03.07.1992 yildagi 641-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUDOFAA TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning yangi tahriri 2001-yil 11-maydagi “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqib, barcha davlatlar bilan tinch-totuv yashash siyosatini oʻtkaza borib oʻz mudofaa qudratini qurolli tajovuzdan himoyalanish uchun yetarli darajada saqlab turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun davlat idoralari va mahalliy boshqaruv idoralarining Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini taʼminlash borasidagi ishlarni yoʻlga qoʻyish, boshqarish asosini, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasining asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi — davlat mustaqilligini, hududiy yahlitlikni, respublika manfaatlari himoya qilinishini va aholining tinch hayot kechirishini taʼminlashga qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy-huquqiy tadbirlar majmuidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mudofaaning maqsadlariga Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi chetdan qilinadigan hujumning oldini olish va har qanday tajovuz qilinishi mumkin boʻlgan sharoitda qurolli himoyalanishni uyushgan holatda qoʻllashning barcha zarur shart-sharoitini yaratish orqali erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z. Oʻzbekiston Respublikasini mudofaa qilish Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning Oʻzbekiston Respublikasi harbiy doktrinasiga muvofiq tajovuzni daf etishga doim tayyorligiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining harbiy doktrinasi Qurolli Kuchlar tuzilishida mudofaalanish kifoya qilarli darajada boʻlishi qoidasiga amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urushni xalqaro muammolarni hal etishning usuli sifatida tan olmasligidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
betaraflik yoʻlini tutishga intilishidan va yadro qurollarini yaqinlashtirmaslik, yadro qurollarini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik qoidasiga rioya etishga harakat qilishidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bironta ham davlatga hududiy masalada daʼvo qilmasligidan va bironta ham xalqni dushman deb bilmasligidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti oʻzi tajovuz obyekti boʻlib qolmagan taqdirda biron-bir davlatga qarshi jangovar harakatlarni birinchi boʻlib boshlamasligidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasini tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy siyosatni, harbiy doktrinani ishlab chiqishni va harbiy fanni rivojlantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajovuzlarning oldini olish yuzasidan xalqaro maydonda tegishli tadbirlarni amalga oshirishni; xavfsizlikning jamoa boʻlib amalga oshiriladigan tadbirlarini ishlab chiqish va oʻtkazishda qatnashish imkoniyatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat chegaralarini qoʻriqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-texnika siyosatini, harbiy-iqtisodiy tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni va Qurolli Kuchlarni qurol-yarogʻ, harbiy texnika bilan, harbiy-texnika ashyolari, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan toʻla-toʻkis taʼminlab turishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligini, davlat idoralarini, boshqaruv tizimini safarbarlikka tayyorlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va respublika hududini mudofaaga tayyorlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning kerakli tuzilmalarini hozirlash, tayyorgarlik darajasini kuchaytirish hamda zarur tarkibini va miqdorini taʼminlash, ularning jangovarlik qobiliyati, jangovar va safarbarlik tayyorgarligi Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan harbiy igʻvogarliklarning payini qirqishni va tajovuzlarni daf etishni taʼminlaydigan darajada boʻlishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa va harbiy qurilishga doir masalalarni qonun yoʻli bilan tartibga solib borishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa toʻgʻrisidagi qonunlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa toʻgʻrisidagi qonunlari ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa, harbiy qurilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish masalalariga doir qonunlar haqiqatda bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa konsepsiyasini, harbiy qasamyodni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining safarbar etish va safarbarlikdan boʻshatish toʻgʻrisidagi, qurolli hujum qilingan taqdirda harbiy holat eʼlon qilish haqidagi, urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, harbiy harakatlar toʻxtatilgach sulh tuzish xususidagi, tinchlik va xavfsizlikni saqlash boʻyicha xalqaro shartnomalarga doir majburiyatlarni bajarish zarur boʻlib qolganda Qurolli Kuchlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi, shuningdek Respublika manfaatlari uchun boshqa vazifalarni hal etishga doir farmonlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining harbiy masalalarga doir xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qiladi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning Bosh qoʻmondoniga oliy harbiy unvon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qurolli xuruj qilingan taqdirda respublika mudofaasini taʼminlash, uning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, erkinligini himoyalashning zarur chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirini tayinlab, soʻngra uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdigʻiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan muddatga Qurolli Kuchlar tuzish, ularning strategik vazifalari rejasini, shuningdek safarbarlik rejasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralarining mudofaa sohasidagi faoliyatini tartibga solib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy masalaga doir umumiy koʻlamda muzokaralar olib boradi va xalqaro shartnomalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga qurolli hujum qilingan taqdirda umumiy yoki qisman safarbarlik, urush holati eʼlon qiladi, ayrim hududlarda harbiy holat joriy etadi, harbiy vaqtning normativ hujjatlarini amalga kiritadi va ularning amal qilishini toʻxtatadi. Qabul qilgan qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdigʻiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorlar qabul qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga jangovar harakatlar yuritish toʻgʻrisida, shuningdek favqulodda hollarda ulardan foydalanish haqida buyruq beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori ofitserlar sostavini lavozimlarga tayinlaydi, ularga harbiy hamda maxsus unvonlar beradi, shuningdek ularning lavozimlari va unvonlarini pasaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga boʻysunadigan tuzilmalarning mudofaani taʼminlash, Qurolli Kuchlarni qurol-yarogʻ, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalar bilan taʼmin etish borasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun zarur boʻladigan moddiy-texnika resurslari, oziq-ovqat, buyum va boshqa ashyolar meʼyori va hajmini, harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim boʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining miqdorini hamda ularning harbiy xizmatni va muqobil xizmatni oʻtashi tartibini, harbiy xizmat yoshidagilar va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishini yuritish tartibini belgilab beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarni muddatli haqiqiy harbiy xizmatga chaqirish hamda harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatish va harbiy xizmat yoshidagilarni yigʻinga chaqirish, urush davrida safarbar etish va safarbarlikdan boʻshatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va safarbarlik zaxiralarining moddiy boyliklarini toʻplash rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligini safarbarlikka tayyorlash, safarbarlikni kuchaytirish va uni urush holati sharoitidagi ish tartibiga oʻtkazishga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar, isteʼfodagi harbiy xizmat yoshidagilar va ular oilalarining, shuningdek xizmat burchini oʻtayotganda halok boʻlgan, vafot etgan, bedarak yoʻqolgan yoki asirlikka tushib qolgan harbiy xizmatchilar oilalarining ijtimoiy-huquqiy kafolatlari, ularning moddiy, maishiy va pensiya taʼminoti masalalarini hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sohasidagi xalqaro shartnomalar bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-hunar taʼlimiga ixtisoslashgan oliy va oʻrta harbiy-oʻquv yurtlarini tuzadi va ularni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi respublika Qurolli Kuchlarining davlat boshqaruv idorasi hisoblanadi va Qurolli Kuchlarning holati hamda ularni yanada rivojlantirish uchun, jangovar tayyorgarligi va harbiy intizomi uchun toʻla javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarda mudofaa sohasidagi va harbiy qurilish jabhasidagi davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa, Qurolli Kuchlarni tuzish va rivojlantirish rejalari va konsepsiyalarining, qurol-yarogʻlarni va harbiy texnikani rivojlantirish davlat dasturining loyihalarini, mudofaa ehtiyojlariga pul ajratishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qurilish sohasida ilmiy tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyadi va olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy texnika va boshqa harbiy ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va remont qilishga oid davlat buyurtmalari bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar shaxsiy sostavi bilan harbiy, huquqiy, axloqiy tarbiya, shuningdek maʼnaviy-psixologik tayyorgarlik, harbiy kadrlarni joy-joyiga qoʻyish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga pensiyalar toʻlanishini, harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining shaxsiy huquq va erkinliklari himoyasini amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligining safarbarlik darajasida tayyorligini tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik zaxiralarini hozirlash va qayta tayyorlash, fuqarolarni harbiy va muqobil xizmatga chaqirish hamda belgilangan xizmat muddatini tugatgan harbiy xizmatchilarni va muqobil xizmatdagi xizmatchilarni zaxiraga boʻshatish, harbiy xizmat yoshidagilarni yigʻinga chaqirish, shuningdek safarbarlikka chaqirish va safarbarlikdan boʻshatish ishlarini rejalashtiradi va amalga oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlarning Qurolli Kuchlari bilan harbiy, madaniy va ilmiy aloqalar oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Boshqa vazirliklar va idoralarning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy buyurtmalarni bajarayotgan vazirliklar va idoralar boshqaruvning topshirilgan tarmoqlarida mudofaa ehtiyojlariga moʻljallangan zarur mahsulotlarning yetkazib berilishi uchun, tarmoqning safarbarlik tayyorligi uchun javobgar boʻladi, tarmoq harbiy davrda safarbarlik tayyorligi rejasiga muvofiq barqaror ishlashini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar mudofaani, xalq xoʻjaligining safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash sohasidagi qonunlarning bajarishlari uchun masʼul boʻladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlarga va muassasalarga zarur mahalliy mahsulotlar yetkazilib berilishini, ular suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlanishini amalga oshiradilar, aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar koʻrsatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa manfaatlarini koʻzlab qonunlarga muvofiq yer ajratib beradilar va ulardan foydalanishni nazorat qilib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda belgilangan tartibda harbiy qismlarga, Qurolli Kuchlarning muassasalariga, harbiy oʻquv yurtlari, korxona va tashkilotlariga xizmat binolari va turar joylar ajratib beradilar, harbiy obyektlarga, harbiy xizmatchilarga, ularning oilalariga nisbatan qonunga zid xatti-harakatlar qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan chora-tadbirlar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kimning tasarrufida ekanliklari va mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, davlatning harbiy buyurtmalari va shartnomalar bajarilishi uchun qonunda belgilangan tartibda javob beradilar, safarbarlik uchun kerakli kuchlarni va zaxiralarni yaratadilar va shay qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Fuqarolarning burchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi, uning hududiy yaxlitligini, mustaqilligini himoya qilish respublika fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlarning Oʻzbekistonda doimiy yashab turgan yoki vaqtincha turgan fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida harbiy xizmatga va harbiy tayyorgarlik koʻrishga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari respublika manfaatlarini, aholining tinch turmushini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barpo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunning ustunligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy jangovar tayyorgarlik va safarbarlikka shaylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy xavfsizlik tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy intizomga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiyadan holilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining ijtimoiy va huquqiy himoyalanishini taʼmin etish asosida quriladi va oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qoʻshinlar, harbiy-havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va maxsus qoʻshinlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush boʻlgan taqdirda Qurolli Kuchlar oʻz vazifalarini Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari bilan, Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari bilan hamkorlikda bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurolli Kuchlarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi hududini, chegaralarini va havo tegralarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlashdek strategik rejalar asosida belgilanadi va harbiy doktrina talablariga, strategik va operativ rejalar asosida, shuningdek qoʻshinlarni safarbar etib joylashtirish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurolli Kuchlarni tuzish “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarni tuzish — harbiy xizmatga shu hududdan va hudud tashqarisidan chaqirishni uygʻun holda bajarish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurolli Kuchlarni moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy obyektlar va inshootlar, qurol-yarogʻlarning, harbiy texnikaning va boshqa harbiy mol-mulkning barcha turlari davlat mulki hisoblanadi, Qurolli Kuchlar tasarrufida boʻladi, ular qonunlarda belgilangan asoslarga binoan va vakolatlari doirasida bu narsalarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol-yarogʻni, harbiy texnikani, butlovchi buyumlarni va boshqa mol-mulkni ishlab chiqarish, yetkazib berish va taʼmirlash, mudofaa ehtiyojlari uchun oziq-ovqatni yetkazib berish, shuningdek mudofaa manfaatlari yoʻlida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va qurilish ishlarini bajarish, davlat safarbarlik zaxiralarida safarbarlik boyliklarini yaratish, rivojlantirish va saqlab qolish toʻla hajmda davlat buyurtmasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ehtiyojlari uchun davlat buyurtmalarining bajarilishi soliq, ijara imtiyozlari va boshqa imtiyozlar bilan ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning binolari, inshootlari, harbiy texnikasi, qurol-yarogʻlari va boshqa mol-mulki davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1Z-modda. Urush holati, harbiy davr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush holati Oʻzbekiston Respublikasiga harbiy hujum qilingan taqdirda eʼlon qilinadi va bu holat bir-biriga qarshi urushayotgan tomonlar sulh tuzganlaridan keyingina bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush holati eʼlon qilinishi bilanoq yoki harbiy harakatlar amalda boshlab yuborilgan daqiqadan eʼtiboran harbiy davr amal qiladi hamda u harbiy harakatlar amalda toʻxtatilgan kunda va soatda tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududiga qoʻshinlar yoki qurolli guruhlar qoʻqqisdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy boshqaruvning mahalliy idoralari urush eʼlon qilinishini kutmay hujumni qaytarishning barcha choralarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Harbiy holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xuruj xavfi boʻlganida respublikaning ayrim yerlarida yoki butun hududida harbiy holat joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Bosh koʻmondonning vazifalari harbiy holat eʼlon qilinishi bilanoq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklanadi. Uning huzurida Mudofaa Kengashi tuziladi, Kengash harbiy davrda Qurolli Kuchlarga va xalq xoʻjaligiga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy holat tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Safarbarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush holati eʼlon qilinishi yoki harbiy holat joriy etilishi bilanoq Qurolli Kuchlarni safarbar etib joylarga tarqatish va iqtisodiyotni urush davri ish tartibiga oʻtkazish maqsadida umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safarbarlikni oʻtkazish tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Hududiy mudofaa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy mudofaa davlat chegaralarini, harbiy obyektlar va inshootlarni dushman hujumidan himoya qilish, dushmanning desantchi va qoʻporuvchi kuchlariga qarshi kurash, shuningdek harbiy holat tartibini saqlab turish maqsadida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy mudofaani taʼminlashga jalb etilayotgan kuchlarning vazifalari, ularni tashkil etish va hamkorlikda harakat qilish tartibi Qurolli Kuchlarning safarbarlik rejasida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Fuqarolar va mansabdor shaxslarning mudofaa toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar va mansabdor shaxslarning mudofaa toʻgʻrisidagi qonunlarni bajarmasligi amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, maʼmuriy, intizomiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
641-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 398-modda)