Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN YoQILGʻI, ENERGIYA VA KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR ChAKANA NARXLARI HAMDA TARIFLARINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiyani ishlab chiqarish va koʻrsatiladigan xizmatlar xarajatlarining qimmatlashganligi munosabati bilan hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yilning 17-avgustidan boshlab aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiyaning, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatishning davlat chakana narxlari va tariflarini oshirishning cheklangan miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz huquq doiralariga muvofiq yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlarning yangi chakana narxlari va tariflarini tasdiqlasinlar hamda 1992-yilning 17-avgustidan boshlab joriy etsinlar, preyskurantlarni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlasinlar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga aholiga koʻrsatiladigan sanitariya-tozalash xizmati tariflarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash huquqi berilsin.
2. Gaz-ballonli avtomobillar uchun suyultirilgan uglevodorodli yoqilgʻi gaz boʻyicha shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtish amalga oshirilsin.
3. “Oʻzbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, vazirliklar hamda idoralarning ishchilar taʼminoti boshqarmalari va ishchilar taʼminoti boʻlimlari, chakana narxlarni oshirish koeffitsiyentidan kelib chiqqan holda, 1992-yilning 17-avgustigacha boʻlgan holati boʻyicha qolgan koʻmirni ilovaga muvofiq qayta baholab chiqsinlar.
4. Yuqorida koʻrsatilgan tovarlar va xizmatlar guruhiga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan chakana narxlar darajasini oshirishning cheklangan narxlari bekor qilinsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 14-avgust,
381-son
AHOLIGA SOTILADIGAN YoQILGʻI, ENERGIYA VA KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR ChAKANA NARXLARI VA TARIFLARINING ChEKLANGAN MIQDORI
| | Oʻlchov birligi | Oʻlchov birligi uchun chakana narx (tarif), soʻm va tiyin hisobida |
| Shahar aholi punktlarida yashovchi aholi ehtiyojlari uchun beriladigan elektr energiyasi | 1 kVt | 0—20 |
| Qishloq aholi punktlarida yashaydigan aholi ehtiyojlari uchun beriladigan elektr energiyasi | 1 kVt | 0—15 |
| Elektr plitalari bilan jihozlangan uy-joylar aholisi ehtiyojlari uchun beriladigan elektr energiyasi | 1 kVt | 0—10 |
| Isitish va ovqat tayyorlash ehtiyojlar uchun foydalaniladigan tabiiy gaz | 1000 m3 | 100—00 |
| Suyultirilgan gaz | 1 kg | 3—00 |
| Suv bilan taʼminlash xizmati | 1m3 | 0—50 |
| Kanalizatsiya xizmatlari | 1m3 | 0—30 |
| | koeffitsentlar marta hisobida | |
| Koʻmir | |
16,7 |