17.12.2014 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati hokimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetning parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 991-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-453-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarorlari (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2014-y., 50-son, 590-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2015-yil uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining mahalliy budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat budjeti, Jizzax shahri va tumanlar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan budjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax shahri va tumanlar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat budjeti, Jizzax shahri va tumanlar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan soliq stavkalari 7-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2015-yil uchun viloyat mahalliy budjetining zaxira jamgʻarmasi 976,2 mln soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qaroridagi tegishli ilovalar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer soligʻi stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur PQ-2270-sonli qarorining 25-ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — mazkur qarorning 10-ilovasiga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yagona soliq toʻlovi tushumlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari mazkur qarorning 11-ilovasiga muvofiq tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AK tomonidan avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga (balansida avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari mavjud yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan holda) sotadigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga soliqqa tortilmaydigan maxsus investitsiyaviy qoʻshimcha haqi bir kubometriga 400 soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi, mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur (PQ-2270) qarorining 27-ilovasiga muvofiq taqsimlangan holda, oyiga 750,0 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mintaqalarning oʻzini-oʻzi moliyaviy taʼminlash darajasini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar boʻyicha tushumlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ilovada nazarda tutilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ilovada nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-ilovaga muvofiq davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar toʻliq hajmda viloyat, shahar va tumanlarining mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mobil aloqa xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab viloyatlar mahalliy budjetlariga oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shahar va tuman hokimliklari iqtisodiyot va moliya boʻlimlari hamda Davlat soliq inspeksiyalariga Iqtisodiyot, Moliya va Davlat soliq boshqarmalari bilan kelishilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda hududning subvensiya olish darajasini pasaytirish Dasturini ishlab chiqish va viloyat hokimligiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning 1-choragi yakunlari boʻyicha mahalliy budjetning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish, tushumlarning qoʻshimcha rezervlarini topish va tegishli hududlarda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish boʻyicha viloyat hokimligiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subvensiya olish darajasini qisqartirish dasturini amalga oshirishning borishi va tegishli budjetlarning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish chora-tadbirlarining natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni har chorakda viloyat hokimligiga taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida viloyat hokimligi, iqtisodiyot, moliya va soliq boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch hafta muddatda viloyatning subvensiya olish darajasini pasaytirish Dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning 1-choragi yakunlari boʻyicha mahalliy budjetning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish, tushumlarning qoʻshimcha rezervlarini topish va tegishli hududlarda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subvensiya olish darajasini qisqartirish dasturini amalga oshirishning borishi va tegishli budjetlarning daromad keltiradigan bazasini koʻpaytirish chora-tadbirlarining natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mahalliy budjetlarning daromadiga qoʻshiladigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar tegishli budjet parametrlarida koʻzda tutilmagan xarajatlarga yoʻnaltirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Viloyat hokimligi Moliya boshqarmasiga tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlaridan foydalanuvchilarning xarajatlar smetasi tuzilayotganda birinchi navbatda ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga sarflanadigan xarajatlar tegishli budjetlarning tasdiqlangan xarajatlari parametri doirasida nazarda tutilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarga yuqori budjetning naqd aylanma kassa mablagʻlari hisobiga budjet ssudalari olish uchun soʻrovnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki moliya boshqarmasiga murojaat qilinganda, ularni qoplash muddati va manbalari toʻgʻrisida toʻliq axborot taqdim etilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida xizmat koʻrsatilayotgan aholi sonini hisobga olgan holda, kasalliklar yoʻnalishi boʻyicha profil oʻrinlar diapazonini belgilashni nazarda tutuvchi oʻrinlar fondini aniqlashning normativ usuliga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinganligi va bu toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi bir oy muddatda ishlab chiqilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Viloyat Xalq taʼlimi va Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari Moliya boshqarmasi bilan birgalikda respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishini hisobga olib, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining namunaviy shtatlarini yanada takomillashtirish ishlarini davom ettirsin, unda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga informatika xonasi mudirligi uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida belgilash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishni hamda dasturchi muhandis lavozimini maqbullashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ota-onalardan olinadigan toʻlov miqdorlari quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun toʻlov miqdori 13-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitish uchun toʻlov miqdorlari 14-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3, 4 va 14-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilgan doimiy muassasalarni tashkil etib, faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish doirasida tovarlar olib kirish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Viloyat hokimligi Moliya boshqarmasining 2013-yilgi mahalliy budjetning asosiy parametrlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetning daromadlari 674638,4 mln soʻm, shundan, Respublika budjetidan ajratilgan subvensiya 309386,7 mln soʻm, oʻtkazib berilgan oʻzaro hisob-kitoblar 103844,0 mln soʻm va xarajatlari 676376,6 mln soʻm miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat Moliya va Gʻaznachilik boshqarmalari viloyat Markaziy banki Bosh boshqarmasi bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur (PQ-2270) qarorining 36-ilovasiga muvofiq 2015-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tegishli boshqarma va tashkilotlar, shahar va tumanlar hokimliklari bir hafta muddatda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu qaror “Jizzax haqiqati” va “Djizakskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda tegishli tartibda — www.jizzax.uz rasmiy veb-saytda joylashtirilsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari R. Kenjayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Ushbu qaror 2015-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining 2015-yilga asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(oʻtgan yilga nisbatan foiz hisobida)

Koʻrsatkichlar

2015-yilga istiqbol koʻrsatgichlari

Yalpi hududiy mahsulot (YaHM)

109,7

Sanoat mahsulotlari hajmi

113,3

Qishlok xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi

105,8

Kapital qoʻyilmalar hajmi

106,3

Chakana tovar aylanishi hajmi

116,1

Pullik xizmat

118,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati mahalliy budjetining 2015-yilgi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻrsatkichlar

mln soʻm

I. Daromadlar — hammasi

414 887,9

1.

Toʻgʻri soliqlar

177 051,7

1.1

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi

7 507,9

1.2

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar

22 241,9

1.3

Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha

27 620,9

1.4

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi

96 220,4

1.5

Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi

20 740,1

1.6

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi

2 720,5

2.

Egri soliqlar

156 229,9

2.1

Qoʻshilgan qiymat soligʻi

102 775,7

2.2

Aksiz soligʻi

9 562,3

2.3

Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq

43 891,9

3.

Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi

45 755,1

3.1

Mol-mulk soligʻi

22 820,6

3.2

Yer soligʻi

22 234,3

3.3

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

700,2

4.

Boshqa daromadlar

35 851,3

Xarajatlar — jami

814 441,7

1.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami

735 613,4

jumladan:

1.1

Maorif

490 895,3

umumiy taʼlim

390 939,1

kadrlar tayyorlash

99 956,1

1.2

Sogʻliqni saqlash

167 451,4

1.3

Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari

5 562,9

madaniyat va ommaviy axborot vositalari

5 429,7

sport

133,2

1.4

Fan

476,7

1.5

Ijtimoiy taʼminot

5 051,7

1.6

Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar

65 668,0

1.7

Chernobil falokatini bartaraf etishda qatnashganlarni ijtimoiy himoyalash

2,0

1.8

Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar

5,9

1.9

Ijtimoiy koʻnikma markazlari

295,6

1.10

Isitish qozonxonalari va kommunal xoʻjalikning isitish tizimlarini kapital taʼmirlash

203,9

2.

Iqtisodiyotga xarajatlar

32 293,6

jumladan:

2.1

Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari

5 135,1

2.2

Obodonlashtirish

27 158,5

3.

Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar

19 912,3

4.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash

11 502,1

jumladan:

4.1

Davlat boshqaruv idoralari

11 502,1

5.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash

12 569,5

6.

Zahira jamgʻarmasi

976,2

7.

Boshqa xarajatlar

1 574,6

jumladan:

7.1

Mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan boshqa muassasalar va tadbirlar

972,7

7.2

Qabullar uyini saqlash xarajatlari

601,9

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyat tumanlari va Jizzax shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻining eng kam zarur
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(ming soʻm)

Hududlar nomi

aylanma kassa mablagʻi miqdori

Arnasoy

91 450,0

Baxmal

239 800,0

Gʻallaorol

259 850,0

Jizzax

296 430,0

Doʻstlik

130 700,0

Zomin

276 150,0

Zarbdor

130 700,0

Zafarobod

110 420,0

Mirzachoʻl

110 420,0

Paxtakor

119 900,0

Forish

189 930,0

Yangiobod

51 100,0

Jizzax sh

254 600,0

Viloyat budjeti

1 980 250,0

Hammasi

4 241 700,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha belgilangan soliqlarning bazaviy stavkalari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyat turi

Soliq toʻlovchilar

Mazkur faoliyat turini xarakterlovchi fizik koʻrsatkichlar

Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida)

Jizzax shahri

tumanlar, qishloq joylari qoʻshilgan holda

1.

Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun joylar

yuridik shaxslar

egallagan maydon (1 kv.metr)

0,06

0,04

2.

Bolalar oʻyin avtomatlari

yuridik va jismoniy shaxslar

jihozlangan oʻrinlari soni (bir birlikda)

2,0

1,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 2015-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (118 400 sum) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitoblari taqdim etilganda, hisobga olinmagan birlik koʻrsatkichlari aniqlanganda, bu holat soliqqa tortiluvchi obyektni yashirish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliqlarning bazaviy stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyat turi

Bir oyga birlik koʻrsatkich uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (bitta birlik uchun eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida)

Jizzax shahri

tumanlar, qishloq joylari qoʻshilgan holda

1.

Chakana savdo

oziq-ovqat tovarlari bilan

6,0

3,0

dehqon bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan *

4,0

2,0

nooziq-ovqat tovarlari bilan

6,5

3,0

gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan

3,0

0,5

oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan (statsionar nuqtalardagi aralash savdo )

6,5

3,0

2.

Maishiy xizmatlar

1,5

0,5

3.

Xususiy mahsulot ishlab chiqarish shu jumladan milliy shirinliklar va non-bulka mahsulotlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish

1,5

1,0

4.

Boshqa faoliyat turlari

1,5

1,0

5.

Avtomobil transportida yuklarni tashishga oid xizmatlar:

3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

2,0

8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

3,0

8 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

4,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*) Dehqon xoʻjaligida parvarishlangan, ham tirik koʻrinishda, ham ularni soʻyib, xom va qayta ishlangan koʻrinishdagi mahsulotlari sifatida chorva mollari, quyonlar, nutriyalar, baliq, parrandani, shuningdek natura va qayta ishlangan koʻrinishda asalarichilik va dehqonchilik (gulchilikdan tashqari) mahsulotlarini sotish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etishtirilgan qishloq xoʻjaligi maxsulotlar uchun fuqarolar tomonidan unga yoki oilasiga ajratilgan yer maydonida ishlab chiqarilganligini joydagi Davlat hokimiyati organi, oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik boshqaruvi, bogʻdorchilik-polizchilik uyushmalari tomonidan berilgan tegishli shakldagi tasdiqlovchi xujjatlar taqdim etilganda soliq toʻlovidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 2015-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (118 400 soʻm) miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir necha faoliyat turi bilan shugʻullansa har bir faoliyat turi uchun alohida soliq toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat roʻyxatidan oʻtmagan hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan taqdirda, soliq hududlar stavkalari oʻrtasidagi ijobiy farqini olgan holda toʻlanadi. Shunda stavkalar oʻrtasidagi ijobiy farq tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtgan hududga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy shaxslar tomonidan Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib alohida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan taqdirda, hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan faoliyat turiga belgilangan qatʼiy soliq stavkalari boʻyicha bir yillik miqdorida soliq undiriladi, ammo jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan turib alohida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlangan vaqtdan 30 kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan xollar bundan mustasno. Bunday jismoniy shaxsga qatʼiy belgilangan soliqning bir yillik miqdorini Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq shu davrdagi qatʼiy soliq boʻyicha majburiyatlar hisobidan 12 oy davomida toʻlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarorining 8-ilovasida koʻrsatilgan stavkalar (yaʼni jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar) boʻyicha soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati hududida joriy qilingan mahalliy soliqlar va yigʻimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORIY STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Soliq va yigʻim turi

Meʼyoriy stavkalar

1.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi

korxona ixtiyorida qoladigan sof foydaning 8% i

2.

Isteʼmol uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq: *

transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi

1 litr uchun 290 soʻm / 1 tonna uchun
385 200 sum**

transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi

1 litr uchun 290 soʻm / 1 tonna uchun
352 400 sum**

transport vositalari uchun suyultirilgan gaz

1 litr uchun 200 soʻm

transport vositalari uchun siqilgan gaz

1 kub metr uchun 240 soʻm

3.

Chakana savdo qilish huquqi uchun litsenzion yigʻim ***

Alkogolli mahsulotlar, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarni sotishni qoʻshgan holda

bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish hakining 5 barobari mikdorida

qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar

bir oylik savdosi uchun eng kam oylik ish haqining 3,5 barobari miqdorida

4.

Avtotransport vositalarini saqlash joylarida koʻrsatiladigan pullik xizmatdan yigʻim ****

eng kam oylik ish haqining 8 barobari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* koʻrsatib oʻtilgan stavkalar hajmi Jizzax viloyatining barcha hududlarida yagona hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Yuridik va jismoniy shaxslarga benzin, dizel yonilgʻisi va gazning yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali sotilganda transport vositalari uchun benzin, dizel yonilgʻisi va gaz isteʼmoli uchun soliq 1 litr hisobidan hisoblanadi, boshqa holatlarda 1 tonna hisobidan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Yigʻim yagona xisob raqamga tushib, undan keyin Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibga asosan budjetga va hokimliklarning budjetdan tashqari (maxsus) xisob rakamlariga taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Yigʻim miqdori viloyat markazida eng kam ish haqining 3 barobaridan, boshqa aholi punktlarida eng kam ish haqining 2 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan yagona soliq toʻlovi stavkalari mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan holda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Toʻlovchilar

Soliq solinadigan bazaga soliq stavkasi %da

1.

Umumiy ovqatlanish korxonalari

10

ulardan:

umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan korxonalar

8

2.

Chakana savdo korxonalari (5-bandni hisobga olinmagan holda) joylashuvga qarab*

Jizzax shahri

4

Boshqa aholi punktlari

2

Borishi qiyin hamda togʻli axoli punktlari**

1

3.

Ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi korxonalar (5-bandni hisobga olmagan holda):

5

4.

“Sharobsavdo”ning hududiy maxsus bazalari chakana va ulgurja tovar aylanmasi boʻyicha

5

5.

Ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi dorixonalar joylashuviga qarab:

Jizzax shahri

3

Boshqa aholi punktlari

2

Borishi qiyin hamda togʻli aholi punktlari**

1

6.

1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun bajarilgan xizmatlar hajmidan plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan toʻlovlar

oʻrnatilgan stavka 5 %ga pasaytiriladi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Agarda ulgurji savdo korxonalarining boshqa hududlarda alohida mustaqil yuridik maqomiga ega boʻlmagan savdo shoxobchalari mavjud boʻlsa, ushbu korxonalar har bir savdo shohobchalari boʻyicha alohida tovar aylanmasi xisob-kitobini olib, ushbu shohobchalar joylashgan hududiga belgilangan yagona soliq stavkasini toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Borishi qiyin va togʻli aholi punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtgan № 1868-sonli Yoʻriqnoma asosida va Jizzax viloyati Yer resurslari va Davlat kadastri boshqarmasi “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati Davlat unitar korxonasi” tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar uchun mulkni ijaraga berishdan tushadigan ijara toʻlovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STAVKASI ENG KAM MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Toʻlovchilar

Belgilangan stavkalarni xarakterlovchi oʻlchov koʻrsatgichlar

Bir oyga ijara toʻlovlarning eng kam stavka miqdorlari (soʻmda)

Viloyat markazida

Boshqa hududlarda

1.

Bino

Turar joy binosi

1 kv.m umumiy maydon uchun

2 000

1 000

Noturar joy binosi

4 000

2 000

2.

Avtomobil transporti

Yengil avtomobil (haydovchi oʻrnini qoʻshmagan holda yukxona va 8 ta yoʻlovchi oʻrindiqdan koʻp boʻlmagan yoʻlovchi tashishga moʻljallangan avtotransport vositasi)

1 ta avtotransport vositasi uchun

220 000

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari

430 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Toʻlovchilar

Eng kam oylik ish haqi koʻpaytmasi hisobida

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati yuklangan yuridik shaxslar

20

2.

Jismoniy shaxslar

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirishni soliq toʻlovchilarning mulkiga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari 2015-yil 1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi (118 400 soʻm) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi hamda eng kam ish haqining yil davomidagi oʻzgarishi davomida qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkaziladigan davlat bojlari, yigʻimlari va jarimalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomi

1.

Davlat bojlari (alohida faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalarga davlat bojlari va patent bojlari bundan mustasno)

2.

Soliq organlari tomonidan solinadigan jarimalar

3.

Umumiy yurisdiksiyali sudlar tomonidan solinadigan jarimalar

4.

Xoʻjalik sudlari tomonidan solinadigan jarimalar

5.

Boshqa jarimalar, 2 — 4*-bandlarda koʻrsatilganlardan tashqari

6.

Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi Davlat xizmatining hududiy boʻlimlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jizzax shahri boʻyicha tushumlardan tashqari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojlari, yigʻimlar va jarimalar tushumlarining mahalliy budjet va vazirlik hamda idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasidagi taqsimoti belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi 297-sonli qaroriga
13-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni saqlash uchun ota-onalar badali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Umumtaʼlim muassasasining joylashgan joyi va bir kunlik bola qatnovi vaqti

Yasli guruhlar

Maktabgacha guruhlarda

Taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun

Taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun*

Taʼlim muassasasiga qatnaydigan oiladagi bir bola uchun

Taʼlim muassasasiga oiladan bittadan koʻp bola qatnagan taqdirda, har bir bola uchun*

I.

Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida

5 kunlik ish kuni boʻlgan maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida

1.

Jizzax shahrida

bolalar qatnovi

1.1.

4-5 soatli

28000

20200

37400

27000

1.2.

9-10,5 soatli

74200

52700

98000

69600

1.3.

12 soatli

97000

69600

115700

83100

1.4.

24 soatli

97000

69600

127400

91100

2.

Tumanlar markazi va boshqa hududlarda

bolalar qatnovi

2.1.

4-5 soatli

19900

18000

26400

23900

2.2.

9-10,5 soatli

52600

48100

69300

63300

2.3.

12 soatli

69000

63200

81800

74900

2.4.

24 soatli

69000

63200

90100

81400

6-kunlik ish kuni boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarida

1.

Jizzax shahrida

bolalar qatnovi

1.1.

4-5 soatli

33300

23300

44200

30900

1.2.

9-10,5 soatli

88100

61900

116300

81700

1.3.

12 soatli

115000

82300

138200

98900

1.4.

24 soatli

115000

82300

151400

107600

2.

Tumanlar markazi va boshqa hududlarda

bolalar qatnovi

2.1.

4-5 soatli

23700

21200

31600

28100

2.2.

9-10,5 soatli

62300

56400

82500

74800

2.3.

12 soatli

81500

73400

97100

87300

2.4.

24 soatli

81500

73400

107700

98000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Taʼlim muassasasida bir oiladan bittadan koʻp bola turli hil yoshdagi guruhlarga qatnaganda, har bir bola uchun ota-onalar badali toʻlovi bola yoshidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish orqali belgilanadi.