1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKCHILIK TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-sonli Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSJ” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpog‘iston ASSR”, “Qoraqalpog‘iston MSSJ” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo‘lgan mol-mulkni saqlash va ko‘paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Mulkiy huquq
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 165-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solib turiladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Mulkiy huquq obyektlari
(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mulk obyektlaridir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
(3-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 169-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san’at asarlari, axborot, ilmiy g‘oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan belgilab beriladi.
(3-moddaning 2 va 3-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mol-mulkdan xo‘jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Mulkiy huquq subyektlari
(4-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o‘zga birlashmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha bo‘g‘indagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 168-moddasi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Mulk shakllari
(5-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulk;

ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (munitsipal mulkdan) iborat davlat mulki;
(5-modda 1-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aralash mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 167-moddasi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish
(6-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha haq undirib olish mulk huquqi, to‘la xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli bo‘lgan mol-mulkka qaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor o‘zi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxslar o‘z majburiyatlari bo‘yicha mulkiy huquq asosida o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning qarz beruvchilar da’volariga binoan haq undirish tarzida olib qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son “Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BO‘LIM. XUSUSIY MULK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Xususiy mulk
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.01 Fuqarolarning mulkidagi uy-joy fondi (yakka tartibdagi uy-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan va sotib olingan kvartiralar, Uy-joy qurilishi kooperativi va Uy-joy kooperativiga qarashli uylardagi kvartiralar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qo‘llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor o‘z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qo‘ygan mablag‘laridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo‘yicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan o‘zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo‘lishlari hisobiga hosil etiladi va ko‘payib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqaro o‘zining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning a’zosi foydalanish uchun o‘ziga berib qo‘yilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom to‘lagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo‘lga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshuyjoyjamg‘armabank”ning egasi ko‘rsatilgan obligatsiyalariga ega bo‘lgan shaxs imtiyozli kreditni to‘liq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini to‘liq to‘lasa, ana shu kvartiraning huquqini qo‘lga kiritadi;
(7-modda beshinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila a’zolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xususiy mulk o‘z mol-mulkini sarmoya sifatida o‘rtaga qo‘yish, davlat, kooperativ va o‘zga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yo‘l qo‘yiladigan o‘zga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xususiy mulk bo‘lishi mumkin bo‘lmagan obyektlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilab qo‘yiladi.
(7-moddaning 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin.
(7-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi O‘RQ-871-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BO‘LIM. SHIRKAT (JAMOA) MULKI
(III-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kollektiv mulkning hosil bo‘lishi va ko‘payib borishi mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar, boshqa xo‘jalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy ravishda birlashtirish bilan ta’minlanadi.
(8-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 11-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oilaviy mulk
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila a’zolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-ro‘zg‘or va yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, o‘zga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mulk huquqi o‘z subyektlarining har biriga aynan tegishli bo‘lgan xususiy mulkdan iborat bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 225-moddasi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 12-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Mahalla mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarishning boshlang‘ich bo‘g‘inlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yo‘sinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. O‘zi saylab qo‘ygan organlar — mahalla mulkini to‘la xo‘jalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 13-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Kooperativ mulk
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.99.00 Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xo‘jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish uchun a’zolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kooperativ mulk uning a’zolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va ko‘payib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a’zolari o‘rtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonuni.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 10, 14-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Ijaraga olingan korxona mulki
(12-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korxona mablag‘i hisobidan qo‘lga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.05 Prokat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi a’zolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining ijara to‘g‘risidagi qonunchiligi asosida belgilanadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Kollektiv korxonasining mulki
(13-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kollektiv korxonasining mulki ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qo‘lga kiritilgan taqdirda yuzaga keladi.
(13-modda 1-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qo‘shgan hissalar belgilab qo‘yiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos bo‘lgan ijaraga olingan korxona mulkiga qo‘shgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini ko‘paytirishga qo‘shgan ulushlari kiradi.
(13-modda 2-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning mol-mulkni ko‘paytirishga qo‘shgan ulushi miqdori korxona faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xo‘jalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qo‘shilgan hissasining qiymati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) budjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxs hisoblangan xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qo‘shgan hissasi hisobidan, xo‘jalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qo‘lga kiritilgan mol-mulkdan hosil bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qo‘shgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, o‘zga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil bo‘lgan, shuningdek o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo‘lga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiya egalari bo‘lishlari mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuniga asosan 14-moddaning 4-bandi uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 8-may — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
(15 va 16-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Xo‘jalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki
(15-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va hududiy birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir.
(15-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik uyushmasi unga kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xo‘jalik uyushmasining faoliyati to‘xtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korxona va tashkilotlar o‘rtasida kelishuv asosida hamda ularning qo‘shgan hissalarini (ulushlarini) e’tiborga olgan holda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki
(16-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida ko‘zda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va mol-mulk bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag‘lari hisobidan ularning ustavlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalarining pul mablag‘lari a’zo bo‘lish va a’zolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; o‘tkazilgan lotereyalardan tushgan mablag‘lar; ishlab chiqarish-xo‘jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki bo‘la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat uyushmalari o‘z ustavlarida yozib qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunchilikda belgilanadigan tartibda o‘zga davlatlardan keladigan pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin.
(16-modda 1-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy maqsadlarni ko‘zlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar o‘zga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va o‘zga moddiy yordam olishga haqli emaslar.
(16-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan ko‘zda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy tashkilotlar o‘z mablag‘iga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni so‘rab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar.
(17-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 13 va 29-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkiga ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (ma’muriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.
(18-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining, ma’muriy-hududiy tuzilmaning budjet yoki boshqa mablag‘lari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag‘i hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasining mulki yoki ma’muriy-hududiy tuzilmaning mulki bo‘ladi.
(18-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilmalarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Ma’muriy-hududiy tuzilma esa O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
(18-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xo‘jalik faoliyati natijalariga har bir davlatning ma’lum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlararo manfaatlarga daxldor bo‘lgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 20-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Davlat mulkining obyektlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer ( qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
(19-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni irida — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jumhuriyat budjetining mablag‘lari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sug‘urta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy ta’lim tashkilotlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi boshqa mol-mulklari kiradi.
(19-modda 1-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 21-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Davlat mulkining subyekti
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-bobi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 22-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan bo‘lsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq me’yorlari bilan tartibga solib turiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ma’muriy-hududiy tuzilma mulki (munitsipal mulk) obyektlari
(22-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan o‘tkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa ma’muriy-hududiy tuzilma mulkining obyektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli obyektlar munitsipal mulk hisoblanmaydi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
(23-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ma’muriy-hududiy tuzilmaning aholisi munitsipal mulkning subyektidir. Mulkiy huquqni ro‘yobga chiqarishni O‘zbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar.
(23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuniga asosan 24-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 8-may — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuniga asosan 25-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 8-may — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki
(26-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat mulki bo‘lgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qo‘yilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 180-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat budjetida turuvchi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladilar.
(26-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘z egaligidagi pul mablag‘lari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablag‘i yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha tegishli mulkning egasi javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Aralash mulk huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablag‘larini birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek o‘z mablag‘larini birlashtirgan mulkdorlar o‘rtasida daromadlarni qo‘shgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aralash mulkning o‘z mablag‘larini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 23, 28-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining yoki ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk) bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari, davlat ulushlari (aksiyalari) va davlat muassasalari davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartib va shartlar asosida jismoniy hamda nodavlat yuridik shaxslarga to‘liq yoki qisman xususiy mulk qilib realizatsiya qilinishi mumkin, bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno.
(271-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi O‘RQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-son qarori.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BO‘LIM. AJNABIY FUQAROLAR, TASHKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI
(VI-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Chet el fuqarolarining mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o‘tkazilishini kafolatlaydi.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 33-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el yuridik shaxslari O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik faoliyatlarini va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan o‘z mulklariga ega bo‘lishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni ko‘paytirish va boshqa davlatlarga o‘tkazish qonunan ta’minlanadi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, ko‘paytirish va boshqa davlatlarga o‘tkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 35-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BO‘LIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYA QILINISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni ko‘paytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(32-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 32, 36-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi
(33-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.
(33-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkdor o‘z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddada ko‘zda tutilgan huquqlar garchi mulkdor bo‘lmasa ham, mulkdan operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs o‘z egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
(33-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini to‘xtatib qo‘yishga faqat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda mulk huquqi to‘xtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom to‘lanadi.
(34-modda 1-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor norozi bo‘lgan taqdirda nizo sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining to‘xtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq barcha masalalar ham nizoni ko‘rib chiqish jarayonida hal etiladi.
(34-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qo‘yilishiga mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yo‘l qo‘yiladi.
(34-modda 2-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.03.00 Avariyalar va tabiiy ofatlar vaqtida zararlangan shaxslarga imtiyozlar va kompensatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda ro‘y beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan holda mulkdordan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qo‘yilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati to‘lanadi.
(34-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi
(35-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof bo‘lgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning o‘zlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki boshqaruv organi ixtiyoridagi mablag‘ hisobidan to‘la-to‘kis qoplanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari mulkdorga yoxud bevosita boshqarish huquqi bo‘yicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qo‘yishga huquqli emas.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi O‘RQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning o‘z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar bo‘ladilar.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1990-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 31-33-son, 371-modda; 1991-y., 11-son, 273-modda; 1993-y., 5-son, 235-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)