Xorazm viloyati hokimining
Qarori
Xorazm viloyati hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xorazm viloyati hokimining 2018-yil 2-iyundagi 384k-sonli “Viloyat hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda), “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda;) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlar chakana narxlari hamda tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 381-son, 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda;), 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) va 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 368-modda) qarorlariga asosan viloyat hududidagi chiqindilarni fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, tuman hududini ekologik hamda sanitariya holatni, tozalikni amalga oshirish, shuningdek chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash maqsadida, qaror qilaman:
1. “Urganch maxsus sanitar trans” ishlab chiqarish davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Urganch maxsus sanitar trans” IChDK” deb yuritiladi) Urganch shahri hududidagi qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni hamda barcha tuman obodonlashtirish boshqarmalari tumanlar hududidagi qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish va qabul qilish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlari uchun toʻlov miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Urganch maxsus sanitar trans” IChDK va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan aholidan chiqindilarni toʻplab olib ketganligi uchun toʻlovlarni vaqtida toʻlanishida mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda koʻp kvartirali uylarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yaqindan amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya qilinsin.
3. Mazkur qarorni viloyat hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
4. Viloyat hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” unitar korxonasiga (S. Sodiqov) mazkur qarorni viloyat hokimligining veb-saytida joylashtirilishini taʼminlash topshirilsin.
5. Xorazm viloyat hokimining va ayrim tuman hokimlarining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari R. Roʻzmetov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. BOBOJONOV
Urganch sh.,
2016-yil 13-fevral,
38q-son
Viloyat hokimining 2016-yil 13-fevraldagi 38q-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Urganch maxsus sanitar trans” ishlab chiqarish davlat korxonasining Urganch shahri hududidagi qattiq va suyuq xoldagi maishiy chiqindilarni xamda tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining tumanlar hududidagi qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish va qabul qilish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdorlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
|
Shahar va tumanlar nomi |
Aholi uchun tarif (1 kishi uchun 1 oyga) |
Yuridik tashkilotlar uchun tarif (1 oyga 1m3 uchun) |
Uz texnikasi bilan chiqindixonaga joylashtirish uchun ( 1 oyga 1 m3 uchun) |
|
Urganch shahri |
1800 |
28200 |
5078 |
|
Bogʻot tumani |
1300 |
21500 |
|
|
Gurlan tumani |
1300 |
21500 |
|
|
Qoʻshkoʻpir tumani |
1300 |
21500 |
|
|
Urganch tumani |
1200 |
21500 |
|
|
Xazorasp tumani |
1200 |
21500 |
|
|
Xonqa tumani |
1200 |
21500 |
|
|
Xiva tumani |
1200 |
21500 |
|
|
Shovot tumani |
1300 |
21500 |
|
|
Yangiariq tumani |
1300 |
21500 |
|
|
Yangibozor tumani |
1300 |
21500 |
Xorazm viloyat hokimining 2016-yil 13-fevraldagi 38q-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xorazm viloyat hokimining va ayrim tuman hokimlarining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Xorazm viloyat hokimining 2014-yil 27-martdagi “Yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 87-q-son Qarori.
2. Bogʻot tuman hokimining 2014-yil 25-martdagi “Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 510q-son Qarori.
3. Gurlan tuman hokimining 2014-yil 7-avgustdagi “Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 1009-son Qarori.
4. Yangiariq tuman hokimining 2014-yil 27-martdagi “Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 195q-son Qarori.
5. Yangibozor tuman hokimining 2014-yil 15-sentabrdagi “Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 747-son Qarori.
6. Urganch tuman hokimining 2014-yil 23-iyuldagi “Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 1169-son Qarori.
7. Shovot tuman hokimining 2014-yil 8-iyuldagi “Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 745-son Qarori.
8. Qoʻshkoʻpir tuman hokimining 2014-yil 15-apreldagi “Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 1009-son Qarori.
9. Xazorasp tuman hokimining 2014-yil 29-apreldagi “Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida”gi 588q-son Qarori.