Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2016 02.12.1997 yildagi 532-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sogʻliqni saqlashni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilayotgan budjet mablagʻlaridan yanada oqilona foydalanish, turgʻun davolanishdagi fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1998-yil 1-yanvardan boshlab turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan kishilar uchun ovqatlanish (nonushtadan tashqari) toʻlovi joriy etilsin, 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan kasalliklarning ayrim turlariga chalingan shaxslar toʻlovdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovi fuqarolarning shaxsiy mablagʻlari, korxonalar, tashkilotlar, xayriya jamgʻarmalarining va boshqa homiylarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlariga, mehnat jamoalari bilan kelishilgan holda, turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovini ularning tasarrufida qoladigan foyda (budjet muassasalari xarajatlari smetasi boʻyicha tejamlar) hisobiga amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq toʻlashning vaqtinchalik tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, joylardagi sogʻliqni saqlash organlariga va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishning vrachlar tavsiyalariga hamda sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq tashkil etilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan fuqarolar uchun, kasalxonalarning oziq-ovqat bloklari mavjud bazasidan samarali foydalanish asosida, sifatli shifobaxsh ovqatlanishni tashkil qilsin. Zarurat boʻlganda turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarni vrachlar tavsiyalariga, sanitariya normalariga muvofiq ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan, tayyorlanayotgan shifobaxsh ovqatlar sifati uchun tomonlarning javobgarligini belgilagan holda, davolash-profilaktika muassasalari bilan ixtisoslashtirilgan korxonalar oʻrtasida shartnomalar tuzilishini bir oy muddatda taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarning ayrim toifalari uchun ovqatlanish toʻlovi joriy etilishi, shuningdek aholini dori-darmonlar bilan taʼminlashning tartibga solinishi munosabati bilan boʻshaydigan budjet mablagʻlaridan davolash muassasalarini zamonaviy tibbiy texnika, asbob-uskunalar, maxsus avtotransport bilan jihozlash, shuningdek kasalliklarning oldini olish ishlarini kuchaytirish maqsadida sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinlarini rivojlantirish uchun maqsadli foydalansinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida har yili Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalxona muassasalari kassasiga ovqatlanish toʻlovi sifatidagi naqd tushumni qabul qilib olish va nazorat qilish hamda uni inkassatsiya qilishning Markaziy bank bilan kelishilgan tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga beriladigan, ularning ovqatni olishga huquqini tasdiqlovchi talonlarni chiqarish, hisobga olish va nazorat qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq toʻlashning yangi tartibi joriy etilishi munosabati bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun oʻz aylanma mablagʻlari normativini koʻpaytirish yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun davolash-profilaktika muassasalari tomonidan zarur oziq-ovqat mahsulotlarini oʻz vaqtida sotib olish maqsadida har yili ushbu muassasalarni belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda zarur aylanma mablagʻlar bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ovqatlanish uchun haq toʻlash tizimidan qatʼi nazar, davolash muassasalarida davlat tomonidan taʼminlanadigan muassasalar uchun nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash manbalari saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xizmat koʻrsatiladigan kontingentlarning ovqatlanishini tashkil etishda turgʻun davolash-profilaktika muassasalariga yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dispanserlar va qishloq uchastka kasalxonalari tarmoqlarini ushbu turdagi kam quvvatli muassasalarni qayta tashkil qilish va tugatish hisobiga tartibga solish yuzasidan 1998-yil 1-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mablagʻ bilan taʼminlashni statsionar yordam koʻrsatishdan ambulatoriya-poliklinikada yordam koʻrsatishga ustuvorlik bergan holda oʻzgartirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ambulatoriya-poliklinika muassasalari huzurida bemorlarga hamshiralar xizmat koʻrsatadigan kasalxonalar va uydagi shifoxonalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatish tizimini amaliyotga joriy qilish, bunda tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini muvofiq holda oshirish, koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar turi va shakllarini kengaytirishni nazarda tutish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifasi hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari stomatologiya, fizioterapiya (davolash va salomatlikni tiklash), vrachlik-jismoniy tarbiya tibbiyot muassasalarining, shuningdek mustaqil diagnostika markazlarining mulkchilik shakllarini oʻzgartirish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini dori-darmonlar bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 8-yanvardagi 15-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.A. Azizxoʻjayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
532-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxslarni turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qiluvchi kasalliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati (pulli kasalxonalar va boʻlimlardan tashqari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Onkologik kasalliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sil kasalligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruhiy kasalliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moxov kasalligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuqumli kasalliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sifilis
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida bemorlarning shifoxonada boʻlishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari boʻyicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Darajasidan qatʼi nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Endokrinologik kasalliklar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadigan aholi toifalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati (pulli kasalxonalar va boʻlimlardan tashqari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bolalikdan nogironlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gʻirt etimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. I va II guruh nogironlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda turuvchi yolgʻiz pensionerlar
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 1941—1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Baynalmilalchi jangchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 17 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mudofaa ishlari boʻlimlarining yoʻllanmalari boʻyicha 18—27 yoshli chaqiriq yoshidagilar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq toʻlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1 Mazkur Vaqtinchalik tartib (keyingi oʻrinlarda — Tartib) turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan kontingentning ovqatlanishi uchun haq toʻlash joriy qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga muvofiq joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Ovqatlanish toʻlovi (nonushtalardan tashqari) fuqarolarning shaxsiy mablagʻlari, shuningdek, korxonalar, Tashkilotlar, jamgʻarmalar va boshqa homiylar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Mazkur tartib turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan barcha kontingentga joriy etiladi, ovqatlanish toʻlovi hukumat qaroriga muvofiq davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan aholi toifalari va ayrim kasalliklarga chalingan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan tartib bemorlar kontingenti imtiyozlilar toifasiga toʻliq kiradigan davolash-profilaktika muassasalariga joriy etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Mazkur tartibga muvofiq haq kasalxona muassasalari yoki davolash-profilaktika muassasalari buyurtmanomalariga koʻra xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa korxonalar tomonidan faqat taomlar tayyorlash uchun sarflangan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati uchun toʻlanadi. Taomlar tayyorlash uchun asbob-uskunalar sotib olish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar, oziq-ovqat bloklari binolarini saqlash, taomlar tayyorlash bilan band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari va boshqalar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OVQATLANTIRIShNI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Turgʻun davolash-profilaktika muassasalaridagi bemorlarni ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi davolash-profilaktika muassasalarida shifobaxsh ovqatlanishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 19-martdagi 122-son buyrugʻiga muvofiq mavjud oziq-ovqat bloklari negizida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Davolash-profilaktika muassasalarining bosh shifokorlari ovqatlantirishni tashkil etish uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Davolash-profilaktika muassasasi taom tayyorlash uchun shartnomaviy shartlarda boshqa ixtisoslashtirilgan korxonalarni jalb etishi mumkin. Bunday hollarda davolash-profilaktika muassasalari buyurtmachi hisoblanadi va shifobaxsh ovqatlanishni tashkil etish uchun bemorlar oldida javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Bemorning shifobaxsh ovqati kimyoviy tarkibi va quvvatliligi jihatidan bemorga yozib berilgan parhez talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Ovqatni tayyorlash belgilangan sanitariya meʼyorlariga toʻliq muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Bemor oʻz xohishiga koʻra davolash-profilaktika muassasasi tavsiya etayotgan ovqatni toʻliq yoki qisman rad etishi mumkin. Bunday xollarda uni ovqatlantirish qarindosh-urugʻlari yoki yaqin kishilari tomonidan, shifokor yozib bergan parhezga rioya qilinishini hisobga olgan holda, tashkil etiladi. Ovqatlanish toʻlovi uchun foydalanilmagan mablagʻlar davolash-profilaktika muassasalari tomonidan toʻlovchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Ixtisoslashtirilgan korxonalar bilan shartnomaviy shartlarda ovqatlantirish tashkil etilganda davolash-profilaktika muassasasi taomnoma va buyurtma qilinadigan taomlarga har haftalik buyurtmanoma taqdim etadi. Shartnoma shartlariga koʻra buyurtma berilayotgan taomlar miqdori har kuni aniqlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. OVQATLANISh UChUN HAQ TOʻLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Bemor reja boʻyicha kasalxonaga yotqizilganda ovqatlanish toʻlovi, bemor tomonidan davolash-profilaktika muassasasiga joylashtirilgunga qadar, u yerda boʻlishi rejalashtirilayotgan barcha muddat uchun toʻliq yoki qisman, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bemor reja boʻyicha kasalxonaga yotqizilganda u ovqatlanish uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat yoxud davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladigan ovqatni rad etish haqida ariza taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash-profilaktika muassasasida pulli ovqatlanishni dastlab rad etgan bemor, buyurtiriladigan davr uchun oldindan haq toʻlagan holda, ovqatlanish uchun xohlagan paytda buyurtma berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovqatlanish uchun oldindan qisman haq toʻlanganda toʻliq hisob-kitob bemor kasalxonadan chiqqunga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan standartlarga muvofiq bemorlar shifoxonada boʻlishining cheklangan muddatlariga binoan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishini talab etuvchi holatlar bekor qilinganda davolanishni davom ettirayotgan shaxslarning ovqatlanishi uchun haq toʻlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Davolash-profilaktika muassasasida ovqatga haq toʻlanmagan, toʻliq toʻlanmagan yoki ovqatlanish uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar taqdim etilmagan barcha hollarda bemor kasalxonadan chiqqandan soʻng berilishi lozim boʻlgan kasallik varaqalari bemorning ish joyiga yoki ijtimoiy sugʻurta organlariga yuqorida sanab oʻtilgan bemorlarga ovqatlantirish uchun amalda sarf qilingan xarajatlarni toʻliq toʻlash uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Ovqatlanish toʻlovi uchun mablagʻlarni qabul qilish uchun davolash-profilaktika muassasalari oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi bankda alohida depozit schyoti ochadilar. Koʻrsatilgan schyotga bemorlarning ovqatlanishi uchun toʻlov sifatida ularning shaxsiy mablagʻlaridan tushuvchi barcha mablagʻlar, shuningdek, ularning ovqatlanish haqini toʻlagan korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari kelib tushadi. Koʻrsatib oʻtilgan schyotga imtiyozlarga ega boʻlgan kontingentlarning ovqatlanishi uchun toʻlashga moʻljallangan budjet mablagʻlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasalarining oziq-ovqat bloki orqali tashkil etilgan taqdirda, ovqatlanish uchun haq naqd pul bilan toʻlanganda — u bevosita davolash-profilaktika muassasasi kassasiga va haq pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanganda — taqdim etilgan schyotlar boʻyicha alohida depozit schyotiga toʻlanadi. Ovqatlanish haqini toʻlagan shaxslarga har bir toʻlovdan soʻng darhol amalda toʻlangan toʻlov miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi. Davolash-profilaktika muassasasi tomonidan pul mablagʻlarini qabul qilib olish va topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Xalq xoʻjaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu tartibga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tashkil etiladigan barcha bemorlarga har kuni ularning ovqatlanishi huquqini tasdiqlovchi talonlar beriladi. Talonlar ovqatning har bir turi (tushlik, ikkinchi tushlik, kechki ovqat) uchun beriladi, ularda tibbiy muassasaning muhri boʻladi hamda ular davolash-profilaktika muassasasi yoki taomlar tayyorlash uchun jalb qilingan ixtisoslashtirilgan korxona uchun moliyaviy hisobot hujjati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. MABLAGʻ VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Pulli asosda ovqatlantirishni tashkil etish uchun barcha davolash-profilaktika muassasalariga budjetdan belgilangan normativlarga muvofiq bir yilga hisoblangan aylanma mablagʻlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Imtiyozlarga ega boʻlgan kontingentlarni ovqatlantirishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun budjet mablagʻlari ilgari belgilangan tartibda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Davolash-profilaktika muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash davlat tomonidan taʼminlanadigan muassasalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)