Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 28.03.2012 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI TOMONIDAN ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SOTISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 7-martdagi 65-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar faqat alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari asosida sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi, tushgan mablagʻlar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda taqsimlanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish boʻyicha maxsus komissiyalarga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan ushbu qaror talablariga izchil rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin hamda alkogolli mahsulotlarni sotishda huquq buzilishlariga yoʻl qoʻygan shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalari boʻyicha tegishli himoyalanish darajalariga ega boʻlgan maxsus blankalarda alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalarining zarur miqdorda tayyorlab berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-martdagi 89-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda ruxsat guvohnomasi deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy ovqatlanish korxonalari alkogolli mahsulotni sotishni faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsat guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassa;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlgan omborxonalarga va asbob-uskunalarga ega boʻlgan oʻzining yoki ijaraga olingan umumiy ovqatlanish obyekti mavjud boʻlganda amalga oshiradilar. Bunda umumiy ovqatlanish obyektlari taʼlim, sport va diniy muassasalar hududlarida, jamoat transporti bekatlarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida joylashmagan boʻlishi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsat guvohnomasi berish (amal qilish muddatini 10 kungacha toʻxtatib turish, shuningdek amal qilish muddatini toʻxtatish, uni bekor qilish yuzasidan sud tartibotini boshlash) toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish boʻyicha maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qabul qilish, ular boʻyicha Komissiya xulosalari va qarorlari loyihalarini tayyorlash tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari olishga oid hujjatlarni koʻrib chiqish komissiyalari (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi, tushgan mablagʻlar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ruxsat guvohnomasi har bir umumiy ovqatlanish obyekti uchun arizada koʻrsatilgan muddatga, lekin koʻpi bilan ikki yil muddatga, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema va shakl boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mehmonxonalarga, mehmonxonaga tegishli boʻlgan va uning ichida joylashgan, yashovchilarga alkogolli mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi barcha umumiy ovqatlanish korxonalariga (bar, mini-bar, kafe, restoran) bitta ruxsat guvohnomasi beriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsat guvohnomasi olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ruxsat guvohnomasi olish uchun umumiy ovqatlanish korxonasi oʻzi joylashgan joydagi ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza, unda umumiy ovqatlanish korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli va nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va bankdagi hisob-kitob raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish korxonasining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza berish vaqtiga kelib shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida hamda qishloq joylarda va uzoq togʻli tumanlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Agar ustav fondi pul shaklida shakllantirilgan boʻlsa — bu toʻgʻridagi tasdiqlovchi hujjat xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav jamgʻarmasi boshqacha mulk bilan shakllantirilgan taqdirda ushbu mulkka egalik huquqini, uning qiymatini va uning ustav fondiga kiritilishini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi bankning bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada koʻrsatilgan muddatga muvofiq ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ ruxsat guvohnomasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Umumiy ovqatlanish korxonasidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hujjatlar ishchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar ishchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun umumiy ovqatlanish korxonasi — ariza beruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Arizalarni ishchi organ tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni mobaynida oʻrganib chiqadi va ularning ishonchliligini, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi organning barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilingan taqdirda ruxsat guvohnomasi berish toʻgʻrisida Komissiyaga taklif kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ tomonidan Komissiyaga ijobiy xulosa kiritilgan taqdirda, xulosa bilan bir vaqtda, umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish va naqd tushumni banklar kassasiga topshirishning prognoz hajmlari taqdim etiladi, ularga har chorakda ishchi organ tomonidan tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishchi organ xulosasini koʻrib chiqish va ruxsat guvohnomasini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 10 ish kun mobaynida oʻrganib chiqadi va Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilingan taqdirda ruxsat guvohnomasi berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingandan soʻng Komissiya umumiy ovqatlanish korxonasini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida 3 ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ruxsat guvohnomasi Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasi blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga, himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi ruxsat guvohnomasi blankalaridan maqsadli foydalanilishi, ularning saqlanishi va hisobga olinishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasi blankalarining hisobi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, Berilgan ruxsatnomalarni roʻyxatga olish daftarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi uchun asoslar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat guvohnomasi berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasi berishning boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish korxonasi ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bildirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aniq sabablari koʻrsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror yozma shaklda, Komissiya raisining imzosi bilan umumiy ovqatlanish korxonasiga beriladi (yuboriladi). Ushbu qarorda rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni tugatish va hujjatlarni takroran taqdim etish uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorining ruxsat guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari ruxsat guvohnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ushbu guvohnomani berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Umumiy ovqatlanish korxonasi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda umumiy ovqatlanish korxonasi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda umumiy ovqatlanish korxonasi joylashgan joydagi ishchi organga ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi, arizaga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ruxsat guvohnomasiga ega boʻlgan umumiy ovqatlanish korxonalari qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsat guvohnomasini ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasidagi mavjud maʼlumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, ruxsat guvohnomasi umumiy ovqatlanish korxonasining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda ruxsat guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgungacha umumiy ovqatlanish korxonasi alkogolli mahsulotlar sotishni ilgari berilgan ruxsat guvohnomasi asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda tegishli oʻzgartirishlar Berilgan ruxsatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga kiritiladi. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish umumiy ovqatlanish korxonasining zarur hujjatlar ilova qilingan holda ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi tushgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish umumiy ovqatlanish korxonasining arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga ruxsat guvohnomasining amal qilish muddati oʻtishidan 15 kun oldin berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ruxsat guvohnomasi berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, muddati oʻtmagan ruxsat guvohnomasining oʻrniga umumiy ovqatlanish korxonasi arizasi boʻyicha dublikat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasi boʻyicha Komissiya tomonidan ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror umumiy ovqatlanish korxonasida alkogolli mahsulotlarni sotish qoidalari buzilganligi, shu jumladan naqd pul tushumini inkassatsiya qilish (banklarga topshirish)dagi buzilishlar aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi taʼmirlash ishlari bajarilishi munosabati bilan, shuningdek boshqa shunga oʻxshash hollarda vaqtincha toʻxtatib turilganda umumiy ovqatlanish korxonasi bu toʻgʻrida Komissiyani va davlat soliq xizmati organini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan alkogolli mahsulotlarni umumiy ovqatlanish korxonalarida sotish qoidalari muntazam ravishda yoxud bir marta qoʻpol buzilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda sud tartibida toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ruxsat guvohnomasi uning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi holati aniqlanganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizomga 1-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi
‎gerbi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

_________________________________________________________________________

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari)

‎Blanka seriyasi va tartib raqami

‎‎

Umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan alkogolli
‎mahsulotlarni sotish huquqi uchun

RUXSAT GUVOHNOMASI

‎‎

20___ yil “____” __________ № ______

_______________________________________________________________ga berildi.

(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

Pochta manzili ____________________________________________________

‎STIR ____________________________________________________________

‎‎IFUT kodi ______________________________________________________

‎‎NKM ________________________ DSIda _____________________ tartib raqami bilan
‎‎roʻyxatdan oʻtkazilgan.

________________________________ manzilida joylashgan umumiy ovqatlanish

obyektida alkogolli mahsulotlar sotishni amalga oshirish huquqi berildi
‎‎

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotishni amalga

oshirish huquqi uchun belgilangan talablarga muvofiqdir, 20___ yil “___” ___________ gacha berilgan.
‎‎
‎‎

Obyektning egasi __________________________________________________

(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

Obyektdan foydalanuvchi ___________________________________________

‎‎(obyektdan foydalanuvchi yuridik shaxsning nomi)

‎‎Alohida shartlar __________________________________________________

‎‎

‎‎‎‎Komissiya raisi

‎‎‎____________________

(imzo)‎

‎‎

‎‎M.Oʻ. ‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ruxsat guvohnomasi har bir umumiy ovqatlanish obyektiga alohida beriladi.
(2-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 151-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 34-son, 405-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)