Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2016 20.08.2010 yildagi 184-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi-talabalarining sog‘lom ovqatlanishi tizimini tubdan yaxshilash, oshxona va bufetlarda sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tizimini yaxshilash chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga doir sanitariya-epidemiologiya talablari”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarining oshxona va bufetlari uchun xarid etilayotgan mahsulotlarning sifati, xavfsizligi, yetkazib berilishi, saqlanishi, ovqatlarning tayyorlanishi borasida sanitariya-gigiyena qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini yanada kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2010-yil sentyabr oyidan boshlab ta’lim muassasalarida (oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) ovqatlanishni tashkil etish borasidagi faoliyat faqat tanlov asosida saralab olinadigan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilish tartibi joriy etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 297-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 591-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish va tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va talabalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablari asosida ratsional va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, shuningdek sog‘liq uchun zararli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlari haqida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tizimini yaxshilash chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Tadbirlar‎ Bajarish muddatlari‎ Mas’ul bajaruvchilar‎
I. Normativ-huquqiy bazani mustahkamlash
1.‎ Respublika bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining gigiyenik talablar asosida xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash to‘g‘risida Respublika Bosh Davlat sanitariya vrachining qarorini qabul qilish. bir oy‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
2.‎ “Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga doir sanitariya-epidemiologiya talablari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ bir oy‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
3.‎ Ta’lim muassasalarida sotilishi taqiqlanadigan, tarkibida yosh avlod sog‘lig‘i uchun zararli moddalar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tasdiqlash. ‎ bir oy‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
4.‎ Ta’lim muassasalari oshxonalarida tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi (retsepturasi)ni belgilovchi namunaviy ro‘yxatni ishlab chiqish va ta’lim muassasalariga yetkazish.‎ bir oy‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
5.‎ Ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, o‘quvchilarning sifatli ovqatlanishini tashkil etish yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish, ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish. ‎ ishlab chiqish — 1 oy,
‎ijrosi — 2011 — 2015-yillar
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
II. Oshxona va bufetlar moddiy-texnika bazasini va jihozlanish holatini yaxshilash
6.‎ Ta’lim muassasalari oshxonalaridagi mavjud texnologik jihozlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni yangilash bo‘yicha 2011 — 2015-yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturlarni ishlab chiqish, mazkur maqsad uchun talab etiladigan mablag‘ miqdorini aniqlab, bosqichma-bosqich moliyalashtirishni ta’minlash. 2011 — 2015-yillar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
7.‎ Oshxona va bufetlari mavjud bo‘lmagan ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish choralarini ko‘rish. 2011 — 2015-yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi‎
8.‎ Ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasi saqlanadigan omborxonalar tashkil etish hamda ularni sovutgichlar va boshqa tegishli uskunalar bilan jihozlash.‎ 2011 — 2015-yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etuvchi yuridik shaxslar (ijarachilar)‎
9.‎ Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida innovatsion loyihalarni amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish choralarini ko‘rish.‎ 2010 — 2015-yillar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
III. Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish
10.‎ Davlat ta’minotida bo‘lgan ta’lim muassasalari (maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internatlar, mehribonlik uylari)ni o‘z vaqtida moliyalashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, sanitariya me’yorlari (SanPiN)ning bajarilishi va shu maqsadga ajratilayotgan mablag‘larning hamda ota-onalar badallarining sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash. 2010-yil 1-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
11.‎ Ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etgan yuridik shaxslar bilan tabiiy, ekologik toza, sifatli va arzon qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning hamkorligini yo‘lga qo‘yish.‎ 2010-yil 1-sentabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi
12.‎ Davlat ta’minotida bo‘lgan ta’lim muassasalari (maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internatlar, mehribonlik uylari) uchun xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini mahalliy sharoitlardan kelib chiqib hududiy hokimliklar tomonidan maqbullashtirish. har chorakda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, G‘aznachilik, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
13.‎ Davlat ta’minotida bo‘lgan ta’lim muassasalari (maktabgacha ta’lim muassasalari, maxsus maktab-internatlar, mehribonlik uylari) uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid etish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishni yengillashtirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish. 2010-yil O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, G‘aznachilik, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
14.‎ Ta’lim muassasalarida sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining savdoga chiqarilmasligi ijrosini qat’iy nazoratga olish. Doimiy‎ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
15.‎ Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, natijalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.‎ jadval asosida‎ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy ta’li? va sog‘liqni saqlash boshqarmalari‎
16.‎ Ta’lim muassasalari oshxona, bufetlarida sotilayotgan tayyor ovqatlarning sifati bo‘yicha laboratoriya nazoratini ta’minlash, sanitariya qoidalari buzilishi natijasida turli kasalliklar, jumladan yuqumli o‘tkir me’da-ichak kasalliklari va ovqatdan zaharlanish xavfining oldini olish yuzasidan qat’iy choralar belgilash. 2010-yil 15-avgust O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
17.‎ Ommaviy axborot vositalari orqali ta’lim muassasalarida gigiyenik talablar asosida ratsional va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlari yuzasidan keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish.‎ jadval asosida‎ O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi‎
18.‎ Ta’lim muassasalarida inson organizmi uchun zararli moddalar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlarini “Salomatlik saboqlari”, “Sog‘lom avlod asoslari”, “Sog‘lom oila asoslari” kabi darslar orqali o‘quvchilar ongiga yetkazish, mazkur yo‘nalishda ota-onalar yig‘ilishlarida tushuntirish ishlari olib borish. jadval asosida‎ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
19.‎ Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan respublika bo‘yicha va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda boshqa viloyatlarda hududiy seminarlar o‘tkazish. 2010-yil sentyabr — noyabr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda “ta’lim muassasalari” deb yuritiladi) sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish oshxona, bufet, kafeteriy, kafe (yozgi kafe), choyxona va kichik oshxonalarda (keyingi o‘rinlarda “oshxonalar” deb yuritiladi) belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga ko‘ra ovqatlanishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom ta’lim muassasalari hududlari doirasida faoliyat yurituvchi oshxonalarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumta’lim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalarining talabalari (keyingi o‘rinlarda “o‘quvchilar” deb yuritiladi) sog‘lig‘ini himoya qilish, tarkibida zararli moddalar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishning oldini olish ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning fiziologik yoshiga, mavsumga (yoz, qish davrlari) qarab oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablarni inobatga olgan holda ularning ratsional ovqatlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar o‘rtasida ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning ommaviy tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalari oshxonalarida sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash hamda ularning arzon narxlarda sotilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga qat’iy rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ta’lim muassasalari oshxonalarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq inson sog‘lig‘i uchun zararli moddalar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish qat’iy taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oliy ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish mazkur muassasalar tomonidan amalga oshirilganda ularga nisbatan ushbu Nizomning 6 — 22-bandlari qoidalari tatbiq etilmaydi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 297-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 591-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tanlov o‘tkazish yo‘li bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari (keyingi o‘rinlarda “yuridik shaxslar” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlovni tashkil etish, o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash ishlari umumta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi, oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlov komissiyasi kamida besh kishidan iborat tarkibda umumta’lim muassasalarida xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudiri, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida akademik litsey va kasb-hunar kolleji direktori, oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim muassasasi rektori, tuman (shahar) moliya bo‘limi, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi va ta’lim muassasalarining vakillaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumta’lim muassasalarida xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi mudiri, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktori, oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim muassasasi rektori tanlov komissiyasining raisi hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlov o‘tkazilishi haqida tanlov o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin viloyat yoki tuman (shahar) ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan, umumiy ovqatlanish bo‘yicha kamida olti oy davomida faoliyat yuritayotgan, maxsus moddiy-texnik bazasi va oziq-ovqat texnologiyasi bo‘yicha mutaxassislari mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlov yangi o‘quv yili boshlangunga qadar o‘tkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov har o‘quv yili uchun o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijara shartnomasi va boshqa majburiyatlarni lozim darajada bajargan yuridik shaxslar bilan kelgusi yil uchun shartnoma muddati, tanlov komissiyasi qaroriga asosan tanlov o‘tkazmasdan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma muddatini uzaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar Tanlov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanishni tashkil etish sohasidagi faoliyat, ish tajribasi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus moddiy-texnik baza va oziq-ovqat texnologiyasi bo‘yicha malakali mutaxassislar mavjudligi haqida ma’lumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlov komissiyasi tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish ariza taqdim etilgan sanadan boshlab bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlov komissiyasi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taklifni ma’qullash yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov komissiyasi tomonidan ma’qullangan talabgor bilan shartnoma tuzish haqida ta’lim muassasalariga xabar beriladi va komissiya qarori manfaatdor taraflarga o‘n kun muddatda taqdim etiladi (yoki aloqa vositalari orqali yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarining, oliy ta’lim muassasalari rektorlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib borish va natijalarini umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim muassasalarida sifatli va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish haqida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida umumiy ovqatlanish qoidalarining buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi oziq-ovqat mahsulotlari haqida keng tushuntirish ishlari olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat mulkining ijara shartnomasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov komissiyasi qaroriga muvofiq ovqatlanishni tashkil etish shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan ijara shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari), ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi o‘rtasida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijara shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkining tarkibi va qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara to‘lovining stavkasi va umumiy miqdori, uni to‘lash shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkining holati va ijaraga beruvchi uni ijaraga oluvchiga berishi kerak bo‘lgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi tomonidan davlat mulkidan foydalanish, shu jumladan kommunal to‘lovlarni va boshqa foydalanish to‘lovlarini to‘lash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma to‘xtatilgandan keyin davlat mulkini qaytarish holati va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan davlat mulkini tiklash va ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlar hajmi va ularni ijaraga beruvchiga taqdim etish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasini, shu jumladan ijara to‘lovlarini to‘lash muddatlari buzilishi munosabati bilan bekor qilish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijara shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab, ijaraga berilgan mulkni ijaraga beruvchidan talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi bilan kelishgan holda, uning roziligi bilan ijaraga olingan mol-mulk tarkibiga uning qiymatini oshiradigan o‘zgartishlar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan mol-mulkni rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnik jihatdan jihozlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijaraga oluvchining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan mol-mulk (bino, xona)dan maqsadli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan mol-mulk (bino, xona) tarkibiga o‘zgartirish kiritish, rekonstruksiya qilish va texnik jihozlashdan oldin ijaraga beruvchining yozma roziligini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson sog‘lig‘i uchun zararli moddalar bo‘lgan, sotish taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sotmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda belgilangan sanitariya qoidalari va me’yorlari bajarilishini to‘liq ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar o‘rtasida ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklar ommaviy tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan oshxonalarda ovqat tayyorlash texnologiyasi qoidalariga to‘liq amal qilgan holda taomlar tayyorlash hamda xomashyo va mahsulotlarning sifatli saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan mol-mulk (bino, xona)dan foydalanishda sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasi bo‘yicha barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati tugagandan keyin ijaraga beruvchining talabiga ko‘ra mol-mulk (bino, xona)ni ijaraga beruvchiga belgilangan tartibda topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk (bino, xona)ni ijaraga beruvchining ruxsatisiz ikkilamchi ijaraga bermaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchi tomonidan ushbu majburiyatlarning buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijara shartnomasi bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish ta’lim muassasasi ma’muriyati va tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 293-modda; 2011-y., 25-son, 261-modda; 2013-y., 45-son, 591-modda)