Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida ikki yoqlama soliq solinishning oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida savdo va iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida texnik hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida bojxona ishi boʻyicha oʻzaro koʻmaklashuv toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida sogʻliq saqlash va tibbiyot sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida oʻzaro madaniy markazlarni taʼsis qilish va ularning faoliyati boʻyicha Bayonnoma.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari hamda tashqi ishlar vaziri A.X.Kamilovga mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 11-noyabr,
472-son