Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 04.03.2008 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlar turlariga tegishli moddiy balanslarning choraklik va oylik ijrosi jadvallarini tuzish prognozlashtiriladigan mavsumiy talab omillari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, monopol mahsulotga mavsumiy talab oshgan davrlarda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga monopolist korxonalar mahsulotlarining yuqori likvidli turlariga moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosi jadvallariga tuzatish kiritishga oid takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalarga yuqori likvidli mahsulotlar turlariga kiritilmagan monopol mahsulotlar turlariga birja savdolariga majburiy qo‘yish hajmini belgilash huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 2-son, 10-modda) “yil davomida teng ravishda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-martdagi 36-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan tartibga muvofiq mavsumiy talab hisobga olingan holda moddiy balanslar ijrosining oylik va choraklik jadvallarida tasdiqlangan birja savdolariga qo‘yilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar hajmini O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yetkazadi. Ko‘rsatib o‘tilgan jadvallar asosida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar belgilangan tartibga muvofiq muddatlar bo‘yicha mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallarini ishlab chiqadilar va O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydilar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ularni birjaga yetkazadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kalendar davrlarga yuqori likvidli monopol mahsulotga prognozlashtiriladigan mavsumiy talab o‘tgan yilning shu davrlarida bunday mahsulotning birja savdolariga qo‘yilishi va sotilishini tahlil qilishdan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birja savdolarida sotiladigan yuqori likvidli monopol mahsulotga talabni doimiy asosda o‘rganadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qo‘yish nazarda tutilgan yuqori likvidli monopol mahsulotlar hajmi aniqlangan mavsumiy talabga mos kelmagan taqdirda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligiga muayyan kalendar davrda birja savdolariga qo‘yiladigan ushbu mahsulotning hajmini ko‘paytirish yuzasidan takliflar kiritadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot hajmiga tuzatish kiritishga doir takliflar kalendar davrga tuzatish kiritish uchun belgilanadigan oy boshlanishidan bir oydan kechikmay kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muayyan kalendar davrga yuqori likvidli monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish hajmini ko‘paytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldingi davrlarda birja savdolarida sotilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq keyingi davrlarda birja savdolariga qo‘yish nazarda tutilgan hajm hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosining tuzatish kiritilgan jadvallari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan monopolist korxonalarga va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tuzatish kiritiladigan kalendar davr boshlanishidan kamida 20 kun oldin yuboriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kalendar davrga tuzatish kiritilgan jadvallar asosida monopolist korxonalar jadvallar olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibga muvofiq muddatlar bo‘yicha birja savdolarga qo‘yish hajmlarini bo‘lib chiqqan holda monopol mahsulotlarni ushbu davrning har bir oyi mobaynida birja savdolariga qo‘yish jadvallarini tasdiqlaydilar hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ularni birjaga yetkazadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida nazarda tutilmagan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish monopolist korxonalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan monopolist korxonalarda yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan monopol mahsulot hajmi mavjudligi va talab mavjud bo‘lgan bir sharoitda bunday mahsulotning birja savdolariga qo‘yilmaganligi aniqlangan taqdirda — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori bilan amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolariga qo‘yiladigan monopol mahsulotlarning aniq turlari va hajmini aniqlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida mas’ul xodimlardan iborat tarkibda maxsus komissiya tashkil etiladi. Komissiya raisi, tarkibi va ish reglamenti Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopol mahsulotlarning turlari va hajmi, ularni birja savdolariga qo‘yish davrlari ularga bo‘lgan mavsumiy talabdan kelib chiqib monopolist korxonalar bilan tuzilgan yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan hajm hisobiga komissiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qaror komissiya raisi va uning a’zolari tomonidan imzolanadi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining uni ijro etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi monopolist korxonalarga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ko‘rsatib o‘tilgan qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda yetkaziladi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopolist korxonalar komissiyaning qarori va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ko‘rsatmasi olingandan keyin 10 kun mobaynida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda monopol mahsulotlarni birja savdolari kunlari bo‘yicha qo‘yish jadvallarini tasdiqlaydilar. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga birinchi qo‘yish monopolist korxonalar tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir oydan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan deklaratsiyada ko‘rsatilgan darajada boshlang‘ich narx bo‘yicha amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Monopol mahsulotlarning birja savdolariga qo‘yilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Monopol mahsulotlarning birja savdolariga qo‘yilishini nazorat qilish Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nazorat qilish monopolist korxonalar va birjalarning axborotini o‘rganish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazish vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Monopolist korxonalar har oyning 3-kunidan kechikmay Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga oldingi oyda birja savdolariga qo‘yilgan va sotilgan monopol mahsulotlar hajmi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadilar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tasdiqlangan jadvallarda nazarda tutilgan monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish hajmi va muddatlarini xolisona va monopolist korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda monopolist korxona bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini birja savdolari o‘tkazilishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Birjalar har kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga qo‘yilgan monopol mahsulotlarning haqiqiy hajmi, tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek har haftada — birja savdolari natijalari bo‘yicha shakllangan o‘rtacha narxlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yishning ushbu Nizomda nazarda tutilgan jadvallari bajarilmasligi, shuningdek mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi axborotning taqdim etilmasligi raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)