Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA UNING MABLAGʻLARINI JAMGʻARISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan taʼminlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 18-martdagi Farmonining 4-bandini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 3-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Toshkent shahar hokimligi Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatini Toshkent shahri, A.Qodirov koʻchasi, 5a-uyga joylashtirsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
4. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Jamgʻarmani buyurtmanomasiga muvofiq aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-oktabr,
486-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan taʼminlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 18-martdagi 1737-son Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (bundan keyin Jamgʻarma deb ataladi) Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularga moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan.
(I boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz balansiga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob-kitob va boshqa bank schyotlariga, oʻz ramzi tasvirlangan va nomi yozilgan muhrga, shtamplar, blanklar hamda boshqa atributlarga ega boʻladi.
Jamgʻarmani tugatish va qayta tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha aktivlari bilan javob beradi.
Jamgʻarma mablagʻlari ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi.
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Kim oshdi savdosida yer maydonlarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan olinadigan tushumning 5,5 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi summasining 5 foizi va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi summasining 2,5 foizi;
(II boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-sentabrdagi 366-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 17-son, 126-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari;
Jamgʻarmaga bir yoʻla beriladigan 500 mln. soʻm miqdoridagi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi mablagʻlari hisobidan — 200 mln. soʻm, Mehnat vazirligi mablagʻlari hisobidan — 50 mln. soʻm, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan — 250 mln. soʻm miqdoridagi moliyaviy yordam;
Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini bank depozitlari shaklida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tavsiyasi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa shakllarda joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
III. Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Quyidagilar Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
ular tomonidan kreditni toʻlashning zarur garov, sugʻurta va boshqa kafolatlari taʼminlangan holda, shaxsiy dehqon va fermer xoʻjaliklarining egalariga imtiyozli kreditlar berish;
(III boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
mazkur xoʻjaliklarga agrotexnika, transport va zooveterinariya xizmati koʻrsatish boʻyicha Uyushma barpo etadigan infratuzilma obyektlarini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish boʻyicha kichik korxonalarni loyihalash hamda qurish;
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkil qilinadigan kichik korxonalarni, qaytarish asosida, aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash;
(III boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va takomillashtirishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratish;
(III boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishning yangi turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish bilan bogʻliq dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolariga maslahat hamda axborot xizmatlari koʻrsatish;
(III boʻlimning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyatning har xil turlari boʻyicha dehqon va fermer xoʻjaliklari sohasi xodimlarini tayyorlash hamda tayyorlash tizimini yaratish va rivojlantirishda qatnashish;
(III boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon va fermer xoʻjaliklar muammolari boʻyicha konferensiyalar, seminarlar oʻtkazishga doir tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.
(III boʻlimning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy mikrokreditlar olish shart-sharoitlarini taʼminlash uchun ularning garovga qoʻyiladigan mol-mulki yetishmagan taqdirda dehqon va fermer xoʻjaliklari ustav jamgʻarmalarini shakllantirishga ulush qoʻshish.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
yangidan tashkil etilgan dehqon va fermer xoʻjaliklarining dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun ularga 3 yilgacha muddatga kreditlar ajratish.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-sentabrdagi 366-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2001-y., 17-son, 126-modda)
IV. Jamgʻarmaning huquqlari
Jamgʻarma oʻz vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Ushbu Nizomning II qismida belgilangan manbalardan tushadigan mablagʻlarni oʻzining bank schyotlarida jamgʻarish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz mablagʻlaridan dehqon va fermer xoʻjaliklariga agrotexnika, transport va zooveterinariya xizmati koʻrsatish boʻyicha Uyushma barpo etadigan infratuzilma obyektlarini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish boʻyicha kichik korxonalarni loyihalash hamda qurishda foydalanish;
(IV-boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz mablagʻlaridan dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish boʻyicha dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlashda foydalanish;
(IV-boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon va fermer xoʻjaliklari egalariga, ular tomonidan tijorat banklari orqali kreditni toʻlashning zarur kafolatlari taʼminlangan, kreditlarni banklar balansida aks ettirgan holda, imtiyozli kredit berish;
(IV-boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi tarkibiga kiruvchi kichik korxonalarni, qaytarish asosida, aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash;
(IV-boʻlimning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish, qoida buzishlar aniqlangan taqdirda mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish yoki ajratilgan mablagʻlarni qaytarib olish;
mablagʻlarni NIOKR, konferensiyalar, seminarlar, Uyushma aʼzolarining reklama-noshirlik faoliyatiga sarflash;
Jamgʻarma Kengashi bilan kelishgan holda:
Uyushma aʼzolari foydasiga Jamgʻarma tomonidan berilgan kafolatlar va kafilliklarni taʼminlash sifatida mablagʻlarni tijorat banklari schyotlariga deponentga qoʻyish;
vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarni qisqa muddatli likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish (depozitlar, qarz qimmatli qogʻozlar va shu kabilar).
Jamgʻarma faqat Uyushmaga hamda uning aʼzolariga va faqat banklar balansida aks ettirgan holda, toʻlov muddatini kechiktirish huquqsiz, faqat xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali va koʻpi bilan 3 yil muddatga kreditlar berishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma savdo-vositachilik, lizing, trast, ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, qarz mablagʻlarni jalb etish, shuʼba korxonalarga ega boʻlish yoki ularni tashkil etish, shuningdek boshqacha tarzda oʻzga yuridik shaxslar sarmoyasida qatnashish huquqiga ega emas, mazkur Nizomning III boʻlimida nazarda tutilgan hollarda dehqon va fermer xoʻjaliklarining ustav fondlarini shakllantirishda ulushli qatnashish bundan mustasno.
(IV-boʻlimning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-sentabrdagi 366-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 17-son, 126-modda)
Jamgʻarma mablagʻlarini joylashtirish va sarflash boʻyicha barcha operatsiyalar Jamgʻarma Kengashi bilan kelishilgan holda, Kengash tasdiqlagan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasi (budjeti) doirasida amalga oshiriladi.
V. Jamgʻarmaning majburiyatlari
Jamgʻarma quyidagilarga majburdir:
resurslardan samarali foydalanishni taʼminlash;
Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon va fermer xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
(V-boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
har yili 1-dekabrdan kechiktirmay, uni yil chorakli, shuningdek daromadlar va xarajatlar moddalari boʻyicha taqsimlagan holda navbatdagi yilga oʻz budjetini tuzish va uni tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kengashiga kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
har kalendar chorak tugagandan soʻng 10 kun davomida Moliya vazirligiga, Davlat mulki qoʻmitasiga va Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga oʻtgan chorak uchun moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etish;
(V-boʻlimning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
har yili 1-fevraldan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtgan davr uchun Jamgʻarma faoliyati toʻgʻrisida batafsil hisobot taqdim etish.
VI. Jamgʻarmani boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank va Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi rahbarlari oʻrinbosarlaridan tashkil topgan va Jamgʻarma Kengashi Raisi boshchilik qiladigan Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
(VI-boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasining raisi Jamgʻarma Kengashining raisi hisoblanadi.
(VI-boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Jamgʻarma Kengashining raisi va uning aʼzolari oʻz majburiyatlarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
Jamgʻarma Kengashi:
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilaydi;
har yili 25-dekabrgacha Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasi (budjet) ni tasdiqlaydi. Jamgʻarma budjeti Moliya vazirligining Jamgʻarma Kengashidagi vakili bilan kelishilgan holdagina tasdiqlanadi;
Jamgʻarma auditorini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlarining belgilangan maqsadlar uchun foydalanilishi ustidan nazoratni Jamgʻarma Kengashi hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi amalga oshiradi.
(VI-boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Jamgʻarma faoliyatiga joriy rahbarlikni va jamgʻarma Kengashi qarorlarining bajarilishini Jamgʻarma Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan boʻshatiladigan direktor amalga oshiradi.
Jamgʻarma direktori:
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, muassasalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Jamgʻarma nomidan vakillik qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamgʻarma faoliyatiga tegishli shartnomalar tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonch qogʻozisiz harakat qiladi;
Jamgʻarmaning shtatlar jadvalini, daromadlar hamda xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kengashiga taqdim etadi;
Jamgʻarmaning lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma nomidan daʼvolar bildiradi;
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qiladi hamda ularni boʻshatadi;
Jamgʻarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
mazkur Nizomga va amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan taʼminlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 18-martdagi 1737-son Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini jamgʻarish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
2. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobiga tashkil topadi:
Kimoshdi savdosida yer maydonlarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan olinadigan tushumning 5,5 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi summasining 5 foizi va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi summasining 2,5 foizi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-sentabrdagi 366-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 17-son, 126-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari;
Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 200 mln. soʻm, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 50 mln. soʻm, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 250 mln. soʻm miqdorida tekin va bir yoʻla beriladigan moliyaviy yordam;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarga taqsimlanadi va foydalaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
4. Jamgʻarma ixtiyoriga tushuvchi barcha mablagʻlar Jamgʻarmaning maxsus schyotida jamlanadi.
5. Jamgʻarmaga moʻljallangan kimoshdi savdosida yer uchastkalarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan olinadigan tushumning 5,5 foizi, dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi summasi mablagʻlarining 5 foizi va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻining 2,5 foizi miqdoridagi mablagʻlar oʻtkazilishi, ular ustidan nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi kimoshdi savdosida yer uchastkalarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan tushadigan mablagʻlarning 5,5 foizi miqdoridagi mablagʻlarini oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisida Jamgʻarma bilan shartnoma tuzadi. Koʻrsatib oʻtilgan shartnoma asosida Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari har oyda hisobot oyi tamom boʻlgandan keyingi oyning 10-kunigacha 5,5 foiz miqdoridagi mablagʻlarni Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar. Davlat mulki qoʻmitasi va Jamgʻarma oʻzaro hisob-kitoblar ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida har oyda Jamgʻarmaga oʻtkazilishi kerak boʻlgan va amalda oʻtkazilgan mablagʻlarni solishtiradi.
Dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi va fermer xoʻjaliklaridan undiriladigan yagona yer soligʻi miqdorini hisoblab chiqish va hisob-kitob qilish tartibi soliqlar toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchi fermer xoʻjaliklari Jamgʻarmaga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻlarni yagona yer soligʻi toʻlash uchun belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlaydilar. Ular davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadigan yagona yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarda Jamgʻarmaga badal sifatida toʻlanishi kerak boʻlgan 2,5 foiz miqdoridagi mablagʻlar alohida satrda aks ettiriladi. Fermer xoʻjaliklari yagona yer soligʻi jami summasini bitta toʻlov topshiriqnomasi bilan maxsus tranzit hisob raqamiga oʻtkazadilar.
(5-bandning toʻrtinchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2003-y., 3-son, 28-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs hisoblanadigan soliq toʻlovchi dehqon xoʻjaliklari yer soligʻini fermer xoʻjaliklari kabi, mablagʻlarni bitta toʻlov topshiriqnomasi bilan maxsus tranzit hisob raqamiga oʻtkazgan holda toʻlaydilar.
(5-bandning beshinchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 3-son, 28-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs hisoblanmaydigan soliq toʻlovchi dehqon xoʻjaliklari oʻzlari egallab turgan yer uchastkalari uchun yer soligʻini va Jamgʻarmaga ajratmalarni davlat soliq xizmati organlari tomonidan, maxsus tranzit hisob raqami koʻrsatilgan holda yoziladigan toʻlov bildirishnomalari asosida toʻlaydilar.
(5-bandning oltinchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2003-y., 3-son, 28-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushgan yer soligʻi va yagona yer soligʻi summasining bir qismi (yer soligʻining 5 foizi va yagona yer soligʻining 2,5 foizi) belgilangan normalarga muvofiq Jamgʻarmaning tegishli hisob raqamlariga oʻtkaziladi
(5-bandning oltinchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2003-y., 3-son, 28-modda)
Mablagʻlar toʻgʻri tushishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi va Jamgʻarma bir yilda ikki marta 1-yanvardagi holatiga va 1-iyuldagi holatiga koʻra Jamgʻarmaga oʻtkazilishi kerak boʻlgan va amalda oʻtkazilgan mablagʻlarni solishtiradi”.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-sentabrdagi 366-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 17-son, 126-modda)
6. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlari bank depozitlari shaklida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda joylashtirilishi mumkin.
7. Mablagʻlarni tijorat banklarida depozitga joylashtirish shartnomalar asosida 9 oygacha boʻlgan muddatga amalga oshiriladi. Shartnoma Jamgʻarma nomidan Jamgʻarma direktori tomonidan imzolanadi. Shartnomada majburiy tartibda quyidagi shartlar qayd etiladi:
shartnoma boʻyicha joylashtiriladigan mablagʻlar miqdori;
mablagʻlarni joylashtirish davri;
asosiy qarz va foizlarni hisoblash tartibi;
bank tomonidan depozitni qaytarish jadvali;
foiz toʻlovlari jadvali, foiz stavkasi va uni qayta koʻrib chiqish tartibi;
toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni va jarima foizlarini hisoblash tartibi;
tomonlarning bank rekvizitlari.
Depozit shartnoma shartlariga har bir oʻzgartirish faqat tomonlarning yozma roziligiga koʻra kiritiladi.
Jamgʻarma schyotiga mablagʻlarning har bir oʻtkazilishi mablagʻlar bank tomonidan oʻtkazilgandan keyingi ish kunida bajarilganligi toʻgʻrisida bank belgisi qoʻyilgan toʻlov topshirigʻi nusxasini taqdim etish yoʻli bilan tasdiqlanishi kerak.
Agar bank tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni belgilangan muddatda oʻtkazmasa, toʻlanmagan summa oʻsha kunning oʻzida toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar jumlasiga kiritiladi.
8. Navbatdagi chorak davomida Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlari joylashtirilishi mumkin boʻlgan tijorat banklari roʻyxati, shuningdek depozitlar boʻyicha foiz stavkalari diapazonlari Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va kelishiladi.
9. Jamgʻarma Kengashi bilan kelishgan holda Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlari 6 oygacha boʻlgan muddatga boshqa shakllarda ham qoʻyilishi mumkin.
10. Jamgʻarma faoliyatidan olingan daromadlar va tushumlar uning ixtiyorida qoladi hamda Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi (budjet) ga muvofiq Jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
11. Jamgʻarma kreditlarni faqat Uyushmagan va uning aʼzolariga muddatlik, qaytarish va haq toʻlash prinsiplarida hamda banklar balansida aks ettirilgan holda, toʻlov muddatini kechiktirish huquqsiz, faqat xizmat koʻrsatuvchi banklar orqali uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga berishga haqlidir. Bunda Jamgʻarma mablagʻlari Ushbu banklarda kredit resurslari sifatida yoki bir qarzdor yoki qarzdorlar guruhning majburiyatlari boʻyicha taʼminlangan holda joylashtiriladi.
12. Jamgʻarma mablagʻlarini joylashtirish va taqsimlashga doir barcha operatsiyalar Jamgʻarma Kengashi bilan kelishgan holda Kengash tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasi (budjet) doirasida amalga oshiriladi.
13. Jamgʻarma har bir kalendar chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kun ichida Moliya vazirligiga va Davlat mulki qoʻmitasiga, shuningdek Jamgʻarma Kengashining barcha aʼzolariga oʻtgan chorak uchun moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. Koʻrsatib oʻtilgan hisobotga majburiy tartibda quyidagilar kiritiladi:
Jamgʻarma balansi;
har bir schyot boʻyicha mablagʻlar xarajati yoyib koʻrsatilgan holda tushumlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (bunda Jamgʻarmaning oʻz ehtiyojlariga xarajatlar alohida koʻrsatiladi);
depozitlar boʻyicha operatsiyalar va vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish boʻyicha boshqa operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mintaqalar boʻyicha berilgan barcha kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Bunda barcha depozitlar, berilgan kreditlar va boshqa qoʻyilmalar boʻyicha quyidagilar alohida koʻrsatiladi:
asosiy summa;
hisoblab qoʻshilgan foizlar;
qarzdorlarning asosiy qarzni va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻlashi hisobiga toʻlovlar, shuningdek foiz toʻlovlari;
muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarning (agar boʻlsa) oʻzgarishi;
qarzdorlikni qayta tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi apparatining
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-sonli qarori tahririda)
tashkiliy tuzilmasi