalari tomonidan imzolangan va gerbli muhr qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha sud muhokamasiga majburiy keltirilayotgan shaxsning, shu jumladan jinoyat ishlari boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvohning kelib ketish, turar joyni ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash imkoniyatiga ega emasligi toʻgʻrisida tasdiqlangan hujjatlar asosida ushbu xarajatlar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Majburiy keltirish bilan bogʻliq xarajatlar nazoratni olib boruvchi prokuror tomonidan berilgan daʼvo arizasi asosida ham undirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1024/2332-son)