22.10.2014 yildagi 991-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilgan Budjetnomani –– O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek muhokama qilish davomida Qonunchilik palatasi deputatlarining takliflari va fikr-mulohazalari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlariga erishishiga hamda aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishga qaratilgan makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotga tushadigan soliq yuki kamaytirilishini hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish chora-tadbirlari kuchaytirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasi samaradorligini oshirish imkonini beradigan Issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishni tezlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetlarining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining daromad bazasini ko‘paytirish hamda ularning subvensiyalardagi ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan investitsiyalar hajmini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘paytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 –– 2017-yillardagi davrda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturi tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda xarajatlarni normativ rejalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishni hisobga olgan holda budjet tashkilotlarining tarmoqlarini va xodimlari shtatlarini maqbullashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirilishini, eng avvalo, qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash uchun tarmoqlar hamda inshootlar qurilishi va rekonstruksiya qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini inflatsiya darajasidan ildam sur’atlarda oshirish tamoyilini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan qabul qilingan dasturlar doirasida barcha tadbirlar moliyalashtirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015 –– 2020-yillar davomida davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash dasturlarini qabul qilsin hamda ularning bajarilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz qariyalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturlari amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznesni, shu jumladan yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini kengaytirish, faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni tiklash hisobidan 2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi so‘zsiz bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari so‘zsiz bajarilishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetlarining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari sifatli rejalashtirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlansin, budjet tashkilotlarining budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining tegishli deputatlar guruhlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishiga alohida e’tibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
991-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 10-son, 268-modda)