Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021 21.05.2013 yildagi X-583/5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAShQADARYo VILOYATI Kitob tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi “2007—2010-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-459-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 376-modda), 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarorlari (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʼminlash hamda ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kitob tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boʻlmagan aholini (kasbga ega boʻlmagan yoshlarni) bandligini taʼminlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shuningdek tumanning qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga koʻmaklashishni tashkil etish yuzasidan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishsizlarni vaqtinchalik ish bilan band qilish maqsadida tumandagi fermer xoʻjaliklari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Haq toʻlanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlagan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdori 15 foiziga koʻpaytirilganidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kitob tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahoratini, ish tajribasini, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini jamoat ishini tashkil etayotgan tegishli korxona, tashkilot va muassasalardagi ishning turi va zaruriy mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tuman bandlikka koʻmaklashish markazi direktori I. Nigmatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun mablagʻ ajratish Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17 va 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomining 23-bandiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish, bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinadigan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomning 25-bandiga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno hollarda, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi davlat hokimiyati organlari mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari — mehnatga haq toʻlash xarajatlarining koʻpi bilan yetmish besh foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa korxonalarda — mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarning koʻpi bilan ellik foizi qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomning 26-bandiga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, tuman bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari zimmasiga haq toʻlanadigan jamoat ishlariga qatnashayotgan fuqarolar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni (tabel) har oyning 25-sanasiga qadar tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim qilib borish hamda ularga ish haqlarini toʻliq oʻz vaqtida oyma-oy toʻlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori I. Nigmatov, nazorat qilib borish esa tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari O. Qobulov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim U. XUDOYQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-583/5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil
21-maydagi X-583/5-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etuvchi tashkilot, muassasa va fermer xoʻjaliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

t/r‎

Haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etiladigan tashkilot, muassasa va fermer xoʻjaliklarining nomi ‎

Haq toʻlanadigan jamoat ishlari turi‎

Tashkil qilish davri‎

1.‎

2‎

3‎

4‎

1.‎

Tuman fermer xoʻjaliklarida‎

Ariq qazish, koʻchat ekish, qishloq xoʻjalik ishlari‎

2-chorakda‎

2.‎

Tuman Ipak masʼuliyati cheklangan jamiyati‎

Tuman ipakchilik korxonasida pilla qabul qilib olish mavsumida pillani navlarga ajratish ish turlari ‎

2-chorakda‎

3.‎

Jamoat ishlarini tashkil etish imkoniyatlari boʻlgan yuridik maqomga ega boʻlgan tashkilotlar‎

‎ Yil davomida‎

4.‎

Obodonlashtirish boʻlimi‎

Qishloq xoʻjalik ishlari‎

3-chorakda‎
‎

Jami:‎

X‎

X‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil
21-maydagi X-583/5-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.‎

O. Qobulov‎

tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, guruh rahbari ‎

2.‎

I. Nigmatov‎

Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori ‎

3.‎

F. Uzoqov‎

tuman moliya boʻlimi boshligʻi‎

4.‎

J. Raxmonov‎

“Mahalla jamgʻarmasi” tuman boʻlimi raisi‎