OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
STRATEGIK VA MONOPOL MAHSULOTLAR, XOM AShYo VA MATERIALLARNI BIRJA VA KIMOShDI SAVDOLARIGA QOʻYILIShINI NAZORAT VA MONITORING QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 26-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2125]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 30-noyabrdagi 01/15-1-10/38-sonli “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2125-5, 12.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda), 2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 25-son, 262-modda) qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 14-fevraldagi 3-sonli qarori ( roʻyxat raqami 2125-1, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 109-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 11-maydagi 5-sonli “Monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1369, 2004-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 24-son, 280-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2007-yil 26-yanvardagi 2-son “Monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1369-1, 2007-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 220-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-iyun,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 23-iyundagi 4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 212-modda), “Raqobat toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda) qonunlariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda), 2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 25-son, 262-modda) qarorlariga muvofiq strategik, monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning birja savdolariga qoʻyilish jadvallarini, mahsulotlarning realizatsiya qilish hajmlari va narxlarini nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 14-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2125-1, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 109-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorining 1 va 2-ilovalarida, 2011-yil 21-iyundagi 185-son Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-ilovasida keltirilgan roʻyxatlarga asosan birja va kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan strategik, monopol, xomashyo va materiallar toifasiga kiritilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) qarori bilan aniqlanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻllaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 14-fevraldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2125-1, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 109-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish
3. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishi, realizatsiya qilish hajmlari va narxlari ustidan nazorat qilish Qoʻmita va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qilish tashkilotlar va birja va kimoshdi savdolari tashkilotchilarining maʼlumotlarini oʻrganish yoʻli bilan, shuningdek birja va kimoshdi savdolari oʻtkazilishi ustidan monitoringlarni olib borish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Tashkilotlar majburiy tartibda strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni tegishli moddiy balanslar va Qoʻmita qarori bilan aniqlanadigan hajmlarda, shuningdek jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va quyidagilar boʻlgan holda, bir maromda birja va kimoshdi savdolariga qoʻyadilar:
oylar boʻyicha — maʼdanli oʻgʻitlar, qora metallar prokati, koʻmir, neft mahsulotlari, paxta linti, rangli metall uchun;
oy oʻn kunliklari boʻyicha — sement uchun;
birja savdolari kunlari boʻyicha — un, shakar, paxta yogʻi, suyultirilgan gaz, shifer, polietilen va boshqa mahsulotlar uchun.
5. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan jadvallar kelgusi oy uchun tashkilotlar tomonidan Qoʻmitaning qarori bilan belgilangan hajmlar hisobga olingan holda, shuningdek, ular uchun xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan belgilangan, ushbu maqsadlarga tegishli moddiy balanslarda nazarda tutilgan hajmlar asosida Iqtisodiyot vazirligi hamda Qoʻmita bilan kelishilgan holda oldingi oyning 25-kunidan kechiktirmay tegishli taqsimlash bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashkilot strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga obyektiv va tashkilotga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha qoʻyishni tasdiqlangan jadvallarda nazarda tutilgan hajmlari hamda muddatlarini bajarishning iloji boʻlmagan hollarda bu haqda mahsulotni birja savdolariga qoʻyish sanasidan bir kun avval Qoʻmita yoki uning hududiy organlariga xabar beradi.
6. Tashkilotlar, kichik biznes subyektlari bundan mustasno, har oyning 3-sanasidan kechiktirmay Qoʻmita yoki uning hududiy organlariga Qoʻmita qarori bilan aniqlangan tegishli moddiy balanslar va hajmlarda, shuningdek, mazkur nizomning 5-bandiga muvofiq tasdiqlangan jadvalda nazarda tutilgan mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyishning amalda bajarilishi toʻgʻrisida axborotni taqdim qiladilar.
7. Birja va kimoshdi savdolarining tashkilotchilari har kuni Qoʻmitaga mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyish hamda ular orqali sotish tartibida nazarda tutilgan tegishli nomenklatura boʻyicha birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilgan mahsulotning haqiqiy hajmlari toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek sotilgan mahsulot narxlari va birja hamda kimoshdi savdolarida shakllangan narxlarning oʻrtacha kotirovkalari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar.
III. Mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
8. Mazkur Nizom buzilganda, shu jumladan jadvallarda belgilangan hajm va muddatlarda strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallar qoʻyilmaganligi birjada narxlar oshishiga olib kelganda, shuningdek belgilangan hajm va muddatlarda mahsulotlarni qoʻyish imkoniyati yoʻqligi haqida axborot taqdim etilmaganda Qoʻmita va uning hududiy organlari qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 256-modda; 2012-y., 10-son, 109-modda, 26-27-son, 300-modda; 2013-y., 34-son, 466-modda; 2017-y., 37-son, 1008-modda)