1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyuldagi O‘RQ-162-sonli “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun nogironlarga huquq va erkinliklarni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasining boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni ta’minlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklashlarni bartaraf etish, nogironlarni to‘laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek o‘zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoit yaratish maqsadida davlatning nogironlarga oid siyosatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida aholi salomatligini muhofaza qilishga, nogironlikning oldini olishga va nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashib ketishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. “Nogiron” tushunchasining ta’rifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxs nogiron hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning o‘z-o‘ziga xizmat qilish, yurish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligida ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Nogironlar huquqiy mavqeyining asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklarga egadirlar. Nogironlarni kamsitish taqiqlanadi va qonunga muvofiq jazolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironlarning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlab, tegishli davlat dasturlarida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish, salomatligini saqlash, mehnat qilish, bilim olish va kasb o‘rganish, uy-joyli bo‘lish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ro‘yobga chiqarishda to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida qonunlarda ko‘zda tutilgan shakllarda ularga ijtimoiy yordam berish yo‘li bilan ularning xos kamol topishlari, ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib beradi. Davlat nogiron bolalar to‘g‘risida alohida g‘amxo‘rlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga yordam ko‘rsatish maqsadida respublikada va viloyatlarda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamg‘armalari tashkil etilib, ulardan soliq olinmaydi. Bu jamg‘armalarni tashkil etish, ularning faoliyat tartibini hamda tashkil topish manbalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalikdan nogiron bo‘lganlarning hamda boshqa I va II guruh nogironlarining uy-joy sharoitini yaxshilash chog‘ida uylar ularning ish joylariga hamda davolash-profilaktika muassasalariga va transport yo‘llariga yaqin bo‘lishi zarurligini hisobga olgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga va a’zolaridan biri nogiron bo‘lgan oilalarga uy-joy berish, uy-joy sotib olish, qurish va ulardan foydalanish yuzasidan yengilliklar O‘zbekiston Respublikasining uy-joy to‘g‘risidagi qonunlarida belgilab beriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi va Uy-joy kodeksining 80-moddasiga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan sud yo‘li bilan yoki qonunda belgilangan boshqa tartibda ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro vakolatli davlat idorasi (TMEK)ning uni nogiron deb topgan yoki nogiron deb topmaganligi xususidagi qaroriga norozilik bildirib TMEKning yuqori idorasiga murojaat qilishga haqlidir. Agar shu qaror ham nogironni qoniqtirmasa, unda u sud yo‘li bilan e’tiroz bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa fuqarolar qonunda belgilangan moddiy, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Nogironlar muammolariga doir qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda, shuningdek tegishli tadbirlarni pul bilan ta’minlashda ishtirok etishlari mumkin. Xalq deputatlari Kengashlari ularga bu borada har tomonlama ko‘maklashishlari shart.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlarni indeksatsiyalashni hisobga olib, respublika budjeti, mahalliy budjetlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan nogironlarga ijtimoiy yordam berish tartibi va shartlari;
(6-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi O‘ZQ-2-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 148-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni ijtimoiy himoya qilishning respublika va mintaqa dasturlarini tasdiqlash va pul bilan ta’minlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni tarbiyalashni, ularning umumiy ta’lim olishini va hunar o‘rganishini, ularni ishga joylashtirishni va mehnati muhofaza etilishini ta’minlashga oid umumiy qoidalar belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi huquqiy munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga oid xalqaro shartnomalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda ko‘zda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. NOGIRONLARNING IJTIMOIY INFRASTRUKTURADAN TO‘SQINLIKSIZ FOYDALANIShI UChUN ShART-ShAROIT YaRATISh
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1991-yil 18-noyabrdagi 423-XII-son qarorining 2-bandiga asosan 8, 9, 10 va 12-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bosqichma-bosqich tartibda qonun kuchga kirgan paytdan boshqa vaqtda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Nogironlarning uy-joylardan va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlaridan foydalanishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarga (shu jumladan o‘rindiqli aravacha va yetaklovchi itlardan foydalanuvchi nogironlarga) uy-joylardan, jamoat va ishlab chiqarish binolaridan, inshootlar va xonalardan foydalanishlari, jamoat transporti va transport kommunikatsiyalari, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz foydalanishlari, bemalol yo‘l tanlash va yurishlari uchun shart-sharoit yaratib berishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ijtimoiy infrastruktura obyektlarini loyihalash va qurish chog‘ida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarini loyihalash va qurish, turar joy dahalarini barpo etish, binolar, inshootlar, shu jumladan aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtostansiyalar, daryo portlari, sport komplekslari, maorif va madaniyat obyektlarining, kommunikatsiyalarning loyiha yechimlarini ishlab chiqish, ularni qurish va rekonstruksiyalash, shuningdek transport vositalarini, shu jumladan xususiy transport vositalarini, aloqa va axborot vositalarini ularga nogironlar kirishi va ulardan foydalanishi uchun moslashtirmay turib yaratish va ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tegishli obyektlarning loyihalari nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan kelishib olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga shart-sharoit yaratish loyihalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Nogironlar uchun mo‘ljallangan obyektlarni loyihalash va qurish ustunlik tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ijtimoiy infrastrukturaning ishlatilayotgan obyektlarini nogironlar foydalanishi uchun moslashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi transport, aloqaning, axborotning ishlatilayotgan vositalari hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlari (8 va 9-moddalar) davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari tomonidan nogironlarning jamoat birlashmalari ishtirokida belgilab qo‘yiladigan tartibda va shartlarda nogironlar kirishi va foydalanishi uchun moslashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur obyektlarni nogironlar kirishi uchun moslashtirish mumkin bo‘lmagan hollarda tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan nogironlarning ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydigan zarur choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Turar joy binolarini nogironlarning kirishiga va foydalanishiga moslashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar yoki a’zolaridan biri nogiron bo‘lgan oilalar yashayotgan turar joy binolari, shuningdek nogironlar uchun qurilayotgan uy-joylar nogironlar salomatligini tiklashning yakka tarzdagi dasturiga muvofiq maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur turar joy binolarini uy-joy fondining egasi bo‘lgan xalq deputatlari Kengashlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar jihozlaydilar. Yakka tartibda qurilgan uylarni jihozlash xalq deputatlari tegishli Kengashlari tomonidan belgilab qo‘yilgan tartibda nogironlarning jamoat birlashmalari albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tadbirlarni pul bilan ta’minlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Nogironlarning transport hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlaridan foydalana olishini ta’minlash vazifalarini bajarmaganlik uchun iqtisodiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab turgan transport, aloqa va axborot vositalarini hamda ijtimoiy infrastrukturaning boshqa obyektlarini nogironlar kira oladigan va foydalana oladigan qilib moslashtirish yuzasidan ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni bajarmagan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar nogironlarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda tegishli budjetlarga o‘tkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mablag‘lardan faqat ijtimoiy infrastruktura obyektlarini nogironlarning ehtiyojlariga moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchungina foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Nogironlarning madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga kirishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlari, ularning boshqarmalari va bo‘limlari, boshqa tarmoq bo‘linmalari nogironlar madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga bemalol kirishi va madaniy kamol topish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish maqsadida ulardan bemalol foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, shuningdek ularga maxsus sport anjomlari berilishini ta’minlashga majburdirlar. Nogironlar mazkur xizmatlardan bepul yoki yengil shartlar bilan foydalanadilar.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining 13 va 23-moddalariga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan ta’minlashda, ularni jihozlashda va ta’minlashda korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan ta’minlashga, jihozlar sotib olishga va ularni ta’minlashga mablag‘ ajratishga haqlidir. Mazkur maqsadlarga ajratilgan mablag‘dan soliq olinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq sodeksining 141-moddasi va 145-moddasining 31-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Nogironlar uchun mollar va texnika vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga beriladigan yengilliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun sanoat mollari, maxsus texnika va o‘zga vositalar ishlab chiqaradigan hamda nogironlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga, shuningdek aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiligi bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan maxsus ta’lim-tarbiya muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan, shuningdek xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan belgilab qo‘yiladigan tartibda va shartlarda yengilliklar beriladi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 158 va 208-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. NOGIRONLARNI TIBBIY, KASB VA IJTIMOIY JIHATDAN TIKLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash tizimini tashkil etadi va bu tizim qaror topishi hamda rivojlanishiga ko‘maklashadi. Mazkur tizim organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan qobiliyatlarini, o‘ziga o‘zi xizmat qilish qobiliyatini, kasb faoliyatining xilma-xil turlaridagi qobiliyatini, shuningdek nogironlarga to‘laqonli turmush tarzini davom ettirish imkonini beradigan va ularning huquqlari hamda mavjud imkoniyatlarini ishga solishni ta’minlaydigan qobiliyatlarini qayta tiklashga hamda ularning o‘rnini qoplashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash, shuningdek nogironlikning oldini olish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va mutaxassislar tayyorlashni pul bilan ta’minlaydi hamda bu ishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu dastur nogironlarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirokida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari vakolat bergan davlat idoralari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida belgilanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironga tavsiya etiladigan tiklashning yakka tartibdagi dasturida tiklash choralarining aniq hajmi, turlari va amalga oshirish muddatlari, shuningdek ijtimoiy yordam turlari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron taqdim etadigan tiklashning yakka tartibdagi dasturi tegishli davlat idoralari, shuningdek korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar ijro etishi majburiy bo‘lgan hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Nogironlarni tiklash ishlarini amalga oshiruvchi muassasalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika idoralari va mahalliy idoralar nogironlarning salomatlikni tiklashga qaratilgan yordamga bo‘lgan ehtiyojlarini va mahalliy sharoitlarni hisobga olib, nogironlarning salomatligini tiklash tarmoqlarini, shu jumladan ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini, ambulatoriyalar hamda doimiy davolash-profilaktika muassasalarida tiklash bo‘limlarini, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarini, ixtisoslashtirilgan sanatoriy-kurort muassasalarini, nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va muassasalarni barpo etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. NOGIRONLARNING ILM OLIShI VA KASB TAYYORGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Nogironlarning ilm olishi va kasb tayyorgarligi uchun sharoit yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogironlarning ilm olishi va kasb tayyorgarligi uchun zarur shart-sharoit yaratishga kafolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi idoralari sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot idoralari bilan birgalikda nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari tarbiyasini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi rejasiga muvofiq ular umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim olishini ta’minlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Nogiron bolalarning maktabgacha tarbiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatligi tufayli umumiy yo‘sindagi maktabgacha tarbiya muassasalariga qatnay olmaydigan nogiron bolalarni tarbiyalash hamda salomatligini tiklash uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida xalq deputatlari Kengashlari korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarni jalb etgan holda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarini, shu jumladan internat-uylarni tashkil etadilar.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Nogironlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim olishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim berish barcha o‘quv yurtlarida, zarur bo‘lgan hollarda esa maxsus bilim yurtlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlaydigan davolash profilaktika yoki salomatlikni tiklash muassasalarida davolanayotgan nogiron bolalar uchun ham o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Nogiron bolalarga uyda tarbiya va ta’lim berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolalarga umumiy yoki maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida va o‘quv yurtlarida tarbiya va ta’lim berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ota-onalarining istaklari hisobga olinib, bunday bolalarga uyida tarbiya va ta’lim beriladi. Bunda ota-onalardan biriga yoki ularning o‘rnini bosuvchi kishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladigan tartibda va shartlar asosida moddiy ta’minot va imtiyozlar beriladi.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli o‘quv-tarbiya muassasalari nogiron bolalarni uyda o‘qitishda ota-onalarga yordam berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Nogiron bolalarning maktabdan tashqari tarbiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularda ijtimoiy faollikni, mehnatga qiziqishni tarbiyalash, ularni fan, texnika, san’at va sportga jalb etish maqsadida xalq ta’limi idoralari, boshqa davlat idoralari nogiron bolalarning maktabdan tashqari tarbiyadan bahramand bo‘lishlarini ta’minlashga, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Nogiron bolalarga doimiy muassasalarda tarbiya va ta’lim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlaydigan muassasalarda yashaydigan nogiron bolalarga ana shu muassasalar ijtimoiy-maishiy hamda mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish bilan uzviy bog‘langan holda tarbiya va ta’limning uzluksizligini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Nogironlarning kasb tayyorgarligini va ularning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning kasb tayyorgarligi va ularning malakasini oshirish o‘quv yurtlarida, korxonalarda va tashkilotlarda (ixtisoslashgan yoki umumiy yo‘sindagi), shuningdek nogiron jamoat tashkilotlarining korxonalari va birlashmalarida ijtimoiy yordam muassasalari bilan birgalikda tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq ravishda ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb tayyorgarligi va malaka oshirish davrida nogironlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartib va shartlar asosida moddiy jihatdan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Nogironlarning ilm olish, kasb tayyorgarligi va malaka oshirish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning ilm olishi, kasb tayyorgarligi va malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan, kunduzgi hamda kunduzgi-sirtqi shakllarda, o‘zicha mustaqil tayyorlanish yo‘li bilan, maxsus guruhlarda, sinflarda hamda yakka tartibdagi o‘quv dasturlari asosida, shu jumladan uyda o‘qish yo‘li bilan ro‘yobga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Imo-ishora tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi imo-ishora tilini shaxslararo muloqot vositasi sifatida tan oladi. Imo-ishoralar tilining huquqiy maqomi va qo‘llanish sohasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab beriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qo‘shimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.03.00 Nogironlar mehnati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. NOGIRONLAR MEHNATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Nogironlarning mehnat qilish huquqini amalga oshirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning ijodiy va ishlab chiqarish qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida hamda tiklanishning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib, ularga mehnat sharoiti odatdagicha bo‘lgan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda, nogironlar mehnati qo‘llaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlash huquqi, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan hamda qonun bilan taqiqlanadigan o‘zgacha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishdan bosh tortishga, ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga, nogironligi uchun uni o‘z roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra nogironning salomatligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa kishilarning salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron o‘z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin avvalgi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Nogironlarni ish bilan ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarni ish bilan ta’minlash maqsadida davlat idoralari nogironlarning kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari ishtirokida korxonalarda, birlashmalar, muassasalarda va tashkilotlarda ishlovchilar sonining kamida 3 foizi miqdorida nogironlar uchun ish joylarini band qilib qo‘yish normalarini belgilaydi (kamida 34 kishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun ish joylarini band qilib qo‘yishni ta’minlamagan yoki ularni ishga joylashtirishdan bo‘yin tovlagan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar davlat hokimiyati mahalliy idoralariga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda nogironlarni ishga joylashtirish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun pul to‘laydi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, maxsus korxonalar, sexlar va uchastkalar barpo etiladi. Ko‘zi ojiz nogironlar sharoiti o‘zlarining imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishlarda qatnashishda ustunlik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar va birlashmalar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati band bo‘lgan nogironlarga mazkur faoliyat uchun odam turmaydigan bino yoki xonalar ajratib berish, xomashyo sotib olish va mahsulotni sotishda zarur yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Nogironlarni mehnat sharoiti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarda, birlashmalarda, muassasalarda va tashkilotlarda ishlayotgan nogironlarga tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq ravishda zarur mehnat sharoiti yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoiti, shu jumladan mehnatga haq to‘lash, ish vaqti, tartibi va dam olish vaqti, jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat shartnomasida belgilab qo‘yiladigan yillik va qo‘shimcha otpuskalarning muddati amaldagi normativ hujjatlarda ko‘zda tutilganidan kam bo‘lmasligi va boshqa xodimlarga nisbatan nogironlarning ahvolini yomonlashtirmasligi yoki ularning huquqlarini cheklamasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Nogironlar mehnati qo‘llaniladigan korxonalar uchun imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar mehnati qo‘llaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar imtiyozli asoslarda soliq to‘lash, moliyalashtirilish hamda moddiy-texnika bilan ta’minlanish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar mehnati qo‘llaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga imtiyozli asoslarda soliq solish, ularni moliyalashtirish hamda moddiy-texnika bilan ta’minlash tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Nogironlar mehnati qo‘llaniladigan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga imtiyozli asoslarda soliq solish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilangan.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ijtimoiy yordam turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga ijtimoiy yordam pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar) shaklida, texnika vositalari hamda boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan ta’minlash shaklida, shuningdek tibbiy, ijtimoiy va kasb jihatidan tiklash hamda maishiy xizmat, transport xizmati ko‘rsatish yo‘li bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarni pensiyalar va nafaqalar bilan ta’minlash tartibi pensiya va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonunlarda belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining III-bobiga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga bepul maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunlarida belgilab qo‘yiladi. Nogironlarni dori-darmonlar bilan ta’minlash, ularga texnik vositalar va o‘zga vositalarni berish, shuningdek, maishiy xizmat va transport xizmati ko‘rsatish bepul yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Nogironga texnika vositasi yoki o‘zga vositani berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironga texnika vositasi yoki o‘zga vosita salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq bepul yoki imtiyozli shartlar bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturida ko‘zda tutilgan texnika vositasi yoki o‘zga vositani davlat idorasi nogironga berishi mumkin bo‘lmasa yoki nogiron tegishli vositani o‘z hisobidan sotib olgan bo‘lsa, unga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda tovon to‘lanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Uyga borib xizmat ko‘rsatish. Nogironlarga ijtimoiy yordam beradigan doimiy ishlovchi muassasalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy yordam idoralari uyga borib yoki doimiy ishlaydigan muassasalarda tibbiy yoki maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi doimiy muassasalar tarmog‘ini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishchi yoki xizmatchi korxona, birlashma, muassasa, tashkilotning aybi bilan nogiron bo‘lib qolgan hamda boshqalarning parvarishiga muhtoj bo‘lsa, shu korxona, birlashma, muassasa, tashkilot sog‘liqni saqlash organlari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining xulosasiga muvofiq mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolgan davrda bemorni parvarishlash uchun o‘z hisobidan uyda qarab turadigan bir kishini yollashi shart va nogironga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplaydi.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Internat-uylardagi va boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalaridagi nogironlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning internat uylarda yoki boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalarida bo‘lish sharoiti nogironlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyatni ta’minlashi hamda shaxsning ehtiyojlari mumkin qadar to‘la-to‘kis qanoatlantirilishiga ko‘maklashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatligini tiklash choralari yordamida nogironning internat uyda yoki o‘zga doimiy ishlaydigan ijtimoiy muassasada bo‘lishiga zarurat qolmagan taqdirda davlat hokimiyati mahalliy idorasi unga ushbu Qonunning 11-moddasi talablariga muvofiq ravishda qulay turar joy maydoni berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlaydigan muassasalarda yashayotgan yetim yoki ota-onalarining vasiyligidan mahrum etilgan nogiron bolalar balog‘atga yetgach, agar salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish va mustaqil turmush kechirish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shu dasturga muvofiq xalq deputatlari Kengashlari tomonidan navbatdan tashqari turar joy maydoni bilan ta’minlanadi.
(35-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan ularni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq iste’moli mollari bilan ta’minlash, ularga kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish xalq deputatlari Kengashlari tomonidan nogironlarning kasaba uyushmalari hamda jamoat birlashmalari, ijtimoiy yordam muassasalari ishtirokida belgilanadigan yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlari har yili kamida bir marta nogironlarning ijtimoiy-turmush sharoitlarini o‘rganib chiqishni tashkil etadilar hamda bu sharoitlarni yaxshilash uchun zarur choralar ko‘radilar.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi davlat idoralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga ijtimoiy yordamni xalq deputatlari Kengashlari, ularning ijroiya va boshqaruv idoralari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport idoralari hamda boshqa davlat idoralari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tibbiy-ijtimoiy ekspertiza (tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining, ixtisoslashtirilgan ekspert xizmatlarining, tibbiy maslahat komissiyalarining) xulosalari asosida ko‘rsatadilar.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ijtimoiy yordamni pul bilan ta’minlash manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy yordam respublika budjeti va mahalliy budjetlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan, shuningdek korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobidan beriladi.
(38-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi O‘ZQ-2-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 148-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarni pul bilan ta’minlovchi korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda va shartlarda soliq solishda yengilliklar beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va o‘zga nodavlat notijorat tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. NOGIRONLARNING JAMOAT BIRLAShMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar va ularning nomidan ish olib boruvchi shaxslar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda jamoat birlashmalarini, shu jumladan turli jamg‘armalarni tashkil etish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari nogironlarning jamoat birlashmalariga hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga har tomonlama madad, moddiy va gumanitar yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat idoralari, shuningdek mulkning o‘z xo‘jalik yuritishning shaklidan qat’i nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etish chog‘ida bu masalalarni nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda hal etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar va ularning qonuniy vakillari o‘z manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan masalalar muhokama qilinayotganda hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilinayotganda qatnashish, shuningdek zarur axborot olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalariga beriladigan imtiyozlar va yengilliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning jamoat birlashmalari hamda ularning korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlari soliq to‘lashda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda imtiyozlar va yengilliklardan foydalanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 158, 208, 261, 269, 282 va 358-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning jamoat tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘limlari va bo‘linmalari binolar olishda, xomashyo resurslari, ishlab chiqarish-texnika uskunalarini sotib olishda birinchi navbat huquqidan foydalanadilar va O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq imtiyozli suratda pul va kredit bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 78-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda;2001-y., 5-son, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2005-y., 21-son, 148-modda)