Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2016 23.07.2014 yildagi 1169k-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Urganch tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bogʻliq xizmatlar tarifi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xorazm viloyat hokimining 2016-yil 13-fevraldagi 38q-sonli “Xorazm viloyati hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-son, 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-son qarorlariga asosan, chiqindilarni fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, tuman hududini ekologik hamda sanitariya holatini, tozaligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-son qaroriga asosan, tumanda qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni (keyingi oʻrinlarda matnda “chiqindi” deb yuritiladi) tashib olib ketish xizmatlari obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Urganch tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan har oyiga chiqindilarni olib ketish uchun koʻrsatiladigan xizmatlar narxi yuridik tashkilotlardan 1 (bir) m3 uchun qoʻshimcha qiymat soligʻisiz 21000 soʻm, aholi jon boshiga 1000 soʻm qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obodonlashtirish boshqarmasi (S. Shokirov), tuman aholisi, korxona va tashkilotlar bilan chiqindilarni olib ketish yuzasidan shartnomalarini tuzish hamda shartnoma asosida maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish va ularni belgilangan tartibda joylashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda maishiy chiqindilarni samarali va oʻz vaqtida olib chiqib ketishni tashkil etish hamda hudud doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholidan chiqadigan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni oʻz vaqtida tashkil etish va xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida undirilishida obodonlashtirish boshqarmasiga amaliy yordam berib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “Urganch haqiqati” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorni nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. RUSTAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1169k-son