11.04.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2215
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SPIRTLI ICHIMLIKLAR, GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP YOKI AQL-IRODA FAOLIYATIGA TAʼSIR ETUVCHI BOSHQA MODDALARNI MUNTAZAM RAVISHDA ISTEʼMOL QILAYOTGAN VOYAGA YETMAGANLARNI ANIQLASH, HISOBGA OLISH, TEKSHIRISH VA TIBBIY-IJTIMOIY REABILITATSIYA QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 11-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2215]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 39-son, 341-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 17-yanvardagi 18-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 24-iyuldagi 28-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2215-1, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2023-y., 10/23/2215-1/0542-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni tashkil etish sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qiluvchi voyaga yetmaganlarga narkologiya muassasalari tomonidan oʻz vaqtida ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qiluvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash, tekshirish va hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qiluvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash bevosita voyaga yetmagan shaxsning oʻzi, uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamda Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari va taʼlim muassasalarining murojaatiga koʻra narkologiya muassasalari tomonidan oʻtkaziladigan tibbiy tekshiruv natijasiga koʻra amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 24-iyuldagi 28-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2215-1, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2023-y., 10/23/2215-1/0542-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiy tekshiruv voyaga yetmaganlarning iltimosiga koʻra yoki ularning roziligi bilan, yoshi oʻn toʻrtga toʻlmagan voyaga yetmaganlarga esa, ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining iltimosiga koʻra yoxud ularning roziligi bilan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tibbiy tekshiruvdan oʻtish uchun narkologiya muassasasiga ixtiyoriy ravishda murojaat etgan voyaga yetmaganlarning iltimosiga koʻra davolanishning sir saqlanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tibbiy tekshiruv natijasiga koʻra voyaga yetmaganlarning spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotganligi hamda narkologik kasallikning klinik belgilari aniqlansa, ushbu shaxslar yashash joyi boʻyicha narkologiya muassasalarida dispanser hisobiga va kuzatuviga narkologiya muassasasi tibbiy maslahat komissiyasining xulosasiga asosan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tibbiy tekshiruv natijasiga koʻra voyaga yetmaganlarning spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilayotgan, lekin narkologik kasallikning klinik belgilari aniqlanmagan voyaga yetmaganlar oʻzlari yashash joylaridagi narkologiya muassasalarida profilaktik hisobiga va kuzatuviga narkologiya muassasasi tibbiy maslahat komissiyasining xulosasiga asosan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dispanser va profilaktik hisobiga va kuzatuviga olingan voyaga yetmaganlar uchun ambulator narkologik bemor tibbiy kartasi (025/u shakl) toʻldiriladi. Tibbiy kartaga subyektiv va obyektiv anamnez, somatik, nevrologik va ruhiy holatlar hamda profilaktika jarayonidagi oʻzgarishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qiluvchi voyaga yetmaganlarni ambulator narkologik bemor tibbiy kartalari va boshqa tibbiy hujjatlari alohida ajratilgan holda, oʻsmirlar vrach-narkologi xonasida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dispanser va profilaktik hisobiga va kuzatuviga olingan voyaga yetmaganlar oʻsmirlar vrach-narkologi tomonidan ambulatoriya sharoitda har oyda kamida bir marta tibbiy tekshiruvdan oʻtkazib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dispanser hisobiga va kuzatuviga olingan voyaga yetmaganlar quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun remissiya holati, yaʼni dispanser hisobidagi va kuzatuvidagi shaxsning narkologiya muassasasi tibbiy maslahat komissiyasining xulosasiga asosan spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni uch yil mobaynida isteʼmol qilmaganligi tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash uchun boshqa joyga koʻchganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Profilaktik hisobida va kuzatuvida boʻlgan voyaga yetmaganda bir yil davomida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishi kuzatilmaganda va tibbiy tekshiruv natijasiga koʻra unda narkologik kasallikning klinik belgilari aniqlanmagan taqdirda, u narkologiya muassasasi tibbiy maslahat komissiyasining xulosasiga asosan profilaktik hisobdan chiqariladi va kuzatuv tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Profilaktik hisobida va kuzatuvida boʻlgan voyaga yetmaganda bir yil davomida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishi kuzatilib, oʻtkazilgan tibbiy tekshiruv natijasiga koʻra unda narkologik kasallikning klinik belgilari aniqlanmagan taqdirda, profilaktik hisobdan chiqarilmaydi va kuzatuv davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tibbiy tekshiruv natijasida voyaga yetmagan shaxsda narkologik kasallikning klinik belgilari aniqlansa, ushbu shaxs dispanser hisobiga va kuzatuviga narkologiya muassasasi tibbiy maslahat komissiyasining xulosasiga asosan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Profilaktik yoki dispanser hisobida va kuzatuvida boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar oʻn sakkiz yoshga toʻlgandan soʻng, voyaga yetganlarning profilaktik yoki dispanser hisobiga va kuzatuviga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qiluvchi voyaga yetmaganlarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlarni davolash oʻsmirlar vrach-narkologlari tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Voyaga yetmaganlarni davolash voyaga yetgan bemorlardan ajratilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Dispanser hisobiga va kuzatuviga olingan voyaga yetmaganlarga ulardagi kasallikni davolash uchun tibbiy tekshirish, tibbiy maslahat berish, tashxis qoʻyish, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan iborat malakali tibbiy narkologik yordam koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Dispanser hisobiga va kuzatuviga olingan voyaga yetmaganlarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish ambulatoriya va statsionar sharoitda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Statsionar sharoitda davolash oʻn besh yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar uchun psixonevrologiya dispanserlarining bolalar boʻlimida, oʻn besh yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar uchun narkologiya dispanserining statsionar boʻlimlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Spirtli ichimliklarni muntazam ravishda isteʼmol qilishga chalingan voyaga yetmaganlarni narkologiya muassasalarida statsionar sharoitda davolash muddati qirq besh kundan, giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan voyaga yetmagan shaxslarni davolash muddati esa oltmish kundan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qayta davolanayotgan voyaga yetmaganlarni statsionar davolash muddati davolovchi oʻsmirlar vrach-narkologlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Voyaga yetmaganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy va mehnat choralarini oʻz ichiga olgan holda ularning sogʻligʻini hamda shaxs xususiyatlarini tiklash, ijtimoiy muhitga moslash, shuningdek ularni normal turmush tarziga qaytarish uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturlari oʻsmirlik davri xususiyatlarini hisobga olgan holda voyaga yetmaganlar uchun alohida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 10-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror oʻrinbosari N. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 3-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 154-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 31.07.2023-y., 10/23/2215-1/0542-son)