13.11.2014 yildagi SQ-453-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2014-yil 11-oktabrda taqdim etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991−II-sonli qarori bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 991−II-sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini so‘zsiz hamda lozim darajada ijro etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini hisobga oladigan, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishga va iqtisodiyotni liberallashtirishga, makroiqtisodiy va moliyaviy-budjet barqarorligini ta’minlashga, aholi turmush farovonligini oshirishga hamda inflatsiya darajasini maqsadli prognoz ko‘rsatkichlar doirasida saqlashga yo‘naltirilgan samarali choralarni ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlar ilgarilab rivojlanishini ta’minlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash jarayonlarini jadallashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik hamda investitsiya muhitini yanada yaxshilashni va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish yo‘li bilan xususiy mulkning rolini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada ko‘paytirish bo‘yicha islohotlarni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotga va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini yanada kamaytirish, soliq ma’muriyatchiligini qo‘llashni takomillashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini o‘stirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish bo‘yicha mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga va ish o‘rinlari tashkil etishni hamda ichki talabni rag‘batlantirishga imkon beradigan choralar amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sohaga davlat xarajatlaridan, shu jumladan ta’limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlaridan yanada samarali foydalanish orqali aholi turmush farovonligini oshirish choralarini ko‘rsin, shu bilan bir vaqtda muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilliligini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion rivojlanishini jadallashtirish maqsadida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida fanni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tadbirlarni bundan buyon ham amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining, uy-joy-kommunal xo‘jaligining rivojlanishini jadallashtirish hamda ko‘lamlarini kengaytirish bo‘yicha aholi turmushining sifatini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish dasturlarini amalga oshirishni faollashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq aholisining uy-joy, maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanish va ayni vaqtda qurilish-montaj ishlarining, shuningdek barpo etilayotgan ijtimoiy va transport-kommunikatsiya infratuzilmasining sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarning daromad bazasini oshirish va ularning yuqori turuvchi budjetlarga qaramligini kamaytirish maqsadida budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirishning normativ usulini qo‘llashni kengaytirish, budjet mablag‘laridan manzilli, maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, budjet jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan budjetni rejalashtirish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan choralar ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamg‘armalarining daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini tartibga solish yo‘li bilan ular daromadlari va xarajatlarining balansliligini, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanishning manzilliligi va samaradorligi yanada oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining taqchilligini 2015-yil 1-yanvar holatiga respublika budjetining zaruriy aylanma kassa naqd mablag‘lari hajmidan ortiqcha erkin qoldiqlari va boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobidan moliyalashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan tegishli parametrlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning daromad bazasini kengaytirish va iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin, budjet mablag‘laridan manzilli, maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-453-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 11-son, 316-modda)