22.12.2014 yildagi 1253-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Zomin tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zomin tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 991-II-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-453-II-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2014-y., 50-son, 590-modda) hamda Jizzax viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi “Jizzax viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida”gi 297-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori va viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2015-yil uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zomin tumanining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zomin tumanining mahalliy budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar mahalliy budjetining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan soliq stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qaroridagi tegishli ilovalar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur PQ-2270-sonli qarorining 25-ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — mazkur qarorning 10-ilovasiga* muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari mazkur qarorning 11-ilovasiga* muvofiq tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AK tomonidan avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari mavjud yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiyaviy qoʻshimcha haqi bir kubometriga 400 soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi, mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur (PQ-2270) qarorining 27-ilovasiga muvofiq taqsimlangan holda, oyiga 750,0 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tumanning oʻzini-oʻzi moliyaviy taʼminlash darajasini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar boʻyicha tushumlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ilovada* nazarda tutilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ilovada* nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-ilovaga* muvofiq davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar toʻliq hajmda tumanning mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mobil aloqa xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab viloyatlar mahalliy budjetlariga oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimligi iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda Davlat soliq inspeksiyasiga viloyat Iqtisodiyot, Moliya va Davlat soliq boshqarmalari bilan kelishilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda hududning subvensiya olish darajasini pasaytirish Dasturini ishlab chiqish va tuman hokimligiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning 1-choragi yakunlari boʻyicha mahalliy budjetning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish, tushumlarning qoʻshimcha rezervlarini topish va tegishli hududlarda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish boʻyicha tuman hokimligiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subvensiya olish darajasini qisqartirish dasturini amalga oshirishning borishi va mahalliy budjetning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish chora-tadbirlarining natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni har chorakda tuman hokimligiga taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mahalliy budjetlarning daromadiga qoʻshiladigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar tegishli budjet parametrlarida koʻzda tutilmagan xarajatlarga yoʻnaltirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida xizmat koʻrsatilayotgan aholi sonini hisobga olgan holda, kasalliklar yoʻnalishi boʻyicha profil oʻrinlar diapazonini belgilashni nazarda tutuvchi oʻrinlar fondini aniqlashning normativ usuliga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinganligi va bu toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi bir oy muddatda ishlab chiqilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi tuman moliya boʻlimi bilan birgalikda respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishini hisobga olib, umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlarining namunaviy shtatlarini yanada takomillashtirish ishlarini davom ettirsin, unda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga informatika xonasi mudirligi uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida belgilash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishni hamda dasturchi muhandis lavozimini maqbullashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun toʻlov miqdori 13-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitish uchun toʻlov miqdorlari 14-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilgan doimiy muassasalarni tashkil etib, faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish doirasida tovarlar olib kirish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman hokimligi moliya boʻlimining 2015-yilgi mahalliy budjetning asosiy parametrlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman moliya va gʻaznachilik boʻlimlari tuman tijorat banklari bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur (PQ-2270) qarori 36-ilovasiga muvofiq 2015-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tegishli mutasaddi korxona va tashkilotlar bir hafta muddatda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu qaror “Sharq tongi” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu qaror 2015-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B. SAFAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zomin sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1253-son