1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Masʼul bajaruvchilar |
Xarajatlar va moliyalashtirish manbai |
Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija | |
|
I. Sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
|
1. |
Davlat taʼlim va tibbiyot muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tizimini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son hamda “Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2015-yil dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
— |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish uchun toʻlovdan ozod qilinadigan aholi toifalari roʻyxatini unga emizikli onalarni va balogʻatga yetmagan bolalarni kiritgan holda qayta koʻrib chiqish. Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun toʻlov tartibini budjet mablagʻlari va toʻlov asosidagi ovqatlantirishdan tushgan budjetdan tashqari tushumlar harakatini hisobga olishning amaldagi qoidalari va normalariga muvofiqlashtirish. Ayniqsa qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarining oziq-ovqat bloklarini ijaraga berishni rasmiylashtirish mexanizmini soddalashtirish, mahalliy budjetlarga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish va ijara toʻlovi miqdorlarini kamaytirish. |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-noyabrdagi 260-son qaroriga oziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga kaliy yodati va yoditini uzluksiz yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishni hamda yodlangan tuz ishlab chiqarishning doimiy monitoringini tashkil etishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2016-yil yanvar . |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
— |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Respublika aholisini yodlangan tuz bilan taʼminlash mexanizmlarini quyidagi yoʻllar bilan takomillashtirish: Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan kaliy yodati va yoditi xarid qilishni va oziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga yetkazib berishni amalga oshirish; oziq-ovqat tuzi ishlab chiqaradigan korxonalarga kaliy yodati va yoditini oldindan haq toʻlamasdan, tuzni sotishdan olingan tushumning bir qismini ularning qiymatiga teng boʻlgan miqdorda Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus hisob raqamiga ular tomonidan keyinchalik oʻtkazgan holda yetkazib berishni taʼminlash; aholi oʻrtasida yod tanqisligi kasalliklari profilaktikasi boʻyicha oʻtkaziladigan chora-tadbirlarning doimiy monitoringini va ularning samaradorligini baholashni tashkil etish. |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-martdagi PQ– 605-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga hamda “Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 28-martdagi 89-son qarorlariga alkogolli mahsulotlarni sotish sohasini tartibga solish maqsadida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2016-yil II chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Qonun kuchiga ega boʻlgan hujjatlarni “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini tarqatish va isteʼmol qilishni cheklash toʻgʻrisida” 2011-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-302-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiql��shtirish. Savdo obyektlarida yigirma yoshga yetmagan shaxslarga alkogolli mahsulotlarni sotishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri haqida ogohlantiruvchi yozuvlarni majburiy tartibda joylashtirish. Alkogolli mahsulotlarni: yigirma yoshga yetmagan shaxslarga; savdo avtomatlari orqali sotishni taqiqlash. Har qanday mahsulotlarni, shu jumladan alkogolli va tamaki mahsulotlari koʻrinishidagi bolalar oʻyinchoqlarini sotishni taqiqlash. |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan davlat taʼlim muassasalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar sifatini tekshirishlarni Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi va uning hududiy komissiyalari bilan qoʻshimcha ravishda kelishilmasdan amalga oshiriladigan Nazorat qiluvchi organlarning nazorat funksiyalari roʻyxatiga kiritish. |
2016-yil I chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
— |
Vazirlar Mah�amasi qarori loyihasi. Davlat taʼlim muassasalarida isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi yuzasidan amaliy nazoratni oʻrnatish. |
|
5. |
“Oʻzbekiston Respublikasining bolalar va oʻsmirlar muassasalarida tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishning oʻrtacha sutkalik oqilona normalari” nomli 2000-yil 30-iyundagi 0097-00 raqamli Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va normalariga bolalarning uyushgan jamoalarini ovqatlantirishning sutkalik ratsioniga boyitilgan ovqatlanish mahsulotlarini va ichimlik suvlarni kiritishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish. |
2015-yil noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
— |
Sanitariya normalari va qoidalari. Bolalar uyushgan jamoalarining ovqatlanish ratsioniga boyitilgan ovqatlanish mahsulotlarini va ichimlik suvlarni kiritish. Bolalar oʻrtasidagi yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni profilaktika qilish. |
|
6. |
“Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga qoʻyiladigan gigiyena talablari” nomli 2010-yil 17-sentabrdagi 0283 raqamli Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va normalariga tayyor ovqatlanish mahsulotlaridagi sof qand-shakar, tuz, toʻyintirilgan hamda transyogʻli kislotalar va oziq-ovqat qoʻshimchalari miqdorining xavfsiz darajalarini normalashtirishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish. |
2015-yil. noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
— |
Sanitariya qoidalari va normalari. Tayyor ovqatlanish mahsulotlaridagi sof qand-shakar, tuz, toʻyintirilgan hamda transyogʻli kislotalar va oziq-ovqat qoʻshimchalari miqdorining xavfsiz darajalarini normalashtirish. Tarkibida sof qand-shakar, tuz, toʻyintirilgan va transyogʻli kislotalar miqdori koʻp boʻlgan tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishni kamaytirish. |
|
7. |
Mahsulotlarning davlat standartlarini FA/VOZ tavsiyalariga muvofiqlashtirish. |
2015 — 2020-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
— |
Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (OʼzDst). Oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmol qilish upakovkasiga ulardagi sof qand-shakarlar, tuz, toʻyintirilgan va transyogʻli kislotalarning mavjud miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni kiritish. Mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish. |
|
8. |
Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (OʼzDst)ni va texnologik instruksiyalarini (TI) ishlab chiqish, ularda mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqariladigan oʻsimlik hujayralari asosida tarkibida tuz miqdori kam boʻlgan parhez chuchuk sut mahsulotlari, ovqatlanish mahsulotlari turlarini kengaytirishni nazarda tutish. |
2016 — 2018-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (OʼzDst) va texnologik instruksiyalar (TI), ularda mahalliy oziq-ovqat sanoati mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqariladigan oʻsimlik hujayralari asosida tarkibida tuz miqdori kam boʻlgan parhez chuchuk sut mahsulotlari, ovqatlanish mahsulotlari turlarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
|
II. Sogʻlom ovqatlanish va turmush tarzini taʼminlash chora-tadbirlari | |||||
|
9. |
Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanidagi eksperimental fermer xoʻjaligi negizida dorivor oʻsimlik — steviyani tayyorlash hajmlarini koʻpaytirish, uning ekin maydonlarini 100 gektargacha yetkazish. Farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatidagi ehtiyojni hisobga olgan holda, xorijiy investorlarni jalb etib steviyani sanoatda qayta ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2015 — 2020-yillar |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzfarmsanoat” DAK, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Surxondaryo viloyati hokimligi |
2,275 mlrd soʻm (“Agrobank” ATBning imtiyozli kreditlari), investorlarning, xalqaro donorlarning mablagʻlari |
Tahliliy yozma axborot. Qand diabetiga chalingan mijozlarni mahalliy parhez oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash. Mahalliy farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatini mahalliy xomashyo bilan taʼminlash. |
|
10. |
Aholiga, ayniqsa onalar, bolalar va oʻsmirlarga qoʻshimcha mikronutriyentlar berish boʻyicha davlat dasturlarini quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirishni davom ettirish: homilador ayollarni, tarkibida shu jumladan foliyeola kislotasi mavjud boʻlgan umumiy sogʻlomlashtiradigan polivitaminlarning maxsus komplekslari bilan taʼminlash; chaqaloqlarni va yosh bolalarni oqilona ovqatlantirishni taʼminlash, bunda asosan 6 oylikkacha boʻlgan emizikli chaqaloqlarni eng toʻliq darajada qamrab olish; 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning qariyb 95 foizini “A” vitamini bilan sapplementatsiyalash; unni fortifikatsiyalash va tuzni yodlashtirish. |
2015 — 2020-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Oʻzdonmahsulot” AK, Tuz ishlab chiqaruvchilar |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Bajaruvchilarning qarorlari. Fortifikatsiyalangan un, yodlashtirilgan tuz ishlab chiqarish. Bolalar va oʻsmirlarni jismoniy va intellektual rivojlantirishni taʼminlash. Ayollar, bolalar va oʻsmirlardagi mikronutriyent tanqisligining oldini olish. |
|
11. |
Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni va sogʻlom turmush tarzini yuritishni ommalashtirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni quyidagi yoʻllar bilan yaratish: pedagoglar, talabalar, oʻquvchilar va ularning ota-onalarini sogʻlom ovqatlantirish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish masalalari boʻyicha zamonaviy oʻqitish metodlaridan foydalangan holda oʻqitish; taʼlim muassasalarida amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan sogʻlom ovqatlanishga yoʻnaltirilgan ovqatlanish ratsionlari va mahsulotlarini tasdiqlash; bolalar uchun bepul sport seksiyalari turlarini tashkil etish va kengaytirish tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish. |
2015 — 2020-yillar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Bajaruvchilarning, taʼlim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarning, homiylarning mablagʻlari |
Bajaruvchilar qarori. Pedagoglar, talabalar, oʻquvchilar va ular ota-onalarining sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish masalalari boʻyicha savodxonligini oshirish hamda bu boradagi madaniyatini shakllantirish. Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish uchun shart-sharoitlar yaratish. |
|
12. |
Tashkilotlarda sogʻlom ovqatlanishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga koʻmaklashadigan shart-sharoitlarni quyidagi yoʻllar bilan yaratish: ish beruvchilarni va xodimlarni oʻqitishning zamonaviy metodlaridan foydalangan holda sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish koʻnikmalariga oʻqitish; tashkilotlarda mehnat sharoitlariga bogʻliq holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan sogʻlom ovqatlanishga yoʻnaltirilgan ovqatlanish ratsionlari va mahsulotlarini tasdiqlash. |
2015 — 2020-yillar |
Tashkilotlar, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
Bajaruvchilar, homiylar mablagʻlari |
Bajaruvchilarning qarori. Ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish masalalari boʻyicha savodxonlikni oshirish va bu boradagi madaniyatni shakllantirish. Mehnat unumdorligini oshirish. |
|
13. |
Keyinchalik ijobiy tajribani respublikaning barcha mintaqalarida ommalashtirishni nazarda tutgan holda, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari aholisi oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish madaniyati va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholi oʻrtasida ovqatlanishning buzilishi bilan bogʻliq kasalliklarni oldindan aniqlash va ularning oldini olishga yoʻnaltirilgan tajriba loyihasini amalga oshirish. |
2016 — 2018-yillar |
Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi,Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, IIV, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, KUFK, MTRK, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Yoshlar ittifoqi, “Ibn Sino” jamoat fondi |
895,3 mln soʻm* (har yili ajratiladigan pul mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari), 395,0 ming AQSh dollari, (“Salomatlik-3” loyihasi), BJSST (VOZ) mablagʻlari** |
Bajaruvchilarning qarori. Nooqilona ovqatlanish, kam jismoniy faollik, alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilish kabi yuqumli boʻlmagan kasalliklarning xatarli omillari tarqalganligini quyidagi yoʻllar bilan kamaytirish: aholi oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi masalalari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish; sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini taʼminlash boʻyicha oʻquv dasturlari, axborot-taʼlim materiallarini ishlab chiqish va nashr etish; nooqilona ovqatlanish va kam jismoniy faollik bilan bogʻliq kasalliklarni oldindan aniqlash yuzasidan 40 yoshdan oshgan aholini tekshirishning laboratoriya metodlari bilan keng qamrab olish; 40 yoshdan oshgan shaxslar oʻrtasida qondagi glyukoza va xolesterinni, peshobdagi oqsilni aniqlash uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini reagentlar va sarflash materiallari bilan taʼminlash; davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga arterial gipertoniya va qandli diabet boʻyicha zamonaviy klinik protokollarni joriy etish; Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institutining hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
|
14. |
Sogʻlom ovqatlanishda inson organizmining fiziologik ehtiyojini hisobga olgan holda turli kasalliklarning oldini olish va organizmning himoya xususiyatlarini mustahkamlash uchun milliy urf-odatlar, oziq-ovqat mahsulotlari xususiyatlarini hisobga olgan holda aholining turli jinsi va yoshi hamda kasbiy guruhlari uchun tavsiya qilinadigan oʻrtacha sutkalik ovqatlanish normalarini ishlab chiqish. |
2015-yil IV chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
— |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. BJSST tavsiyalarini hisobga olgan holda aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga aholining ehtiyojini hisob-kitob qilish. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga erishish. |
|
15 |
Qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini yetkazib berish bosqichlarini qisqartirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqqan holda “daladan ishlab chiqaruvchigacha”, “ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchigacha” qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari logistikasi hamda ularni yetkazib berish sxemalarini tahlil qilish. |
2016-yil III chorak |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
— |
Tahliliy yozma axborot. Qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlari logistikasi va ularni yetkazib berish sxemasini soddalashtirish. Qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlari tashishda yoʻqotishlarni kamaytirish va toʻsiqlarni bartaraf etish. Aholi uchun qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarining narxini arzonlashtirish. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan oziq-ovqat xomashyosining sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish. |
|
16. |
Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan bolalar va parhez oziq-ovqatlar ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xoʻjaligi meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ragʻbatlantirishning amaldagi mexanizmlari samaradorligini tahlil qilish. Ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2016-yil III chorak |
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
— |
Tahliliy yozma axborot. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xoʻjaligi meva-�abzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar uchun quyidagi yoʻllar bilan qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga birinchi navbatda boʻsh turgan binolarni “nol” sotib olish qiymati boʻyicha ajratish; imtiyozli kreditlar berish. |
|
III. Sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish | |||||
|
17 |
Yod ishlab chiqarish uchun katta amaliy ahamiyatga ega boʻlgan hamda kimyoviy xomashyo boʻlib xizmat qiladigan neft konlarining mahalliy xomashyo suvlari negizida yod ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. |
2016-2017-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekneftgaz”, MXK, Davlat geologiya qoʻmita?i |
Grantlar va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari |
Tahliliy yozma axborot. “Jarqoʻrgʻonneft” neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasining neft konlari suvlarini tanlab olish va ula�ning tarkibini, zaxiralarini tahlil qilish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish. Mamlakatimiz ishlab chiqarishida importning oʻrnini qoplashni tashkil etish maqsadida mahalliy xomashyodan yod ishlab chiqarishning texnik shartlari, texnologiyalarini tanlab olish va tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
|
18 |
Quyidagilarga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish: aholining turli guruhlari oʻrtasida ovqatlanish ratsionini oʻrganish; tarqalgan alimentar bogʻliqlik holatlarining rivojlanish sabablarini oʻrganish; bolalar va kattalar uchun mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari asosida parhez taomlar va ichimlik suvlar tayyorlash. |
2016 — 2020-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi |
48,0 mln soʻm* (har yili ajratiladigan pul mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari) |
Bajaruvchilarning qarori. Respublika aholisining turli guruhlari oʻrtasida ovqatlanish holatining monitoringini amalga oshirish. Amalga oshiriladigan profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini baholash. Parhez taomlar turlarini kengaytirish hamda davolash-profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish. |
|
19. |
Respublika aholisi oʻrtasida temir moddasi tanqisligi anemiyasi va yod tanqisligi holatlari tarqalganligini oʻrganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. |
2016-2017-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
8,0 ming AQSh dollari (Unni boyitishni amalga oshirish guruhi), YUNISEF mablagʻlari** |
Bajaruvchilar hisoboti. Aholi oʻrtasida temir moddasi tanqisligi anemiyasi va yod tanqisligi holatlari tarqalishi boʻyicha vaziyatni baholash. Tuzlarni yodlash, bugʻdoy unini mikronutriyentlar bilan boyitish boʻyicha amalga oshirilayotgan dasturlarning samaradorligini baholash. Bugʻdoy uni va osh tuziga qoʻshiladigan mikronutriyentlar normalarini qayta koʻrib chiqish. |
|
IV. Sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya sohasida keng tushunt�rish ishlarini tashkil etish va sogʻlom ovqatlanish targʻibotini kuchaytirish, tibbiyot kadrlari salohiyatini oshirish | |||||
|
20 |
Sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi masalalari boʻyicha quyidagi yoʻllar bilan axborot va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish: bosma va elektron ommaviy axborot vositalari materiallarini, ijtimoiy telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar turi va sonini koʻpaytirish; mashhur siyosiy, fan, sanʼat arboblari, sport va jamoat arboblarini jalb etish; oʻtkazilgan axborot va maʼrifiy tadbirlar natijalarini monitoring qilish va baholash. |
2015 — 2020-yillar |
MTRK, “Oʻzbekkino” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari KUFK, “Mahalla” fondi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ibn Sino” jamoat fondi |
Bajaruvchilar, homiylar va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari |
Bajaruvchilar qarori. Sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini yuritishni targʻib qiladigan ijtimoiy telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar, bosma axborotlar va Internet tarmogʻidagi eʼlonlar turkumlari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. Aholining yuqumli boʻlmaga� kasalliklarning (nooqilona ovqatlanish, kam jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning) xatarli omillari, shuningdek parhez ovqatlanishning xususiyatlari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish. |
|
21 |
Aholi, eng avvalo, yoshlar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini kengaytirish. |
2015 — 2020-yillar |
Sogʻliqni saqlash vaz�rligi,Xalq taʼlimi vazirligi,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, “Mahalla” fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Ibn Sino” jamoat fondi |
180,0 mln soʻm* (har yili ajratiladigan pul mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari), bajaruvchilar mablagʻlari |
Bajaruvchilar qarori. Aholining, eng avvalo, yoshlarning savodxonligini oshirish hamda oʻsib kelayotgan avlodning sogʻlom ovqatlanishga, jismoniy faollikka, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechishga koʻniktirish. Sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini taʼminlash boʻy�cha profilaktika ishlarini takomillashtirish. Nooqilona ovqatlanish, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmoli profilaktikasi boʻyicha ishlarni ilmiy-metodik taʼminlash. |
|
22 |
Quyidagi yoʻllar bilan tibbiyot kadrlari tayyorlash sifatini yanada oshirish: oʻrta maxsus, oliy, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlarini, shu jumladan “Diyetologiya” mutaxassisligi boʻyicha dasturlarni takomillashtirish; oliy tibbiy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari talabalarini sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya boʻyicha oʻqitish; “Diyetologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar va klinik ordinatorlarni tayyorlash; diyetologiya boʻyicha davolash-profilaktika muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish; har yili sogʻlom ovqatlanish, diyetologiya, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish masalalari boʻyicha malaka oshirish. |
2016 — 2020-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
306,7 mln soʻm* (har yili ajratiladigan pul mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari) |
Bajaruvchilar qarori. Sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya boʻyicha mutaxassislarning bilimlari va koʻnikmalarini yaxshilash. Davolash-profilaktika muassasalarida tayyorlanadigan parhez taomlar sifatini yaxshilash. Tibbiyot muassasalarida sogʻlom ovqatlanish, diyetologiya, jismoniy faollik, alkogolli va tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish sohasida maslahatlar berish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash. Davolash-profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirish. |