30.11.2018 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelayotgan masalalar hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi normalariga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoyat ishlari boʻyicha sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) taalluqli boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar roʻyxati MJtK 245-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 245-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga asosan, jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga quyidagi ishlar ham taalluqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etganda, har qanday maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarga nisbatan MJtK Maxsus qismi moddasining sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq ravishda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar mansabdor shaxslari va (yoki) ularning xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq ravishda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi, bundan MJtK 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 601, 65, 68, 681, 99 (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida) va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nechta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi, agar ulardan loaqal bittasi jinoyat ishlari boʻyicha sudga taalluqli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun moddasi sanksiyasida jazo sifatida maxsus huquqdan mahrum etish, ashyolarni musodara qilish yoki haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish jazosi nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya MJtK 303-moddasiga muvofiq quyidagi masalalarni hal etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mazkur ishni koʻrib chiqish sudning vakolatiga kirish-kirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va boshqa materiallar toʻgʻri tuzilgan-tuzilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslar uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ish boʻyicha qoʻshimcha materiallarni talab qilish zaruriyati mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari hamda advokatning ish boʻyicha iltimosnomalari mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya ishni toʻgʻri hal etilishi uchun zarur boʻlgan boshqa masalalarni ham hal etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash chogʻida quyidagilar aniqlansa, sudya maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs)ga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish sudga taalluqli boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan organ (mansabdor shaxs) MJtK 281, 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qaytarish haqidagi ajrimda qonunning qanday talablari buzilganligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qaytarish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) keltirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 283-moddasi (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydigan hollar) 5 — 7-bandlarida, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori, mazkur qonun talablariga koʻra taqdim etilgan ariza (shikoyat)lar sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish sifatida mazmunan koʻrib tamomlanishi, ushbu talablarga muvofiq boʻlmagan ariza (shikoyat)lar esa mazkur Plenum qarori 4-bandi talabi asosida ajrim chiqarish orqali qaytarilishi lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, MJtK va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan ayrim shaxslarni javobgarlikka tortishda alohida tartib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, harbiy xizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar maʼmuriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar boʻladilar (MJtK 16-moddasi 1-qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizom ustavlari yoki intizom toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladilar (MJtK 16-moddasi 2-qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklari uchun javobgarlik masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisi”da Nizom 54-bandining 2-xatboshisi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi olinmasdan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas (“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun 64-moddasining, 5-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar yuqoridagi shaxslarga nisbatan, shuningdek shu kabi alohida tartib belgilangan boshqa shaxslarga nisbatan kelib tushgan ariza (shikoyat)larni ham mazmunan koʻrmasdan ajrim chiqarish orqali qaytarishlari lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda koʻrib chiqiladi. Shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 304-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar transport vositalari roʻyxatga olingan joyda, MJtK 187-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar esa, shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. Biroq alohida toifadagi ishlarni koʻrib chiqish uchun qonunda qisqartirilgan muddatlar nazarda tutilgan “(MJtK 305-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 3134-moddasining birinchi qismi).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarga tushuntirilsinki, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qaror mazmuni, shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar MJtK 281, 282-moddalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qarorni, agar bayonnoma yoki qaror vakolati boʻlmagan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan yoki chiqarilgan, shuningdek, agar unda quyidagilar koʻrsatilmagan boʻlsa, uni tuzgan organ yoki mansabdor shaxsga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnoma tuzilgan vaqt va joy, uni tuzgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, mansabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joy hamda uning mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs ilgari maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchilar va guvohlarning familiyasi, yashash manzili (agarda ular boʻlsa), huquqbuzarning tushuntirishlari, ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi qarorni, quyidagi hollarda ham qaytaradi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishtirilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgarlikka tortilayotgan shaxsga bayonnoma yoki qaror nusxasi topshirilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgarlikka tortilayotgan shaxsga MJtK 294-moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga sarflangan muddat MJtK 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning oʻtishini toʻxtatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning MJtK 294-moddasida nazarda tutilgan huquqlarini taʼminlash choralarini koʻrishi shart. Jumladan, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, oʻz iltimosini bayon etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatning yuridik yordamidan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqishda qatnashishga, oʻz ona tilida soʻzlashga yoki tarjimon xizmatidan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ustidan shikoyat berishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs oʻzining aybsizligini isbotlashga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs huquqlarining buzilishi maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tushuntirilsinki, qonunga koʻra (MJtK 13-moddasi) maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi” nizomda koʻrsatilgan choralar qoʻllaniladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan maʼmuriy huquqbuzarga nisbatan materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga yuborish masalasini hal etishda shuni nazarda tutish lozimki, ichki ishlar organi xodimining yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarligi haqidagi ishlar ushbu komissiyaga berilishi mumkin emas (MJtK 14-moddasining ikkinchi qismi).
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi har bir ishni koʻrib chiqishda sud quyidagilarni aniqlashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik sodir etishda ushbu shaxsning aybdor-aybdor emasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga koʻra shaxs mazkur huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar bor-yoʻqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni toʻgʻri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, dalillarga, shu jumladan, ishda qatnashuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan foto, audio va video yozuvlarga, shuningdek, internet tarmogʻidan olingan maʼlumotlarga baho berish uchun tegishli mutaxassis jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar dalillarga baho berishda MJtK 276, 277-moddalari talablariga rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda ishni toʻgʻri hal etishda ahamiyatga molik boʻlgan, MJtK 307-moddasida nazarda tutilgan barcha holatlarni aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzarlik fakti haqidagi va uni sodir etishda shaxsning aybdorligi masalasini aniqlashda, sud nafaqat taqdim etilgan materiallarni tekshirishi, balki, zarurat boʻlganda, qoʻshimcha dalillarni talab qilishi, xususan, huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan mansabdor shaxsni, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishi, ekspertiza tayinlashi va boshqa harakatlarni amalga oshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Sudlar tomonidan MJtKning 411-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, quyidagi holatlarga eʼtiborlarini qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning harakatlarini MJtKning 411-moddasi (shahvoniy shilqimlik) yoki 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan haqoratomuz shilqimlik belgisi bilan kvalifikatsiya qilishda shaxsning ushbu harakatni sodir qilishdan koʻzlagan maqsadini aniqlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan shaxsning harakati shahvoniy shilqimlik qilishdan iborat boʻlib, shaxsning xohishiga qarshi ravishda unga nisbatan shahvoniy tusdagi har qanday murojaat (masalan ogʻzaki yoki yozma murojaat, internet orqali elektron xat-xabarlar, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga qaratilgan shahvoniy tusdagi xabarlar yuborish va h.k.) va (yoki) jismoniy harakat qilish. Bunga misol sifatida shahvoniy imo-ishoralar, yaʼni jinsiy aloqaga ishora qilib chaqirish, qaddi-qomatni shahvoniy tusda tavsiflash, xohishiga zid ravishda uni quchoqlash, oʻpish, teginish, silash, boshqa jismoniy kontakt turlari va hokazo harakatlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahvoniy shilqimlik notanish insonga qaratilishi bilan bir qatorda tanish boʻlgan, odatda esa bir ish joyida ishlaydigan hamkasbga yoki rahbar tomonidan bevosita uning funksional tobeligida boʻlgan xodimga nisbatan sodir etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqoratomuz shilqimlik deganda shaxsning maqsadi fuqarolarga haqoratomuz tegajogʻlik qilishdan iborat boʻlib, boshqa shaxsning obroʻ-eʼtibori, izzat-shaʼnini haqoratlash, kamsitish hamda ularning tinchligini buzishga qaratilib, bunga, fuqaroni inson qadr-qimmatini haqoratlovchi suhbatga zoʻrlab tortish, shilqimlik bilan uning qoʻlini siltash yoki kuch bilan qoʻlidan ushlash, bosh kiyimini yulqib olish, sigaret tutunini uning yuziga puflash va hokazo harakatlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan shahvoniy shilqimlik koʻrinishidagi uyatsiz-buzuq harakatlar JK 129-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishni obyektiv va xolisona hal etish maqsadida u maʼmuriy huquqbuzarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokida koʻrib chiqilishi lozim. Ish mazkur shaxsning ishtirokisiz faqat u sud majlisi joyi va vaqti haqida oʻz vaqtida xabar qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan, va undan ishni koʻrib chiqishni kechiktirish toʻgʻrisida iltimos tushmagan yoki u tomonidan ishni uning ishtirokisiz koʻrishga rozilik berilgan hollarda koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sodir etilgan huquqbuzarlik uchun MJtK muayyan moddasi sanksiyasida maʼmuriy qamoqqa olish, ashyolarni musodara qilish yoki haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish choralarini qoʻllash nazarda tutilgan boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtiroki majburiydir (MJtK 294-moddasining uchinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun maxsus bilimlarga zarurat tugʻilgan hollarda sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha tegishli ekspertiza tayinlash yoki ishda ishtirok etish uchun mutaxassisni jalb qilish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza tayinlash yoki ishda ishtirok etish uchun mutaxassisni jalb qilish haqidagi ajrimda ekspertiza tayinlash yoki mutaxassisni jalb etish asoslari, ekspertiza oʻtkaziladigan yoki mutaxassis taklif qilinayotgan muassasaning nomi, ekspert yoki mutaxassis oldiga qoʻyilgan savollar hamda uning ixtiyoriga taqdim etilayotgan materiallar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ekspertiza va tadqiqot ekspert va mutaxassis tomonidan bevosita maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud majlisida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlarga tushuntirilsinki, MJtK 17-1-moddasiga asosan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasi egasi (mulkdori), basharti u yuridik shaxsga tegishli boʻlsa — ushbu transport vositasini foydalanishiga masʼul shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni koʻrib chiqishda qoidabuzarlik qayd etilgan paytda transport vositasini uning egasi (mulkdori) emas, balki boshqa shaxs boshqarganligi yoki mazkur transport vositasi uning egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, bunday hollarda transport vositasi egasi (mulkdori) MJtK 271-moddasining 1-bandiga asosan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday hollarda, zarur hujjatlar tegishli shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun yoʻl harakati xavfsizligi organlariga yuborilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari deganda, maxsus texnika vositalar, shu jumladan foto va video yozuv funksiyasiga ega, avtomatik rejimda ishlaydigan va yoʻl harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimining tarkibiy qismi hisoblanadigan foto radarlar tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib ketayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqidagi qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga yoʻl qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatilishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ish boʻyicha MJtK 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, sud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 271-moddasining 11-bandiga asosan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarlik oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan yoki yetkazilgan moddiy zarar oʻrnini qoplagan hollarda, ish yuritish tugatilishi lozim, fuqarolar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlarga tushuntirilsinki, huquqbuzarlik kam ahamiyatliligi sababli shaxsning maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinishi (MJtK 21-moddasi) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritishni istisno etuvchi holat hisoblanmaydi. Sud bunday qarorga faqat ish mazmunan koʻrib chiqilgandan va shaxs huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgandan soʻng kelishi mumkin.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtKda kam ahamiyatli huquqbuzarlik tushunchasi ochib berilmaganligi tufayli, sodir etilgan huquqbuzarlikni bunday deb topish masalasi sud tomonidan ishning muayyan holatlari, huquqbuzarlikning xususiyati, shu jumladan, MJtK bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jiddiy tarzda buzilgan-buzilmaganligidan, aybdorning shaxsi, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy yoki qoplangan maʼnaviy zarar miqdoridan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar MJtK bilan qoʻriqlanadigan jamoat munosabatlarini jiddiy buzishini inobatga olib, bunday huquqbuzarliklar hech bir holda ham kam ahamiyatli deb topilishi mumkin emas. Bunday huquqbuzarliklarga, jumladan, MJtK 54-moddasi ikkinchi qismi, 99, 131-moddalari, 135-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, 136-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar kiradi;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni undirish (maʼnaviy zararni qoplash) masalasi fuqarolik sud ishini yuritish tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda shaxsning harakatlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinganligini aniqlansa, sud ushbu harakatlarni MJtK tegishli, shu jumladan, ogʻirroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud huquqbuzarlik holatida shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, sud MJtK 278-moddasiga muvofiq materiallarni prokurorga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. MJtK 36-moddasiga asosan maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, u aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirilmasdan qoʻllanilishi mumkin. Jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan boʻlib, ammo huquqbuzarning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlanganidan bir yil oʻtmagan holda maʼmuriy jazo chorasi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmasdan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mazkur muddatlar ashyolarni bojxonaga doir qonun hujjatlari asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shuni nazarda tutish lozimki, sud MJtK 31-moddasida nazarda tutilmagan holatlarni ham yengillashtiruvchi holatlar deb topishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 32-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlarning roʻyxati qatʼiy belgilangan boʻlsa-da, biroq sud maʼmuriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatlardan har qaysisini, qarorda buni asoslantirgan holda, ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sudlarga tushuntirilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan yengilroq maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganda qarorning xulosa qismida faqat MJtKning 33-moddasini qoʻllagan holda tayinlangan jazo turi va miqdori koʻrsatilishi lozim. Yengilroq jazo tayinlash sabablari, masalan, huquqbuzarning moddiy ahvoli, oilaviy sharoiti, shaxsi, nogironligi, uning huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi yoki sodir etilganidan keyingi xulq-atvori, huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilganligi hamda jazo tayinlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar sud qarorining tavsif-asoslash qismida koʻrsatiladi. Sudlar jazoni yengillashtirish uchun asos boʻluvchi maʼlumotlarni olishda Oliy sudning axborot tizimidan kengroq foydalanishga eʼtibor qaratishlari, shu bilan bogʻliq asoslantiruvchi hujjatlarni ish materiallariga qoʻshish choralarini koʻrishlari lozim;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2026-yil 3-iyuldagi 20-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganda MJtK 33-moddasi huquqbuzarliklar majmui uchun emas, balki alohida huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 33-moddasini qoʻllashda, sud qonun sanksiyasida nazarda tutilgan qoʻshimcha jazoni qoʻllamaslikka haqli boʻlib, bu qarorining bayon qismida asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudlarga tushuntirilsinki, sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo tizimi MJtK 23-modasida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, maʼmuriy jazolarning bir-biriga nisbatan ogʻirligi darajasi MJtK 23-moddasining birinchi qismida belgilangan ketma-ketlik asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sud muayyan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasi va turini belgilashda maʼmuriy jazo qoʻllanilishining umumiy qoidalariga amal qilishi lozim, unga binoan jazoni qoʻllash chogʻida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi (MJtK 30-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. MJtK 24-moddasiga muvofiq ashyolarni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qoʻshimcha maʼmuriy jazo tariqasida qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish tariqasidagi maʼmuriy jazo voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni yoxud ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment majburiyatlari boʻyicha qarzni toʻlashga yoʻnaltirilishi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga (ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan), oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, doimiy ishga ega shaxslarga, harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qamoqqa olish tariqasidagi maʼmuriy jazo qoʻllanilishiga alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy qamoqqa olish muddati huquqbuzar bayonnomani tuzish uchun olib kelingan yoki u maʼmuriy ushlab turilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MJtK 29-moddasining ikkinchi qismiga asosan maʼmuriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxslarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, shuningdek birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tushuntirilsinki, maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish turidagi maʼmuriy jazo chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan faqat MJtK 29-1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, MJtK 291-moddasining uchinchi qismiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment toʻlash boʻyicha majburiyatlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudlar immunitetga ega boʻlgan shaxslarni javobgarlik masalasini hal etishda chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik tashkilotlarining xodimlariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnomaga amal qilishi zarur (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012-yil 13-fevraldagi 7, 5, 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-martda 2338-son bilan roʻyxatga olingan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qaror MJtK 309-moddasida belgilangan talablarga javob berishi va ishni koʻrib chiqish yakunlanganidan soʻng zudlik bilan eʼlon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud maʼmuriy jazoni qoʻllash bilan bir vaqtda aybdor shaxs tomonidan moddiy zararni undirish masalasini hal etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zarar miqdori toʻgʻrisidagi masalani toʻgʻri hal etish uchun asoslar yetarli emasligi haqida xulosaga kelsa, manfaatdor shaxslarga ushbu masalalarni fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etish tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudlarga fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sud hujjatini eʼlon qilgandan soʻng sud hujjatining mazmunini va uni qabul qilishga asoslarini tushuntirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, MJtK 313-moddasiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlar aniqlanganda sud ularni bartaraf qilish yuzasidan huquqbuzarning oʻquv, ish yoki yashash joyiga taqdimnoma kiritishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni toʻgʻri va muddatida koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan maʼmuriy jazo choralarini tayinlashga doir qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi sudlarga amaliy yordam koʻrsatib, mazkur toifaga oid ishlar, shu jumladan, maʼmuriy jazo choralarini tayinlash boʻyicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borsin va yoʻl qoʻyilgan xatolarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrsin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 10-iyundagi 23-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 22-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-son