Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 68-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 12-son, 138-modda)
T/rTadbirlar nomiBajarish muddatiMas’ul bajaruvchilar
I. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ko‘mishni tashkil etish uchun maxsus texnika bilan jihozlash
1.

Maxsus avtotransport (axlat tashigichlar, ag‘darma mashinalar)ni o‘z vaqtida ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda yetkazib berish jadvallarini tasdiqlash.

2014-2015-yillar“O‘zavtosanoat” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2.

Sanitariya jihatidan tozalashning ixtisoslashtirilgan korxonalariga maxsus texnika sotib olish uchun qaytarish muddati kamida 5 yil bo‘lgan imtiyozli kreditlar ajratilishini tijorat banklari tomonidan ta’minlash.

2014-2015-yillarO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari
3.

Tumanlar va shaharlarda maxsus avtotransport vositalari (axlat tashigichlar, buldozerlar, yuk ortgichlar, ag‘darma mashinalar) va asbob-uskunalar (avtotarozilar) xarid qilinishini ta’minlash.

2014-2015-yillarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
II. Respublika shaharlarida — tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish
4.

2014-2015-yillarda axlat to‘plash shoxobchalari, qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini tashkil etish va ularni tegishli ravishda jihozlash dasturlariga muvofiq qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi sxemalarini ishlab chiqish:
1) axlat to‘plash maydonchalari va konteynerlarni joylashtirish;
2) yangidan tashkil etiladigan poligonlarni joylashtirish;
3) quyidagilarda:
tuman markazlarida, tuman markazidan 25 kilometrgacha radiusda joylashgan shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida, bir haftada kamida ikki marta;
tuman markazidan 25 kilometrdan 80 kilometrgacha masofadagi qishloq aholi punktlarida — bir haftada kamida bir marta aholi punktlari hududlarini izchil qamrab olish va maxsus avtotransport harakatlanishi yo‘nalishlari hisobga olingan holda shaharlarda sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan va tumanlarda obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja- jadvalini tuzish.
Yaqin joylashgan qishloq aholi punktlarida, biroq tuman markazidan 80 kilometrdan ortiq uzoqlikda yashaydigan aholiga xizmat ko‘rsatish uchun ayrim tumanlarda (asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida) tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilar filiallarga biriktirilgan hududlarga tashib ketilishini ta’minlaydigan filiallari tashkil etiladi.

2014-yil 1-yanvarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy boshqarmalari
5.

Quyidagilarni ta’minlash:
axlat to‘plash maydonchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari uchun yer ajratish;
poligonlar uchun tegishli sanitariya-ekologiya xulosalarini va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
tegishli texnik talablarga javob beradigan maxsus avtotransport vositalarini saqlash joylarini (garajlarni) tashkil etish (transport vositalari uchun yopiq to‘xtash joylari, haydovchilarni har kuni ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiyot punktlari, transportni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, qo‘riqlash joylari, ta’mirlash ustaxonalari);
sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarining sanitariya jihatidan tozalash xizmati va obodonlashtirish boshqarmalarining xodimlarini maxsus kiyim-bosh (rasmiy kiyim) bilan ta’minlash.

2014-yil 1-yanvarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy boshqarmalari
6.

Quyidagi hisob-kitoblardan kelib chiqib qo‘shimcha axlat to‘plash shoxobchalari qurish:
shaharlarda — 5 ta ko‘p kvartirali uy uchun 1 ta axlat to‘plash shoxobchasi, har bir punktni 4 ta konteyner bilan jihozlagan holda (hisoblab chiqilgani bo‘yicha 1480 ta axlat to‘plash shoxobchasi, 8389 ta konteyner);
tuman markazlarida — 5 ta ko‘p kvartirali uy uchun bitta axlat to‘plash shoxobchasi, har bir punktni 2 ta konteyner bilan jihozlagan holda (hisoblab chiqilgani bo‘yicha 2044 ta axlat to‘plash shoxobchasi, 4088 ta konteyner);
shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida — 100 ta uy xo‘jaligiga bitta axlat to‘plash shoxobchasi (hisoblab chiqilgani bo‘yicha 49268 ta axlat to‘plash shoxobchasi).

2014-2015-yillarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
7.

Ishlab turgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini:
145,5 ming p.m uzunlikdagi perimetr bo‘yicha atrofini o‘rash;
ularni buldozerlar, avtoyuklagichlar, ag‘darma mashinalar (469 ta) va avtotarozilar (175 ta) bilan jihozlash.

2014-2015-yillarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
8.

Qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini qurish:
Buxoro shahri ehtiyojlari uchun 10 ga maydonda 1 ta poligon;
Andijon, Buloqboshi, Zafarobod, Yangiobod, Muborak, Namangan, Oqoltin, Xovos, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Chinoz, Qo‘shtepa, Toshloq, Uchko‘prik va Hazorasp tumanlari ehtiyojlari uchun har birining maydoni 2 ga bo‘lgan 16 ta poligon;
tuman markazlaridan (80 kilometrdan 300 kilometrgacha) va qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlaridan (40 kilometrdan ortiq) ancha yiroq masofada joylashgan qishloq aholi punktlarida sanitariya qoidalari va normalari yo‘l qo‘yadigan minimal masofada (0,5 — 1,0 km) 0,5-1 ga maydonli 107 ta mini-poligon (1-ilova*);
tashkil etilayotgan yangi poligonlarning 30,5 ming p.m uzunlikda perimetr bo‘yicha atrofini o‘rash; shaharlar va tumanlar ehtiyojlari uchun tashkil etilayotgan yangi poligonlarni buldozerlar, avtoyuklagichlar va ag‘darma mashinalar (51 ta) va avtotarozilar bilan jihozlash.

2014-2015-yillarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy boshqarmalari
9.

Buxoro shahrida (Buxoro viloyati) va Buloqboshi (Andijon viloyati), Bo‘stonliq va Ohangaron (Toshkent viloyati) tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarning to‘lgan poligonlarini to‘liq yopish.

2014-yil 1-iyulQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari
10.

Qattiq maishiy chiqindilarning egasiz poligonlarini tuman obodonlashtirish boshqarmalariga berish (2-ilova*).

2014-yil 1-yanvarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari
11.

Qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash bo‘yicha tijorat tuzilmalarini tashkil etishni, ular o‘rtasida kooperatsiya aloqalari o‘rnatilishini nazarda tutuvchi transportda tashish xarajatlarini qisqartirish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni, keyinchalik chiqitsiz qayta ishlashni hisobga olgan holda, sortlarga ajratish va utilizatsiya qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish.

2014-yil 1-aprelQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
12.

Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi uchastkalari va poligonlar foydalanishga topshirilishiga qarab qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish (boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari: uchastkalar boshliqlari, operatorlar, mexaniklar, chilangar-ta’mirlovchilar, haydovchilar, yuk ortuvchilar va shu kabilar) (hisoblab chiqilgani bo‘yicha 4 853 nafar).

2014-2015-yillarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
III. Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va obodonlashtirish boshqarmalarini institutsional mustahkamlash
13.

Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va obodonlashtirish boshqarmalari xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni quyidagi bosqichlarda yalpi xatlovdan o‘tkazish:





Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Ichki ishlar vazirligi hududiy boshqarmalari, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari

1-bosqich. Qarorga 9-10-ilovalarga muvofiq tegishli mutaxassislar tarkibida viloyat hokimining alohida qarori asosida ishchi guruhlar tashkil etish.

2013-yil 10-dekabr

2-bosqich. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlaridan amalda foydalanuvchi aholi sonini aniqlash.

3-bosqich. Xatlov natijasida aniqlangan aholi sonini shahar va tuman ichki ishlar boshqarmalarining fuqarolarning kirishi-chiqishi va rasmiylashtirish bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, statistika boshqarmalari, oilaviy poliklinikalar hamda suv, issiqlik, gaz va elektr ta’minoti bo‘yicha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining ma’lumotlari bilan taqqoslash.

2014-yil 10-yanvar

4-bosqich. Shahardagi mavjud yuridik shaxslarni xatlovdan o‘tkazish va xatlov natijasida olingan ma’lumotlarni statistika boshqarmalari va soliq organlarining ma’lumotlari bilan taqqoslash.

2014-yil 20-yanvar

5-bosqich. Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar va obodonlashtirish boshqarmalarining xatlov natijasida aniqlangan iste’molchilar bilan shartnomalar tuzishi.

2014-yil 10-yanvar

6-bosqich. Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha tashkilotlarning abonent bazasini shakllantirish.

2014-yil 1-fevral
14.

Shartnomaviy-huquqiy ishlarni takomillashtirish:
jismoniy va yuridik shaxslar uchun sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun namunaviy shartnomani ishlab chiqish;
mavjud qarzdorlikni fuqarolik sudlari va xo‘jalik sudlari orqali undirib olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish.

2014-yil 1-fevral doimo“O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
15.

“Billing” kompyuterlashtirilgan dasturini joriy etish yo‘li bilan sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini va ularning abonentlarini hisobga olish tizimini avtomatlashtirish.

2014-yil 1-iyulQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
16.

Maxsus avtotransport vositalarini “GPS” uzoqda turib nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlash hisobiga ulardan samarali foydalanishni ta’minlash.

2014-yil 1-iyulQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
17.

Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari tomonidan qo‘llaniladigan amaldagi tariflarning iqtisodiy asoslanganligini o‘rganish va o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlariga tariflarning yangi darajalarini tasdiqlash to‘g‘risida takliflar kiritish.

2014-yil 1-yanvar, so‘ngra zaruriyatga ko‘raQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy moliya organlari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
18.

Obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari uchun G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalarida alohida shaxsiy hisob raqamlari ochish. Obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari tomonidan daromad va xarajatning alohida hisobi yuritilishini, yuqori moliya organiga hisobotlar topshirilishini ta’minlash.

2014-yil 1-yanvarHududiy moliya organlari, G‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
19.

Obodonlashtirish boshqarmalarining sanitariya jihatidan tozalash bo‘linmalari uchun xodimlarning maqbul sonini aniqlash va shtat jadvalini belgilangan tartibda kelishish.

2014-yil 1-yanvarHududiy moliya organlari, obodonlashtirish boshqarmalari
20.

Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari tomonidan abonentlar to‘liq qamrab olinishi, daromadlar tushishi to‘liqligi, debitorlik-kreditorlik qarzlarning holati, hisob va hisobot yuritilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib borish.

doimoQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy moliyaviy organlar, hududiy soliq organlari

IV. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning tashkil etilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish

21.

Quyidagilar yo‘li bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholining huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirish maqsadida aholi o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini tashkil etish:
chiqindilarni to‘g‘ri to‘plash va tashib ketishning sanitariya-ekologik ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish;
sanitariya jihatidan tozalash hamma joyda tashkil etilishini ommaviylashtiruvchi radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlarni, respublika matbuotida va mahalliy matbuotda maqolalar e’lon qilinishini muntazam ravishda tashkil etish;
sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlariga reklama roliklarini joylashtirish uchun imtiyozli efir daqiqalarini belgilangan tartibda berish, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari ko‘rsatish tartibi va qoidalarini namoyish qilish.

2014-yil 1-yanvargacha har kuni, so‘ngra muntazam ravishda har haftadaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari, MTRK
22.

Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ko‘mib tashlashni tashkil etish va nazorat qilish modeliga (3-ilova) muvofiq har bir shahar va tuman bo‘yicha aholi punktlarini sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2014-yil 1-yanvarQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlari hokimliklari
23.

Mintaqalarda sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlari o‘rinbosarlarining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zavtosanoat” AK rahbarlarining hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida ko‘rib chiqish.

har chorakdaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishni tashkil etish sxemasi

Mas’ullar

Nazorat

I. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va tuman obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish va jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

“O‘zavtosanoat” AK,

tijorat banklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar,

tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zavtosanoat” AK,

“O‘zkommunxizmat” agentligi

Shaharlarda:

Quyidagilar:

“GPS” uzoqdan turib nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimini o‘rnatgan holda maxsus texnikaning zarur soni;

garaj;

avtoustaxona va avtoyuvish;

tibbiyot punkti;

ma’muriy bino mavjud bo‘lgan holda sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar infratuzilmasini tashkil etish.

Tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida yashovchi aholiga xizmat ko‘rsatish uchun tuman markazlarida:

Tuman obodonlashtirish boshqarmalarida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha alohida xo‘jalik hisobidagi uchastkani tashkil et ish va uni jihozlash:

maxsus texnikaning zarur soni;

garaj;

avtoustaxona va avtoyuvish;

tibbiyot punkti;

ma’muriy bino.

II. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarini tashkil etish va joylashtirish

1.Har bir shaharda sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha alohida xo‘jalik hisobidagi uchastkalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hududni aniq taqsimlash.

2.Aholi punktlarida zarur bo‘lgan konteynerlar va axlat to‘plash maydonchalari sonini aniqlash va joylashtirish.

3.Yangi tashkil etiladigan poligonlar uchun yer uchastkalari ajratish va ularni joylashtirish.

4.Aholi punktlari hududlari izchil qamrab olinishi hisobga olingan holda tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja-jadvalini ishlab chiqish.

5.Maxsus avtotransport vositalari harakati yo‘nalishini ishlab chiqish.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining;

Sog‘liqni saqlash vazirligining;

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy organlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi;

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

“O‘zkommunxizmat” agentligi

III. Axlatlarni to‘plash shoxobchalari qurish va ularni ilova qilinayotgan maketlarga muvofiq konteynerlar bilan jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

IV. Qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini qurish, ishlab turgan va yangi qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini maxsus texnika bilan jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zavtosanoat” AK,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

V. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlarga tariflarni tasdiqlash

Hududiy moliya boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi

VI. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, transportda tashish va ko‘mishni tashkil etish

1.Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni xatlovdan o‘tkazish.

2.Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi uchastkalari tomonidan xatlov natijasida aniqlangan iste’molchilar bilan shartnomalar tuzish.

3.Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatish.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisos-lashtirilgan tashkilotlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining;

Davlat statistika qo‘mitasining;

Sog‘liqni saqlash vazirligining;

Davlat soliq qo‘mitasining;

Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalari;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

VII. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun mablag‘larning o‘z vaqtida yig‘ilishini tashkil etish

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari,

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

VIII. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash masalalarida huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonlikni oshirish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisos-lashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

MTRK

1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
o‘n yettinchi xatboshi o‘n to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi