24.08.2018 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlashni tartibga soluvchi qonun normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash barcha da’vo va alohida tartibdagi ishlar bo‘yicha ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rilishi hamda hal etilishini ta’minlash maqsadiga ega bo‘lgan fuqarolik protsessining mustaqil bosqichi hisoblanishiga hamda majburiyligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) muvofiq sudlar FPKning 21-bobida nazarda tutilgan ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha barcha zarur harakatlar amalga oshirilganidan so‘nggina, ishni ko‘rishga kirishishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarganidan so‘nggina, ishni sud muhokamasiga tayyorlashga kirishishi shart (FPKning 201-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. FPKning 204-moddasiga asosan sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar amalga oshirishi lozim bo‘lgan aniq protsessual harakatlar va bu harakatlarni amalga oshirish muddatini ko‘rsatgan holda ajrim chiqarishi shart. Shuningdek ajrimda protsessning ushbu bosqichida sudya tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar ham ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrim ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi bois, uning ustidan shikoyat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nazarda tutish lozimki, FPKning 201-moddasida ko‘rsatilgan ishni sud muhokamasiga tayyorlashning har bir vazifasi protsess ushbu bosqichining majburiy belgisi hisoblanadi. Tayyorlash vazifalaridan birortasi bajarilmasligi sud muhokamasining asossiz cho‘zilishiga va sud xatoligiga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash u yoki bu toifadagi ishlar (mehnat, oila, uy-joy, yer va boshqalar)ning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Jumladan, xodimni ishga tiklash haqidagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda, g‘ayriqonuniy ravishda vazifasidan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodimga ish haqini to‘lash natijasida kelib chiqqan zararni qoplash maqsadida mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga o‘tkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni aniqlash va uni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun jalb qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taraflar huquqiy munosabatlarining xarakterini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlashda, ular da’vo predmeti va asosi, javobgarning o‘ziga nisbatan qo‘yilgan talabga e’tirozlari, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlardan kelib chiqib belgilanishini nazarda tutmoq lozim. Faktik holatlar da’voning asosi bo‘lganligi sababli, da’vogar tomonidan da’voning asosi sifatida aniq qonun normasi ko‘rsatilishi, ishni hal qilishda sud qaysi qonun (qonun hujjati)ga amal qilishi lozimligi haqidagi masalani hal qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. FPKning 203-moddasiga muvofiq ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar va ularni isbotlash majburiyatlarini taqsimlash maqsadida, sudya taraflarni qoida tariqasida, alohida so‘roq qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vogar yoki uning vakilini arz qilgan talablarning mohiyati bo‘yicha so‘roq qilishda, talablarini asoslantiruvchi holatlar va ushbu holatlarni isbotlovchi dalillarni aniqlash bilan birgalikda, da’vogardan talablarni ajratish yoxud ularni birlashtirish va birgalikda ko‘rish masalasini hal qilish maqsadida shu yoki boshqa javobgarlarga nisbatan bir-biri bilan bog‘liq boshqa talablari bor-yo‘qligini aniqlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar yoki uning vakilini o‘zida mavjud e’tirozlari va bu e’tirozlarni tasdiqlovchi dalillar yuzasidan so‘roq qilishda sudya unga da’vogarning talablarini tan olish yoxud asoslantiruvchi dalillar taqdim qilingan holda qarshi talablar qo‘yish huquqini tushuntiradi. Shuningdek sudya javobgarga sud majlisiga kelmagan taqdirda, uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi, ishni ishdagi mavjud dalillar bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmasligini ham tushuntiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har tomonlama va obyektiv sud muhokamasini ta’minlash maqsadida, o‘zaro bog‘liq e’tirozlarga aniqlik kiritish, shuningdek ish bo‘yicha kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuv tuzish uchun taraflar bir vaqtning o‘zida chaqirilishi mumkin.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarni yarashtirish fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi mumkinligini inobatga olib, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida taraflarga kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni o‘zaro to‘liq yoki qisman hal etishlari mumkinligi va kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish afzalliklari va oqibatlarini tushuntirishi lozim.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori qaratilsinki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida taraflar so‘roq qilinganida FPKning 276-moddasiga muvofiq bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada sana, so‘roq boshlangan va yakunlangan vaqt, ish ish yurituvida bo‘lgan sudning nomi, sudya va sudya yordamchisining familiyasi, ismi va otasining ismi, so‘roq qilinayotgan tarafga oid ma’lumotlar, tarafga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi, u tomondan berilgan tushuntirish va arz qilingan talablar yoxud e’tirozlarini asoslantiruvchi dalillar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarni ushbu bosqich jarayonida so‘roq qilish FPKning 201-moddasida belgilanganidek ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari bilan qat’iy chegaralanishini nazarda tutish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taraflar o‘zlarining talablari va e’tirozlarini qaysi dalillar bilan tasdiqlashi mumkinligini, dalillarni taqdim qilishda qanday qiyinchiliklar mavjudligini aniqlashda, sudya taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud dalillar to‘plash va talab qilishda ularning iltimosnomasiga ko‘ra ko‘maklashishini tushuntiradi (FPKning 72-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazarda tutish lozimki, dalillarni talab qilishda ko‘maklashishda, sudya bir dalilning boshqa dalillarga nisbatan ustun ekanligi haqidagi fikrni bildirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, alohida tartibda ko‘riladigan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha arizachilar ular tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash mumkin bo‘lmaganligini tasdiqlovchi dalillarni keltirishga majburdir. Arizachiga dalillarni taqdim etishga ko‘maklashishda sud ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida zarur dalillarni o‘z tashabbusi bilan talab qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ishni vakillar orqali yuritish huquqlarini (qonun bilan taraflarning ishda ishtirok etishi shartligi belgilangan hollar bundan mustasno, masalan, farzandlikka olish, fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi ishlar bo‘yicha) hamda vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish tartibini tushuntirishi shart. Bunday vakolatlar rasmiylashtirilgan hollarda FPK 69-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakilning harakatlarni amalga oshirish huquqi vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lishini inobatga olib, sudya ularning vakolat doirasini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibi haqidagi masalani hal qilishda, o‘zining tashabbusi bilan nizo xarakterini hisobga olgan holda da’vo ishlari bo‘yicha — sherik javobgarlar, uchinchi shaxslarni, alohida tartibdagi ishlar bo‘yicha — manfaatdor shaxslarni jalb qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni o‘z vaqtida ko‘rishni ta’minlash maqsadida sudya ishni sudgacha tayyorlash bosqichida tarjimonni ishda ishtirok etish masalasini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. FPKning 50-moddasiga muvofiq prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning sud protsessida ishtirok etishi qonun bo‘yicha shart deb belgilangan hollarda, bu haqda ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilishi lozim.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilganda, ular ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ham ishtirok etadi. Sudya ko‘rsatilgan shaxslarga kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirish haqidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi hamda sud xarajatlarini qoplash majburiyatidan tashqari, ularning protsessual huquqlari va majburiyatlari chegarasini tushuntirishi shart.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish yoki kirishish haqida sudya tegishli ajrim chiqaradi. FPKning 48-moddasiga muvofiq ushbu shaxslar da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanishi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishini inobatga olib sudya, FPKning 203-moddasi qoidalariga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ularni so‘roq qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nazarda tutish lozimki, huquq to‘g‘risidagi nizoga tegishli bo‘lgan barcha shaxslar tomonidan da’vo taqdim etilmaganda, sudya bunday shaxslarni, dispozitiv prinsiplariga asosan talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs ushbu huquqidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkinligidan kelib chiqib, ularning roziligisiz qo‘shimcha da’vogar sifatida ishga jalb qilishga haqli emas. Sudya ularni faqat sudda mavjud bo‘lgan ish haqida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligini aniqlasa, sudya da’vogarning roziligi bilan ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish masalasini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi bo‘lmagan holda bu shaxs sherik javobgar sifatida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arz qilingan talabning mohiyati, ish holati va taqdim qilingan dalillardan kelib chiqib, ekspert xulosasi zarur bo‘lgan barcha hollarda, shuningdek ekspertiza tayinlash qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida ekspertiza tayinlashi mumkin (jumladan, fuqaroni ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish yoki sog‘aygan holda uni muomalaga layoqatli deb topish haqidagi ishlar bo‘yicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida sud tomonidan qonunda nazarda tutilgan hollarda ekspertiza tayinlanganligi, mazkur ishni sud muhokamasiga tayinlashga va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishga monelik qilmasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarga oid (voyaga yetmagan bolalarni yashash joyini va ular bilan muloqot qilish tartibini belgilash haqidagi) nizolarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, sudya ushbu toifadagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida vasiylik va homiylik organlariga taraflarning yashash manzili bo‘yicha yashash sharoitlarini o‘rganish va natijasi bo‘yicha xulosa taqdim qilishni yuklashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida yozma, raqamli yoki ashyoviy dalillarni joyida ko‘zdan kechirishni amalga oshirishi mumkin. Joyida ko‘zdan kechirish FPKning 239-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, yozma, raqamli yoki ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish, alohida protsessual harakatlarni ifodalashi sababli, uni ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida amalga oshirishda FPKning 276-moddasiga muvofiq bayonnoma tuzilishi kerak.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida maslahatlar, tushuntirishlar olish hamda yozma, raqamli yoki ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishda bevosita texnik yordam ko‘rsatish, videoyozuvlarni ko‘rish, ekspertiza tayinlash, dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, sudya tomonidan ishga mutaxassisni jalb qilish masalasi ham hal etilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Zarurat bo‘lganda sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bir turdagi ishlarni birlashtirish (FPKning 197-moddasi) yoki bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish (FPKning 198-moddasi) masalasini ham hal etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqatgina talablarning xususiyati bo‘yicha ularning o‘zaro bog‘liqligi va umumiy dalillarning mavjudligi bitta ish yuritishda arz qilingan talablar bo‘yicha ishni tezroq va to‘g‘ri hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda bir nechta talablarni bitta ish yuritishga birlashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish masalasini hal qilishda, sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday rejimda sud majlisida ishtirok etish, qonunga ko‘ra, bevosita ishtirokida va og‘zaki tarzda o‘tkazilgan sud muhokamasida ishtirok etganlikka tenglashtirilishi haqida tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayyor sud majlislarining samarasi va tarbiyaviyligini oshirish maqsadida, ishni sayyor sud majlisida ko‘rish masalasi ham ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida hal qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. FPKning 205-moddasiga muvofiq sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda sudya tomonidan ko‘rsatilgan barcha harakatlar bajarilgan taqdirdagina ish sud muhokamasiga tayyorlangan deb hisoblanishi lozim.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudlarning e’tibori sudya yordamchisining FPKning 206-moddasida nazarda tutilgan, shuningdek sudyaning topshirig‘iga binoan ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichidagi boshqa harakatlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi mas’uliyatini oshirish lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash va ularni ko‘rish muddatlari to‘g‘risida”gi 18-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son