20.04.2005 yildagi 50-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Qonunchilik faoliyati

I. 1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari

№

Qonun loyihasining nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

1

2

3

4

1.

“Chexiya Respublikasi, Estoniya Respublikasi, Kipr Respublikasi, Vengriya Respublikasi, Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi, Malta Respublikasi, Polsha Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Slovakiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga Aʼzo davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi Sherikchilik va Hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga Bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi.

mart

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti loyihasi.

mart — may

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3.

“Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

aprel

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

4.

“Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi,

may

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

5.

“Avtomatlashtirilgan bank tizimlarida maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

6.

“Isteʼmolni kreditlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

7.

“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

iyun

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

8.

“Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi iqtisodiy munosabatlar asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

iyun

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

9.

“Ipo?ka toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

10.

“Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

11.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

sentyabr

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

12.

“Davlat hokimiyati organlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

sentyabr

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

13.

“Tibbiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi

oktyabr

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

14.

“Teleradio koʻrsatuvlari va eshittirishlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

oktyabr

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

15.

“Jamoat televideniyesi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

oktyabr

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

16.

“Kabel koʻrsatuvlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

noyabr

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

17.

Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

18.

“Mikrokreditlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

19.

“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

20.

“Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

noyabr

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

21.

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

noyabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

22.

“Migratsiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

noyabr-dekabr

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

23.

“Hakamlar sudlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

dekabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

24.

“Kutubxonachilik ishi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

dekabr

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

25.

Xalqaro shartnomalar, bitimlar, konvensiyalarni va ularga oid bayonnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalarini tayyorlash.

2005-yil davomida

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

I. 2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari

1.

Yangi tahrirdagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

may-iyun

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

2.

Yangi tahrirdagi “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

iyun

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

3.

Yangi tahrirdagi “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

4.

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

5.

Yangi tahrirdagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

6.

Yangi tahrirdagi “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

oktyabr

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

I. 3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritishga oid qonunlar loyihalari

1.

“Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

mart

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

2.

“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 29-moddasining uchinchi qismiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

mart

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

3.

“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

mart

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

4.

“Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 160-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (sud qarorlari ustidan shikoyat berish institutini takomillashtirish maqsadida).

mart

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

5.

“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

mart

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

6.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

mart

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

7.

“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

mart

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

8.

“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

aprel

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

9.

“Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

10.

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

aprel

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

11.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (fraksiyalararo raqobat, parlament koʻpchiligi va parlament muxolafati bilan bogʻliq tartib-taomillarni belgilash hamda Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nomlarini muvofiq holga keltirish maqsadida).

may

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

12.

“Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

may

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

13.

“Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

may

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

14.

“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

may

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

15.

“Jurnalistik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

may

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

16.

“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

may

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

17.

“Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilashga qaratilgan normalarni takomillashtirishga taalluqli qismida).

iyun

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

18.

“Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

iyun

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

19.

“Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

20.

“Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

21.

“Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (xoʻjalik protsessual normalarni takomillashtirishga taalluqli qismida).

sentyabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

22.

“Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

sentyabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

23.

“Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

sentyabr

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

24.

“Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

25.

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksining 53-moddasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (advokatning sudda ishtirok etishga doir vakolatlarini rasmiylashtirish nazarda tutilgan normalarni takomillashtirishga taalluqli qismida).

oktyabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

26.

“Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

oktyabr

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

27.

“Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun. loyihasi.

oktyabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

28.

“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (banklar rahbarlarining shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan javobgarligini kuchaytirishga taalluqli qismida).

noyabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

29.

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (kompyuter bilan bogʻliq jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga taalluqli qismida).

noyabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

30.

“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

noyabr

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

31.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (Bosh vazir, hukumat aʼzolarining oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda masʼuliyatlarini oshirishga taalluqli qismida).

dekabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

32.

“Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

dekabr

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

I. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning tashqi migratsiyani tartibga solishga oid normalarining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan ijro etilishi haqida.

mart-aprel

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

2.

“Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi toʻgʻrisida.

mart-aprel

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

3.

“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi hamda “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlarning Andijon viloyatida ijro etilishi haqida.

mart-aprel

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

4.

“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzagromashservis” va “Oʻzbek ipagi” uyushmalarida ijro etilishi haqida.

aprel

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

5.

Fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatishga qaratilgan qonunlar ijrosi samaradorligini Navoiy viloyatida oʻrganish.

aprel

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

6.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida.

aprel

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

7.

“Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent shahrida ijro etilishi haqida.

aprel

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

8.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida.

aprel

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

9.

“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida.

aprel-may

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

10.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ijro etilishi haqida.

aprel-may

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

11.

Jarimaning jinoiy jazo chorasi sifatidagi samaradorligini va uning jinoyatchilikning oldini olishdagi oʻrnini Samarqand viloyatida oʻrganish.

may

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

12.

“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi haqida.

may

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida.

may

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

14.

“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Sirdaryo vilo�tida ijro etilishi toʻgʻrisida.

may

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

15.

“Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi haqida.

may

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

16.

Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga Qashqadaryo viloyatida rioya etilishi haqida.

may-iyun

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi hamda Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

17.

Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti ijrosini koʻrib chiqish.

iyun

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

18.

“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning Navoiy viloyatida va Toshkent shahrida ijro etilishi haqida.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

19.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Namangan viloyatida ijro etilishi haqida.

iyun

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

20.

“Fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning Respublika dehqon-fermer xoʻjaliklari uyushmasi tomonidan va Namangan viloyatida ijro etilishi haqida.

iyun

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

21.

“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida.

iyun

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

22.

“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Qashqadaryo viloyatida ijro etilishi haqida.

iyun

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

23.

“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning Matbuot va axborot agentligi tomonidan ijro etilishi haqida.

iyun

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

24.

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi samaradorligini Buxoro viloyatida oʻrganish.

sentyabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

25.

“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ij etilishi haqida (davlat chegarasini himoya qilishda aholining va “Chegara posbonlari” jamoat tuzilmalarining rolini oshirishga doir qismi).

sentyabr

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

26.

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun asosida Fargʻona viloyatida jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishi haqida.

sentyabr

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

27.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 17-moddasining (Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ijro etilishi haqida.

sentyabr- oktyabr

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

28.

“Qiynoqlarga solishga hamda muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya”ning ijro etilishi haqida.

oktyabr

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

29.

“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan ijro etilishi haqida.

oktyabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

30.

“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunning Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi hamda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida.

oktyabr

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

31.

“Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi haqida.

oktyabr

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

32.

“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida.

oktyabr

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

33.

Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavining Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.

oktyabr-noyabr

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

34.

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi samaradorligini Andijon viloyatida oʻrganish.

noyabr

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

35.

“Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi haqida.

noyabr

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

36.

“Ekologik ekpertiza toʻgʻrisida”gi Qonunning Navoiy viloyatida ijro etilishi haqida.

noyabr

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

37.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida.

noyabr

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

38.

“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi haqida.

noyabr-dekabr

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

39.

“Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonunning joylarda amalga kiritilishiga tayyorgarlik koʻrish haqida Moliya vazirligining axboroti.

dekabr

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

40.

“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan ijro etilishi haqida.

dekabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

41.

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent viloyatida ijro etilishi haqida.

dekabr

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

42.

“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzteleradio” kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida.

dekabr

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

43.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan tayyorlanadigan qonunlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiqligi nuqtai nazardan tahlil qilish va xulosalar tayyorlash.

davomida

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

III. Tadbirlar

№

Tadbirning nomi

Bajarish muddati

Masʼul qoʻmita

III. 1. Konferensiyalar

1.

“Sud tizimi samaradorligi va qonun ustuvorligini taʼminlashning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish” mavzusida konferensiya (sudlar vakillari, Advokatlar assotsiatsiyasi vakillari, huquqshunos olimlar, oliy oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida).

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

“Xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash — hozirgi davrning dolzarb vazifasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (Buxoro viloyatida).

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

3.

“Kadrlar tayyorlash tizimida agrar, taʼlim, fan va ishlab chiqarish sohalari integratsiyasi” mavzusida konferensiya.

II chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

4.

“Orolboʻyi ekologik sharoitida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish muammolari” mavzusida konferensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq �a suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda) (Nukus shahrida).

II chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

5.

“Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi hamda mamlakatda fermerlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida konferensiya.

II chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

6.

Umumjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuniga bagʻishlangan matbuot konferensiyasi.

II chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

7.

“Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishning ahvoli” mavzusida konferensiya.

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

8.

“Sodir etilgan jinoyat uchun jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtira borib, oʻlim jazosini jazolar tizimidan chiqarib tashlash” mavzusida konferensiya.

IV chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

9.

“Aholining tibbiy bilimlarini oshirishda mahalla va oilaning oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya.

IV chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

10.

“Xalqaro munosabatlarga oid faoliyatni normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish muammolari: Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini xalqaro huquqiy normalarga muvofiqlashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya.

IV chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

11.

“Oʻzbekiston suv xoʻjaligi tarmoqlarida bozor munosabatlarini joriy etish muammolari” mavzusida konferensiya.

IV chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

12.

“Oʻzbekistonda agrar sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb muammolari” mavzusida konferensiya.

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

III. 2. Seminarlar

1.

Qoʻmita aʼzolari bilan seminar-trening.

I chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

2.

“Qonunchilik tashabbusi huquqi va uni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan amalga oshirish tartibi” mavzusida seminar-trening.

I chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

3.

“Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning qonunchilik asoslari va uni takomillashtirish muammolari” mavzusida seminar.

I chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

4.

“Sanoat, qurilish va savdo masalalari boʻyicha qonun loyihalarini tayyorlash texnikasi: xalqaro tajriba” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan birgalikda).

I chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

5.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar (Fargʻona viloyatida).

I chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

6.

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida budjet siyosatini va bank tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari” mavzusida seminar.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

7.

“Normativ hujjatlarni tayyorlash texnikasi va ularni xalqaro normalarga muvofiqlashtirish: havola qilinuvchi normalar qoʻllanilishini kamaytirish” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan hamkorlikda).

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

8.

“Sud-huquq tizimini isloh qilishning dolzarb masalalari: tajriba almashuv” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan hamkorlikda).

II chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

9.

“Normativ hujjatlarni tayyorlash texnikasi va ularni xalqaro normalarga muvofiqlashtirish: havola qilinuvchi normalar qoʻllanilishini kamaytirish” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan birgalikda).

II chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi maʼruzasi asosida) Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarining talabalari bilan seminar (Nukus shahrida).

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

11.

“Terrorizm, diniy ekstremizmga, giyohvandlik moddalari va qurollarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi maʼruzasi asosida) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashtirilgan harbiy qismlarning shaxsiy tarkibi bilan seminar.

II chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi maʼruzasi boʻyicha “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning asosiy omillari” mavzusida seminar.

II chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

13.

“Oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning salomatligini mustahkamlashga oid ishlarning ahvoli” mavzusida seminar.

II chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

14.

“Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunni takomillashtirish muammolari mavzusida ilmiy-amaliy seminar (Buxoro viloyatida).

II chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

15.

“Jamiyatni axborotlashtirish muammolari va shartlari” mavzusida seminar.

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

16.

“Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari boʻyicha qonun loyihalarini tayyorlash texnikasi: xalqaro tajriba” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan birgalikda).

II chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari m�salalari qoʻmitasi

17.

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalarga taalluqli masalalar boʻyicha seminar-treninglar.

II-III chorak

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

18.

“Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish masalalari boʻyicha seminar.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

19.

“Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish masalalari” mavzusida seminar.

III chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

20.

“Keksa fuqarolar va nogironlarning ijtimoiy muhofazasini huquqiy jihatdan taʼminlash masalalari” mavzusida seminar.

III chorak

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

21.

“Narkotajovuz, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi kurash” mavzusida seminar (Samarqand viloyatida).

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

22.

“Tezkor-qidiruv faoliyatining dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar (Toshkent shahrida).

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

23.

“Xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash — hozirgi davrning dolzarb vazifasi” mavzusida seminar mashgʻulotlari (Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida).

III chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

24.

“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining oliy oʻquv yurtlarida oʻrganilishini takomillashtirish” mavzusida seminar.

III chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

25.

“Sihat-salomatlik yili” davlat dasturini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki” mavzusida seminar.

III chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

26.

Davlat budjetining gʻazna ijrosiga tayyorgarlik masalalari boʻyicha seminar.

IV chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

27.

“Yer resurslarini boshqarishda huquqiy va iqtisodiy uslublarni rivojlantirish” mavzusida seminar.

IV chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

28.

“Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va ahamiyati” mavzusida seminar.

IV chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

29.

“Mustaqil televideniye va radio: til, maʼnaviyat va madaniyat” mavzusida seminar.

IV chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

III. 3. Davra suhbatlari

1.

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati.

I chorak

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

2.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi bilan ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari” mavzusida davra suhbati.

I chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

3.

“Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va banklar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada erkinlashtirish” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

4.

“Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat budjetini shakllantirish va uning gʻazna ijrosiga tayyorgarlik koʻrish masalalari” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

5.

“Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati.

II chorak

?ehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

6.

“Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini qonunchilik jihatidan taʼminlash masalalari” mavzusida davra suhbati.

II chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

7.

“Dastlabki tergov va sudga qadar ish yuritish jarayonlari ustidan sud nazoratini kuchaytirish muammolari” mavzusida davra suhbati.

III chorak

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

8.

“Kommunal sohani isloh qilishda tarif siyosatidagi muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida davra suhbati.

III chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

9.

Xalqaro Ozon qatlamini muhofaza qilish kuniga bagʻishlangan davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda).

III chorak

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

10.

“Sogʻliqni saqlash masalalari va muammolarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzusida davra suhbati.

III chorak

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

11.

“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning dolzarb jihatlari” mavzusida davra suhbati.

IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

12.

“Xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati (Jizzax viloyatida).

IV chorak

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

13.

“Sanoat korxonalarini kreditlash muammolari. Kreditlash siyosatining ishlab chiqarishni rivojlantirishga taʼsirini kuchaytirishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻll�ri” mavzusida davra suhbati.

IV chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

14.

“Sanoat korxonalaridagi oʻzaro toʻlovlarni toʻlamaslik muammolari va ularni bartaraf qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻllari” mavzusida davra suhbati.

IV chorak

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

15.

“Kutubxonachilik ishini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati.

IV chorak

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 3-4-son, 121-modda)