25.05.2000 yildagi 69-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 24.06.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi OʻRQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Qonunning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar kichik tadbirkorlik subyektlaridir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, savdo, xizmat koʻrsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat sohasida band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan qirq kishi, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida koʻpi bilan yigirma kishi, fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — koʻpi bilan oʻn kishi boʻlgan kichik korxonalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarining oʻrtacha yillik soni kichik korxonalar uchun belgilanganidan koʻproq, ammo sanoatda — yuz kishidan, qurilishda — ellik kishidan, qishloq xoʻjaligi, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlarida — oʻttiz kishidan, chakana savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — yigirma kishidan koʻp boʻlmagan oʻrta korxonalar oʻrta tadbirkorlik subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari jumlasiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq tufayli oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy shirkat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bogʻliq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa aʼzolarining notarial tasdiqlangan roziligi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi taraflari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi va oddiy shirkatni tuzish, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatish bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va oʻz mahsulotining (ishlari, xizmatlarining) isteʼmolchilarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega boʻlishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta manzili va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari oʻz huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida qonunga muvofiq uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRISh ASOSLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydilar va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jismoniy shaxs ariza bergan paytdan boshlab uch kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim. Jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtkazilganlik yigʻimini toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etganidan keyin unga arizasida koʻrsatilgan muddatga yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik yigʻimi bank muassasalari yoki aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi boshqa kredit tashkilotlari orqali toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik yigʻimi stavkasining eng yuqori miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik yigʻimi miqdorlari va uni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bunday qarorni qabul qilgan organ jismoniy shaxsni bu haqda uch kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlarida hisobga turishi shart. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi hisobga qoʻyish uchun asosdir.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining oʻz mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kredit berilayotganda bank muassasalari, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafil boʻlishlari mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash tariqasida oʻz mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek oʻzi olgan kreditni toʻlay olmaslik xavfi sugʻurtasi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisidan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sugʻurta qilish sugʻurta tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday oʻzgartishlar kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi. Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan bogʻliq oʻzgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlariga qatʼiy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi oʻzgarishlar deb hisoblanmaydi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(16-moddaning uchinchi—toʻqqizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs boʻlmish tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarini sanab oʻtish bilan kifoyalanishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning) mulkdoridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) ular tomonidan ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Pul mablagʻlarini tasarruf etish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish borasidagi huquqlarini qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tariqasida qoʻshimcha roʻyxatdan oʻtmagan holda valyuta hisobvaraqlari ochishi va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk mulkdori oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatni qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyishga faqat yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi boʻlinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa yer uchastkasining oʻlchamlari va chegarasi faqat dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining yer uchastkasini olib qoʻyishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa yer uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshootlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga koʻchirilganidan yoxud boshqa bino va inshootlar qurib berilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni oʻz nomidan amalga oshirish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi hamda ularni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida harakat qilayotganligini koʻrsatishi lozim. Bunday eslatmaning boʻlmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari, mulk shakli va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining moddiy-texnika resurslari, urugʻlik materiallar, koʻchatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilgʻi-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral oʻgʻitlar bozorlariga erkin kirishda boshqa xoʻjalik yuritish subyektlari bilan teng huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) fermer va dehqon xoʻjaliklarining urugʻlik materiallarga, koʻchatlarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash yuzasidan sharoit yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suvdan foydalanishni amalga oshirish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suvdan foydalanishni qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilangan har yilgi limitlar asosida boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv isteʼmoli limitlari faqat fermer, dehqon xoʻjaligining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin, suv obyektlarida suvning pasayib ketish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suvdan foydalanish huquqlarini davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq, teng huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari fondlar mablagʻlaridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlashni amalga oshiruvchi tijorat banklariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bu subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika axboroti muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno boʻlib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya toʻgʻrisidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs boʻlmish tadbirkorlik faoliyatining subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega boʻlib, bu nom ustavni tasdiqlash vaqtida belgilab qoʻyiladi hamda davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan firma nomiga juda oʻxshash boʻlib, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan firma nomi roʻyxatga olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyxatga olinganligi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ana shu nom va belgi egasiga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomini, tovar belgisini (xizmat koʻrsatish belgisini) nashr qilganda, omma orasida ijro etganda yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) oʻziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) daxlsizligiga boʻlgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) egasiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) dehqon va fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻzining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda, bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xolisona ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga hamda uning oʻziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazolarga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalari va oʻziga xos vositalardan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini koʻrayotganligi tufayli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan hollarda himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol-mulkka boʻlgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqa maʼlumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqalgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qoʻshib qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qatʼi nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning cheklanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq rejali tartibda, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda toʻlab turadigan, boshqa normalar va qoidalarga rioya etadigan, har yillik tegishli auditorlik xulosalariga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishdan oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilayotgan tekshirishlar tadbirkorlik subyektlari faoliyat olib borishiga toʻsqinlik keltirib chiqarmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi aʼzosi boʻlmish tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish mazkur palata vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻzgʻatilgan jinoiy ishning mavjudligi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tekshirish uchun asos boʻladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining qoʻzgʻatilgan jinoiy ish bilan bogʻliq faoliyatigina qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolat doirasiga kirmaydigan masalalar boʻyicha ularning talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishni oʻtkazish rejasidan koʻchirma, nazorat qiluvchi organning tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi hamda tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning shaxsiy guvohnomalari boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni oʻrganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sugʻurta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarni), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import operatsiyalari, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zooveterinariya xizmati koʻrsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar, yigʻimlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar belgilash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga moʻljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan koʻproq oshib ketmaydigan miqdorda qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan koʻproq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan eʼtiboran ikki yil oʻtgunga qadar tugatilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi koʻpayishi hisobiga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya taʼminoti manbai isteʼmolidagi imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya taʼminoti manbai boʻyicha qishloq xoʻjalik tovari ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirayotgan muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (faoliyatini toʻxtatish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning mol-mulki mulkdorining yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qaroriga muvofiq yoxud sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida boʻshab qolayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti u davlat reyestridan chiqarilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti faoliyatining toʻxtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishlariga koʻra boʻysunuv tartibi asosida yuqori organlar yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 140-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2006-y., 12-13-son, 100-modda; 37-38-son, 371-modda; 41-son, 405-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 52-son, 555-modda; 2010-y., 37-son, 314-modda, 50-son, 469-modda; 2011-y., 16-son, 162-modda, 37-son, 374-modda)