Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 05.02.2004 yildagi 57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni sotishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, markazlashtirilgan taqsimlash tizimini tugatish, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnika resurslari olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish, bozor narxlari shakllantirilishi mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iste’molchilari o‘rtasida limitlarni taqsimlash tugatiladigan mahsulotlar turlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus belgilanadigan tartib bo‘yicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini bozor talablaridan kelib chiqib sotish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarori bilan belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2-ilovalarga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tegishli moddiy balanslarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan, belgilangan muddatlarda, moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlarini bajarishning choraklar va oylar bo‘yicha jadvallari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalarga, mahsulotlar, xomashyo va materiallarning birja orqali qismi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yetkaziladi. Ko‘rsatib o‘tilgan jadvallar asosida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar belgilangan tartibga muvofiq muddatlar bo‘yicha mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallarini ishlab chiqadilar va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ularni birjaga yetkazadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar 1 va 2-ilovalarga muvofiq sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha birja narxi kotirovkalarini, kimoshdi savdolarida shakllangan narxlarni esa — savdo yakunlariga ko‘ra har haftada ochiq matbuotda va Internet tarmoqlaridagi o‘z sahifalarida e’lon qilishlari shart;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalarning 1 va 2-ilovaga kiritilgan mahsulotlari ichki bozorda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotilishi mumkin. Bunda mahsulotlar (davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxiralarini to‘ldirish va yangilash, davlat buyurtmasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning ichki tarmoq ehtiyojlari uchun, limitlar bo‘yicha iste’molchilarning alohida toifalariga sotiladigan mahsulotlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin bundan mustasno) to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha oxirgi sanada e’lon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qo‘yilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotilishi mumkin;
(2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48-50-son, 481-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalar tomonidan monopol mahsulotlar birja savdolari va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilgan taqdirda e’lon qilingan cheklangan narxni oshirib yuborganliklari uchun ularga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jazolar qo‘llanilmaydi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-maydagi 152-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 302-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish muddatlari va hajmlari bo‘yicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qo‘yilmagan hajmini sotishda boshlang‘ich narxdan ortiqcha olingan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni olib qo‘yish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qo‘llashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq yettinchi — o‘ninchi xatboshilar qo‘shilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida (kimoshdi savdolarida) va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotib olingan 1 va 2-ilovalarga muvofiq mahsulotlarga (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) shartnomalar haqini oldindan to‘liq to‘lash yoki tovarlarning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qo‘yish shartlarida tuziladi. Bunda birja bitishuvlari sotuvchi va xaridor tomonidan tegishli ravishda birja savdosiga qo‘yilgan tovar umumiy qiymatining va mo‘ljallanayotgan bitishuv hajmining10 foizigacha miqdorda garov ta’minoti to‘langan holda, hisob-kitoblarni hisob-kitob-kliring palatasi orqali o‘tkazib amalga oshiriladi.
(2-bandining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-oktabrdagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 43-son, 429-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, 5-ilovaga muvofiq korxonalarga haqi to‘lanmaganligi uchun tabiiy gaz berishni qisqartirish belgilangan tartibda energiya bilan ta’minlashning texnologik va avariya broni darajasigacha, tabiiy gaz berishni to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, iste’molchilar tomonidan 2-ilovaga kiritilgan, belgilanadigan narxlar bo‘yicha sotib olingan mahsulotdan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va ular qayta sotilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanadigan narxlar bo‘yicha sotib olingan resurslar, shuningdek ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan, birja savdolarida sotib olingan qayta sotilishi taqiqlangan resurslar iste’molchilar tomonidan qayta sotilishi hollari aniqlangan taqdirda qayta sotishdan olingan daromad Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida nazarda tutilgan tartibga muvofiq olib qo‘yiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Resurslarni qayta sotish hollariga yo‘l qo‘ygan korxonalar rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zikkilamchiranglimetall” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zeltexsanoat” va “O‘zpaxtasanoat” uyushmalari, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda bir oy muddatda 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning har qaysi turi bo‘yicha mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yish va sotishning puxtalashtirilgan tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Bunda tartibda shartnoma majburiyatlari bajarilishi, o‘z vaqtida haq to‘lanishi va shartnoma intizomini buzganlik uchun jarima belgilanishi ustidan qat’iy nazorat qilish mexanizmi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi litsenziya bitimlariga muvofiq birja kotirovkalari va kimoshdi savdolari narxlari har haftada ommaviy axborot vositalarida o‘z vaqtida e’lon qilinishi va ularning ishonchliligi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iste’molchilari o‘rtasida limitlarni taqsimlash tugatiladigan mahsulotlar turlari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkilamchi alyuminiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tozalangan mis
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Metall rux
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kabel-sim mahsulotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chigit shulxasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shrot (kunjara)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Em bo‘ladigan don
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oqishoq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qand-shakar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Un (2004-yil II yarim yilligidan boshlab)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘simlik moyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus belgilanadigan tartib bo‘yicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektr energiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tabiiy gaz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtomobil benzini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dizel yoqilg‘isi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoqilg‘i mazuti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aviatsiya kerosini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ko‘mir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxta momig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mineral o‘g‘itlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qora metallar prokati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Polietilen
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Suyultirilgan gaz
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-dekabrdagi 971-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shifer.
(11—14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48—50-son, 481-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
3 -ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ro‘yxati qarorga 2-ilovada keltirilgan moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moddiy-texnika resurslarining strategik turlaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan tartibga muvofiq tasdiqlanadigan moddiy balanslarda belgilanadi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun, shu jumladan maxsus iste’molchilarga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat strategik zaxirasini to‘ldirish va yangilash uchun yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun hajmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning alohida toifalariga limitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni birja va kim oshdi savdolarida sotish hajmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha yetkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat ehtiyojlari tarkibida, moddiy-texnika resurslari spetsifikasiga ko‘ra, budjet tashkilotlarining ularga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasidagi ehtiyojlari, belgilangan normativlar va ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida davlat strategik zaxirasini to‘ldirish va yangilash, belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahsulotlar davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxirasi resurslarini to‘ldirish va yangilash, davlat buyurtmasiga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun, iste’molchilarning ayrim toifalariga limitlar bo‘yicha, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin esa — shuningdek iste’molchilar bilan tuziladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan (e’lon qilingan yoki belgilanadigan) narxlar bo‘yicha sotiladi (avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi bundan mustasno).
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi aviakerosinni “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neftni qayta ishlash zavodlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar bo‘yicha sotib oladilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi va uning idoraviy mansub muassasalari davlat strategik zaxirasi resurslarini to‘ldirish va yangilash uchun avtomobil benzini, aviakerosin va dizel yoqilg‘isini “O‘zneftmahsulot” AJning neftni qayta ishlash zavodlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar bo‘yicha sotib oladilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 770-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/770/0023-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Amaldagi qonun hujjatlarida monopol mahsulot sifatida belgilangan mahsulotlarni birja (kimoshdi) savdolariga qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narx darajasidagi boshlang‘ich narx bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar birja va kimoshdi savdolarida talab va taklifning bozor narxlari bo‘yicha sotiladi. Birjalar har haftada ochiq matbuotda va Internet tarmoqlaridagi o‘z sahifalarida sotilgan mahsulotning o‘rtacha birja narxi kotirovkalarini (kimoshdi savdosi narxlarini) e’lon qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolari orqali sotishda boshlang‘ich narxdan ortiqcha olingan pul mablag‘lari ishlab chiqaruvchi korxonalar (sotuvchilar) tasarrufiga o‘tadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Monopolist korxonalarning mahsulotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotiladi. Bunda mahsulotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha oxirgi sanada e’lon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotiladi, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq sotiladigan mahsulotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qo‘yilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48—50-son, 481-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Monopol mahsulotni birja va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotadigan monopolist korxonalarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan e’lon qilingan yoki belgilangan cheklangan narxlarni oshirib yuborganliklari uchun jazolar qo‘llanmaydi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-maydagi 152-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 302-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish muddatlari va hajmlari bo‘yicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qo‘yilmagan hajmini sotishda boshlang‘ich narxdan ortiqcha olingan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni olib qo‘yish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qo‘llashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(7-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi—beshinchi xatboshilar qo‘shilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birja savdolarida (kim oshdi savdolarida) va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotib olingan mahsulotlar (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) yuzasidan shartnomalar haqini oldindan to‘liq to‘lash yoki yetkazib beriladigan tovarlarning har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qo‘yish shartlari bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarorda belgilangan shartlarda haqini to‘lashni yoki akkreditiv qo‘yishni rad etish “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xaridor tomonidan sotuvchi foydasiga to‘lanadigan jarima jazolari qo‘llanishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Elektr energiyasini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Elektr energiyasi (quvvati)ni iste’molchilarga yetkazib berish tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalari asosida, elektr energiyasi uchun tegishli tariflar bo‘yicha, budjetdan moliyalashtiriladigan iste’molchilar uchun esa — ajratilgan budjet mablag‘lariga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektr energiyasini iste’molchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektr energiyasini iste’molchilarning barcha toifalariga (aholidan tashqari) har oyda yetkazib berish ular tomonidan elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq navbatdagi oy uchun nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 100 foizi uchun haq avans tariqasida to‘langandan keyin amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchida elektr energiyasi (quvvat) uchun haq to‘lash bo‘yicha, shuningdek jarima sanksiyalari, reaktiv energiya va quvvatlarni qoplash uchun tariflarga ustamalar, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi va penyalar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda ular tomonidan avans tariqasida to‘langan mablag‘lar qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltiriladi va avans to‘lovi sifatida hisobga olinmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-noyabrdagi 295-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 589-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektr energiyasi uchun to‘lov maishiy iste’molchi tomonidan har oyning 10 sanasigacha, aholidan to‘lovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash qurilmalari mavjud bo‘lgan, hisobga olish hisob-kitob priborlari o‘rnatilgan maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovni oldindan haq to‘lash tartibi bo‘yicha amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan to‘langan haq doirasida amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan hajmdan kam iste’mol qilingan taqdirda avans sifatida to‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Elektr ta’minoti shartnomalarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisob-kitob davrida elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari to‘lash nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar iste’molchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oxirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq to‘langan taqdirda nazarda tutilayotgan o‘zgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech bo‘lmagan muddatda iste’molchining taklifiga ko‘ra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga o‘zgartirishlar, oldindan haq to‘lanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib turish shartlari qonunda belgilanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qo‘yilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uzluksiz texnologik jarayonga ega bo‘lgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq to‘lanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr ta’minotining avariya bronigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tabiiy gazni sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Iste’molchilarning barcha toifalariga tabiiy gaz yetkazib berish gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar bilan tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha iste’mol qilish limitlarini belgilamasdan iste’molchilarning buyurtmanomalari asosida, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan iste’molchilar uchun esa — ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tabiiy gazni iste’molchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan narxlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini o‘z vaqtida to‘laydigan aholiga tabiiy gaz yetkazib berish cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Barcha toifadagi iste’molchilar (aholidan tashqari) hisob-kitob davri boshlangungacha kamida 5 kun oldin tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining 100 foizi miqdorida yetkazib beruvchining hisob raqamiga oldindan to‘lovlarni amalga oshirishi shart.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va qarorga 5-ilovada ko‘rsatilgan korxonalar olingan resurslar haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq to‘liq to‘lagan holda shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar, aholiga sotiladigan gaz hajmidan tashqari, hajmining haqini navbatdagi kalendar oy boshlangungacha 100 foiz to‘laydilar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aholi iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini har oyning 10-sanasiga qadar hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari va belgilangan normativlar bo‘yicha to‘laydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tabiiy gaz iste’molchi aybi bilan shartnomada ko‘rsatilgan miqdordan kam iste’mol qilingan taqdirda avans tariqasida to‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi, ular keyingi iste’mol qilishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Gaz iste’molchilar tomonidan yetkazib beruvchi bilan kelishib olmasdan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olinishi yetkazib beruvchiga ortiqcha olingan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan va shartnomalarda ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda oshirilgan haq to‘lanishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Iste’molchining taklifiga ko‘ra mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishlargacha 10 kundan kech bo‘lmagan muddatda kiritilgan tabiiy gazning navbatdagi oy (chorak) uchun hajmlari o‘zgartirilishi tabiiy gazning ko‘rsatilgan hajmlari bo‘yicha ortiqcha olish deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tabiiy gaz shartnomadagi miqdordan kam berilgan taqdirda iste’molchilar va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalarda “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima jazolari nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Iste’mol qilishning hisoblangan davri boshlangungacha oldindan haq to‘lashni ta’minlamagan yoki yakuniy hisob-kitob qilishni shartnomalarda belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida amalga oshirmagan ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz berish to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy gazni, shu jumladan aholiga berishni to‘xtatish shartlari shartnomalar tuzishda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Neft bazalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun dizel yoqilg‘isi qishloq xo‘jaligi istemolchilariga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narxlar bo‘yicha, yetkazib berilgan resurslar haqi 60 kun mobaynida to‘liq to‘lanishi sharti bilan, 60 foiz haqi oldindan to‘langan holda sotiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 770-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/770/0023-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalari tomonidan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga sotish, ajratilgan limitlarga muvofiq, oldindan haqini 100 foiz to‘lagan holda — transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda chakana narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(311-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda budjet tashkilotlari ajratilgan limitlardan ortiq avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga birja savdolari orqali sotib olishlari mumkin.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-martdagi 69-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 11-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalari hamda “Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi shahar yo‘lovchi tashish korxonalariga (avtobuslarda yo‘lovchi tashish uchun) “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tomonidan sotish haqini 100 foiz oldindan to‘lagan holda yoki chaqirib olinmaydigan akkredetiv ostida buyurtma berilgan ehtiyojga muvofiq neft bazalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-sentabrdagi 773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 09/17/773/0035-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi sotish transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Neft mahsulotlari eksportga, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan balanslarda tasdiqlangan hajmlar doirasida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Keyinchalik aholiga sotish uchun mo‘ljallangan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isining bozor fondini sotish tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari tomonidan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini sotib olish neft bazalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha chegirmalar hisobga olingan chakana narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-martdagi 69-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 11-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini aholiga transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda chakana narxlar bo‘yicha sotadilar.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi, mazkur Nizomning 31 — 34-bandlarida ko‘rsatilgan hajmlardan tashqari, ochiq birja savdolari orqali sotiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 262-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi resurslari tovar-xomashyo birjalarining ochiq birja savdolariga “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari tomonidan ularning o‘zlarining brokerlik o‘rinlari orqali qo‘yiladi. Ochiq birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini xarid qilish respublika iste’molchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isiga boshlang‘ich narx transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narxlar bo‘yicha aniqlanadi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq birja savdolari natijalari bo‘yicha shartnomalar neft bazalari va bevosita iste’molchilar o‘rtasida haqi 100% oldindan to‘lanishi shartlari bilan tuziladi hamda yetkazib berish va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish shartlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq birja savdolarida sotib olingan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yoqilg‘i mazutini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yoqilg‘i mazuti davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, “Issiqlik manbai” mintaqaviy ishlab chiqarish birlashmalariga, “Toshissiqlikmarkaz” birlashmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilgan resurslar uchun 60 kun mobaynida to‘liq haq to‘langan holda 30 foizi oldindan to‘lanadigan belgilanadigan narxlar bo‘yicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Respublika iste’molchilari uchun balansda nazarda tutilgan hajmlarda yoqilg‘i mazuti, mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, iste’molchilarga birja savdolari orqali sotiladi. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari savdolardagi sotuvchilar hisoblanadi. Birja savdolarida yoqiladigan mazut respublika iste’molchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolariga qo‘yiladigan yoqilg‘i mazutining boshlang‘ich narxi e’lon qilinadigan narx darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida sotib olingan yoqilg‘i mazuti qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ko‘mir sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Balansdagi tasdiqlangan hajmlarga muvofiq ko‘mir boshqariladigan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yetkazib berilgan ko‘mir uchun 60 kun mobaynida to‘liq haq to‘langan holda haqi 30% oldindan to‘lanishi sharti bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlariga “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali ajratiladigan budjet mablag‘lariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholiga 100% oldindan haq to‘langan holda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-iyuldagi 177-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 341-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ko‘mir, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, tuzilgan shartnomalarga muvofiq yetkazib berilgan holda haqi 100% oldindan to‘langan holda birja savdolari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida ko‘mir qazib oluvchi korxonalar sotuvchilar, korxonalar va tashkilotlar – xaridorlar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolariga qo‘yishda ko‘mirning boshlang‘ich narxi boshqariladigan narxlar darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida sotib olingan ko‘mir qayta sotilmaydi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-iyuldagi 177-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 341-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Paxta lintini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Paxta linti eksportga “O‘zpaxtaeksport” AJ tomonidan balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda sotiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Paxta linti Ko‘rlar jamiyati korxonalariga, Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga balanslarda nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq, haqi kamida 30% miqdorida oldindan to‘langan va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida to‘liq to‘langan holda preyskurant narxlardan 5% ortiq bo‘lgan narxlar bo‘yicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Paxta linti respublika iste’molchilariga O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali kimoshdi savdolari orqali milliy valyutaga sotiladi. Kimoshdi savdolarida paxta lintining boshlang‘ich narxi preyskurant narxdan past bo‘lmagan darajada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Paxta linti respublika korxonalariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar, ham kimoshdi savdosi natijalari bo‘yicha kamida 30 foizi miqdorida oldindan haqini to‘lash va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida to‘liq haq to‘lash sharti bilan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Mineral o‘g‘itlarni sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mineral o‘g‘itlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarishi uchun — “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali:
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlar yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga — “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali bevosita birja savdolarida birja narxlari bo‘yicha va mineral o‘g‘itlarni birja savdolarida sotib oluvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji korxonalarga haqi 100% oldindan to‘langan holda sotiladi.
(46-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mineral o‘g‘itlarni sotishning mazkur tartibi davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotishga tatbiq etilmaydi.
(46-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-apreldagi 204-son qarori bilan to‘rtinchi xatboshi kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 200-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga mineral o‘g‘itlar sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari o‘zlarining tuman (shahar) filiallari orqali hudud bo‘yicha real talabni o‘rganadilar, buyurtmanomalar to‘playdilar va mineral o‘g‘itlarning aniq turlarini yetkazib berish uchun pirovard iste’molchilar — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzadilar;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida har yili, 1-oktabrdan kechikmay respublika viloyatlari bo‘yicha mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj prognozini tuzadilar va uni mamlakatimizning ishlab chiqaruvchi korxonalarida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha kelgusi yilga dasturni o‘z vaqtida tayyorlash uchun “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga taqdim etadilar;
(47-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqaruvchi korxonalardan mineral o‘g‘itlarni xarid qilish “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan har yili o‘tkaziladigan yarmarka savdolarida ishlab chiqaruvchi korxonalarning e’lon qilingan narxlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
(47-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mineral o‘g‘itlar yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomaga mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda mahsulotning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun oldindan 30% haq to‘lash shartlarida yetkazib berishning oyma-oy jadvali ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mineral o‘g‘itlarni pirovard iste’molchilarga — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berishni shartnomalarning ajralmas qismi hisoblangan yetkazib berishning oylik jadvallari asosida amalga oshiradilar. Etkazib berish mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda yetkazib beriladigan mahsulotning har bir turkumi uchun oldindan 30 foiz haqini to‘lash shartlarida amalga oshiriladi.
(47-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avans to‘lovi va (yoki) yetkazib berilgan mineral o‘g‘itlar uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish kechikishining barcha hollarida mineral o‘g‘itlarni keyingi yetkazib berish qarz to‘liq to‘langungacha to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotish “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan, yarmarka savdolari o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi.
(47-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mineral o‘g‘itlar eksportga, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan balanslardagi hajmlar doirasida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Texnologiya ehtiyojlariga mo‘ljallangan mineral o‘g‘itlar balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, 100% miqdorida oldindan haq to‘langan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar bo‘yicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizomning 47, 48, 49-bandlarida sanab o‘tilganlardan tashqari mineral o‘g‘itlar hajmi birja savdolarida 100% oldindan haq to‘langan holda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar birja savdolarida sotuvchilar sifatida ish ko‘radi. “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari xo‘jaliklarning barcha toifalariga kiruvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun mineral o‘g‘itlar sotuvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji korxonalar birja savdolarida xaridorlar sifatida ish ko‘radi. Mineral o‘g‘itlarni birja savdolariga qo‘yishdagi boshlang‘ich narx belgilangan (e’lon qilinadigan) narx darajasida belgilanadi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Belgilangan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra xarid qilingan mineral o‘g‘itlar resurslari qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida sotib olingan mineral o‘g‘itlar resurslaridan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Qora metallar prokatini sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Balansda ajratilgan limitlar bo‘yicha qora metallar prokatini sotish tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun, shu jumladan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurish uchun saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilarning ushbu toifalariga qora metallar prokati 100% oldindan haq to‘lagan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra xarid qilingan qora metallar prokati qayta sotilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qora metallar prokati respublikaning boshqa iste’molchilariga birja savdolari (kimoshdi savdolari) orqali balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda, shuningdek 100% haqi oldindan to‘langan holda birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari)ning o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra sotiladi. Qora metallar prokatini birja va kimoshdi savdolariga qo‘yishda boshlang‘ich narx belgilangan (e’lon qilingan yoki qayd etilgan) narx darajasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarida sotib olingan qora metallar prokatidan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qora metallar prokati eksportga, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan balanslarda tasdiqlanadigan hajmlarda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘yicha:
1.‎ Navoiy IES
2.‎ Sirdaryo IES
3.‎ Toshkent IES
4.‎ Yangi Angren IES
5.‎ Toshkent IEM
6.‎ Farg‘ona IEM
7.‎ Tolimarjon IES
8.‎ Muborak IEM
9.‎ Taxiatosh IES
II. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘yicha:
1.‎ “Navoiyazot” AJ
2.‎ “Maksam-Chirchiq” AJ
3.‎ “Farg‘onaazot” AJ

‎‎III. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmasiga kiradigan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalari

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 278-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 57-modda, 17-son, 200-modda; 2005-y., 3-4-son, 26-modda, 8-9-son, 69-modda, 21-son, 151-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 46-47-son, 458-modda, 48-50-son, 481-modda; 2007-y., 43-son, 429-modda; 2008-y., 10-11-son, 63-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2010-y., 6-7-son, 53-modda, 14-15-son, 108-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 42-43-son, 364-modda; 2011-y., 25-son, 262-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 11-son, 141-modda, 23-son, 302-modda, 37-son, 485-modda, 45-son, 589-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 41-son, 505-modda; 2015-y., 26-son, 341-modda, 52-son, 647-modda; 2017-y., 1-son, 15-modda, 11-son, 161-modda, 33-son, 863-modda, 33-son, 864-modda; 28.09.2017-y., 09/17/770/0023-son; 30.09.2017-y., 09/17/773/0035-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)