Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2003 15.03.1999 yildagi 112-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAIShIY SOVUTGIChLAR IShLAB ChIQARUVChI “ARSIN” QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada zamonaviy, eksportga moʻljallangan maishiy sovutgichlar ishlab chiqarishini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sino” aksiyadorlik jamiyatining Turkiyaning “Koch” kompaniyalari guruhi bilan turli modifikatsiyalardagi 250 ming maishiy sovutgichlar ishlab chiqaruvchi “ARSIN” qoʻshma korxonasini tashkil etish va keyinchalik qoʻshma korxonada aksiyadorlar sifatida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirok etishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy qiymati 76,9 mln AQSh dollari boʻlgan loyihani mablagʻ bilan taʼminlash qoʻshma korxonaning ustav jamgʻarmasi va 1-ilovaga* muvofiq 33,76 mln AQSh dollari hajmida qoʻshma korxonaga berish rejalashtirilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ARSIN” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasi 43,14 mln AQSh dollariga teng summani, shu jumladan, 1a-ilova*ga muvofiq ustav jamgʻarmasini shakllantirish jadvaliga koʻra Oʻzbekiston tomonining ulushi 40 foizni va xorijiy tomon ulushi 60 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1a-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 50 foizini eksportga sotish sharti bilan uning butlovchilarining 75 foizini vatanimizda ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi maishiy sovutgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Sino” aksiyadorlik jamiyati mol-mulkini baholash va uni “ARSIN” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasiga berish tadbirlarini bir oy muddatda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida sovutgichlar uchun butlovchi buyumlarni vatanimizda ishlab chiqarishning batafsil rejasini uch oy muddatda ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butlovchi buyumlarni vatanimizda ishlab chiqarish loyihasini xorijiy investorlarni jalb etish uchun ustuvor investitsiya loyihalarining yigʻma roʻyxatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi maishiy sovutgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislar uchun vizalarni rasmiylashtirishni, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni, vizalar va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini uzaytirishni davlat bojlari undirmasdan amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maishiy sovutgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida ishlash uchun respublikaga keluvchi xorijiy mutaxassislarga yashash va respublika hududida transportning barcha turlarida yurishga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “ARSIN” qoʻshma korxonasi kreditni uzish davrida maishiy sovutgichlar ishlab chiqarish uchun keltiriladigan import qilinuvchi butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar boʻyicha boj toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga 2-ilovaning 4-satri oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-son