Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 08.10.2002 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIY NOCHOR KORXONALARNI TUGATISH VA ULARNING TARKIBINI O‘ZGARTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning o‘z faoliyati natijalari uchun iqtisodiy mas’uliyatini oshirish, ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tugatish, ularning tarkibini o‘zgartirish, ularni mulkchilikning boshqa shakllarida qayta tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik tartibotlarini boshlash to‘g‘risidagi tashabbusi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga* muvofiq past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga* muvofiq zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarning davlatga tegishli ulushlarini erkin sotuvga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (R.Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda ikki hafta muddatda 4-ilovaga* muvofiq zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor yirik sanoat korxonalari tarkibini o‘zgartirish hamda ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasinlar va ularning bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijalari to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda 5-ilovada* ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarning moliyaviy beqarorligi sabablarini chuqur tahlil qilsinlar hamda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalar mulkiy kompleks sifatida ochiq savdolarda, zimmasiga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan investitsiya majburiyatlari olgan investorlarga ustuvor ravishda sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi o‘zgartirilayotgan 4 va 5-ilovalarga muvofiq korxonalar tarkibini o‘zgartirish jarayonida ortiqcha mol-mulkini sotishda, bo‘shayotgan mablag‘lar soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni qoplashga, ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlashga, asbob-uskunalarni demontaj va montaj qilish xarajatlarini qoplashga maqsadli yo‘naltirilgan taqdirda, daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tugatish komissiyalari bilan birgalikda mulkida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarni mulkiy kompleks sifatida to‘liq sotishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyatli investorlar tomonidan mol-mulkka talabdan va ularning investitsiya majburiyatlari mavjudligidan kelib chiqqan holda narxlar o‘zgarishining o‘zgaruvchan mexanizmini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatiladigan ishlab chiqarishlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugatish maqsadida bankrot korxonalar mulkiy kompleksining o‘z vaqtida baholanishini va sotilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S.Azimov va O‘.Q.Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 19-son, 148-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 33-son, 370-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)