Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.07.2021 16.03.2007 yildagi PQ-605-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR BILAN ChAKANA SAVDO QILIShNI YaNADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish,shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisi salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, iste’mol bozoriga sifatsiz, sertifikatlanmagan alkogolli mahsulotlar kirib kelishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, savdo tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni chakana sotishning belgilangan talablariga so‘zsiz rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2007-yil 1-maydan boshlab alkogolli mahsulotlar yuridik shaxslar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalari asosida faqat nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan do‘konlar, alohida savdo zallari (seksiyalar) orqali sotilishi tartibi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, mazkur qarorda tasdiqlangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqidan marhum etilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solinadi hamda aybdor xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi sohasida huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish bo‘yicha maxsus komissiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 1-maygacha mazkur qarorda belgilangan talablarga va alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga to‘liq javob beradigan yuridik shaxslarga faoliyatning ushbu turini amalga oshirishga ruxsat guvohnomalari berilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo qiluvchi korxonalar ushbu qaror bilan belgilangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga so‘zsiz rioya qilishi ustidan qat’iy tizimli nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi 2007-yilning 15-apreligacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining talabnomalariga ko‘ra alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga belgilangan shakldagi ruxsat guvohnomalari tegishli darajada himoyalangan maxsus blankalarda zarur miqdorda tayyorlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-605-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi bilan faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olgan yuridik shaxslar shug‘ullanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsat guvohnomasi berish (amal qilish muddatini 10 kun muddatgacha to‘xtatib qo‘yish, shuningdek amal qilishini to‘xtatish, bekor qilish tartib-qoidasi tashabbusi bilan chiqish) to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etiladigan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish bo‘yicha maxsus komissiyalar (keyingi o‘rinlarda “Komissiya” deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qabul qilish, ular bo‘yicha Komissiyaning xulosalari va qarorlari loyihalarini tayyorlash uchun tumanlar (shaharlar) darajasida tuman (shahar) hokimliklari huzurida 2-ilovaga* muvofiq tarkibda alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyalar (keyingi o‘rinlarda “ishchi organ” deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda “ruxsat guvohnomasi” deb yuritiladi) har bir turg‘un chakana savdo shoxobchasiga 3 va 4-ilovalarga muvofiq sxema va shakl bo‘yicha arizada ko‘rsatilgan muddatga, biroq ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mehmonxonalarga unga tegishli bo‘lgan va uning ichida joylashgan, turuvchilarga alkogol mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanadigan bir necha turg‘un chakana savdo shoxobchasi (bar, mini-bar, kafe, restoran) uchun bitta ruxsat guvohnomasi beriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PF-5731-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat guvohnomasini olish uchun ariza berilgan paytda shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka tog‘li tumanlarda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida shakllangan ustav fondi mavjud bo‘lishi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda — alohida kiriladigan va kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda kamida 15 kvadrat metrli savdo zali maydoni bo‘lgan (faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga mo‘ljallangan), chekka tog‘li tumanlarda — alohida savdo seksiyasi bo‘lgan, alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini va bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini qo‘llash shartlariga, moddiy boyliklar to‘liq darajada saqlanishi ta’minlanishiga) muvofiq bo‘lgan ombor binolari va asbob-uskunalari bo‘lgan o‘zining yoki ijaraga olingan turg‘un savdo shoxobchasi mavjudligi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turg‘un savdo shoxobchasi ta’lim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada joylashganligi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo shoxobchalari jamoat transporti to‘xtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlarida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan joylarda joylashmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tomonidan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan maxsus foydalaniladigan, himoyalangan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi va bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari mavjudligi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ruxsat guvohnomasini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslar turg‘un chakana savdo shoxobchasi joylashgan joy bo‘yicha Komissiyaning ishchi organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqamining tartib raqami ko‘rsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berilishi to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka tog‘li tumanlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi. Ustav fondi pul mablag‘larida shakllantirilgan taqdirda tasdiqlovchi hujjat xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav fondi boshqa mol-mulk bilan shakllantirilgan taqdirda yuridik shaxs ushbu mol-mulkka egalik huquqi, uning qiymati va u ustav fondiga qo‘shilganligi haqidagi tasdiqnomani taqdim etadi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan bank hujjatining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ ruxsat guvohnomasini berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda axborot sohasidagi hamkorlik vositasida, shu jumladan elektron ko‘rinishida mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik shaxsdan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etish talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hujjatlar yuridik shaxs tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi ma’lum qilingan holda pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ularning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida belgilangan taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun yuridik shaxs — ariza beruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishchi organ tomonidan arizalar ko‘rib chiqilishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi organ 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va ularning ishonchliligini hamda alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishning mazkur Nizom bilan belgilangan talablariga muvofiqligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi organning barcha a’zolari bir ovozdan qaror qabul qilgan taqdirda Komissiyaga ruxsat guvohnomasi berish to‘g‘risidagi taklif kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishchi organ Komissiyaga ijobiy xulosa kiritgan taqdirda, xulosa bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar sotish va naqd pul tushumini tijorat banklari kassalariga topshirishning prognoz hajmlari kiritiladi. Komissiya tomonidan ruxsat guvohnomasi berilgan taqdirda prognoz hajmlarga yilning har choragida ishchi organ tomonidan tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi va a’zolari mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan talablarga mos kelmaydigan yuridik shaxslarga ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ishchi organning xulosasi Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi va ruxsat guvohnomasini berish yoki ruxsat guvohnomasi berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya 10 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va komissiyaning barcha a’zolari bir ovozdan qaror qabul qilgan taqdirda ruxsat guvohnomasini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yuridik shaxsni tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ruxsat guvohnomasi Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasi blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga, himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi ruxsat guvohnomasi blankalaridan maqsadli foydalanilishi, ularning saqlanishi va hisobga olinishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasi blankalari, shu jumladan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun yuridik shaxslarga berilgan ruxsat guvohnomasi blankalari hisobi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan berilgan ruxsatnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ruxsat guvohnomasi berishni rad etish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar ruxsat guvohnomasi berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat guvohnomasini berish uchun zarur hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmasligi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan talablarga muvofiq emasligi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan ruxsat guvohnomasi berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs ruxsat guvohnomasi berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan ruxsat guvohnomasi berishni rad etish to‘g‘risidagi asosli qaror yuridik shaxsga komissiya raisining imzosi bilan yozma shaklda topshiriladi (yuboriladi). Ushbu qarorda shuningdek yuridik shaxs ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasini berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda, mazkur guvohnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda avval ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsat guvohnomasini berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxs qayta o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilingan holda ishchi organga ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsat guvohnomasiga ega yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsat guvohnomasini ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasidagi mavjud ma’lumotlar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgargan taqdirda, ruxsat guvohnomasi yuridik shaxsning tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda ruxsat guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar yuridik shaxs ruxsat guvohnomasida ko‘rsatilgan faoliyatni oldin berilgan ruxsat guvohnomasi asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda berilgan ruxsatnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan yuridik shaxsning tegishli hujjatlar ilova qilingan ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi olingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yuridik shaxsning arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ishchi organga ruxsat guvohnomasining amal qilish muddati tamom bo‘lishidan kamida 15 kun oldin berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ruxsat guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Amal qilish muddati tamom bo‘lmagan yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan ruxsat guvohnomasi o‘rniga yuridik shaxsning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasi bo‘yicha Komissiya alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari, shu jumladan naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilganligi aniqlangan taqdirda ruxsat guvohnomasining amal qilishini 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtab turish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi, shuningdek shunga o‘xshash boshqa holatlar munosabati bilan faoliyat vaqtincha to‘xtatilgan taqdirda yuridik shaxs bu haqda Komissiyaga va davlat soliq xizmatining tegishli organiga yozma ravishda ma’lum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yuridik shaxs tomonidan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari muntazam ravishda yoxud bir marta qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda ruxsat guvohnomasining amal qilishi sud tartibida to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qalbaki hujjatlardan foydalanilgan holda ruxsat guvohnomasi olinishi holati tasdiqlangan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda ruxsat guvohnomasining amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Mazkur Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎

‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎______________________________________________________________ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari)

‎‎
Blanka seriyasi va tartib raqami

‎Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan
‎RUXSAT GUVOHNOMASI

‎200___ y. “____” __________ № ______

‎__________________________________________________________________________ga

(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

Pochta manzili ________________________________________________________________
STIR _______________________________________________________________________
IFTUK kodi __________________________________________________________________
NKM __________________ DSIda ____________ tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishning belgilangan talablariga javob beradigan ________________________________ manzilida joylashgan turg‘un savdo shoxobchasi orqali alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi berildi.

‎200__ yil “___” ___________ gacha berilgan.
Ish vaqti soat “____” dan “____” gacha
Obyektning egasi ______________________________________________________________

(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

Obyektdan foydalanuvchi _______________________________________________________

(chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy

____________________________________________________________________________

yig‘im to‘laydigan yuridik shaxsning nomi)

Alohida shartlar ______________________________________________________________

‎Imzo

‎Imzo _____________
MO‘
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh. Ruxsat guvohnomasi har bir savdo shoxobchasiga alohida beriladi. Notarius tomonidan tasdiqlanmagan ruxsat guvohnomasi nusxasi haqiqiy hisoblanmaydi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2601-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

1. Ushbu Qoidalar alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiladigan yuridik shaxslar mazkur Qoidalar bilan tartibga solinmaydigan masalalar yuzasidan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qilish qoidalariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi bilan faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini berish bo‘yicha Maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda matnda “Komissiya” deb yuritiladi) tomonidan berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini (keyingi o‘rinlarda matnda “ruxsat guvohnomasi” deb yuritiladi) olgan yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiladigan yuridik shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alkogolli mahsulotlar bilan faqat shaharlarda — alohida kiriladigan va kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda kamida 15 kvadrat metrli savdo zali maydoni bo‘lgan (faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga mo‘ljallangan), chekka tog‘li tumanlarda — alohida savdo seksiyasi bo‘lgan, alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini va bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini qo‘llash shartlariga, moddiy boyliklar to‘liq darajada saqlanishi ta’minlanishiga) muvofiq bo‘lgan ombor binolari va asbob-uskunalari bo‘lgan turg‘un savdo shoxobchasida chakana savdo qilish mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turg‘un savdo shoxobchasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada bo‘lishi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transporti to‘xtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlari yonida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari hududlarida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarning oshxonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan hududlarda joylashmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar sotiladigan joylarda uni yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri to‘g‘risida ogohlantiruvchi yozuvlar joylashtirilgan bo‘lishi shart.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxslar alkogolli mahsulotlar bilan faqat ruxsat guvohnomasini berishda Komissiya tomonidan belgilangan vaqt mobaynida chakana savdo qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish faqat yuridik shaxs tomonidan ushbu maqsadlar uchun himoyalangan fiskal xotirali maxsus nazorat-kassa mashinalaridan va bank plastik kartochkalari orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiladigan yuridik shaxslar tumanlar har chorakda (shaharlar) hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalari olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tomonidan belgilangan alkogolli mahsulotlar sotish hamda naqd tushumni tijorat banklari kassalariga topshirishning prognoz hajmlarini bajarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiladigan yuridik shaxslar alkogolli mahsulotlar va tovarlarning boshqa turlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha alohida hisob olib borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Alkogolli mahsulotlarni chakana tarmoqlarda sotish va saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sifatiga ko‘ra standartlarning majburiy talablariga va texnik shartlarga muvofiq bo‘lgan, belgilangan namunadagi aksiz markasi bilan markalangan alkogolli mahsulotlar sotilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muvofiqlik sertifikati xaridorning birinchi talabi bo‘yicha sotuvchi tomonidan taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Alkogolli mahsulotlarni, shu jumladan import alkogolli mahsulotlarni sotuvchi mahsulotlarning har bir nomi bo‘yicha tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hamda sertifikatning hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlari, amal qilish muddati va uni bergan organ ko‘rsatilgan holda mahsulotning har bir nomi bo‘yicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tovar-transport hujjatlariga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alkogolli mahsulotlar mahsulotning tegishli turiga qo‘yiladigan normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Og‘zi po‘stloq tiqin bilan mahkamlangan alkogolli mahsulot solingan shishalar tiqinning qurib qolmasligi va havo kirmasligi uchun omborxonalarda yotiq holatda, boshqacha tarzda tiqinlangan shishalar esa tik holatda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Alkogolli ichimliklar savdo zaliga qo‘yilishidan oldin sotuvchi (xodim) tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib ko‘rishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xaridor tomonidan kamchiliklari bo‘lgan alkogolli mahsulotlar xarid qilingan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga ko‘ra ularni zarur sifatga ega bo‘lgan tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan bo‘lsa, xaridor to‘lagan summani unga qaytarib berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadigan shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo avtomatlari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentiga kiruvchi boshqa tovarlarni imitatsiya qiluvchi (shularga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo qilinayotgan joylarda yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga uni sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlarning tarasida alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish inson sog‘lig‘iga zararli ta’sir qilishi to‘g‘risida matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmagan hollarda.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PQ-2597-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 444-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatisiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaroqlilik muddati o‘tib ketgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz markalari bilan markalanmagan (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan markalangan holda;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqargan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni ishlab chiqarishga litsenziyasi bo‘lmagan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotni yetkazib berish huquqiga ega bo‘lmagan yoki bojxona orqali tartibga solish, qoidalarni, savdo belgilaridan va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan qoidalarni, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni buzgan holda uni amalga oshirgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya normalariga va alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotish qoidalariga muvofiq bo‘lmagan xona va joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada joylashgan savdo korxonalarida;
(15-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transporti to‘xtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlari yonida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari hududlarida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarning oshxonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan hududlarda joylashgan savdo korxonalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (og‘zi uchgan, yorilgan), tiqini shikastlangan, umumiy ko‘rinishi tiniq bo‘lmagan, chet narsalar aralashgan, cho‘kindili shishalarda (vinolar to‘plamidan tashqari) sotish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlarga (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxdan past narxlar bo‘yicha.
(15-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilayotgan sotuvchi yigirma yoshdan kichikroq ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogolli mahsulot sotishni rad etishi shart.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PQ-2597-sonli qaroriga asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 444-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ushbu Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishning belgilangan qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solinadi, ushbu yuridik shaxslarning tegishli xodimlari esa belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan savdo qilish qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan yaroqlilik muddati doirasida kamchiliklari bo‘lgan alkogolli ichimliklar sotish oqibatida iste’molchining hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi kerak.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 12-son, 107-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2012-y., 20-son, 216-modda, 40-son, 466-modda; 2014-y., 52(I)-son, 641-modda; 2016-y., 38-son, 444-modda, 38-son, 445-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)