26.06.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3026
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3026]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq 2019-yil 11-yanvar kunidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 15-maydagi 135-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar (bundan buyon matnda maxsus qabulxona deb yuritiladi) hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga ikkala tomonga borib-kelish vaqti (ikki sutkagacha) hisobga olinmagan holda bir sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga maxsus qabulxona hududidan Oʻzbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish vaqti maʼmuriy qamoqni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish xarajatlari maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning mablagʻlari hisobidan yoki boshqa shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonada saqlanayotgan vaqtida yaqin qarindoshining vafoti yoki uning hayotiga tahdid soluvchi ogʻir kasallik, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga yoki uning oilasiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazgan hodisalar sodir etilganligi yuzasidan xabar olganida maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizasi ariza kelib tushgan vaqtdan eʼtiboran keyingi kundan kechiktirmay maxsus qabulxona maʼmuriyati tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shu kunning oʻzida maxsus qabulxona maʼmuriyati tomonidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar organiga arizadagi vajlarning asosliligini tekshirib berish boʻyicha soʻrov xati (faks, elektron pochta va h.k.) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tomonidan maxsus qabulxonaning soʻrov xati kelib tushgandan boshlab zudlik bilan soʻrov xatida koʻrsatilgan vajlarning asosliligini yoki asossizligini tasdiqlovchi (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, tibbiyot birlashmasi, fuqarolik holati dalolatnomasini yozish boʻlimi va boshqa organlardan olingan) maʼlumotlarni ilova qilgan holda javob xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning chetga chiqishi toʻgʻrisidagi qaror uning shaxsi, xulq-atvori hamda arizada mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan vajlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi inobatga olingan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizasi qanoatlantirilgan yoki arizada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda qanoatlantirilishi rad etilganda maxsus qabulxona maʼmuriyati tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror maxsus qabulxona maʼmuriyati tomonidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga tanishtiriladi hamda qarorning asl nusxasi va toʻplangan hujjatlar maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga nisbatan yuritilgan yigʻma jildda jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ruxsat berish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, qaror ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran keyingi kundan kechiktirmay qabul qilinib, darhol maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga tanishtiriladi va unga maxsus qabulxonaga qaytib kelish vaqti, qaytib kelmaslik oqibatlari tushuntirilib, belgilangan manzilga yetib borgach hududiy profilaktika (katta) inspektoriga (bundan buyon matnda profilaktika inspektori deb yuritiladi) xabar berishi lozimligi toʻgʻrisida ogohlantiriladi hamda maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berilgan muddat, ushbu jazoni oʻtash muddatining tugashiga toʻgʻri kelgan taqdirda, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga qaytib kelmasligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan qarorda koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsga maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berilganda undan maxsus qabulxonaga kelib tushganda olib qoʻyilgan hujjatlar, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar, narsalar va boshqa ashyolar tilxat asosida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxona hududidan chetga chiqarilganidan soʻng zudlik bilan maxsus qabulxona maʼmuriyati tomonidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs borishi lozim boʻlgan tuman (shahar) ichki ishlar organiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan xabarnoma kelib tushgan kunning oʻzida tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi, u boʻlmaganda uning oʻrinbosari tomonidan ijro etish uchun profilaktika inspektoriga topshiriladi va ijrosi nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxona hududidan chetga chiqqan vaqtida nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqqan vaqtida belgilangan manzilda boʻlishini nazorat qilish hududiy ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Profilaktika inspektori maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning belgilangan manzilga yetib kelishi, ajratilgan vaqt oraligʻida huquqbuzarliklar sodir etmasligi va maxsus qabulxonaga qaytib ketishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs belgilangan manzilga yetib kelgan vaqtida profilaktika inspektori uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va maxsus qabulxona tomonidan berilgan maʼlumotnomani tekshirib, u bilan 1 soatdan oshmagan vaqt mobaynida profilaktik suhbat oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxonaga belgilangan muddatda qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan holatlarda qaytib kelish muddati maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs turgan joydagi ichki ishlar organi boshligʻining mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga koʻra ikki sutkagacha uzaytirilishi mumkin va bu haqda maxsus qabulxona maʼmuriyati xabardor qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs turgan joydagi ichki ishlar organi boshligʻining qarori bilan uzaytirilgan muddat, ushbu jazoni oʻtash muddatining tugashiga toʻgʻri kelgan taqdirda, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga qaytib joʻnatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxonadan chetga chiqish vaqti tugagandan soʻng, ushbu shaxs ichki ishlar organlari tomonidan maxsus qabulxonaga qaytarib yuboriladi va bu haqda maxsus qabulxona maʼmuriyati xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs belgilangan muddatda maxsus qabulxonaga qaytib kelishdan boʻyin tovlagan taqdirda u ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ushlanadi va maxsus qabulxonaga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs belgilangan manzildan chiqib, maxsus qabulxonaga yetib kelmagan taqdirda maxsus qabulxona maʼmuriyati tomonidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning doimiy yashash, chetga chiqish uchun yuborilgan va yana borishi mumkin boʻlgan boshqa joylardagi ichki ishlar organlariga ushbu shaxsni qidirib topish hamda maxsus qabulxonaga qaytarish choralarini koʻrishlari yuzasidan xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan xabarnomani olgan ichki ishlar organi boshligʻi, u boʻlmaganda uning oʻrinbosari tomonidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsni qidirib topish uchun ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuziladi va xodimlarga aniq vazifalar belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs qidirib topilgandan soʻng ichki ishlar organi tomonidan darhol maxsus qabulxonaga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs belgilangan muddatda maxsus qabulxonaga qaytib kelmagan hollarda maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish vaqti maʼmuriy qamoqni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN” _______________________________ (muassasa nomi) boshligʻi_______________________ (unvoni, F.I.O.)

‎‎Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqishi uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan
‎QAROR

Men _____________________________________________________________________________________________,
mansabdor shaxsning unvoni, F.I.O.
‎maʼmuriy qamoqqa olingan ______________________________________________________________________ ning
‎F.I.O.

‎‎‎‎arizasiga asosan toʻplangan hujjatlar bilan tanishib chiqib,‎

QAROR QILAMAN

_________________________________________________________________________________________________ berilgan arizaning asoslarini tasdiqlovchi dalillar

‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ni inobatga olgan holda maʼmuriy qamoqqa olingan _______________________________________________________ ni‎
F.I.O. ‎
maxsus qabulxona hududidan 20____ yil “____” __________ dan “_____” ____________________________ gacha chetga (manzili aniq koʻrsatiladi) chiqishiga ruxsat berilsin (yoki rad etilsin).

Maʼmuriy qamoqqa olingan __________________________________________ ni ozod qilish muddatiga ________ kun

F.I.O.

‎‎qolganligi sababli, uning maxsus qabulxonaga qaytib kelmasligi inobatga olinsin.

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxs qaror bilan tanishganligi (ruxsat berilgan taqdirda belgilangan manzilga ajratilgan vaqt oraligʻida borib kelishi va maxsus qabulxonaga topshirgan narsalarini qaytarib olganligi) toʻgʻrisidagi tilxati:

‎‎_________________________________________________________________________________________________ (fuqaroning F.I.O., imzosi va sana)

Qaror qilgan xodimning imzosi _______________________________________________________________________

‎‎(unvoni va F.I.O.)

‎‎20___yil “______”____________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisida

‎MAʼLUMOTNOMA

‎‎_________________________Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan‎ maxsus qabulxonada,
‎(ichki ishlar organi nomi)
‎_______________ jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining qaroriga asosan 20__ yil “___” _____________ dan
‎“___” ______________ gacha saqlanishi belgilangan fuqaro ‎ _______________________________________________
‎_______________________________ ga maxsus qabulxona hududidan 20__ yil “___” _______ dan “___” ___________ gacha chetga (manzili aniq koʻrsatiladi) chiqishiga ruxsat berildi.

Maxsus qabulxona
‎boshligʻi ‎


‎________________
‎(imzo va muhr)‎


‎__________________________
‎(F.I.O.)‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 19-maydagi 263-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3026-1, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3026-1/0316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_______________________________ (ichki ishlar organi nomi) boshligʻi_____________________ ga (unvoni, F.I.O.)

XABARNOMA

________________________ Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan ‎maxsus qabulxonada,
‎(ichki ishlar organi nomi)
_____________________ jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining qaroriga asosan saqlanayotgan fuqaro ____________________________________ ga maxsus qabulxona hududidan ____________________________________‎

(ruxsat berish sababi koʻrsatiladi)

‎‎chetga (manzili aniq koʻrsatiladi) chiqishiga ruxsat berilganligi munosabati bilan uning belgilangan manzilga 20__ yil “___” ______________ kuni (aniq vaqti koʻrsatiladi) yetib borishi, 20__ yil “___” ______________ gacha _______________________________ manzilda boʻlishi va maxsus qabulxonaga qaytib kelishini nazoratga olishingiz soʻraladi.

Maxsus qabulxona
‎boshligʻi ‎


‎________________
‎(imzo va muhr)‎


‎__________________________
‎(F.I.O.)‎

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 19-maydagi 263-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3026-1, 31.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3026-1/0316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN” _______________________________ (ichki ishlar organi nomi) boshligʻi_______________________ (unvoni, F.I.O.)

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning maxsus qabulxonaga qaytib borish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida

‎‎QAROR

20 ___yil “___”_________‎________

__________________ tuman (shahar)
‎‎

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(xodimning unvoni, lavozim, F.I.O.)

‎‎maxsus qabulxonadan 20__ yil “___” _______ dan “___” _________ gacha chetga (manzili aniq koʻrsatiladi) chiqishga ruxsat etilgan __________________________________________________________________________________ ga

‎‎(maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning F.I.O.)
‎‎nisbatan toʻplangan hujjatlar va uning oilaviy sharoiti bilan tanishib quyidagilarni

‎‎ANIQLADIM

‎Maʼmuriy qamoqqa olingan _________________________________________________________________________
‎(F.I.O.)
‎ 20__ yil “___” ________________ dan “___” _____________________ gacha belgilangan (manzili aniq koʻrsatiladi) manzilda boʻlib, ___________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
(qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi holatlarda haqida maʼlumot)

‎‎sababli, uning maxsus qabulxonaga qaytib borish muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq ekanligi maʼlum boʻldi.
‎Yuqoridagilarni inobatga olgan holda

QAROR QILDIM‎

‎‎1. Maʼmuriy qamoqqa olingan ___________________________________________________________________ ning
(F.I.O.)‎

‎‎maxsus qabulxonaga qaytib borish muddati uzaytirilsin
‎‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎ (uzaytirilgan muddat maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsni jazoni oʻtash muddatining tugashiga toʻgʻri kelgan taqdirda uning maxsus qabulxonaga qaytib joʻnatilmasligi koʻrsatiladi).
‎2. Qaror nusxasi maʼlumot uchun maxsus qabulxonaga yuborilsin. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning qaror bilan tanishganligi toʻgʻrisida tilxati ______________________________________________________________________

‎‎(fuqaroning F.I.O., imzosi va sana)


‎‎‎Qaror tuzgan xodimning imzosi ______________________________________________________________________
‎(unvoni va F.I.O.)

20___yil “___”___________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 10/18/3026/1408-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.06.2023-y., 10/23/3026-1/0316-son)