25.04.1997 yildagi 415-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qo‘llanilmoqda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qo‘llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi;
(2-moddaning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llashga tayyor dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori moddalari (substansiyalari) — kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan, qo‘llashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologik vositalar — belgilangan farmakologik faollikka ega bo‘lib, klinik sinov obyektlari hisoblanadigan muayyan dorivor shaklidagi moddalar yoki moddalar aralashmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakopeya — dori vositalari sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari to‘plami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakopeya maqolasi — dori vositasi uchun farmakopeya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan normativ-texnik hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakopeya qo‘mitasi — dori vositalari, tibbiy buyumlar sifatiga va ularni nazorat qilish usullariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlovchi rasmiy ekspert organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi — dori vositalarini tibbiy qo‘llanish huquqi uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsatini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning davlat reestri —rasmiy hujjat bo‘lib, u tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar ro‘yxatidan iborat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generik dori vositalari (generiklar) — patent berilganlaridan qolishmaydigan, lekin boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori preparatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gomeopatik vositalar — gomeopatik qoidalarga binoan qo‘llaniladigan va davlat reyestrining maxsus bo‘limiga kiritilgan dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik faoliyat — dori vositalarini, tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha izlanishlarni, tadqiqotlarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, saqlash, axborot berish, yetkazib berish va realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorixona — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlarni, ma’danli suvlarni, davolash-kosmetika mahsulotlarini xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi. Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ularning filiallari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retsept — shifokorning farmatsevtga dori tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi bo‘lib, unda dorini qo‘llash usuli qayd etilgan bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart yozuv — dori preparatlarining davolash xususiyatlari samaradorligi tekshirilganidan so‘ng tuzilgan tarkibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlar — kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan buyumlar.
(2-moddaning o‘n yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbakilashtirilgan dori vositasi — tarkibi va (yoki) ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on ma’lumot ilova qilingan dori vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatsiz dori vositasi — yaroqsiz holga kelgan dori vositasi va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-son Qonuniga asosan o‘n sakkizinchi — yigirmanchi moddalar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Aholini dori vositalari bilan ta’minlash sohasidagi davlat kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dori vositalarining asosiy turlarini bemalol olishni va ular sifatli bo‘lishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maqsadda qo‘llanishga ruxsat etilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ish ko‘rishning barcha shakllari ta'qiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Davlat organlarining dori vositalari bilan ta’minlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati dori vositalari bilan ta’minlash sohasidagi siyosatni belgilaydi va ro‘yobga chiqaradi, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga doir sog‘liqni saqlash dasturlarini tasdiqlaydi va mablag‘ bilan ta’minlaydi, ularning narxlarini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari dori vositalari, tibbiy buyumlar muomalasini nazorat qiladi, dori vositalari bilan ta’minlash davlat dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasini tuzadi va davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari, tibbiy buyumlarning asosiy turlari mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
(5-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining imtiyozli berilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya, ishlab chiqarish va dorixona amaliyoti uchun xos bo‘lgan standartlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy farmakopeyani tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati nazorat qilinishini, ular ro‘yxatdan o‘tkazilishi, standartlashtirilishi va sertifikatsiyalanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik, zaharli, psixotrop, radiofarmatsevtik (radioaktiv), kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari va etil spirtini sotish, saqlash, hisobga olish, ularning zaxiralarini hosil qilish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan e’lon qilib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarining zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni tayyorlash, ishlab chiqarish, olib kelish va sotishni to‘xtatib qo‘yadi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi.
(5-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma egasi ushbu guvohnomani bergan muassasani dori vositasining farmakologik samaradorligi va xavfsizligiga doir yangi ma’lumotlardan xabardor qilib turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish vositalari, shifobaxsh oziq-ovqat va parafarmatsiya mahsulotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan dori vositalari (substansiyalari) va biologik faol yordamchi moddalar;
(6-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangicha qadoqlangan, yangi shakl va tarkiblardagi yoki yangi texnologiya bo‘yicha tayyorlanayotgan dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generik dori vositalari (generiklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Retseptlar va standart yozuvlar bo‘yicha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Dori vositalarini ishlab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini ishlab chiqarish — dori vositalarini ularni ishlab chiqarish hamda sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq ko‘plab hosil qilish, shu jumladan to‘liq texnologik turkum yoki uning ayrim bosqichlari: dori vositalarini sintez (biosintez) qilish, ekstraksiyalash, tozalash, ularga ishlov berish, ularni qadoqlash, idishga joylash-o‘rash va ularni markalash bosqichlari bo‘yicha hosil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari davlat reestridan chiqarilgan taqdirda ishlab chiqarilgan hamda dorixonalar, omborlar va davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida mavjud bo‘lgan mazkur dori vositalarining qoldiqlari masalasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini yaratish, ularni sinash, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, yo‘q qilishni amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar dori vositalarining sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatga ega bo‘lishlari kerak.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Dorixonalarda dori vositalarini tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari dorixonalarda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalaridan (substansiyalaridan) va yordamchi moddalardan tayyorlanadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Dori vositalarini markalash, idishga joylash-o‘rash va ularning tashqi bezagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini markalash, idishga joylash-o‘rash va ularning tashqi bezagiga doir qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Farmakologik vositalarni klinik sinovlardan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositalarning klinik sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda klinika muassasalarida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositalarni odamda klinik sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlarda ixtiyoriy qatnashuvchi mijozning roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinikada qo‘llashgacha bo‘lgan davrda farmakologik vositalarning xavfsizligi va samaradorligini o‘rganish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologik vosita qo‘llanilishidan kutish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ta’sirning xavfi kutilayotgan ijobiy samaradan ancha past bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovlar chog‘ida odatdan tashqari reaksiyalar ro‘y bergan yoki jamiyat uchun yoxud sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning salomatligi va hayoti uchun xavf-xatar tug‘ilgan taqdirda klinik sinovlar rahbari sinovlarni to‘xtatishi hamda bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositalarni sinovdan o‘tkazishni mablag‘ bilan ta’minlash sinalayotgan farmakologik vositani taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Klinik sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositaning klinik sinovida ishtirok etishga yozma rozilik bergan ixtiyoriy qatnashayotgan mijoz sinovni o‘tkazuvchi shifokordan bu uslubning ahamiyati, mohiyati va bunday sinov keltirib chiqarishi ehtimol tutilgan xavf to‘g‘risida oldindan batafsil tushuntirish olishi, shuningdek u istalgan bosqichda sinovda qatnashishni rad etish huquqiga ega ekanligidan xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov voyaga etmagan yoki muomalaga layoqatsiz mijoz ishtirokida o‘tkaziladigan bo‘lsa, uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma tarzda rozilik olinishi kerak. Voyaga etmagan mijozlar ishtirokida o‘tkaziladigan sinovdan oldin, qoida tariqasida, sinov voyaga etganlarda o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositaning klinik sinovini boshlashdan oldin sinovni o‘tkazayotgan davolash-kasallikning oldini olish muassasasi sug‘urta tashkiloti bilan mijozning salomatligi va hayotini sug‘urta qilish yuzasidan shartnoma tuzishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Sanoat korxonalari va ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sotilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini hamda tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori-darmonlarni yetkazib beruvchi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek xorijiy firmalardan olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek ulgurji savdo korxonalari hamda tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni namunalar sifatida dorixona muassasalariga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika o‘quv yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Dori vositalarini sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorixonalar ishi dorixona amaliyoti uchun xos bo‘lgan standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorixonalar ishini boshqarish oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega shaxslargagina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha dorixona muassasalari sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalbakilashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
(13-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorixonalarning farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishni davlatning vakolatli organlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Dori vositalarini eksport va import qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini, tibbiy buyumlarni eksport va import qilishning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan yagona tartibi amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Tibbiyot muassasalarining dori vositalarining qo‘shimcha salbiy ta’siri to‘g‘risida xabardor qilish borasidagi majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash-kasallikning oldini olish, dorixona muassasalari hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va qo‘llovchi korxonalar dori vositalarini qo‘llash vaqtida aniqlangan barcha qo‘shimcha ta’sir hollari, shuningdek ilgari kuzatilmagan salbiy ta’sir hollari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar haqida axborot berish va ularni reklama qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida axborot berish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo‘yiladigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni reklama qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 38-son, 416-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda)