Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmonini bajarish yuzasidan va xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, korxonalarning ustav jamgʻarmalarida davlatning ulushini eng koʻp darajada qisqartirish, obyektlarning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish, shuningdek xorijiy investorlarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi va joylashtirilmagan aktivlari 2003-2004-yillarda birja va birjadan tashqari bozorlarda toʻliq sotilishi kerak boʻlgan xususiylashtirilgan korxonalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
birja va birjadan tashqari bozorlarda toʻliq sotiladigan davlat korxonalari va obyektlari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
ustav jamgʻarmasida 25 foizdan 51 foizgacha aksiyalar (ulushlar) davlat mulki sifatida saqlanib qoladigan korxonalar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
ustav jamgʻarmasida 51 foiz va undan ortiq aksiyalar (ulushlar) davlat mulki sifatida saqlanib qoladigan strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1—4-ilovalar berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 23-dekabrdagi F-1680-son Farmoyishi bilan tuzilgan Xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya (R.Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Vazirlar Mahkamasi Komplekslari bilan birgalikda 2003-yil yakunlari boʻyicha mazkur qarorga 5-ilovada* koʻrsatilgan korxonalar va obyektlarni xususiylashtirish natijalarini puxta xatlovdan oʻtkazsin. Xatlov natijalari boʻyicha davlat aktivlari birja va birjadan tashqari bozorlarda toʻliq sotilmagan korxonalarni aniqlasin. Vazirlar Mahkamasiga obyektlarni va mol-mulk qismlarini sotgan, ularga berilgan yer uchastkalarini tanlov asosida boshqa xoʻjalik subyektlariga bergan holda ularni tugatish hamda davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
* 5-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi Komplekslari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va sotishni amalga oshirsinlar, korxonalarni baholash va sotishga tayyorlash muddatlarini mumkin qadar qisqartirsinlar, ularning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish ularning ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushini saqlab qolmasdan amalga oshiriladi, davlat ulushi ularda Hukumatning tegishli qarorlari bilan birkitilgan korxonalar bundan mustasno;
xorijiy investorlar tomonidan korxonalar aksiyalari, ulushlari (paylari) va obyektlar toʻliq sotib olinganda ularning investitsiya majburiyatlari ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish, investor tomonidan korxonalarning budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzlarini qaytarish va Hukumat kafolati ostida olingan kreditlarni qoplash yoʻli bilan toʻgʻridan toʻgʻri amalga oshirilishi mumkin;
ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investorlarning investitsiya majburiyatlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan texnologik asbob-uskunalarga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilingan vaqtdan boshlab investitsiya davrida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno);
Tender savdolari oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi va Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qaroriga koʻra tarkibiy oʻzgartirish va sogʻlomlashtirish uchun mustaqil ravishda moliyaviy resurslarni qidirib topishga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan, moliyaviy jihatdan nochor va past rentabelli korxonalarning davlat aktivlari, sotib oluvchilar tomonidan texnika bilan qayta jihozlash va ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish uchun yetarli boʻlgan investitsiya majburiyatlari qabul qilingan, shuningdek korxonaning kreditorlik qarzi toʻlangan taqdirda, investorlarga nominaldan past narxlar boʻyicha tanlov shartlarida sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy investorlarga erkin muomaladagi valyutaga sotilishi kerak boʻlgan davlat mulki (korxona, obyekt, xoʻjalik jamiyatlari aksiyalari va ulushlari paketi) savdoga qoʻyilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida birja savdolarida sotilmagan taqdirda Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda ushbu mulkni milliy valyutaga sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-sonli qaroriga muvofiq oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 206-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda davlat aktivlarini nominaldan past narxlar boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2003-yil 1-iyulgacha aksiyadorlik va xolding kompaniyalarida, xususiylashtirilgan korxonalarda davlat aktivlarini hisobga olish va ulardan foydalanish samaradorligini baholash mexanizmini, shuningdek xususiylashtirishdan keyingi davrda ularning faoliyati samaradorligi ustidan monitoring tizimini ishlab chiqsin va joriy qilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ushbu qarorning bajarilishi Vazirlar Mahkamasining birinchi yarim yillik va 2003-yil yakunlari boʻyicha majlisida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-aprel,
185-son
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy elektrkimyo zavodini tajriba tariqasida yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1993-yil 18-avgustdagi 419-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Maishiy sovutgichlar ishlab chiqaruvchi “ARSIN” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 15-martdagi 112-son qarori.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dorixona muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 11-martdagi 132-son qarorida:
2-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-ilova 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “35” raqami “26” raqami bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasini ochiq turdagi “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1994-yil 24-martdagi 160-son qarorining 4-bandida:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari ishini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 31-maydagi 277-son qaroriga ilovaning III boʻlimidan 3 (Shimoliy-Sharq mavzesidagi 16-AYQSh), 5 (Belonojko koʻchasidagi 62-AYQSh), 11 (Farhod koʻchasidagi 99-AYQSh) va 14 (Xurshid koʻchasidagi 106-AYQSh) satrlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qT, 1996-y., 7-son, 20-modda) 2-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekfilm” va “Oʻzkinoxronika” kinostudiyalari boʻyicha aksiyalarning 51 foizi davlat ixtiyorida qoladi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qaroriga 6-ilovadagi “Andijon konserva zavodi” OTAJ, “Xoʻjaobod konserva” OTAJ, “Shahrisabz konserva” OTAJ, “Namangan konserva” OTAJ, “Tayloq konserva zavodi” OTAJ, “Kishmish” konserva zavodi OTAJ, “Yangi Toshkent konserva” OTAJ, “Quva konserva zavodi” OTAJ, “Toʻraqoʻrgʻon “Shirinlik” quruq mevalar zavodi” OTAJ, “Bulungʻur quruq mevalar zavodi” OTAJ, “Andijon polimer” OTAJ, “Oʻzmevasabzavotloyiha” OTAJ, “BLKTB Mevasabzavot” OTAJ, “Mevasabzavotqurilish” OTAJ, “Oʻzmevasabzavotimpeks” OTAJ satrlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga 3-ilovaning 9-bandidagi “3 oy” soʻzlari “2 oy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi toʻgʻrisida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qaroridagi 1-bandning birinchi xatboshi va 4-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarining boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 5-ilova 2.3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalarning davlat paketlarini saqlash boʻyicha depozitariy xizmati haqini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qaroriga ilovada:
19-bandning uchinchi-beshinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi uchinchi-yettinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Davlat koʻchmas mulki va mol-mulki obyektlari kimoshdi savdosi yoki tanlov orqali sotilganda Respublika koʻchmas mulk birjasi tomonidan undiriladigan vositachilik yigʻimlari quyidagi tartibda belgilanadi:
kim oshdi savdosida kamida 3 ta bosqichdan oʻtgan taqdirda sotilgan mol-mulk umumiy summasining koʻpi bilan 5 foizi;
tanlov savdolari oʻtkazilgan taqdirda boshlangʻich narxdan oshgan summaning koʻpi bilan 10 foizi;
birja savdolari oʻtkazilgan taqdirda (sotuv qiymatiga koʻra) koʻpi bilan 3 foiz.
Vositachilik yigʻimini undirish shuningdek faqat shartnoma asosida mol-mulkni sotib oluvchining hisobiga amalga oshirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 289-modda)
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagromashservis” uyushmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 9-noyabrdagi 438-son qarorida:
5-bandning uchinchi xatboshidagi “10” raqami “35” raqami bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qT, 2001-y., 2-son, 8-modda) 4-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarorida:
3-bandning sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
4-ilovaning 5-satridagi “2003” raqami “2008” raqami bilan almashtirilsin;
5-ilovaga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin: “elektr tarmoqlari korxonalarini qayta tashkil etishda mehnat jamoasining aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi ulushini aksiyalarning 5 foizigacha miqdorida belgilash nazarda tutilsin”;
6-ilovadagi 32-satr chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 292-modda)
16. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 13-martdagi 124-son qarorida:
5-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “va “Laktam”, “Kimyosavdotaʼminot” yopiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-ilovaning “Korxonalar nomi” ustunidagi “Kimyosanoati xodimlari malakasini oshirish instituti” 12-satriga va 4-ilovaning (“Kimyogar” bolalar sogʻlomlashtirish lageri) 3-satriga, (“Oqtosh” pansionati) 4-satriga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“**masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylantiriladi”.
17. Vazirlar Mahkamasining “Respublika qogʻoz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 20-iyundagi 257-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Respublika mebel sanoatini monopoliyadan chiqarish va uni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 258-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 289-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-noyabrdagi 448-son qarorining 6-bandiga “va investor tomonidan oʻz zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinsin va “Santexquyma” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketi mazkur qaror bilan tasdiqlangan shartlarda boshqa investorlarga sotilsin” soʻzlari qoʻshilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashtirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 26-martdagi 97-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qT, 2002-yil, 3-son, 17-modda):
a) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “xorijiy” soʻzi chiqarib tashlansin, “eng avvalo” soʻzlari “shu jumladan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ikki yil” soʻzlari “bir yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
4—17, 23, 95-97, 151, 187, 188, 191, 194, 196, 221, 230, 245, 265, 288, 294, 297, 299-300, 381, 413, 464-465, 470-471, 520-satrlar chiqarib tashlansin;
438-satrga “Toshkent viloyati “Suvoqava” tuman boʻlimi, Yangiobod tumani” 266-1-kichik satri qoʻshilsin;
v) 2-ilovadagi 32—34, 36—38-satrlar chiqarib tashlansin;
g) 3-ilovadagi 9-bandning “a” — “b” kichik bandlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-apreldagi 145-son qarorining 5-bandidagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Toshmargyogʻ” va “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 17-maydagi 164-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika koʻmir sanoatini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 196-son qarori 6-bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 11-bandidagi “firma doʻkoni boʻlgan bosmaxonaning” va ushbu ulushlarni “Oʻzstandart” agentligiga ishonchli boshqaruvga bersin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va ularning tarkibini oʻzgartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son qarorida:
2-ilovadagi 19, 37 va 38-satrlar chiqarib tashlansin;
3-ilovadagi 18, 110, 115 va 194-satrlar chiqarib tashlansin.
6-ilovadagi 4-band chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 3-son, 33-modda, 7-son, 81-modda, 18-son, 206-modda, 25-son, 288-modda, 29-son, 330-modda; 2006-y., 30-son, 289-modda, 292-modda, 42-son, 417-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)