18.09.2017 yildagi 734-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarning huquqiy maqomini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
734-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 18-sentabrdagi 734-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar (keyingi oʻrinlarda maxsus qabulxona deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus qabulxona ichki ishlar organlari tizimiga kiruvchi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tergov sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarori asosida maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus muassasa hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus qabulxona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus qabulxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzurida tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus qabulxonalarning shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus qabulxona oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus qabulxona davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus qabulxonaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar maxsus qabulxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan saqlash xarajatlarini undirish va ularni mehnatga jalb etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda maxsus qabulxona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashni tashkil etish boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tergov sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarori asosida maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni kechayu kunduz qabul qilish;
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilishi, barmoq izlarining roʻyxatga olinishi, ushbu shaxsning fotosuratga olinishi, undagi mavjud ashyolarning koʻzdan kechirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsni qabul qilish paytidan boshlab unga telefon orqali advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga qoʻngʻiroq qilish yoki xabar qilish huquqini berish, shuningdek qabul qilinayotgan chet el fuqarosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsi va psixologik jihatdan mosligi hisobga olingan holda saqlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxona hududiga shaxslarning kirish-chiqish rejimiga rioya etilishi, shuningdek maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalariga amal qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini tashkil etish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash, ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdidlarning oldini olish hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning advokati, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuv huquqi amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning ogʻzaki yoki yozma shaklda bergan arizalari, takliflari va shikoyatlari boʻyicha tegishli choralar koʻrilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan pochta joʻnatmalarini va yoʻqlovlarni olish hamda joʻnatishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish huquqidan foydalanishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shuningdek oʻz hayoti va sogʻligʻiga yoxud boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishlarining oldini olish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan moddiy-maishiy sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni belgilangan normalar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish vaqtida ularning orasida bemorlar va tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida birlamchi tibbiy koʻrikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish hamda tibbiy davolanishga muhtoj boʻlgan shaxslarni sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda oʻrnatilgan tartibda tibbiy muassasalarga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish va ularni mehnatga jalb etish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklari bilan hamkorlikda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni foydali ijtimoiy mehnatga jalb etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga jalb qilingan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning haq olishlari va mehnatining muhofaza qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga jalb etilgan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning doimiy nazoratda boʻlishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus qabulxonaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus qabulxona oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxonada jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishining, ichki tartib qoidalari buzilishining oldini olish hamda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning xulq-atvori toʻgʻrisida zarur axborot olish uchun nazorat va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalari va boshqa texnik vositalarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish va foydalanish taqiqlangan hujjatlarni, pul mablagʻlarini, qimmatbaho buyumlarni, narsalarni hamda boshqa ashyolarni olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalariga rioya etayotgan va mehnatga vijdonan munosabatda boʻlayotgan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish (tashakkur eʼlon qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha telefon orqali limitlangan bir martalik qoʻshimcha soʻzlashuv huquqini berish, har kungi sayr vaqtini uch soatgacha uzaytirish) hamda Qonun talablari va ichki tartib qoidalarining buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo (ogohlantirish, telefon orqali navbatdagi soʻzlashuv huquqidan mahrum qilish, haq toʻlanmaydigan jismoniy ishlarga navbatdan tashqari jalb etish) choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning yozma roziligi bilan ularni haq toʻlanadigan mehnatga, shuningdek maxsus qabulxona xonalarida sanitariya-gigiyena, maishiy sharoitlarni yaxshilash, ichki ishlar organi yoki maxsus qabulxona hududini obodonlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan haq toʻlanmaydigan jismoniy ishlarga jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxonada jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek, jinoyatlarga tayyorgarlik koʻrishga va ularni sodir etishga daxldor boʻlgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus qabulxona qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus qabulxona quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorning ijro etilishini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxona ish faoliyati haqida zarur maʼlumotlarni tayyorlash va bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga taqdim etish.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus qabulxona qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus qabulxona oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus qabulxona faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus qabulxonaga rahbarlikni bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan boshliq amalga oshiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus qabulxona boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxona vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va maxsus qabulxonaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxona faoliyatida qonuniylikni taʼminlash choralarini koʻradi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va intizomi, xizmat faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxonaning kun tartibini tasdiqlaydi va xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni ragʻbatlantirish, shuningdek intizomiy jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisida buyruqlar chiqaradi va ularga eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qabulxonaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va koʻrsatmalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus qabulxonalar faoliyati ustidan nazorat bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus qabulxonalarda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1043-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)