24.01.2008 yildagi 720-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2008-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2008-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
720-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2008-yil 24-yanvarda qabul qilingan 720-I-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2008-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Davlat qurilishi va boshqaruvi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning roli va taʼsirini kuchaytirish sohasida

1. Qonunchilik faoliyati

1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari

T/r

Qonun loyihasining nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

1.

“Tezkor qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.

“Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

3.

“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

4.

“Bola huquqlari boʻyicha vakil (bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

5.

“Ijtimoiy hamkorlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari

1.

Yangi tahrirdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

Yangi tahrirdagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3.

Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari

1.

“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

II chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

3.

“Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

2. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

“Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi haqida.

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida.

I chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

3.

“Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida.

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

4.

“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida.

II chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

5.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning Sirdaryo viloyatida ijro etilishi haqida.

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

6.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Samarqand viloyatida ijro etilishi haqida.

III chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

7.

“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunning Surxondaryo viloyatida ijro etilishi haqida.

IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

8.

“Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunning Namangan viloyatida ijro etilishi haqida.

IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

3. Tadbirlar

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

3.1. Konferensiyalar

1.

“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh etish — mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashning bosh omili” mavzusida konferensiya.

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.

“Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini takomillashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki” mavzusida konferensiya.

I chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

3.

“Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va uni amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida konferensiya.

II chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

4.

“Vatanni himoya qilish — har bir fuqaroning muqaddas burchi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya.

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

3.2. Seminarlar

1.

“Qonun loyihalarini koʻrib chiqish amaliyoti: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida seminar.

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

“Ogohlik — davr talabi” mavzusida seminar (Samarqand viloyatida).

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

3.

“Mustaqil taraqqiyotning “oʻzbek modeli” — yangi jamiyat qurish kafolati” mavzusida seminar (Buxoro viloyatida).

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

4.

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining oʻrni” mavzusida seminar (Fargʻona viloyatida).

I chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

5.

“Qonun ijodkorligida qonunchilik texnikasining aha?iyati” mavzusida seminar.

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

6.

“Yoshlarga boʻlgan eʼtibor kelajakka boʻlgan eʼtibordir” mavzusida seminar (Xorazm viloyatida).

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

7.

“Mamlakat kelajagi yoshlar qoʻlida” mavzusida seminar (Samarqand viloyatida).

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

8.

“Mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda fuqarolarning faolligini oshirish masalalari” mavzusida seminar (Sirdaryo viloyatida).

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

9.

“Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligi hamda rivojiga taʼsiri” mavzusida seminar (Xorazm viloyatida).

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

10.

“Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida yoshlar nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻrni” mavzusida seminar (Samarqand viloyatida).

III chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

11.

“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — milliy davlatchilikni rivojlantirishning huquqiy asosi” mavzusida seminar (Qashqadaryo viloyatida).

IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

3.3. Davra suhbatlari

1.

“Kiberterrorizm — terrorizmning zamonaviy shakllaridan biri” mavzusida davra suhbati (Toshkent viloyatida).

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.

“Qonunlarni ijrochilarga yetkazish: amaliyot, muammolar va yechimlar” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi Diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm hamda narkobiznesga qarshi kurash borasida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida ilgari surayotgan tashabbuslari toʻgʻrisida” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

4.

“Ijtimoiy hamkorlik — fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

5.

“Jamiyat hayotining barcha sohalaridagi islohotlarni ogʻishmay davom ettirish — mamlakat taraqqiyotining asosiy sharti” mavzusida davra suhbati (Surxondaryo viloyatida).

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

6.

“Tinchlik va barqarorlik — jamiyat taraqqiyoti va farovonligining asosiy omili” mavzusida davra suhbati (Toshkent viloyatida).

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

7.

“Vatanni himoya qilish, mustaqillikni asrash, tinchlikni saqlash — fuqarolik burchimiz” mavzusida davra suhbati (Surxondaryo viloyatida).

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

8.

“Mustaqillik — bizning asosiy qadriyatimiz” mavzusida davra suhbati.

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

9.

“Oʻzbekiston mustaqilligi — xalq boyligi va mamlakat taraqqiyotining asosi” mavzusida davra suhbati (Xorazm viloyatida).

IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

10.

“Yosh avlodni tarbiyalash va maʼnaviy yuksaltirish jamiyatimizning dolzarb vazifasi” mavzusida davra suhbati (Qashqadaryo viloyatida).

IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

11.

“Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligi: tajriba va muammolar” mavzusida davra suhbati.

IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

II. Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada erkinlashtirish sohasida

1. Qonunchilik faoliyati

1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari

T/r

Qonun loyihasining nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

1.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi.

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari

1.

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻ?risida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3.

“Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi bilan bogʻliq ayrim Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

4.

“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 58-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

5.

“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

6.

“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishni tartibga soluvchi normalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

7.

“Jinoyat sud ishlarini yuritish liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

8.

“Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga mulk huquqi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

9.

“Sud qarorlarini majburiy ijro etish mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning Xorazm viloyatida ijro etilishi samaradorligini oʻrganish.

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

Fuqarolarga huquqiy jihatdan xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan qonunlarning Andijon viloyatida ijro etilishi samaradorligini oʻrganish.

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3.

Axloq tuzatish ishlarining jinoiy jazo turi sifatida qoʻllanilishi samaradorligini oʻrganish.

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3. Tadbirlar

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

3.1. Konferensiyalar

1.

“Sud-huquq islohotlarining hozirgi davrdagi bosqichi” mavzusida konferensiya.

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3.2. Davra suhbatlari

1.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishning huquqiy asoslarini shakllantirish muammolari” mavzusida davra suhbati.

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yangi tahriri — sud-huquq islohotlarining muhim bosqichi” mavzusida davra suhbati.

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

III. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada demokratlashtirish sohasida

1. Qonunchilik faoliyati

T/r

Qonun loyihasining nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari

1.

“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari

1.

Ya?gi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari

1.

“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

2. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida ijro etilishi haqida.

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

2.

“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida ijro etilishi haqida.

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

3.

“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning Namangan va Xorazm viloyatlarida ijro etilishi haqida.

III chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

4.

“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.

IV chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

3. Tadbirlar

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

3.1. Konferensiyalar

1.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishiga elektron hujjat aylanishini joriy etish muammolari hamda istiqbollari” mavzusida konferensiya.

III chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

3.2. Seminarlar

1.

“Oʻzbekiston pochta aloqasini rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida seminar.

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

2.

“Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish jarayonida siyosiy partiyalar nashrlarini rivojlantirish masalalari” mavzusida seminar.

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

3.

“Yoshlarda tarixiy-madaniy merosga hurmat tuygʻusini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzusida seminar (Qoraqalpogʻiston Respublikasida).

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

3.3. Davra suhbatlari

1.

“Jurnalistning huquqiy madaniyati: erkinlik va masʼuliyat uygʻunligi” mavzusida davra suhbati (Sirdaryo viloyatida).

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

2.

“Oʻzbekiston bank tizimi rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

3.

“Ommaviy axborot vositalarida “Yoshlar yili” mavzusining yoritilishi” mavzusida davra suhbati.

III chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

IV. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohalarda

1. Qonunchilik faoliyati

1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari

T/r

Qonun loyihasining nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

1.

“Oʻzbekiston Respublikasining Yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Nyu-York, 2005-yil 13-aprel) qoʻshilishi haqida”gi qonun loyihasi.

I chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.

Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma Tashkiloti doirasidagi xalqaro shartnomalar, bitimlar, konvensiyalarni va bayonnomalarni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining ularga qoʻshilishi haqidagi qonunlar loyihalari.

yil davomida

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

3.

Xalqaro shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar va bayonnomalarni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining ularga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari.

yil davomida

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

1.2. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari

1.

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻz?artish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

2. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

Texnikaviy va kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning (Parij, 1989-yil 10-noyabr) Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida.

II chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

2.

BMTning Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi shartnomalari toʻgʻrisidagi Konvensiyasining (Vena, 1980-yil 11-aprel) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.

IV chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

3. Tadbirlar

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

3.1. Konferensiyalar

1.

Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning (Nyu-York, 1989-yil 20-noyabr) Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga uygʻunlashtirilgan xalqaro normalarini amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya.

I chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

2.

“Yoshlar parlamentarizmi: milliy va xalqaro amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.

IV chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

3.2. Seminarlar

1.

“Haq toʻlanadigan yillik taʼtillar toʻgʻrisidagi 52-Konvensiya (Jeneva, 1936-yil 24-iyun) va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari” mavzusida seminar (Jizzax viloyatida).

I chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

2.

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga oid qonun loyihalarini tayyorlash amaliyoti va bu faoliyatni yanada takomillashtirish” mavzusida seminar.

III chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

3.

“Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi parlamentlararo aloqalarining roli va ahamiyati” mavzusida seminar.

IV chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

3.3. Davra suhbatlari

1.

“YUNESKOning Bagʻrikenglik prinsiplari deklaratsiyasi (Parij, 1995-yil) normalarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida va huquq amaliyotida aks ettirilishi” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

2.

“Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya (Nyu-York, 1952-yil 20-dekabr) xalqaro normalarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirish” mavzusida davra suhbati (Buxoro viloyatida).

III chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

V. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasida

1. Qonunchilik faoliyati

1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari

T/r

Qonun loyihasining nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

1.

“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

2.

“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

I chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

3.

“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

4.

“Kollektorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

5.

“Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

6.

“Qishloq xoʻjaligidagi tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

7.

“Ipoteka qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

8.

Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Davlat budjeti loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

9.

“Shahar yoʻlovchilar transportidan imtiyozli foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

10.

“Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi.

I chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari

1.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

2.

“Xorijiy investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkka nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllashning tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

I chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

3.

“Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

4.

“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

II chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

5.

“Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

6.

“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

2. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

“Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent shahrida va Qashqadaryo viloyatida ijro etilishi haqida.

I chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

2.

“Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Qonunning Surxondaryo viloyatida ijro etilishi haqida.

I chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

3.

“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent viloyatida ijro etilishi haqida.

I chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

4.

Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2007-yilgi hisoboti.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

7.

“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi va uning tizimi tomonidan ijro etilishi haqida.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining Toshkent viloyatining Angren va Olmaliq shaharlari hokimliklari tomonidan ijro etilishi haqida.

II chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

9.

“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi haqida.

II chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

11.

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunning togʻ-kon sanoati korxonalari va “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi tomonidan ijro etilishi haqida.

III chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

12.

“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida.

III chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetin?ng 2008-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

14.

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan ijro etilishi haqida.

IV chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

15.

“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida.

IV chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

3. Tadbirlar

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

3.1. Konferensiyalar

1.

“Mamlakat baliqchiligi: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida konferensiya.

III chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

3.2. Seminarlar

1.

“Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qoʻllash amaliyoti” mavzusida seminar.

I chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

2.

“Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish muammolari va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida seminar.

I chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

3.

“Elektr energetikasi tizimidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda noanʼanaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalarini tatbiq etishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar.

II chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

3.3. Davra suhbatlari

1.

“Texnik jihatdan tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratish — bozorda raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni shakllantirish asosi” mavzusida davra suhbati.

I chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasi boʻyicha davra suhbati.

II chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

3.

“Kollektorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasi boʻyicha davra suhbati.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

4.

“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasi boʻyicha davra suhbati.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

5.

“Yuqori texnologik ishlab chiqarishlarga oʻtish va zamonaviy dastgohlar va texnologiyalarni joriy etish — mamlakat sanoatini rivojlantirishining asosiy yoʻnalishlaridan biri” mavzusida davra suhbati.

III chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

6.

“Ipoteka qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasi boʻyicha davra suhbati.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

7.

“Oʻzbekistonning toʻqimachilik sanoati va xom ashyoni qayta ishlash jarayonlarini chuqurlashtirish: tamoyillar, muammolar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati.

IV chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

8.

“Oʻzbekistonda biologik xilma-xillikni saqlab qolish muammolari va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida davra suhbati.

IV chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

VI. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohalarida

1. Qonunchilik faoliyati

1.1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari

T/r

Qonun loyihasining nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

1.

“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning va kasb kasalliklarining davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

2.

“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

3.

“Fan toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.

“Aholini ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

II chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

5.

“Tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

6.

“Milliy muzey fondi va muzeylar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masallari qoʻmitasi

1.2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari

1.

Yangi tahrirdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

I chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masallari qoʻmitasi

1.3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid qonunlar loyihalari

1.

“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (ikkinchi oʻqish).

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

2.

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi .

I chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

2. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi haqida.

I chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

2.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi, teleradiokanallar, nashriyotlar va fonogramma tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan ijro etilishi haqida.

I chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3.

“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent shahrida ijro etilishi haqida.

II chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

4.

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi hamda “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi qonunlarning Surxondaryo viloyatida ijro etilishi haqida.

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

5.

“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tizimida ijro etilishi haqida.

III chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

6.

“Davlat tili haqida”gi, “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi, “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarning Andijon viloyatida ijro etilishi haqida.

III chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

7.

“Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida.

IV chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

8.

“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent viloyatida ijro etilishi haqida.

IV chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3. Tadbirlar

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

3.1. Konferensiyalar

1.

“Qandli diabet kasalligining profilaktikasi muammolari” mavzusida konferensiya.

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

2.

“Davlat va nodavlat muzeylari: tajriba, muammolar va yechimlar” mavzusida konferensiya.

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3.

“Yoshlar siyosatining qonunchilik asoslari” mavzusida konferensiya.

III chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.

“Davlat tili — millat tili” mavzusida konferensiya (davlat tilining ilmiy qoidalarini va normalarini joriy etish toʻgʻrisida).

IV chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3.2. Seminarlar

1.

“OITS (OIV) kasalligining oldini olish va profilaktikasi boʻyicha xalqaro amaliyot” mavzusida seminar.

II chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

2.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining amaliyotda qoʻllanilish muammolari” mavzusida seminar.

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3.3. Davra suhbatlari

1.

“Yoshlarning taʼlim tizimidagi huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

2.

“Gerb — davlat va jamiyat iftixori” mavzusida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi qabul qilinganligining 16 yilligiga).

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3.

“Yod yetishmasligining oldini olish sogʻlom avlodni voyaga yetkazish kafolati” mavzusida davra suhbati.

IV chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

4.

“Mustaqillik va gʻurur ramzi” mavzusida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 17 yilligiga).

IV chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

5.

“Davlat madhiyasi — el madhiyasi” mavzusida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 16 yilligiga).

IV chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 1-son, 36-modda)