1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VOYAGA YETMAGANLAR OʻRTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 12-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan — oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi — voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmagan — voyaga yetmaganning nazoratsizligi yoki qarovsizligi oqibatida uning hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan yoxud uni taʼminlash, tarbiyalash va unga taʼlim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda boʻlgan yoxud huquqbuzarlik yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etayotgan voyaga yetmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oila — ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan oila;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratsiz — ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmaganni taʼminlash, tarbiyalash va unga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida xulq-atvori nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi profilaktika ishi — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalarni oʻz vaqtida aniqlash, shuningdek ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarovsiz — aniq yashash joyi boʻlmagan nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar — voyaga yetmaganning muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishida, fohishalik, tilanchilik bilan shugʻullanishida ifodalanadigan xatti-harakatlari, shuningdek oʻzga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzadigan boshqa xatti-harakatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimlilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilani qoʻllab-quvvatlash va u bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarning tarbiyasiga yakka tartibda yondashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatni axborot bilan taʼminlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlarini — voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarni — voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida, shuningdek voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylik organlarini — yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoxud hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan yoxud taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berish talablariga javob bermaydigan sharoitda boʻlgan bolalar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi toʻgʻrisida;
(6-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarini — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida, shuningdek voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud ularga nisbatan boshqa gʻayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan ota-onalar va oʻzga shaxslar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalarini — muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida tibbiy tekshiruvga, kuzatuvga yoki davolanishga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalarini — ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini yoki boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan yoxud taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ota- ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.04.00 Ota-onalar huquq va majburiyatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar bolalarini taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajara borib, ularning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishini, nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining profilaktikasini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan voyaga yetmaganlarning oʻqish vaqtida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa koʻngilochar (dam olish) joylarda boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, bundan mazkur muassasalarda taʼlim faoliyati yoki taʼlim muassasasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbir doirasida boʻlishi mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishiga, chekishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmaganlarning restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa koʻngilochar (dam olish) joylarda tungi vaqtda ulardan birining kuzatuvisiz boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar va ularning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimi
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar;
(8-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat organlari;
(8-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan organlar hamda muassasalar voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar ishini nazorat qiladi va yoʻnaltiradi, ularning faoliyati tahlilini amalga oshiradi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradi va tarqatadi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, ularning nazoratsizligi hamda huquqbuzarligi, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash hamda joylashtirish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning profilaktikasi boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi, shuningdek ushbu tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiritilgan muammolarni hal etish bilan bogʻliq maqsadli dasturlar loyihalarini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlikka, qarovsizlikka, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar tahlilini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy sheriklikni va fuqarolik jamiyati institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirayotgan organlar hamda muassasalar faoliyatini oʻrganadi, bu faoliyatni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarning takliflarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ichki ishlar organlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus boʻlinmalari voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalaridan hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlaridan (bundan buyon matnda ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi deb yuritiladi) iboratdir. Ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi hamda zarur yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qidiruv eʼlon qilingan voyaga yetmaganlarni, shuningdek ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarni aniqlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda ularni voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi tegishli organlarga yoki muassasalarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga jalb qilayotgan yoxud voyaga yetmaganlarga nisbatan boshqa gʻayrihuquqiy qilmishlar sodir etayotgan shaxslarni, shuningdek voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga yetmaganlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalarni yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydi hamda ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning, ularning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek boshqa shaxslarning voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi tegishli organlar va muassasalarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish uchun ularga taalluqli hujjatlarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklari yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlari faktlari, shuningdek ularga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarni, shuningdek nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ichki ishlar organlariga olib boradi, bu haqda zudlik bilan bayonnoma tuzadi hamda voyaga yetmaganlar keltirilganligi haqida ularning ota-onasini yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning yashash, oʻqish (ish) joyidagi taʼlim, madaniy-koʻngilochar, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, boshqa tashkilotlarda, toʻgaraklar va klublarda voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvolini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklari yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi materiallarning tegishli organlar va muassasalar tomonidan koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalar yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning hisobini yuritadi, shuningdek statistika hisobotini tuzish uchun zarur boʻlgan axborotni yigʻadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishda vasiylik va homiylik organlariga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning shaxsini aniqlash, hayoti, sogʻligʻini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni hamda vaqtincha saqlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib boradi, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda bu haqda tegishli davlat organlarini va boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga olib boradi, shuningdek ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga quyidagi voyaga yetmaganlar joylashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini oʻzboshimchalik bilan tark etganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻn olti yoshgacha boʻlganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetishga qodir boʻlmaganlar, agar voyaga yetmaganlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur boʻlsa, shuningdek ularning shaxsi aniqlanmagan yoxud ularning aniq yashash joyi boʻlmasa yoki oʻzlari ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklarni sodir etganlar, agar ularning shaxsi aniqlanmagan boʻlsa yoxud ularning aniq yashash joyi boʻlmasa yoki oʻzlari huquqbuzarliklar sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi toʻgʻrisidagi masalaning sud tomonidan koʻrib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning ajrimiga koʻra ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish uchun sudning ajrimi asos boʻladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga ichki ishlar organi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻining yoxud uning oʻrinbosarining qarori asosida joylashtirilishi mumkin. Bu holda voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar voyaga yetmagan markazga joylashtirilganidan keyin 48 soatdan kechiktirmasdan sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari voyaga yetmaganning ushbu markazga joylashtirilganligi toʻgʻrisida mazkur markaz joylashgan yerdagi prokurorni va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyani zudlik bilan, lekin 24 soatdan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
(12-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida ularni joylashtirish uchun zarur boʻlgan eng kam vaqt davomida, lekin koʻpi bilan oʻttiz kun boʻlishi mumkin. Alohida hollarda bu muddat sudning ajrimi asosida oʻn besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida voyaga yetmaganning boʻlishi muddatiga quyidagilar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida sogʻliqni saqlashni boshqarish organi tomonidan eʼlon qilingan karantin davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning sogʻliqni saqlash muassasasining hujjati bilan tasdiqlangan va uni oilaga qaytarishga yoki tegishli muassasaga yuborishga toʻsqinlik qilayotgan kasalligi davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan berilgan shikoyatning (protestning) koʻrib chiqilish vaqti.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlimni boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga axloq va sogʻlom turmush tarzi asoslarini singdirishga yoʻnaltirilgan dasturlar hamda uslublarni ishlab chiqadi va taʼlim muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining, shuningdek voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa muassasalarning faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi, ularning umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, taʼlim olishiga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
(13-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarga oʻz hayot yoʻlini va kasb-hunar tanlashida ularning qobiliyati, qiziqishi, moyilligi hamda sogʻligʻining holatiga muvofiq psixologik yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni boʻlgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydigan, ularni kompleks tekshiruvdan oʻtkazadigan hamda ularning kelgusidagi taʼminoti, tarbiyasi va taʼlimi shakllarini belgilash boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydigan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida ommabop sport seksiyalari, texnik va boshqa toʻgaraklar, klublar tashkil etilishini hamda voyaga yetmaganlarni ularda qatnashishga jalb etishni taʼminlaydi, voyaga yetmaganlarning bandligi va dam olishini tashkil etishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda boshqa taʼlim muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni yoxud oʻqishida muammolari boʻlgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan, shuningdek taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, ularni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berishga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida ommabop sport seksiyalari, texnik va boshqa toʻgaraklar, klublar tashkil qiladi hamda voyaga yetmaganlarni ularda qatnashishga jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarni aniqlaydi hamda ushbu oilalarga oʻz bolalarini taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasida yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirishga, ularga axloq va sogʻlom turmush tarzi asoslarini singdirishga yoʻnaltirilgan dasturlar hamda uslublarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni koʻradi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun taʼlim muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning ota-onasi vafot etgan, ularning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ular ota-onalarining ota-onalik huquqi cheklangan, ota-onasi muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ota-onasi kasal boʻlgan, ota-onasi uzoq muddat boʻlmagan, ota-onasi bolalarini tarbiyalashdan yoki ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda, shu jumladan ota-onasi oʻz bolalarini taʼlim muassasalaridan, sogʻliqni saqlash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa muassasalardan olishdan bosh tortgan taqdirda, shuningdek bolalar ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash, ularga taʼlim berish, kelgusida ularni joylashtirish va mustaqil hayotga tayyorlash uchun qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan, koʻp bolali oilalarning voyaga yetmagan bolalarini, faqat otasi yoki onasi bor boʻlgan voyaga yetmaganlarni ushbu oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish uchun qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga oʻn bir yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan, taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berish uchun alohida sharoitlarga muhtoj voyaga yetmaganlar quyidagi hollarda uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga joylashtirilishi mumkin, agar ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetishga qodir boʻlmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybliligi toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, materiallar voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga koʻrib chiqish uchun topshirilgan boʻlsa;
(14-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qoʻllanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan voyaga yetmaganlarga nisbatan ushbu Qonunga muvofiq chiqarilgan sud ajrimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan voyaga yetmaganlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq chiqarilgan sud ajrimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga ushbu muassasalarda saqlash, tarbiyalash va taʼlim berishga toʻsqinlik qiladigan kasalligi boʻlgan voyaga yetmaganlar joylashtirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni oʻqitishni, ularning kasb-hunar tayyorgarligini va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni saqlashning mazkur muassasalar hududini qoʻriqlashni, voyaga yetmaganlarning shaxsiy xavfsizligini va salbiy taʼsirlardan himoyalanganligini, ushbu muassasalar hududiga begona shaxslarning erkin kirishini, bu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning erkin chiqishini cheklashni oʻz ichiga olgan maxsus shart-sharoitlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning mazkur muassasalarni oʻzboshimchalik bilan tark etishi holatlari toʻgʻrisida ushbu muassasalar joylashgan yerdagi va voyaga yetmaganlarning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi ichki ishlar organlarini xabardor qiladi hamda ichki ishlar organlari bilan birgalikda ularni topish va mazkur muassasalarga qaytarishga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning yashash joyidagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga voyaga yetmaganlarning ushbu muassasalardan chiqarilayotganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalarni, shuningdek voyaga yetmaganlarga oid tavsifnomalarni ularni chiqarishdan kamida bir oy oldin yuboradi.
(14-moddaning oltinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari mazkur muassasalar joylashgan yerdagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga quyidagi masalalar yuzasidan taqdimnomalar kiritadi:
(14-moddaning yettinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni boshqa ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning mazkur muassasalarda boʻlishini sud tomonidan belgilangan muddat oʻtishidan oldin, agar ular xulq-atvori tuzalganligi sababli ushbu taʼsir chorasini qoʻllashni davom ettirishga muhtoj boʻlmasa yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bu muassasalarda boʻla olmasa, tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni oʻqitishni tamomlash zarur boʻlgan taqdirda, ularning ushbu muassasalarda boʻlish muddatini uzaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Vasiylik va homiylik organlari
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalarni, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganlikning aniq holatlaridan kelib chiqib, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek ularni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish sharoitlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik va homiylikni belgilashga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganning oʻz ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab qoʻyish yoki uni bu huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qiladi, bundan voyaga yetmaganning belgilangan tartibda toʻla hajmda muomala layoqatini olishi hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida daʼvolar qoʻzgʻatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek ota-onalik huquqini tiklash haqidagi ishlarni sudlarda koʻrib chiqishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik va homiylik organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida sanitariya-gigiyena bilimlarini keng yoyishni, shuningdek sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida alkogolizm, chekish, giyohvandlik va zaharvandlik hamda ularning xulq-atvoridagi shu bilan bogʻliq nuqsonlarning profilaktikasi boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida alkogolizm, chekish, giyohvandlik va zaharvandlikning tarqalishi toʻgʻrisida voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarni xabardor qiladi;
(16-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yoshgacha boʻlgan adashib qolgan, tashlab ketilgan va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa bolalarni kecha-kunduz qabul qilish hamda parvarishlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarga, shuningdek voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga maslahat yordamini koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol taʼsirida mast holatda boʻlgan yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz qabul qilishni amalga oshiradi va ularga tibbiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsoni boʻlgan voyaga yetmaganlarga ixtisoslashtirilgan tashxis hamda davolash-tiklash yordamini koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga yuborilayotgan voyaga yetmaganlarning sogʻligʻi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xulosalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni tashkil etadi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2215, 11.04.2011-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklarning manbalarini aniqlash, ushbu kasalliklarga chalingan voyaga yetmaganlarni tekshirish va davolashni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga va oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishning zamonaviy uslublari va texnologiyalaridan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning dam olishini, ijtimoiy muassasalarda tashkil etilgan toʻgaraklarda yoki markazlarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirishini tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogiron bolalarni tibbiy-ijtimoiy yordam bilan taʼminlaydi, nogiron bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini rivojlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Mehnat organlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlarning hamda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan bolalar va yoshlar jamoat birlashmalari, ijtimoiy muassasalar, jamoat fondlariga hamda boshqa tashkilotlarga yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni oʻqitishni, ularning bandligi va dam olishini tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda shakllantirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning maʼnaviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etadi, ularda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarga va oilalarga yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakka tartibdagi profilaktika ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib boriladigan shaxslarning toifalari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi profilaktika ishi quyidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratsiz yoki qarovsiz qolganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida saqlanayotganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya akti asosida yoki qilmish yoxud shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotganligi sababli yoki aybdor oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi yoxud yarashilganligi munosabati bilan, shuningdek voyaga yetmaganni jazo qoʻllamasdan turib tuzatish mumkin deb eʼtirof etilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmaganlar yoxud ruhiy kasallik bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻla ravishda anglab yetishga qodir boʻlmaganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etganlikda ayblanib, qamoqqa olish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyot chorasi qoʻllanganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburlov choralari qoʻllangan holda jinoiy jazodan ozod qilinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinganlar, shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotganligi sababli yoki aybdor oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlganligi munosabati bilan yoxud amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmning ijrosi kechiktirilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli hukm qilinganlar, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo turlariga hukm qilinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy kasallik tufayli sogʻliqni saqlash muassasalarida hisobda turganlar va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi profilaktika ishi ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarga nisbatan ham olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish asoslari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish uchun ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan holatlar, agar ular quyidagi hujjatlarda qayd etilgan boʻlsa, asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning yoxud uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan oʻziga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarorida;
(21-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi muassasalarga voyaga yetmaganlarni joylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organ yoki muassasa rahbari shikoyatlar, arizalar yoki boshqa xabarlarni tekshirish natijalari boʻyicha tasdiqlagan xulosada.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi profilaktika ishi ijtimoiy va boshqa yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan muddatlarda, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar bartaraf qilinguniga yoki voyaga yetmaganlar oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlar yuzaga kelguniga qadar olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilishini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmagan bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini uning shaxsi va yon-atrofidagilarning oʻziga xos xususiyatlarini, sodir etilgan huquqbuzarlik yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning xususiyatini, oilaviy tarbiya sharoitlarini hisobga olgan holda olib boradi. Ushbu holatlar voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, boshqa shaxslar bilan profilaktika suhbatlari oʻtkazish, voyaga yetmaganni uning yashash, oʻqish (ish) joyiga borib koʻrish, tavsiflovchi materiallarni oʻrganish davomida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmagan bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning turmush tarzi, aloqalari va niyati aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganga huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oqibatlari tushuntiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishi sabablari va shart-sharoitlari aniqlanadi hamda ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etayotgan shaxslar aniqlanadi va ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga doir chora-tadbirlar koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganga ijobiy taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan shaxslar jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikda voyaga yetmaganni saqlash, tarbiyalash, unga taʼlim berish, uning bandligi va dam olishini tashkil etish masalalari hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishini olib borish davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oiladagi muhitni sogʻlomlashtirishga, ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning bolalarga salbiy taʼsir koʻrsatishini bartaraf etishga doir tadbirlar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, bolalarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatganlik yoxud ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlganlik oqibatlari tushuntiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilani yashash joyiga borib koʻrish, tavsiflovchi materiallarni oʻrganish, sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari, taʼlimni boshqarish organlari va taʼlim muassasalari vakillari, boshqa shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazish orqali ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning turmush tarzi hamda niyati aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga ijobiy taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan shaxslar jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikda voyaga yetmaganlarni saqlash, tarbiyalash, ularga taʼlim berish, ularning bandligi va dam olishini tashkil etish masalalari hal etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalar yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda takliflar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotgan shaxslarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotgan voyaga yetmaganlar, ularning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlar bilan taʼminlanadi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlar belgilangan tartibda quyidagi huquqlar bilan taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasini yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni voyaga yetmaganlar mazkur muassasalarga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning qarorlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish;
(24-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklanmagan miqdorda telefonda soʻzlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar vositasida oilasi bilan aloqada boʻlish, posilkalar, banderollar, yoʻqlovlar olish, xat va telegrammalar olish hamda joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan normalar boʻyicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy taʼminotning boshqa buyumlarini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlash
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirishni talab qiluvchi holatlar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari voyaga yetmagan ichki ishlar organlarining boʻlinmalariga keltirilgan paytdan eʼtiboran 48 soat ichida voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va uni mazkur markazga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar voyaga yetmagan topilgan joydagi yoxud ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ichki ishlar organi uni taqdim etgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan voyaga yetmagan, prokuror, vasiylik va homiylik organining, ichki ishlar organining vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. Iltimosnomani koʻrib chiqishda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning vakili va advokat ishtirok etishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish ichki ishlar organi vakilining voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish zarurligini asoslab beradigan maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra prokuror, oʻziga nisbatan iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan voyaga yetmagan, advokat, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqargan ajrimi darhol ichki ishlar organiga ijro etish uchun, voyaga yetmaganga, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organiga, advokatga, agar u sud majlisida ishtirok etgan boʻlsa, maʼlumot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqargan ajrimi ustidan sudya mazkur ajrimni chiqargan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudiga voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organi hamda advokat tomonidan shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudining sudyasi voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan berilgan shikoyatni (protestni) shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi va quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimini voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish masalasini hal qilgan holda bekor qilish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va ushbu muddatni uzaytirish zaruratini tasdiqlovchi materiallar ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan mazkur markaz joylashgan yerdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlashning muddati tugashidan kamida uch kun oldin yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv- tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya voyaga yetmaganga nisbatan kelib tushgan uning aybliligi toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib rad qilingan yoki tugatilgan jinoyat ishi materiallarini yoxud oʻziga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilgan voyaga yetmaganning huquqbuzarligi yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrib chiqib, voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish yoki boshqa taʼsir choralarini qoʻllash haqida qaror qabul qiladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, ichki ishlar organlari bu haqda zudlik bilan xabardor qilinadi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish uchun zarur boʻlgan materiallarni oʻn kun ichida voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya uchun tayyorlashi shart.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tegishli davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga zarur hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuboradi. Soʻrovlar olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash muassasalari voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligini aniqlash uchun uni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy tekshiruv vaqtida voyaga yetmaganda uning ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasida saqlanishi, tarbiyalanishi va taʼlim olishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar aniqlangan taqdirda, unga taalluqli materiallar boshqa taʼsir choralarini qoʻllash uchun voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga topshiriladi.
(28-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish haqidagi materiallar tayyorlanayotgan voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilishi yoxud ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning nazoratiga topshirilishi mumkin boʻlib, ular voyaga yetmaganning munosib xulq-atvorda boʻlishini va sudning chaqiruviga binoan kelishini taʼminlashi shart. Sudga kelishdan boʻyin tovlayotgan ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, shuningdek oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmaganlar majburiy keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar, agar jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilingan yoki jinoyat ishi tugatilgan yoxud jinoiy jazodan ozod qilingan paytdan eʼtiboran bir yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv- tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga quyidagi hujjatlarni yuboradi:
(29-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning oʻqish (ish) joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganning oilaviy-maishiy turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organining voyaga yetmagan tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar hamda shu sababli koʻrilgan taʼsir choralari haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash muassasasining voyaga yetmaganning sogʻligʻi holati hamda uni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi haqidagi xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni olgach, voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olingan hujjatlarni, shuningdek jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilingan yoki tugatilgan jinoyat ishi materiallarini ilova qilgan holda uch sutkadan kechiktirmay sudga yuboradi.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya uni taqdim etgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida voyaga yetmaganning yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, prokuror, vasiylik va homiylik organining, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. Iltimosnomani koʻrib chiqishda ichki ishlar organining vakili va advokat ishtirok etishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya vakilining voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish zarurligini asoslab beradigan maʼruzasidan boshlanadi. Soʻngra prokuror, oʻziga nisbatan iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan voyaga yetmagan, advokat, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar oʻrganiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga mazkur majburlov chorasini qoʻllash muddatini koʻrsatgan holda joylashtirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirmay turib tuzalishi mumkinligini tasdiqlovchi holatlar yoki uni mazkur muassasaga joylashtirishga toʻsqinlik qiladigan sabablar sudya tomonidan aniqlangan hollarda, iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish va materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga voyaga yetmaganga nisbatan boshqa taʼsir choralarini qoʻllash uchun yuborish toʻgʻrisida.
(30-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqargan ajrimi darhol mazkur ajrimni ijro etishni taʼminlovchi organlar va muassasalarga yuboriladi, voyaga yetmaganga, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylik va homiylik organiga, advokatga, agar u sud majlisida ishtirok etgan boʻlsa, maʼlumot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqargan ajrimi ustidan sudya mazkur ajrimni chiqargan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudiga voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organi, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya hamda advokat tomonidan shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin.
(30-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudining sudyasi voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan berilgan shikoyatni (protestni) shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi va quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning iltimosnomani qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimini voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish masalasini hal qilgan holda bekor qilish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Sudning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan chiqarilgan ajrimini ijro etish
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.02.00 Voyaga etmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan chiqarilgan ajrimining ijrosini quyidagilar taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya — voyaga yetmaganga nisbatan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa taʼsir choralarini qoʻllashga taalluqli qismini;
(31-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi — voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga olib borishga taalluqli qismini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasi — voyaga yetmaganni mazkur muassasada saqlash muddati mobaynida uning tuzalishi va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishini taʼminlashga taalluqli qismini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning moliyaviy hamda moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 30-sentabrdagi 190 (5105)-sonida eʼlon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-263-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 39-son, 341-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son)