Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.05.1994 yildagi 277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHAR AVTOYoNILG‘I QUYISh ShOXOBChALARI IShINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar aholisiga va xorijiy davlatlarning vakolatxonalariga xizmat ko‘rsatishni, tranzit avtotransporti harakatini tubdan yaxshilash, avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, yangilarini qurish, shuningdek, avtotransport vositalari egalari uchun servis xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari ishini yaxshilash, eskilarini rekonstruksiya qilish, hozirgi zamon talablariga javob beradigan yangi AYQShlarni qurish, shaxsiy avtotransport egalariga va xorijiy vakolatxonalarga servis xizmati ko‘rsatishni kengaytirishga oid chora-tadbirlar (ilova* qilinadi) ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) Toshkent shahar hokimligi (Fozilbekov) bilan birgalikda shu yilning 15-iyunigacha servis xizmati ko‘rsatish, avtomashinalar turish joylari bo‘lgan, hozirgi zamon talablariga javob beradigan yangi avtoyonilg‘i shoxobchalari qurish, shuningdek, eski AYQShlarni rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimi A. Fozilbekov tugatiladigan avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari o‘rniga yangilarini qurish uchun yer maydonlari ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarini qurish va eskilarini rekonstruksiya qilish vazifasi quyidagi qurilish tashkilotlariga topshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi tegishlicha — 2 va 8 ta, “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi — 2 va 8 ta, “O‘zsuvqurilish” davlat konserni, “O‘zneftgaz qurilish”, “O‘zdehqonchilikqurilish”, “O‘zkolxozqurilish” birlashmalari bittadan AYQShlari, “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi esa bitta AYQSh va texnik moylarni qadoqlash korxonasi qurib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra amalga oshirilsin, yangi avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari qurilishi shu yilning oktyabr oyida, eski AYQShlarni rekonstruksiya qilish shu yilning noyabr oyida tugallansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharopov), “O‘zqurilishmateriallari” davlat konsern i (Ibobekov) “O‘zdavneftmahsulot”, “O‘zdehqonchilikqurilish”, “O‘zneftgazqurilish”, “O‘zkolxozqurilish” birlashmalarini, “Toshkentqurilish”, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyalarini, “O‘zbektransqurilish” uyushmasi va “O‘zsuvqurilish” davlat konsernini ularning talabnomalari va ishlarni amalga oshirish muddatlariga muvofiq zarur materiallar bilan ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi rahbariyati ikki hafta muddatda yangi avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari qurilishida, ishlab turganlarini rekonstruksiya qilishda ishtirok etgan xodimlarni ishlar yuksak sifat bilan bajarilgan obyektlarni muddatidan ilgari topshirganlik uchun mukofotlash shartlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zsanoatqurilishbank” “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasiga 9 ta zamonaviy avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari qurilishi va 16 ta AYQShni rekonstruksiya qilinishi uchun belgilangan tartibda 6 oy muddat bilan 15 mlrd so‘m-kupon kredit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Q. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277-son