Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 6-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 17-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 66-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
Ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan hollarda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudyasini rad qilish haqida arz qilishlari mumkin.
Hakamlik sudi nizo ko‘rib chiqilguniga qadar ushbu Qonunning 20-moddasida ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash uchun muayyan summani bo‘nak sifatida kiritishni da’vogardan talab qilishga haqli. Agar bu to‘lov da’vo arizasi berilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida amalga oshirilmasa, hakamlik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan hakamlik muhokamasi qoidalari ushbu Qonun qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha tugatilgan hakamlik muhokamasiga doir nizo tugatilgan hakamlik muhokamasi taraflaridan biri tomonidan vakolatli sudga topshirilishi mumkin.