15.09.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va
Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ishi sohasida oʻzaro koʻmaklashuv toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati, bundan keyin "Tomonlar" deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qonunlarining buzilishi ular mamlakatlarining iqtisodiy, moliyaviy va jamiyat manfaatlariga ziyon keltiradi deb hisoblab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalarning davlat chegarasidan yashirincha oʻtkazilishi butun jamiyat sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirishini eʼtiborga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mollarni eksport va import qilishda olinadigan bojxona bojlari, soliqlari va boshqa toʻlovlarni aniq hisoblashni taʼminlash hamda ularning qiymati, tasnifi va kelib chiqishini toʻgʻri aniqlash, shuningdek taqiqlash, cheklash va nazorat qilishga oid qonun-qoidalarni toʻgʻri qoʻllash muhimligini anglab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qonunchiligi buzilishining oldini olishga va bojxona bojlari, soliqlar va boshqa yigʻimlarni undirishda koʻproq aniqlikka erishish uchun yoʻnaltirilgan harakatlar ikkala mamlakat bojxona idoralari yaqindan hamkorlik qilgan taqdirda yanada samaraliroq boʻlishi mumkinligiga qatʼiy ishonib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona Hamkorligi Kengashining 1953-yil 5-dekabrdagi oʻzaro maʼmuriy koʻmaklashuv boʻyicha tavsiyalarini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun Tomonlarning bojxona idoralari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isroil Davlatida — Isroil Davlati Moliya vazirligining Bojxona va QQS departamenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining bojxona idorasi rasmiy nomi oʻzgargan taqdirda, ushbu bojxona idorasi boshqa Tomonga zudlik bilan yozma ravishda xabar bermogʻi lozim. Bunday oʻzgarishdan qatʼi nazar, ushbu Bitim oʻz kuchini yoʻqotmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) «bojxona qonunlari» — mollarning import, eksport va tranziti, shuningdek bojxona toʻlovlarining barcha turlari, bojxona boji, soligʻi va boshqa har qanday yigʻimlarga, shu bilan birga, taqiq, cheklov, nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar yoki giyohvandlik va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalarning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashga oid bojxona qonunlari majmuida bayon qilingan va ularni ijro etish bojxona idoralari zimmasiga yuklangan qonun- qoidalardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) «qonunbuzarlik» — bojxona qonunlarining har qanday buzilishi yoki bu qonun-qoidalarni buzishga urinish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) «soʻrayotgan bojxona idorasi» — ushbu Bitimga muvofiq, yordam soʻrayotgan yoki shunday koʻmak olayotgan bojxona idorasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) «soʻralayotgan bojxona idorasi» — ushbu Bitimga muvofiq, yordam soʻralayotgan yoki shunday koʻmak berayotgan bojxona idorasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) «axborot» — hisobotlar, yozuvlar, hujjatlar, hujjatnomalar, avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan har qanday koʻrinishdagi xabarlar va ularning tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) «nazorat ostida etkazib berish» — giyohvand vositalar, ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalar, ularning oʻrnini bosuvchi va boshqa noqonuniy yoki shubhali tarzda olib oʻtilayotgan tovarlar guruhini yurgizish bilan shugʻullanayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida, vakolatli idoralarning roziligi bilan va ularning nazorati ostida Tomonlarning hududi orqali noqonuniy yoki shubha tugʻdiruvchi giyohvand vositalar, ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalar va boshqa gʻayriqonuniy olib oʻtilishi moʻljallangan tovarlarni olib chiqish, olib kirish yoki tranzit qilishga yoʻl qoʻyuvchi usullardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Bitimning qoʻllanish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning bojxona idoralari ushbu Bitim qoidalariga hamda Tomonlarning milliy qonunlariga muvofiq, oʻz vakolatlari doirasida quyidagi sohalarda hamkorlik qiladilar va bir-birlariga yordam beradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona qonunlariga rioya qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona qonunlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, qonunbuzarlikni tekshirish va jazolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodimlarni oʻqitish va ekspertlarni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ularning birgalikda harakat qilishini taqozo etuvchi boshqa masalalar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasida hamkorlik shaxslarni hibsga olish yoki ushlab turish, bojxona bojlari, boshqa soliqlar, jarimalar yoki pul yigʻimlarini majburiy ravishda undirishni koʻzda tutmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik Tomonlarning bojxona idoralari orqali bevosita amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Koʻmaklashuv sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning bojxona idoralari soʻrov boʻyicha tovarlarni tashish va joʻnatishga oid, shuningdek ularning qiymati, tasnifi va tayyorlangan, joylashgan eri hamda ushbu tovarlar etkazib beriladigan manzil haqidagi maʼlumotlarni bir-birlariga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir bojxona idorasi soʻrovga binoan boshqa bojxona idorasiga quyidagi masalalarga oid maʼlumotlarni taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrayotgan Tomon hududiga soʻralayotgan Tomon hududidan olib kirilayotgan mol haqiqatan qonuniy eksportmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrayotgan Tomon hududidan soʻralayotgan Tomon hududiga olib chiqilayotgan mol haqiqatan qonuniy importmi, shuningdek bu mollarga mos keladigan bojxona tartiboti xususiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir bojxona idorasi oʻz tashabbusi bilan yoki soʻrovga binoan boshqa bojxona idorasiga eng qisqa muddatda bojxona qonunlarining buzilishi haqidagi guvohlik bera oladigan barcha maʼlumotlarni taqdim qiladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrayotgan Tomon bojxona qonunlarini aniq buzgan yoki shubha qilinayotgan konkret shaxslar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa bojxona idorasining aniqlashi boʻyicha soʻrayotgan Tomon hududida noqonuniy yoʻl bilan tovar aylanuviga qoʻyilgan yoki shubha ostiga olingan mollar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻrayotgan Tomonning bojxona qonunlarini buzish maqsadida foydalanilayotgan yoki shundan shubhalanilayotgan transport vositalari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bir Tomon hududidan boshqa Tomon hududiga kontrabanda yoʻli bilan giyohvand vositalar va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalar olib oʻtish hollari haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday axborot tegishli shaxslar, transport vositalari va tovarlarni qiyoslashga imkon beradigan, mumkin qadar toʻliqroq maʼlumotni oʻz ichiga olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona idoralari boshqa maʼlumotlar qatori, quyidagilarni ayirboshlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) foydalanilayotgan usullar va vositalar haqida maʼlumot yoki ular bojxona qonunlarini buzish uchun ishlatilayotganligi yuzasidan shubha boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona nazoratining qonun-qoidalari, fosh qilishning yangi usul va yoʻl-yoʻriqlari haqida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona qonunlari buzilishi, giyohvand vositalar va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalar kontrabandasiga qarshi kurash masalalari boʻyicha matbuotda eʼlon qilingan ilmiy va kasbiy xususiyatga ega boʻlgan maqolalar, hujjatlar, shuningdek oʻquv qoʻllanmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) giyohvand vositalari va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalar kontrabandasiga qarshi kurash usullari, texnik vositalar va maxsus oʻrgatilgan itlarni qoʻllash tajribasi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) giyohvandlik vositalari va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalarning yangi turlari, ularni ishlab chiqarish joylari, tashish yoʻnalishlari va yashirish usullari haqida maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlarning bojxona idoralari boshqa Tomon hududida qonunbuzarlik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlarga oid barcha maʼlumotlarni bir-birlariga taqdim etadilar. Boshqa Tomonning iqtisodiga, jamiyat sogʻligʻi, xavfsizligi yoki boshqa oʻta muhim hayotiy manfaatlariga katta zarar etkazilishi mumkin boʻlgan jiddiy hollarda — bunday axborot soʻrovsiz taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Giyohvandlik moddalari bilan bogʻliq boʻlgan qonunbuzarliklarning oldini olish, tekshirish va jazolash maqsadida, Tomonlarning bojxona idoralari bir-birlariga imkoniyat doirasida, boshqa Tomon bojxona qonunlarining buzilishiga olib kelishi mumkinligiga oid maʼlumotlarni soʻrovsiz yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Maxfiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzaro hamkorlik davrida olingan axborot va boshqa maʼlumotlar faqat ushbu Bitim maqsadlari uchun hamda maʼmuriy, jinoiy ishlarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Ushbu Bitimga binoan, Tomonlardan birining bojxona idorasi olgan har qanday axborot va boshqa maʼlumotlar maxfiy hisoblanib, soʻrayotgan bojxona idorasidan boshqa hamda ushbu Bitimda koʻzda tutilgan hollardan tashqari, hech qanday shaxs yoki mahkamaga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bunday axborot va maʼlumotlarga nisbatan har qanday qoʻshimcha himoya vositalari va maxfiylik chora-tadbirlari soʻrayotgan Tomonning ichki qonunlariga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqorida bayon qilingan paragraf 2 (a) giyohvandlik vositalari va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalarga bogʻliq qonunbuzarliklarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Bunday maʼlumot soʻrayotgan Tomonning mazkur moddalarning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotgan boshqa idoralariga ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrayotgan bojxona idorasi, ushbu Bitimga muvofiq olingan guvohlik dalillari yoki maʼlumotlardan, soʻralayotgan bojxona idorasining oldindan bergan roziligisiz, soʻrovda koʻrsatilgandan boshqa maqsadlarda foydalana olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Soʻrovlarning bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan bojxona idorasi soʻrovni ijro etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi, zarur hollarda esa, ushbu soʻrovni bajarish maqsadida rasmiy yoki huquqiy chora-tadbirlarni qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan bojxona idorasi talab qilinayotgan axborotga ega boʻlmasa, oʻz nomidan yoki soʻrayotgan bojxona idorasi nomidan bunday axborotni olish chora-tadbirlarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Tomonning bojxona idorasi boshqa Tomon bojxona idorasining soʻroviga binoan, kerakli tekshiruv oʻtkazadi, ekspertlar, guvohlar yoki qonunbuzarlikda shubha qilinayotgan shaxslarni soʻroq qiladi hamda mazkur Bitimda koʻrsatilgan jihatlar bogʻliq holatlar boʻyicha tasdiqlov, tekshiruv va soʻrov ishlarini amalga oshiradi. Faktlar asosida bunday tekshiruv, tasdiqlov, koʻrib chiqish va soʻrov natijalari eng qisqa muddatlar ichida soʻrayotgan Tomon bojxona idorasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻralayotgan bojxona idorasi soʻrov boʻyicha, soʻrayotgan bojxona idorasi soʻrovi boʻyicha, soʻrayotgan bojxona idorasi zobitlariga soʻralayotgan Tomon mamlakatida hamda soʻrayotgan bojxona idorasiga taalluqli boʻlgan tekshiruvlarda ishtirok etishlariga ruxsat berishi mumkin. Ushbu paragraf, soʻrayotgan bojxona idorasi zobitlariga, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida, shuningdek tekshiruvlarda faol qatnashish, yoki tekshiruvlarda har qanday huquqiy vakolatlardan foydalanish uchun ruxsatnoma sifatida talqin etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Basharti, soʻrayotgan bojxona idorasi bu haqda iltimos qilsa — unga soʻrov boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirning vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu tadbirni muvofiqlashtirish uchun maʼlumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bojxona qonunlarini buzishni tekshirish uchun soʻrayotgan bojxona idorasidan vakil qilingan bojxona zobitlari soʻralayotgan bojxona idorasidan, tekshirilayotgan ishga taalluqli boʻlgan har qanday axborotni, yaʼni yozuv daftarlari, jurnallari va boshqa hujjatlarni yoki axborot manbalarini oʻrganib chiqishni hamda ularning nusxalarini taqdim etishni iltimos qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Fayllar, hujjatlar va guvohlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maxsus soʻrov boʻyicha fayllar, hujjatlar va boshqa materiallarning nusxalari tegishlicha tasdiqlanadi. Ushbu nusxalar etarli hujjat boʻlolmasa, ushbu fayllar, hujjatlar va materiallarning asl nusxalari soʻrab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasida fayllar, hujjatlar va boshqa materiallar asl nusxalarining taqdim etilishi soʻralayotgan bojxona idorasi yoki uchinchi Tomonning huquqlarini poymol qilmasligi lozim. Sudda koʻrish yoki shu kabi maqsadlar uchun olingan ushbu asl nusxalar imkon qadar qisqa muddatlarda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻralayotgan bojxona idorasi taqdim etilayotgan maʼlumotlar bilan birga, ularni izohlash va foydalanish uchun kerak boʻladigan barcha yoʻriqnomalar bilan ham taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Tomon bojxona idorasining soʻroviga binoan, boshqa Tomonning bojxona idorasi oʻz xohishiga koʻra, soʻrayotgan Tomon hududida olib borilayotgan jinoiy yoki maʼmuriy ish jarayonida qatnashish uchun oʻz xodimlarga, ularning roziligi bilan guvoh sifatida vakolat beradi hamda ushbu jarayon uchun muhim boʻlgan fayllar, hujjatlar va boshqa materiallar yoki ularning asliga muvofiq nusxalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday soʻrovlar, sud jarayonining sanasi va turini, jalb qilingan tomonlarning nomini va mansabdor xodimlarning kim sifatida qatnashishi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Bitim doirasida soʻralayotgan Tomon hududida boʻlgan soʻrayotgan Tomonning bojxona zobitlari xohlagan vaqtda oʻz shaxslarini tasdiqlashga tayyor boʻlishlari lozim. Ular maxsus liboslarini kiymaydilar va qurol olib yurmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Soʻrovlarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Hamkorlik haqidagi soʻrovning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida, hamkorlik haqidagi soʻrov yozma ravishda beriladi. Uni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar soʻrovga ilova qilinadi. Zarur, oshigʻich hollarda ogʻzaki qabul qilinadi, lekin tez fursatda yozma ravishda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-paragrafida koʻzda tutilgan soʻrovlar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrov berayotgan idora;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ish yuritish xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻrovning mazmuni va sababi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar maʼlum boʻlsa — ishga jalb qilingan tomonlarning nomlari va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) koʻrilayotgan ishning qisqa bayoni va tegishli huquqiy belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) soʻralayotgan yordam bilan unga taalluqli ish oʻrtasidagi bogʻliqlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barcha soʻrovlar ingliz tilida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Aloqa yoʻli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, soʻralayotgan bojxona idorasi soʻrovni bajara olishga qodir tashkilot boʻlmasa — u tegishli maslahatlashuvlardan soʻng soʻrovni oʻz vakolati doirasida va qonunlarga muvofiq ish koʻruvchi kerakli tashkilotga tezkorlik bilan yuboradi yoki soʻrayotgan bojxona idorasiga soʻrov munosabati bilan bajarilishi lozim boʻlgan ish tartiboti haqida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Koʻmaklashish majburiyatidan istisnolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti, soʻralayotgan tomon, yordam koʻrsatish davlatlardan birining mustaqilligi, xavfsizligi, jamoat tartibiga yoki boshqa hayotiy muhim manfaatlariga ziyon keltiradi yoki sanoat, tijorat, hamda kasbiy sirlarning oshkor boʻlishiga olib keladi, deb hisoblasa, koʻmaklashuvdan voz kechishi yoki maʼlum shartlarga rioya qilingandagina yordam berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar koʻmaklashuv haqidagi soʻrov rad etilsa, soʻrayotgan bojxona idorasiga bu haqda zudlik bilan xabar beriladi va rad javobining sabablari izohlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrayotgan bojxona idorasi oʻzi bera olmaydigan yordam haqida soʻrov yuborsa — bu bojxona idorasi oʻz soʻrovida ushbu holga eʼtiborni qaratmogʻi lozim. Bunday soʻrovni qondirish soʻralayotgan bojxona idorasi ixtiyoriga havola etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻralayotgan bojxona idorasi olib borilayotgan tergov, jazolash ishlari yoki sud jarayoniga toʻsqinlik qilmaslik maqsadida, koʻmaklashuv haqidagi soʻrovni bajarishni kechiktirishi mumkin. Bunday hollarda soʻralayotgan bojxona idorasi maʼlum bir shartlar va muddatlarda koʻmaklasha olishi mumkinligini aniqlash maqsadida soʻrayotgan bojxona idorasi bilan maslahatlashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Sarf-xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning bojxona idoralari guvohlar uchun ketgan mablagʻlar, davlat xizmatchilari boʻlmagan, ekspertlar va tarjimonlarning mehnatiga haq toʻlashga bogʻliq xarajatlardan tashqari, ushbu Bitim shartlarini bajarishga sarflangan xarajatlarni qoplash boʻyicha barcha talablardan voz kechadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, soʻrovni bajarish koʻp mablagʻni talab etsa, Tomonlarning bojxona idoralari ushbu soʻrovni ijro etish shartlarini belgilab olish hamda xarajatlarning qay yoʻsinda qoplanishi toʻgʻrisida maslahatlashib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Hujjatlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomon bojxona idorasi, boshqa Tomon bojxona idorasining soʻroviga binoan, soʻrayotgan Tomonga hujjatlarni yuboradi. Bunday joʻnatuv hujjat oluvchining sana yozilgan kvitansiyasi yoki sana va joʻnatuv usuli koʻrsatilgan sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar imkoni boʻlsa, soʻralayotgan bojxona idorasi joʻnatuv haqidagi isbotni soʻrovda koʻrsatilgan nusxada yuboradi. Basharti, hujjatlarni joʻnatish yoki ularni belgilangan nusxada yuborish mumkin boʻlmasa — buning sabablari haqida soʻrayotgan bojxona idorasiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Nazorat ostida etkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻz imkoniyatlari doirasida, giyohvandlik moddalari va ruhiyatga taʼsir etuvchi vositalarning gʻayriqonuniy yurgizilishiga jalb qilingan shaxslarning aynan oʻzi ekanligini aniqlash va ularga qarshi huquqiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida, xalqaro miqyosda nazorat ostida etkazib berish yuzasidan zarur chora- tadbirlarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazorat ostida etkazib berishdan foydalanish haqidagi qarorlar har bir konkret holatda, zarurat yuzasidan esa — har bir konkret holat boʻyicha erishilgan shartlashuv yoki kelishuvlarga muvofiq qabul qilinadi. Ular, agar zarur boʻlsa, oʻz ichki qonunlariga muvofiq, moliyaviy shartlashuvlar va qabul qilingan bitimlarni eʼtiborga olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazorat ostida etkazib berish haqidagi shartlashuvga muvofiq, giyohvandlik moddalari yoki ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalarning gʻayriqonuniy partiyalari vakolatli idoralarning oʻzaro kelishuviga binoan, qoʻlga olinishi va tegilmagan holatda yana yoʻlni davom ettirish uchun qoʻyib yuborilishi yoki ular butunlay yoxud qisman musodara qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Hududiy qoʻllanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim ikkala Tomonning bojxona hududlarida kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Bitimni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona idoralari ushbu Bitimni bajarishga masʼuldirlar. Ular bundan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Bitimdan kelib chiquvchi masalalarni koʻrib chiqish uchun doimiy aloqa oʻrnatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar zarur boʻlsa, maslahatlashuvlardan soʻng har qanday maʼmuriy koʻrsatmalar chiqaradilar yoki ushbu Bitim ijrosining tartibi boʻyicha bir fikrga keladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ushbu Bitimni qoʻllashga bogʻliq ravishda kelib chiqqan har qanday muammo, shubhali fikrlar hamda ular oʻrtasida kelib chiqish mumkin boʻlgan bojxona masalalarini ijobiy hal qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning bojxona idoralari ushbu Bitimni amalga oshirishni koʻrib chiqish yoki ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlardan kelib chiquvchi boshqa bojxona masalalarini muhokama qilish maqsadida bir bojxona idorasining soʻrovi boʻyicha yoxud ular Bitimni koʻrib chiqish zarurati yoʻqligi haqida bir-birlariga yozma ravishda xabar bermasalar, Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab besh yil oʻtgach, uchrashuv haqida kelishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning bojxona idoralari oʻrtasidagi oʻzaro yozishmalar ingliz tilida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Bitimning kuchga kirishi va toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Bitimni kuchga kiritish uchun barcha zaruriy milliy huquqiy talablar bajarilganligini bir-birlariga diplomatik notalar almashish orqali maʼlum qiladilar. Ushbu Bitim, oxirgi xabar olingach, 30-kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining diplomatik yoʻllar orqali yuborgan yozma bildirishnomasini boshqa Tomon qabul qilgach, ushbu Bitim toʻxtatilishi mumkin. Bu holda Bitim, yuqorida bayon qilingan bildirishnoma olingandan soʻng olti oy oʻtgach, oʻz kuchini yoʻqotadi. Ushbu Bitim harakatlari toʻxtatilgan paytda tugallanmagan ishlar, uning shartlariga muvofiq, oxiriga etkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quddus shahrida 1998-yil 15-sentyabrda, bu 5758 yilning 24 Eluliga toʻgʻri keladi, ikki nusxada. oʻzbek, ivrit va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Matnlar turlicha talqin qilingan taqdirda ingliz tilidagisi ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)