Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi
“2007—2010-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-459-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 376-modda), 2007-yil 6-apreldagi
“Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarorlari (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi
Nizom ijrosini taʼminlash hamda ishga joylashishga muhtoj, ish bilan taʼminlanmagan aholini jumladan, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, ishga joylashtirishga koʻmaklashish, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш2. Ishsizlarni vaqtinchalik ish bilan band qilish maqsadida tumandagi fermer xoʻjaliklari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlari roʻyxati
1-ilovaga muvofiq hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш5. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun mablagʻ ajratish Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining
17 va
22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomining
23-bandiga muvofiq haq toʻlanadigan jamoat ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash ish beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari, shuningdek mahalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirish, bunda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinadigan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining:
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomning
25-bandiga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno hollarda, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish uchun ish beruvchilarni qiziqtirish maqsadida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorda:
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomning
26-bandiga muvofiq oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, tuman bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.