14.04.1999 yildagi 758-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (vakillar yig‘ilishi) orqali amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bevosita hamda o‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratizm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshkoralik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy adolat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni echishda mustaqillik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shuningdek ularning chegaralarini o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining tegishli organlari fikrini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, shuningdek uning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga yo‘l qo‘ymaydilar, fuqarolarga o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‘inlari (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Fuqarolar yig‘ini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini o‘zi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inining hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini va uning organlari vakolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini kengashini tuzish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini komissiyalarini tuzish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining vakolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini hamda shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va a’zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’muriy komissiyani saylaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini Kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash, taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga tavsiya etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(10-moddaning ikkinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadilar, fuqarolarning murojaatlari bajarilishini nazorat qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘larini shakllantiradi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish, umumiy foydalanishdagi joylarni ta’mirlash, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda yordam ko‘rsatish uchun aholidan ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari o‘tkazish uchun tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablag‘lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guzarlar barpo etishga doir masalalarni ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy-hududiy birliklar va mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa obyektlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasiga o‘z vakilini yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga majburiy to‘lovlarni yig‘ish, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish yuzasidan tadbirlar o‘tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uy-joylar va hovlilarni namunali saqlash yuzasidan ixtiyoriy ishlarni tashkil etishda ko‘maklashadi;
(10-modda ikkinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-113-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu moddada nazarda tutilgan vakolatlardan tashqari, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi, markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag‘lardan qanday foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘ini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va a’zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig‘ini Kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga muvofiq fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarga rioya etilishi hamda boshqa qonun hujjatlari va o‘z qarorlari, shuningdek shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inining qarorlari ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi, fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini saylaydi, komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi, yilning har choragida uning hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining Fuqarolar yig‘inlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislari va yig‘inning mas’ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig‘inining kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inini chaqiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini kengashining devonini shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda fuqarolarni qabul qilishda, ular o‘z saylov uchastkalarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashadi;
(12-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeyini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag‘laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to‘laydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa fuqarolarga shafelik (patronajlik) yordami shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur hududda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar, sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash va tikish ustaxonalari, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu qaror keyinchalik fuqarolar yig‘inida tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining uylarni, hovlilardagi binolarni, hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va orasta saqlash, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yo‘llar, ko‘priklar, ko‘chalar, yo‘lkalar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash, tarix va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni ta’mirlash ishlarida ixtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil etadi, tuman, shahar hokimligi ajratadigan moddiy va boshqa mablag‘larni, o‘z mablag‘larini ana shu maqsadlarda ishlatadi, jamoatchilik yordamini (hasharlarni) uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi yerlarning foydalanilishi va muhofaza etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ishi, savdo va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyati qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlashda fuqarolarga ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida tushishiga ko‘maklashadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar kommunal xizmatlar haqini va majburiy badallarni bank muassasasi orqali hisob-kitob qilib, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘liq to‘lashini ta’minlaganligi uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tkaziladigan mablag‘larni belgilangan tartibda kam ta’minlangan oilalarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yordam berishga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining xodimlarini rag‘batlantirishga, shuningdek obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishga ishlatadi;
(12-modda ikkinchi qismining yigirma beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-113-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini fuqarolik himoyasiga doir tadbirlarni o‘tkazishga jalb etadi, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqirilayotganliklaridan xabardor etishni va chaqirishni tashkil qilishga ko‘maklashadi, shuningdek shaharchalar, qishloqlar va ovullarda ularning shaxsiy-birlamchi hisobini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyasi tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlaydi va tuzilmaga a’zolar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisini tayinlaydi;
(12-moddaning ikkinchi qismi o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuniga asosan yigirma sakkizinchi — o‘ttizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari sudlangan hamda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boshqa shaxslarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish uchun faxriylardan, xotin-qizlar va yoshlar, madaniyat va din vakillari jumlasidan komissiyalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining Kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inini chaqiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais maslahatchilarining, mas’ul kotibning, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda ma’muriy komissiya raislari va a’zolarining nomzodlarini saylash uchun fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, fuqarolar yig‘ini va uning Kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasiz mol-mulkni, shuningdek meros tariqasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tgan mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam ta’minlangan oilalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib borishni, shuningdek tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishga doir ishlarni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi;
(13-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 16-martdagi O‘RQ-153-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 16-son, 117-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarashtiruv komissiyasida raislik qiladi;
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuniga asosan o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni uyushtiradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni qabul qiladi, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdimnomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan o‘limni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) o‘limni qayd etishni belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) xat-xabarni, shu jumladan pul va jo‘natmani olish uchun, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni olish uchun, mualliflar va ixtirochilarning haqlarini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olish uchun ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Fuqarolar yig‘inining taftish va ma’muriy komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy komissiya ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya o‘z faoliyatini fuqarolar yig‘ini tasdiqlaydigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, shuningdek shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan yuridik shaxslar (ularning mansabdor shaxslari) tomonidan ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari ularni qabul qilgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bekor qilinishi yoki sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha respublika kengashi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlari tuziladi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), yig‘in kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig‘inni fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir yig‘inda yig‘in o‘tkazilgan sana, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan holda bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va qarorini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotibi imzolaydilar. Rais (oqsoqol) yo‘qligida, fuqarolar yig‘inining bayonnomasini raisning maslahatchilaridan biri va mas’ul kotib imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishga hovlilar, uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar, dahalardan fuqarolarning namoyandalari vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha tegishli tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir va bunday yig‘ilish ushbu Qonunda fuqarolar yig‘inlarini o‘tkazish tartibiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Fuqarolar yig‘ini kengashining ish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan, zaruratga qarab, lekin oyida kamida bir marta o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yig‘ini kengashining hozir bo‘lgan a’zolaridan yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini kengashining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari ikki yarim yil muddatga saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda, maslahatchilar esa fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimiga binoan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raisning (oqsoqolning) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini qaror qabul qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raisning maslahatchilari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasi bo‘yicha yig‘in tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘ini kengashi o‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, uning xodimlari soni yig‘in tomonidan belgilanadi. Yig‘inning mas’ul kotibi va kengash devoni xodimlari yig‘inni, kengash majlisini o‘tkazishga doir materiallarni tayyorlaydilar, yig‘inning, kengashning va raisning (oqsoqolning) qarorlari ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydilar, ish yuritilishini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), mas’ul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig‘inining mablag‘lari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga ham ta’minlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qurilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy va boshqa maqsaddagi obyektlar, shuningdek transport vositalari, xo‘jalik anjomlari va boshqa ko‘char hamda ko‘chmas mulk ularning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z mulki bo‘lgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda o‘z tasarrufidan chiqarishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ushbu mol-mulk bilan bog‘liq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi o‘z mablag‘laridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan budjet mablag‘laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lardan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moliyaviy mablag‘lari bank muassasasidagi mustaqil hisobvaraqda saqlanadi hamda belgilangan tartibda ular tomonidan mustaqil foydalaniladi va bu mablag‘larning olib qo‘yilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yig‘inining kengashi moliyaviy mablag‘lardan foydalanilganligi to‘g‘risida yilning har choragida fuqarolar yig‘ini oldida hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hisobi va hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z faoliyatining hisobini yuritadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy statistika va soliq organlariga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlarini ko‘rib chiqishning shartligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish ma’muriy-hududiy birliklar, shuningdek mahalla qo‘shilganda, bo‘linganda, tugatilganda fuqarolar yig‘inining qaroriga binoan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishga doir Fuqarolarning huquqlarini buzgan davlat organlari va boshqa organlarning, shuningdek mansabdor shaxslarning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
758-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 110-modda; 2003-y., 9–10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2007-y., 39-son, 399-modda; 2008-y., 16-son, 117-modda; 52-son, 513-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda)